Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi. ME'DA VA O`N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI
TA'RIFI.
Qaytalanib turuvchi va jadallashishga moyil kasallik bo`lib, me'da va o`n ikki barmoqli ichakda yara illati sodir bo’lishi bilan ifodalanadi
TARQALISHI.
Balog’atga yetgan axolining 2-5 foizi yara kasalligiga chalingan, ko’pincha 25-30 yoshlardagi erkaklarda uchraydi. Duodenum yarasi me'daga nisbatan 3 marta ko’p. Yara kasalligi ko’payishini urbanizatsiya, tartibsiz ovqatlanish, tashki muxitning ifloslanishi va to’kima gipoksiyasining rivojlanishi bilan bog’laydilar
ETIOLOGIYASI
A) Alimentar omil - odatdagi ovkatlanish ritmining o`zgarishi, o`tkir ta'sirlovchi (qovurilgan, achchiq, sho’r, dudlangan) taomlarni iste'mol kilish
B) Alkogol
V) Dori-darmonlar
G) Davomli yoki tez-tez kaytalanuvchi asab-ruxiy taranglanish, bosh miyaning mexanik shikastlanishi (chaykalishi), nerv sistemasining distrofik o`zgarishlari.
D) Buyrak usti, miya ortig’i (gipofiz) va jinsiy bezlar gormonlari boshqaruvi mexanizmlarining buzilishi xastalikning vujudga kelishida aloxida o`rin egallaydi
D) Buyrak usti, miya ortig’i (gipofiz) va jinsiy bezlar gormonlari boshqaruvi mexanizmlarining buzilishi xastalikning vujudga kelishida aloxida o`rin egallaydi
Ye) Irsiy omillar:
(1) yaqin qarindoshlarda xastalikka chalinish xavf-xatari 10 martadan ortiq
(2) O (I) gurux qonli odamlarda yara kasalligiga duchor bo’lish extimoli 30-40 foizdan yuqori
Yara kasalligi rivojlanishining mexanizmi asosida «tajovuzkor» va «ximoyachi» omillar o’rtasidagi fiziologik muvozanatning buzilishi yotadi
Xlorid kislota sekretsiyasining boshqarilishi
Tajovuzkor omillar:
(1) me'da shirasining xlorid kislotasi va pepsin;
(2) o`n ikki barmok ichakdan o`tning (duodenal-gastralgik reflyuks) oshqozonga tushishi;
(3) me'da va o`n ikki barmok ichak dismotorikasi;
(4) Helicobacter pylori;
(5) Gistamin va serotonin kislotali peptik omil faolligini oshiradi va membrana o’tkazuvchanligini kuchaytiradi
«Ximoyachi» omillar:
(1) tarkibida neytral mukopolisaxaridlar bo`lgan me'da va o`n ikki barmogli ichak shillig’i;
(2) sialo va sulfomutsinlar
(4) normal maxalliy qon aylanishi
TASNIFI
1. Etiologiyasiga qarab:
A) Xelikobakter pilori bilan bog’langan.
B) Xelikobakter pilori bilan bog’lanmagan.
2. Joylashishiga qarab:
A) Me'da yarasi:
a) kardiya qismi
b) kichik egriligi
v) pilorik bo’limi (oshqozonni chiqishi)
g) antral bo’limi
B) O’n ikki barmoqli ichak yarasi:
a) piyozchasida
b) piyozchadan tashqari bo’lim (postbulbar)
C) Me'da va o’n ikki barmoqli ichak yarasining birga mavjudligi
3. Yara turiga qarab:
3. Yara turiga qarab:
A) yakka
B) ko’pchilik
4. Yara diametriga qarab:
A) kichkina diametrli 0,5 sm gacha
B) o’rta diametrli 0,5-1sm gacha
C) katta diametrli 1,1-2,9sm
D) ulkan (juda katta), me'da yarasi uchun 3sm va ortiq, o’n ikki barmoqli ichak yarasi uchun 2sm dan ortiq
5. Klinik kechishiga qarab:
A) tipik
B) notipik
- notipik og’riq sindromi bilan
- og’riqsiz (lekin boshqa klinik belgilar bilan)
- simptomsiz
6. Me'daning sekretsiya miqdori bo’yicha:
A) baland sekretsiya bilan
B) normal sekretsiya bilan
C) pasaygan sekretsiya bilan
7. Kechish xarakteri bo’yicha:
A) ilk aniqlangan
B) qaytalanuvchi kechishi
- kamchil zo’rayish bilan (2-3 yilda 1 marta)
- xar yili zo’rayish bilan
- tez – tez zo’rayish bilan (yiliga 2 marta va undan ko’p)
8. Kasallik bosqichiga qarab
A) zo’rayishi
B) remissiya (kasallikning yengillashishi):
- klinik
- anatomik:
a) epitelizatsiyalash
b) chandiklanish (qizil va oq chandiqlanish)
C) funksional
9. Asoratlar mavjudligiga qarab
A) Qon ketishi
B) Penetratsiya
C) Teshilish
D) Stenozlanish
E) Malignizatsiya
KLINIK KO’RINISHI
Me'da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi ba'zan belgisiz kuzatiladi. Xastalikning mazkur turida jarayon to`satdan qon qusish yoki yara teshilishi ko`rinishi bilan ifodalanadi. O`n ikki barmoq ichak «soqov» yarasida najas qora rangda bo`ladi (tarkibida qon mavjudligi xisobiga), ko`pincha bexushlik sodir bo`ladi.
SHIKOYATLAR:
(1) Og’riq - xastalikning zo`rayishi davrida yetakchi belgi xisoblanadi. Og’riq sezgisini vujudga keltiruvchi sabablar quyidagilar:
a) me'da va pilorus muskullarining qisqarishi;
b) tomir devori qisqarishi natijasida vujudga keluvchi ishemiya;
c) yalliglanish jarayoni
Qusish - yara kasalligida ko`ngil aynishisiz, og’riqning eng kuchaygan davrida sodir bo`ladi
Qusish - yara kasalligida ko`ngil aynishisiz, og’riqning eng kuchaygan davrida sodir bo`ladi
Gastrofibroskopiya - yara nuqsoni shaklini, xajmini chuqurligini asoratlar borligini aniqlaydi.
QIYOSIY TASHXISI
(1) Surunqali giperatsidli gastrit
(2) Surunqali xoletsistit
DAVOSI.
konservativ va jarroxlik usullari bilan bajariladi.
Davoni individualizatsiyalash
Xastalikni davolashda muxim-sharoyitlarda xisoblanadi.
(1) Jiddiy yotoq tartibi 1-2 xafta qo’llaniladi,
(2) Davoli ovqat .
(3) Dori-darmonlar bilan davolash patogenetik tamoyil (prinsip) asosida bajariladi:
parda himoya faoliyatini, xujayralar regeneratsiyasini va mahalliy qon aylanishni sozlash, xelikobakter piloriga qarshi antibakterial moddalarni qo’llash tavsiya qilinadi.
Н2 receptorlar antogonistlari
(1) Cimetidin (tagamet)
(2) Ranitidin
(3) Famotidin.
(4) Omeprol
(5) Ranisan
Antacidlar.
(1) Eriydigan antacidlar:
(a) magniy oksidi.
(b) magniy karbonati.
(c) magniy triksilikati.
(d) vikalin, vikair yoki rotor.
(2) Erimaydigan antacidlar:
(a) almagel yoki flatugel
(b) fosfalugel
Reparantlar – to’qima modda almashinishini sozlaydi