Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti Samarqand filiali Telekommunikatsiya texnalogiyalar fakulteti 21-05-guruh Talabasi Alimov Sardorning Akademik yozuv fanidan tayyorlagan PREZINTATSIYASI
-
- Аxbоrоt hаr bir kishi uchun bilimdir. Hаr bir kishi muаyyan yangilikni turli mаnbааlаrdаn оlаdi. Qаchоnlаrdir biz оtа-оnаmizdаn, o`qituvchilаrimizdаn kitоblаrdаn, shаxsiy tаjribаmiz оrqаli nimаlаrni bilgаn, o`rgаngаn bo`lsаk, ulаrni hаmmаsini xоtirаmizdа sаqlаymiz. Shuningdеk, kitоblаrdа, jurnаllаrdа, gаzеtаlаrdа nimа yozilgаn bo`lsа, yozilgаn mаzkur mаtnlаr muаllifning bilimini аks ettirаdi. Chunki bulаrni hаmmаsi аxbоrоtdir.
- Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma`lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so`zidan olingan bo`lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma`lumot ma`nosini anglatadi.
- Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a`zolarimiz (ko`z, quloq, burun, og`iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma`lumotni tushunamiz.
Kompyuter raqamlarning o‘zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo’q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkinchisini esa 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo’lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan.Bu usul qisqacha qilib, ikkilik kodlash deb ham ataladi. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andazalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali yordamida ikkilik belgilar ketma-ketligida ifodalanadi.
Kodlash ikki xil turga bo‘linadi: tekis va notekis. Notekis kodga Morze usuli mos keladi.Hisoblash texnikasida odatda tekis kodlash usulidan foydalaniladi. Ular qatoriga axborotlarni kiritish va chiqarish uchun EHMda foydalaniladigan axborot almashish kodi AAK-8 va ikkilik axborot almashish kodi IAAK va boshqalarni kiritish mumkin.
Kompyuterda barcha harf, raqam va belgilar faqat ikkita raqam asosida ifodalanadi. Kompyuterlarda bitta belgi sakkizta 0 va 1 dan iborat raqamlar ketma-ketligi bilan kodlanadi. Shu 8 ta belgining har biri bit deb nomlanadi. 8 ta bit esa bir baytni tashkil etadi.
8 ta nol va birlarning turli kombinatsiyaasidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin.
AXBOROTNI KOMPYUTERDA TASVIRLASH
Iqtisodiy axborotni o`lchashda turli xil birliklardan foydalanish mumkin.
Masalan: Axborotlarni yig`ish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt, Kilobayt, Mеgabayt o`lchov birliklaridan foydalaniladi.
1 bayt = 8 bit1 Kbayt = 1024 bayt
Qayd qilish jarayoniga ko`ra axborotning o`lchov birligi sifatida bеlgi, so`z, jumla, abzats va boshqa birliklardan foydalanish mumkin.Axborotni uzatish va qabul qilishda BODO kattaligidan foydalaniladi. 1 Bodo 1 simvolga tеng.
Agar tarixga nazar tashlasak, o‘z faoliyatida boshi berk ko‘chaga kirib qolganda, hamma vaqt ilmiy - texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat evaziga o‘z ko‘chasini ochiq qilib olgan: olov paydo bo‘lishdan, bug‘ mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo bo‘lishiga qadar biz uning guvohimiz. Axborotni qayta ishlash, boshqaruv jarayonining boshi berk ko‘chaga kirib qolishi o‘z navbatida tezkor elektron hisoblash mashinalari bunyod etilishiga olib keldi.
Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.
Axborotning o'lchovi va hajm birliklari
- T.me/axborot_tushunchalari
- www.yandex.ru
- www.google.com
- ………………
Do'stlaringiz bilan baham: |