Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish fanining mazmuni, vazifalari va o`rganish usullari Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qishloq xo`jaligining iqtisodiyotdagi o`rni va vazifalari



Download 87,5 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi87,5 Kb.
#18966

Aim.uz

Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish fanining mazmuni, vazifalari va o`rganish usullari

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qishloq xo`jaligining iqtisodiyotdagi o`rni va vazifalari

Har qanday jamiyatning asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish kishilik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun moddiy ne’matlar yaratadi. Insoning moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati – mehnat jarayonidir. Ishlab chiqarish uchun kishilar bir-birlari bilan o`zaro aloqa va munosabatga kirishadilar, xuddi shu ijtimoiy aloqa va munosabatlar orqali tabiatga ta’sir qiladilar, shu tariqa ishlab chiqarish sodir bo`ladi.

Moddiy ishlab chiqarishning dastlabki va yirik sohasi qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishidir. Bu sohaning asosiy vazifasi mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa xomashyoga bo`lgan talabini qondirishdir. Shunga ko`ra, qishloq xo`jaligining taraqqiyoti har bir mamlakat uchun ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham siyosiy ahamiyatga ega.

Prezidentimiz I.A. Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli asarida ta’kidlaganlaridek: “Alohida e’tibor qaratish lozim bo`lgan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa — qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o`zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog`liq keng ko`lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o`rni va ahamiyatini tubdan qayta ko`rib chiqish, fermer xo`jaliklari rivojini har tomonlama qo`llab-quvvatlashdan  iboratdir.

2009-yili tasdiqlangan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturida bu hujjatning mazmun-mohiyati, eng muhim yo`nalishlari, konkret parametrlari va moliyaviy manbalari aniq belgilab qo`yilganini hisobga oladigan bo`lsak, bugun bu masalalarga batafsil to`xtalib o`tishning zarurati bo`lmasa kerak”1.

Lekin bu ustuvor yo`nalish va uni amalga oshirish dasturi nafaqat 2009-yil, balki o`rta muddatli istiqbol uchun belgilab olinganini alohida ta’kidlash o`rinlidir.



Qishloq xo`jaligini isloh qilishdan asosiy maqsad – mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish, qishloqda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish orqali mavjud tabiiy, yer, suv, mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat. Resurslardan samarali foydalanish, ularning qaytimi borasida ham foydalanilmayotgan imkoniyatlarimiz hali ko`p.

Fanning predmeti va vazifalari

Iqtisodiy fan, kamyob resurslarni taqsimlashning muqobil yo`llarini o`rganuvchi fandir. Mantiqiy to`g`ri xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilish uchun har bir nazariya va modelni, iqtisodiy qonunlarni shu sohaning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qo`llash taqozo qilinadi. «Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani ham bundan mustasno emas.



«Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani iqtisodiy fan bo`lib, ayrim olingan korxonalarda iqtisodiy qonunlar, nazariyalar, modellar harakati mexanizmining o`ziga xos xususiyatlarini, ulardan foydalangan holda korxonalar faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish yo`llarini o`rgatadi.

«Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani boshqa iqtisodiy fanlar singari cheklangan resurslar sharoitida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida insonlarning xatti-harakatini tadqiq etadi. Uning asosida ikkita muhim omil yotadi:

  • jamiyatning moddiy ehtiyojlari cheksiz;

  • iqtisodiy resurslar, ya’ni tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun zarur bo`ladigan vositalar cheklangandir.

«Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani moddiy resurslar cheklangan sharoitida bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos bo`lgan 5 ta fundamental savollarga javob berishi lozim bo`ladi:

  1. Qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish iste’molchilarning moddiy ehtiyojlarini to`laroq qondirishga imkon beradi?

  2. Mavjud resurslardan qancha qismini jalb etgan holda, qanday hajmda mahsulot ishlab chiqargan ma’qul?

  3. Bu mahsulotlarni yaratishda qanday ishlab chiqarish tizimi va texnologiyasidan foydalaniladi?

  4. Mahsulot kim uchun ishlab chiqariladi, uning iste’molchilar kim?

  5. Xo`jaligi iste’molchilar talabi, resurslar bozori va ishlab chiqarish texnologiyasida yuz beradigan doimiy o`zgarishlarga moslashib boradimi?

Aynan mana shu savollarga javob topish «Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fanining asosiy vazifalarini shakllantiradi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamizda yuzaga keltirayotgan oqibatlarini bartaraf etish oliy o`quv yurtlari zimmasiga ham ulkan vazifalarni yuklaydi. Zamonaviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo`lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog`lay olishi va o`zi tanlagan sohasi bo`yicha haqiqiy bilimdon bo`lishi lozim. Jumladan, bozor iqtisodiyotida samarali faoliyat ko`rsata oladigan va inqirozga qarshi boshqaruv ko`nikmalarini chuqur egallagan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash O`zbekistonning buyuk kelajak sari dadil odimlarini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan omillardan biri sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bozor iqtisodiyoti tabiatiga mos keluvchi ishlab chiqarish va mulkchilik munosabatlarining xo`jaligida amal qilishi xususiyatlarini aniqlash;

  • qishloq xo`jaligining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xo`jaliklarning maqsadga muvofiq ishlab chiqarish hajmi, ixtisoslashuvi va tarmoq tarkibini asoslash;

  • jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitlari hamda qishloq xo`jaligining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fermer va dehqon xo`jaliklarining maqsadga muvofiq ishlab chiqarish hajmi, ixtisoslashuvi va tarmoq tarkibini asoslash;

  • mehnatni tashkil etish, uni rag`batlantirish, mehnatga haq to`lashning muqobil tizimlarini ishlab chiqish va joriy qilish usullarini ishlab chiqish;

  • qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va uning texnologiyasini takomillashtirishga yo`naltirilgan tadbirlar samaradorligini texnik-iqtisodiy baholash usullarini o`rganish;

  • ishlab chiqarishning cheklangan resurslaridan foydalanish tizimini optimallashtirish;

  • ishlab chiqarish xarajatlari, tannarx va narxning shakllanish tamoyillarini, ularni boshqarish mexanizmini tadqiq etish;

  • moddiy-texnik resurslar ta’minoti va mahsulotlarni sotishning eng samarali tizimlarini aniqlash;

  • boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur bo`ladigan iqtisodiy axborotlarni shakllantirish, qayta ishlash va tizimga solish;

  • qishloq xo`jaligi korxonalarining uzoq muddatli va aylanma aktivlarini, xususiy kapitali va majburiyatlarini boshqarish tizimi va usullarini aniqlash;

  • tavakkalchilikni, investitsiyalarni boshqarish usullari va mexanizmini ochib berish;

  • ichki xo`jaligi rejalashtirish tizimi, jumladan, operativ, joriy va moliyaviy rejalashtirish hamda biznes rejalarni ishlab chiqish uslublarini o`rgatish;

  • texnikaviy-iqtisodiy fan sifatida ishlab chiqarish jarayonlarida sodir bo`ladigan qonuniyatlarni aniqlash, ishlab chiqarish va mehnat jarayonlariga texnik-iqtisodiy baho berish yo`llari hamda usullarini ishlab chiqish va asoslash.


Fanning boshqa fanlar bilan aloqalari

Ishlab chiqarish juda murakkab jarayon bo`lib, mehnat, mehnat quroli va mehnat predmetlarini qamrab oladi. Qishloq xo`jaligida esa tabiiy omillar bilan bog`liq munosabatlardan iborat. Shuning uchun, «Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani o`z oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarni hal etishda bir qator fanlar yutuqlariga tayanadi. Bu fanlar tizimi (1-chizma):



  • tabiiy fanlar;

  • ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;

  • texnikaviy-texnologik fanlarga bo`linadi.

Tabiiy fanlar jumlasiga – «Biologiya», «Zoologiya», «Fizika», «Kimyo», «Matematika» va boshqa fanlar kiradi va ular bizni o`rab turgan tabiat (borliq) to`g`risidagi asosiy bilimlarni beradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarga «Sotsiologiya», «Psixologiya», «Mehnat iqtisodi», «Iqtisodiy nazariya», «Marketing», «Menejment», «Statistika», «Tarmoqlar iqtisodi» (sh.j. «Qishloq xo`jaligi iqtisodi»), «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy menejment», «Moliyaviy hisob», «Moliyaviy tahlil», «Iqtisodiy-matematik modellar» va boshqa fanlar kirib, ular «Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fanini o`rganishda muhim baza bo`lib xizmat qiladi.





1-chizma. Fanning boshqa fanlar bilan aloqalari

Texnikaviy-texnologik fanlarga «Tuproqshunoslik», «Dehqonchilik», «O`simlikshunoslik», «Chorvachilik», «Agrokimyo», «Melioratsiya», «Traktorlar va qishloq xo`jaligi mashinalari», «Mexanizatsiya va elektrlashtirish», «Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash» kabi bir qator fanlar kirib, ular mehnat qurollari va mehnat predmetlarining ayrim xususiyatlari, quvvati, unumdorligi, tabiiy-biologik va boshqa xususiyatlari hamda ularni ishlatish tartibi to`g`risida axborot beradi. Bu ma’lumotlarsiz ulardan samarali foydalanishni tashkil etib bo`lmaydi.


Fanni o`rganish va tadqiqot usullari

Bizni o`rab turgan borliqni o`rganish usullari fanning uslubiyotini tashkil etadi. Boshqa fanlar kabi «Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fanining uslubiy asosini ilmiy tafakkurning dialektika usuli tashkil etadi. Dialektik usul hamma hodisalar va jarayonlar doimiy o`zgarishda va o`zaro bog`liqlikda rivojlanadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi deb tushuntiradi. Dialektik usul rivojlanish jarayonini oddiy o`sish jarayoni deb emas, balki oddiylikdan murakkablikka, miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`sib o`tuvchi murakkab jarayon deb baholaydi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, korxonaning hozirgi darajasi mutlaq emasligini, ma’lum sharoitlar o`zgarishi bilan o`zgarib turishi, hamma ishlab chiqarish tarmoqlari va omillari o`zaro bog`liqlikda harakatlanishini tushunib yetishi kerak. Masalan, chorvachilik tarmog`i dehqonchilikka bevosita bog`liqligini, o`z navbatida chorvachilik tarmog`i dehqonchilik tarmog`ining rivojlanishiga ta’sir etishini tushunib yetish lozim. Ishlab chiqarish hajmi yer maydoni va uning unumdorligiga, mehnat va kapital hajmiga bog`liqligini ifoda etadi. Shuningdek, ishlab chiqarish hajmi bilan korxonaning pul mablag`lariga, boshqa turdagi moddiy-texnika vositalariga bo`lgan talabi o`rtasida yoki mineral o`g`itlar va yem-xashak sarfi bilan ekinlar hosildorligi hamda chorva mollari mahsuldorligi o`rtasida o`zaro bog`liqlik mavjud.

Shunday qilib, qishloq xo`jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni to`g`ri tashkil etish va boshqarish samaradorligiga tarmoqlar, ishlab chiqarish omillari (yer, mehnat va kapital) o`rtasida to`g`ri o`zaro aloqa va bog`liqlikni takomillashtirish orqali erishish mumkin. Dialektik usul voqealar va hodisalar har doim harakatda, rivojlanishda deb tushuntiradi. Shuning uchun «Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish» fani korxonalarni, ishlab chiqarishni doimo harakatda, rivojlanishda, rivojlanish asosi ziddiyat deb tushuntiradi, ya’ni yer maydonlarini bir sifatdan boshqa sifatga o`tib turishi (yer transformatsiyasi), tuproq unumdorligining o`zgarishi, ekinlar hosildorligi, chorva mahsuldorligi hamda texnika vositalari sonining o`zgarib turishi sifatida ko`radi.

Dialektikaning yana bir qonuni, miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishi qonunidir. Qishloqda mulk munosabatining o`zgarishi natijasida oldingi yirik hajmdagi davlat (sovxoz) va jamoa (kolxoz) xo`jaliklari, o`rnida dehqon, fermer va shirkat (kooperativ) xo`jaliklari tashkil topdi.

«Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fanini o`rganish – iqtisodiy jarayonlarni kuzatish va zarur ma’lumotlarni yig`ishdan boshlanadi. Iqtisodchilar avvalo ma’lum iqtisodiy muammoga taalluqli dalillarni aniqlaydilar va to`playdilar. Dalillarni tahlil qilish orqali iqtisodiy xulosa yoki iqtisodiy nazariya yaratiladi. Iqtisodiy xatti-harakatlarni o`rganishda iqtisodiy tadqiqot nazariyasidan ayrim dalillarga va aksincha, dalillardan umumiy nazariyaga qarab harakatlanishi mumkin.

Iqtisodiy tadqiqot ayrim dalillardan iqtisodiy nazariyaga qarab harakat qilganda induktiv usulni, nazariyadan ayrim dalillarga qarab harakat qilganda deduktiv usulni ifoda qiladi.



Tahlil usulidan foydalanishda hodisalarni mayda bo`laklarga, alohida-alohida dalillarga ajratib o`rganilsa, sintez usulida hodisalarni ayrim dalillarni birlashtirish, birgalikda, o`zaro bog`liqlikda o`rganish orqali umumlashtiriladi va xulosa qilinib, turli nazariyalar yaratiladi. Ammo, bunda xatoga yo`l qo`ymaslik uchun alohida olingan, tasodifan qo`lga kiritilgan dalillardan emas, balki o`rganilayotgan obyektga tegishli barcha dalillar yig`indisidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Pozitiv usulda haqiqiy ma’lumotlar va dalillar o`rganilib ma’lum xulosalar chiqariladi.

Normativ yoki meyoriy usulda biron xulosaning miqdoriy yechimi ko`rsatiladi va asoslanadi. Masalan, pozitiv usul orqali soliq yukining fermer xo`jaliklari shakllanishiga ta’siri aniqlanadi. Normativ usul orqali fermer xo`jaliklarini 2 yil muddatga hamma soliqlardan ozod qilish tavsiya etilishi mumkin.

Dalillarni yig`ish – borliqni ilmiy anglashning boshlanishi xolos. Qishloq xo`jaligi korxonalari tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar, texnik-texnologik ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etilishi, mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlik jihatidan turli darajada rivojlanish xususiyatlariga ega. Shu tufayli alohida olingan xo`jaligining ma’lumotlari boshqa sharoitlarda joylashgan xo`jaliklar uchun mos kelmasligi mumkin. Buning uchun turli ma’lumotlar va dalillarni chuqur tahlil etish asosida nazariy umumlashtirish lozim bo`ladi.

Dalillarni keng qamrovli tahlil etish uchun iqtisodiy tadqiqotning turli usullaridan foydalaniladi. Ularning ichida eng ko`p statistik, iqtisodiy-matematik, monografik, tajriba usullaridan foydalaniladi.



Statistik, ya’ni guruhlashtirish, dinamik qatorlar, o`rtacha sonlar, analitik, korelyatsion, dispersion va regression tahlil usullari orqali xo`jaligida sodir bo`ladigan miqdor o`zgarishlar qanday sifat o`zgarishlariga olib kelishi, ayrim omillar va dalillar o`rtasida qanday aloqa va bog`lanishlar borligi anqlanadi.

Monografik usul orqali biron voqea yoki dalil va unga ta’sir etuvchi har bir jarayon o`rganilishi ta’minlanadi.

Hisob-analitik usul biron tadbirni belgilashda yoki xo`jaligining istiqboli bilan bog`liq tadbirlarni ishlab chiqishda keng foydalaniladi.

Tajriba usuli normativ asosda belgilangan me’yoriy tadbirni yoki biron-bir nazariyani keng ko`lamda qo`llashdan oldin kichik doirada sinab ko`rishdir. Agar bu sinov natijalari amalda o`zini oqlasa, xuddi shu sharoitga ega bo`lgan boshqa joylarda ularni qo`llashga tavsiya etish mumkin bo`ladi. Chunki amaliyot - haqiqat mezonidir. Ma’lumki, biron-bir natija, masalan, xo`jaligining foydalilik darajasi juda ko`p omillarga bog`liq.

Ayrim hollarda turli-tuman omillar bir-birlariga qarama-qarshi ta’sir etishi mumkin. Bunda iqtisodiy-matematik usul qo`llanilgan holda hamma omillar ta’sirini miqdor jihatdan hisobga olish imkoniyatini beradigan modellardan foydalaniladi.



Qisqacha xulosalar

Qishloq xo`jaligi mamlakat moddiy ishlab chiqarishining dastlabki va muhim sohasidir. Qishloq xo`jaligi mamlakat iqtisodi va islohotlarning ustuvor yo`nalishidir. Mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy masalalarni hal qilish, aholi turmush darajasining o`sishi ko`p jihatdan qishloq xo`jaligining rivojlanishiga bog`liq.



«Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani iqtisodiy fan bo`lib, ayrim olingan korxonalarda iqtisodiy qonunlar, nazariyalar, modellar harakati mexanizmining o`ziga xos xususiyatlarini, ulardan foydalangan holda korxonalar faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish yo`llari hamda usullarini o`rgatadi.

«Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fani o`z oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarni hal etishda bir qator fanlar yutuqlariga tayanadi. Bu fanlar tizimi:

  • tabiiy fanlar;

  • ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;

  • texnikaviy-texnologik fanlarga bo`linadi.

Bizni o`rab turgan borliqni o`rganish usullari fanning uslubiyotini tashkil etadi. Boshqa fanlar kabi «Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fanining uslubiy asosini ilmiy tafakkurning dialektika usuli tashkil etadi. Shuningdek, fanni o`rganishda induksiya va deduksiya, tahlil va sintez, pozitiv va normativ, statistik, iqtisodiy-matematik, monografik va tajriba usullaridan ham foydalanish mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qishloq xo`jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o`rni va vazifalari nimalardan iborat?

  2. «Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» fanining mavzusi va predmeti nimalardan iborat?

  3. Bu fan boshqa fanlar orasida qanday o`rin tutadi?

  4. Fan o`z maqsadi va vazifalarini o`rganishda qanday uslub va usullardan foydalanadi?

Adabiyotlar ro`yxati

  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. -T.: O`zbekiston, 2009.

  2. Karimov I.A. “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr talabi”, 2008-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. //Xalq so`zi, 2009-yil 14-fevral.

  3. Hamdamov Q.S. Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish. -T.: «O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot Jamg`armasi», 2004.

  4. Salimov B.T. va boshq. Dehqon va fermer xo`jaliklari iqtisodi. -T.: «O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi», 2004.

  5. Петранова Г.А. Экономика и управление в Cельском хозяйстве. -M.: Академия, 2003.




1 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. -T.: O`zbekiston, 2009, 24-b.


Aim.uz


Download 87,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish