Plagiat (lotincha plagio – o‘g‘rilayman)



Download 20,9 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,9 Kb.
#242091
Bog'liq
plagiat


Buning mevasini kundalik hayotimizda ko‘rib turibmiz. Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarda ko‘chirmachilik avj oldi. Kimdir birovning ijod mahsulini o‘ziniki qilib ijtimoiy tarmoqqa joylashtiradi. Undan yana kimdir olib, foydalanadi. Kutilmaganda mantning haqiqiy muallifi topilib qoladi, so‘ngra o‘zaro tortishuv boshlanadi... Yoki axborot tarqatuvchi internet saytlarda berilayotgan xabarning manbasi ko‘rsatilmaydi. Aslida xabar boshqa axborot manbasidan ko‘chirilgan bo‘ladi va hokazo. 

Bugungi kunda plagiatlik shu darajada avj olmoqdaki, hatto butun boshli kitobni ko‘chirib, o‘ziniki qilishga urinayotganlar ham uchramoqda. Keling, avvalo, plagiatlik nima ekaniga izoh bersak. Plagiat (lotincha plagio – o‘g‘rilayman) – adabiyot, fan, san’at asari, kashfiyot yoki ratsionalizator taklifiga mualliflikni (qisman yoki to‘la) qasddan o‘zlashtirish, deganidir. O‘zbekcha aytganda, mol-mulkni emas, ijod mahsulini qisman yoki to‘liq o‘g‘irlash.

Bugun ko‘chirmakashlik muammosiga duch kelayotgan ekanmiz, avvalo, buning sabablarini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Hech bir muammo o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga dastlab zamin yaratiladi. Tan olishimiz kerakki, yillar davomida shu zaminni yaratdik. Butun boshli ko‘chirmakash avlodni tarbiyaladik.

Qanday qilib deysizmi? Yaxshilab o‘ylab ko‘ring. So‘nggi o‘n-o‘n besh yil davomida talabalar nazorat ishlarini tayyor internetdan ko‘chirib, chiroyli oq qog‘ozga chiqarib domlalarga topshirdi va nazoratdan o‘tdi. Hozir ham bu an’ana davom etib kelmoqda. Dars qoldirgan talaba qoldirgan darsi uchun ham biror mavzuni adabiyotdan yoki internetdan ko‘chirib boradi. Biz yoshlarni talabalikdan ko‘chirmakashlikka o‘rgatdik. Buni kimga va nima uchun kerakligini hanuzgacha tushunmayman.

Yillar davomida talabalarning oddiy nazorat ishlaridan tortib, diplom ishlari, ilmiy ishlarigacha ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yildi. Oxir-oqibat shu darajaga keldikki, ko‘chirmakashlik, birovning ijod mahsulini o‘zini qilib olishlik tabiiy holga aylandi.

-Yaqinda “Xarid chekini so‘rashdan uyalmayman” nomli maqola yozgandim. Uni ikkita saytga berdim. Hali maqolam saytda chiqishga ulgurmay, kimdir o‘ziniki qilib olib, uyalmasdan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiribdi. Men yozgan maqolani o‘sha yigit qayerdan olganiga hayronman. “Maqolani men yozganman-ku, buni qayerdan oldingiz”, degan savolimga javob bermadi. Bu qip-qizil plagiatlik, - dedi jurnalist Gulchehra Berdiyorova.

Birovning yozgan maqolasi yoki axborotini o‘ziniki qilib o‘zlashtirib olayotganlar, uning huquqiy jihatiga ahamiyat bermayapti. Tasavvur qiling, birovning mol-mulkini o‘g‘irlagan qonunan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shunday ekan birovning ijod mahsulini o‘g‘irlaganlarga ham qonunan jazo turlari belgilangan. 

Adliya vazirligining saytida plagiatlikka qonunchilikda qanday jazo turlari qo‘llanilishi haqida keltirilgan. Amaldagi qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita “plagiat” atamasi qo‘llanilmasa-da, mualliflik huquqlarining buzilishi uchun aniq javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 149-moddasiga ko‘ra, tafakkur mulki ob’yektiga nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk ob’yektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.



Fuqarolik qonunchiligida esa plagiat sodir etgan “adabiy o‘g‘ri”ga nisbatan ikkita chora qo‘llaniladi. Birinchisi, bu huquqni tan olish va huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash”, ya’ni aslida asarning haqiqiy muallifi kim ekanligini e’tirof etish, zarur hollarda esa tegishlicha rasmiylashtirish, ikkinchisi esa asar muallifiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash (bu choralar Fuqarolik kodeksining 1040-moddasi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 65-moddasi qoidalaridan kelib chiqadi).

Agar sizning mualliflik huquqingiz buzilayotgan bo‘lsa, kimdir siz yozgan matnni o‘zini qilib olayotgan bo‘lsa, sudga murojaat qilish huquqiga egasiz. Zamon shuni taqozo qilayotgan ekan, plagiatlikka qarshi birgalikda kurashaylik. Ko‘chirmakash avlodni tarbiyalab berayotgan oliy ta’lim muassasalari ham bu haqda o‘ylab ko‘rishsa, yomon bo‘lmasdi.
Download 20,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish