4 – Mavzu. PERSONAL FAOLIYATINI BAHOLASHNING
ZAMONAVIY USLUBLARI
4.1. Personal faoliyatini baholashning mohiyati va uning
zamonaviy uslublari
4.2. Personalni attestatsiyadan o’tkazish
Baholashning sifat uslublari.
Odatda bu uslublarga baholanuvchi-
ning tarjimai holi, amaliy tavsiyanomasi (xarakteristikasi), maxsus
og’zaki so’rovlar o’tkazish, etalon, shuningdek muhokama qilish orqali
baholash kiradi.
Baholashning miqdor uslublari
xodim sifatlarini son bilan
baholashni nazarda tutadi.
Baholashning aralash uslublari
bir yo’la sifat va miqdor
uslublarini, maxsus testlarni, ekspert baholarini qo’llashni ko’zda tutadi.
Ma’lumot
- xodimning malaka darajasini aniqlashda asosiy sifat
ko’rsatkichlaridan biridir.
Ish staji
- tajribaning miqdor ko’rsatkichi hisoblanadi.
Yosh
esa ish staji bilan o’zaro bog’liqdir.
Ma’muriy funktsiyalar:
xizmat vazifasida ko’tarish, tushirish,
boshqa ishga o’tkazish, mehnat shartnomasini to’xtatish.
Axborot funktsiyalari.
Faoliyat natijalarini baholash personalga
ular ish natijasini ma’lum qilish uchun kerak. Mazkur ish yaxshi yo’lga
qo’yilgan taqdirda xodim yaxshi yoki yomon ishlayotganigina emas,
balki o’zini qaysi yo’nalishda takomillashtirishi zarurligini ham bilib
oladi.
Qiziqtirish (motivatsiya) funktsiyalari.
Bu ma’muriyat qobiliyatli
xodimlarni aniqlagach, ularni munosib ravishdataqdirlashi mumkinligi
(ish haqini oshirib, yuqori lavozimga ko’tarib) bilan bog’liqdir.
Aloqadorlik.
Bu, birinchidan, shaxsiy mehnat faoliyati uchun ijro
standartlarining korxona maqsadlari bilan, ikkinchidan, mehnat
ko’rsatkichlari tahlili va baholash shakllari miqdori o’rtasidagi
aniqaloqasini ifodalaydi.
Sezgirlik.
Bu tamoyilda ijroni baholash tizimi samarali ijrochilarni
samarasiz ijrochilardan farqlaydi. Agar bu tamoyilga rioya etilmasa,
baholash tizimidan boshqaruv maqsadlari uchun foydalanib bo’lmaydi.
Ishonarlilik
baholashda izchillikka taalluklidir. Har bir xodimni
baholash ish reytinglari bo’yicha va mohiyat jihatidan mustaqil ravishda
amalga oshiriladi.
Maqbullilik
amaliyot uchun muhim talabdir. Chunki personalni
boshqarish dasturlari bu dasturlarni ishlatadiganlar yoki dasturlar ijrosiga
to’sqinlik qilishi ehtimol, tutilganlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi
kerak.
Hamkasblar.
Mehnat faoliyatining shunday turlari (masalan,
huquqiy faoliyat, ta’lim) borki, rahbar mazkur faoliyat turi bilan band
bo’lgan xodim ishini kuzatish uchun kamdan-kam imkoniyatga ega
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |