Payvandlash jarayonlari va uchastkalarini loyihalash fanini o‗rganish maqsadi va vazifalari



Download 395,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.05.2022
Hajmi395,48 Kb.
#622315
  1   2


1-Ma‘ruza. 
KIRISH
PAYVANDLASH JARAYONLARI VA UCHASTKALARINI LOYIHALASH 
FANINI O‗RGANISH MAQSADI VA VAZIFALARI 
REJA: 
1.1. O‗zbekiston Respublikasida mashinasozlik taraqqiyoti va uning xozirgi zamon 
muammolari. O‗zbekiston Respublikasida zamonaviy qishloq xo‗jalik texnikalarini 
ishlab chiqarish va ta‘minlashning bugungi kundagi xolati. Fanning maqsadi va 
vazifalari, tarkibi, asosiy tushunchalari va uni qishloq xo‗jaligi mashinasozligini 
rivojlantirishdagi o‗rni. Mashinalarning ishlash ishonchliligi va 
texnologiyabopligini taminlashda ularning qismlarini tayyorlash uchun ratsional 
material va ishlov berish texnologiyasini tanlashning ahamiyati. 
1.2. Payvandlashning rivojlanishi bo‗yicha qisqacha tarixiy ma‘lumotlar. Dastaki 
usulda payvandlashning turlari va ularning muammolari. Payvandlash usullarining 
klassifikatsiyasi. Zamonaviy payvandlash usullari xaqida qisqacha ma‘lumotlar. 
1.1.O‗zbekiston Respublikasida mashinasozlik taraqqiyoti va uning xozirgi zamon 
muammolari. Fanning maqsadi va vazifalari. 
Halq xo‗jaligining har bir sohasida ishlab chiqarishning texnikaviy darajasi uning 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ko‗lami, ya‘ni kerakli mashinalar hamda
texnik vositalar asosida jihozlanganligi bilan belgilanadi. SHu bilan bir vaqtda 
qishloq xo‗jaligida ishlatiladigan samarador mashina va mexanizmlarni 
tejamkorlik bilan arzon hamda yuqori sifatli, nozik did bilan tayyorlashni bilish 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, yangi materiallar izlab topish va ulardan foydalanish xalq 
xo‗jaligi uchun nihoyatda muhim vazifadir. Konstruksion materiallar zamon 
talablariga qanchalik to‗la va aniq javob bersa, ulardan tayyorlangan mashina va 
mexanizmlar, turli asbob-uskunalar, inshootlar shuncha mukammal bo‗ladi va 
uzoq ishlaydi. 
Qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish muammosining dolzarbligini 
respublikamiz prezidenti quyidagicha ifodalagan: biz modernizatsiya deganda, 
ko‗pincha sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilishni tushunishga o‗rganib 
qolganmiz. holbuki, sanoat bilan bir qatorda iqtisodiyotimizning qishloq xo‗jaligi 


kabi etakchi sohasini ham modernizatsiya qilish, uning tarkibiga kiradigan deyarli 
barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining butun kompleksida texnik va 
texnologik yangilash ishlarini amalga oshirishga katta ehtiyoj sezilmoqda.
Xalq xo‗jaligi ishlab chiqarishini yangi namunadagi mashina va jihozlar bilan 
texnik va texnologik yangilashda, ularni son jihatidangina emas, balki, sifati va 
ishonchliligini ham oshirish, ayniqsa, buzilmasdan ishlashi, xizmat muddati va 
saqlanuvchanligini oshirish ham ko‗zda tutiladi. 
Bugungi kunda xalq xo‗jaligining aviatsiya, raketasozlik, asbobsozlik, xarbiy 
sanoat kabi sohalarida ishlab chiqarilayotgan mashina, jihoz va asbob-uskunalarda 
ilmiy-texnik rivojlanish yutuqlarini joriy etish, yangi turdagi istiqbolli 
materiallardan keng foydalanish natijasida ularning sifat va ishonchlilik 
ko‗rsatkichlari tez sur‘atlar bilan ortib bormoqda. Ammo qishloq xo‗jaligi uchun 
mashina va jihozlar ishlab chiqarishini zamon talabiga mos ravishda rivojlantirish 
nisbatan sust amalga oshirilmoqda.
O‗tgan oxirgi yigirma yil davomida mintaqada ro‗y bergan siyosiy o‗zgarishlar 
natijasida qishloq xo‗jalik texnikalariga texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlashda 
amal qilib kelinayotgan rejali-ogoxlantirish tizimi butkul izdan chiqdi. Ushbu 
tizimni muayyan ishlashi uchun xizmat qiluvchi mashina va jihozlar eskirib ishga 
yaroqsiz yoki texnik-iqtisodiy samarasiz bo‗lib qoldi. Natijada ularning ko‗plari 
uzoq vaqt bekor turib qola boshladi va sekin-asta ishlab chiqarishdan olib tashlanib 
yaroqsizga chiqarildi. Ularning ba‘zi qisman bo‗lsa ham foydalanib kelinayotgan 
noyoblarigina ishlab chiqarishda saqlanib qoldi.
Bu muammoni hal etish maqsadida xukumatimiz tomonidan traktor va boshqa 
qishloq xo‗jalik texnikalari ishlab chiqarishni butunlay yangilash bo‗yicha choralar 
belgilandi. Natijada Toshkent traktor zavodida T28x4 traktori o‗rniga TTZ-80, 
TTZ-100 kabi traktorlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. Avtomobilsozlik sanoati 
yo‗lga qo‗yildi. Qishloq xo‗jalik mashinasozligida ham yangi turdagi mashinalar 
ishlab chiqarish o‗zlashtirilmoqda. Bundan tashqari qishloq xo‗jalik texnikalarini 
yangilash bo‗yicha avvalo chet elning ilg‗or kompaniyalari bilan hamkorlikni 
yanada rivojlantirish qishloq xo‗jaligini rivojlantirishning yangi dasturiy rejasiga 
kiritildi. 
Avtomobilsozlik – yangi jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratuvchi va 
mamlakatimizning texnik taraqqiyotini rivojlanishini belgilovchi soha, chunki u 
sanoatning turli tarmoqlarini yangi texnika, ishlab chiqarish vositalari bilan 
ta‘minlaydi. SHuning uchun avtomobilsozlik -ishlab chiqarishning barcha 
sohalarini rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatuvchi sanoatninng muhim 
tarmoqlaridan biri. SHuning uchun mamlakatimiz Prezidenti va Xukumati 
mashinasozlikni, ayniqsa, avtomobilsozlikni rivojlantirishga alohida e‘tibor 
qaratmoqda. 
Mustaqil O‗zbekistonimizda avtomobilsozlikning yaratilish tarixi 1992 
yildan boshlanadi. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 5 noyabrdagi 509-sonli qarori 


bilan O‗zbekistonda Janubiy Koreyaning DEU korporatsiya-si bilan hamkorlikda 
Andijon viloyatining Asaka shahridagi tirkama zavodining negizida avtomobil 
ishlab chiqaruvchi «O‗zDEUavto» qo‗shma korxona tashkil etildi. Ushbu qo‗shma 
korxonaning qurilishi 1993 yilning mart oyi-da boshlanib 1996 yili bahorida 
tugallandi.
1996 yilning 8 mayida Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan 
hamkorlikda Samarqand shahrida ―SamKochAvto‖ qo‗shma korxonasini tashkil 
etish to‗g‗risida bitim imzolandi. Ushbu qo‗shma korxona 1999 yili mart oyida 
ishga tushdi va shahar ichida va shaharlararo qatnashga mo‗ljallangan avtobuslar 
hamda o‗rta klassdagi yuk avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. Zavodning 
quvvati yiliga 5000 avtomobil. SHundan 4000 tasi avtobus va 1000 tasi yuk 
avtomobilidir. 
Zamonaviy jamiyat hayotida avtomobil transporti, yuk va yo‗lovchilarni tashish 
talabini qondirishi bilan, muhim rol o‗ynaydi. Boshqa turdagi transportlar tizimida, 
ayniqsa, shaharda, avtomobillar muhim o‗rin egallaydi va boshqa turdagi transport 
vositalari bilan bir qatorda rivojlanib bormoqda. Buni GMUzbekistan qo‗shma 
korxonasida ishlab chiqarilayotgan quyidagi kabi engil avtomobillar, avtobuslar, 
yuk va maxsus avtomobillar, zamonaviy dvigatel ishlab chiqarish korxonalari 
misolida ko‗rishimiz mumkin. Bularning natijasida respublikamiz iqtisodiyoti 
turg‗un rivojlanish yo‗liga o‗tib oldi. 
FANNI O‗RGANISH MAQSADI VA VAZIFALARI. 
Fanning maqsadi –fanni o‗rganishdan asosiy maqsad bakalavrlarning mashinalarga 
servis xizmati ko‗rsatish va ta‘mirlash jarayonida zamonaviy payvandlash 
texnologiyalari va jihozlarini qo‗llash bo‗yicha kerakli nazariy va amaliy 
bilimlarga ega bo‗lishlarini ta‘minlashdan iborat.
Fanning vazifalari – talabani ushbu fan bo‗yicha olgan nazariy va amaliy 
bilimlarini zamonaviy payvandlash usullari, texnologik jarayonlari xamda 
qo‗llaniladigan jixozlar va materiallar xaqida ko‗nikmalar hosil qilishdir. Hamda 
mavjud payvandlash usullarining mohiyati, afzalliklari, qo‗llanilish sohalari va 
kamchiliklari haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‗lish.
1.2. Payvandlash haqida umumiy ma‘lumotlar.Payvandlash usullarining 
klassifikatsiyasi. Payvand birikmalarning turlari. 


Konstruksion materiallarni o‗zaro atomlar yoki molekulyar bog‗lanishi hisobiga 
ajralmaydigan qilib biriktirishga payvandlash deyiladi. Bu usul texnikaning deyarli 
hamma sohalarida turli metallarni va metallmas materiallarni odatdagi sharoitda,
suv ostida va koinotda payvandlashda keng qo‗llaniladi. CHunki bu usul 
ajralmaydigan birikmalar hosil qilishda boshqa texnologik usullarga (kavsharlash, 
parchin mix bilan biriktirish) qaraganda ish unumining yuqoriligi, tejamliligi va 
boshqa afzalliklari bilan ajralib turadi. Masalan, bu usulda kemalar yasashda 
parchin mixning qo‗llanishiga qaraganda uni tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt 
5-10 marta qisqarib, kema massasi 20-25% engillashadi. 
Ayniqsa, yirik metall bloklar tayyorlashda, ularni yig‗ishda, ko‗priklar qurishda, 
rezervuarlar tayyorlashda va boshqa ishlarda payvandlash juda qo‗l keladi. 
Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra hozir ishlab chiqarilayotgan po‗lat mahsulotlarining 
yarmiga yaqini payvandlanadi. 
Metallarni payvandlash usuli odamlarga juda qadimdan ma‘lum. O‗sha zamonda 
odamlar metallarni er o‗choqlarda qizdirib, ularni bir-birini ustiga qo‗yib zarblab 
biriktirilganlar. Lekin bu usulning nazariy asosi faqat XIX asr oxiri XX asr 
boshlaridagina yaratila boshlandi. 
Bu borada rus olimi V.V.Petrovning (1761-1834 y. y.) xizmati g‗oyat katta. U, 
1802 yilda elektr yoyining xususiyatini o‗rgandi va yoy issiqligida metallarni 
payvandlash mumkinligi xaqida o‗z fikrini aytdi. Elektr yoy xususiyati 
o‗rganilgandan keyin, ya‘ni 1881 yilda rus ixtirochisi N.N Benardos (1841-1905 y. 
y.) metalni ko‗mir elektrod bilan elektr yoy yordamida payvandlash usulini ixtiro 
qildi va bu ishi uchun ko‗pgina mamlakatlarda unga patent berildi. 1981 yilda 
YUNESKO qaroriga ko‗ra elektr yoy yordamida payvandlashning 100 yilligi 
butun dunyoda nishonlandi. Benardos usulida ko‗mir elektrod tok manbaining 
manfiy qutbiga, payvandlanuvchi zagotovkalar esa musbat qutbiga ulanib, elektr 
yoy ular orasida hosil bo‗ladi (1.4.-rasm). 
Bu usulda o‗zgarmas tok manbaining talab etilishi, payvandlashda chok metaliga 
ko‗mir elektrod atomlarining qisman o‗tishi, metall vannaning havo zararli 
ta‘siridan himoya etilmasligi, payvandchining ikkala qo‗lining bandligi va 
boshqalar sifatli chok hosil qilishga qiyinchiliklar tug‗dirdi. Endi kun tartibida 
yanada takomillashgan payvandlash usullari ustida izlanishlarni davom ettirish 
masalasi turdi. Darhaqiqat 1888—1890 yillarda rus injeneri N. G. Slavyanov, N. 
N. Benardos usulini takomillashtirdi. U, ko‗mir elektrodni o‗rniga metall elektrod 
bilan almashtirishga erishdi, metall vannani xavoning zararli ta‘siridan himoya 
qilishda flyusdan foydalanib payvandlash vaqtida payvandlash joyiga elektrodni 
bir tekisda uzatib turuvchi oddiy mexanizmni ham yaratdi va ularning barchasiga 
patent oldi. 
XX asr boshlarigacha metall elektrod qoplamalari va zarur uskunalar yo‗qligi, 
sifatli choklar hosil qilishdagi qiyinchiliklar sababli metall kuproq gaz alangasida 
dastaki payvandlab kelindi. 1907 yilda shved injeneri O. Kvelberg maxsus 
qoplamali metall elektroddan foydalanishni taklif qildi. Bunday elektrod bilan 


metallarni dastaki payvandlashda qoplama erib, yoyning barqaror yonishi 
ta‘minlanib va chok tashqi muhitdan himoyalanib sifatli chok hosil qilishga 
erishildi. 
Bu davrga kelib zarur payvandlash elektr mashinalari ham yaratildi. Payvandlash 
texnologiyasi ham birmuncha rivojlandi. SHu vaqtdan boshlab metallni qoplamali 
metall elektrod bilan elektr yoy yordamida payvandlashdan keng ko‗lamda 
foydalanila boshlandi. 
1930-1940 yillarda Ukraina fanlar akademiyasining metallarni elektr payvandlash 
instituti jamoasi akademik E. O. Paton rahbarligida metallarni flyus qatlami ostida 
elektr yoy yordamida avtomatik payvandlash usulini yaratdi va bu ixtiro sanoatda 
juda muxim rol o‗ynadi. 
Keyingi yillarda ushbu institutda, hamda SNIITmash, VNIIA avtogenmash va 
boshqa muassasalarda olib borilgan ilmiy va amaliy ishlar natijasida elektr-shlak, 
elektron-nur, ultratovush, plazma yordamida va boshqa qator payvandlash usullari 
yaratildi. Hozirda 80 dan ziyod payvandlash usullari mavjud. 
1.4-rasm. Elektr yoy yordamida payvandlash sxemasi. 


2.2-rasm. Eriydigan (a) va erimaydigan (b) elektrod bilan payvandlash sxemalari 
2.3-rasm. Erkin (a) va siqilgan (b) yoy bilan payvandlash
sxemalari 
2.4-rasm. Payvand yoyini hosil bo‗lish jarayoni 


2.5-rasm. Payvand yoyining sxemasi 
Payvandlash usullarining klassifikatsiyasi 
Materiallarni payvandlash usullari GOST 19521-84 ga ko‗ra termik, termomexanik 
va mexanik sinflarga ajratiladi. 
Termik klass. Bu klassga materiallarning payvandlanadigan joylarini suyultirib 
payvandlashning barcha usullari, jumladan elektr-yoy, elektr-shlak, elektron-nur, 
plazma, gaz alangasida payvandlash usullari kiradi. 
Termomexanik klass. Bu klassga materiallarning pay- vandlanadigan joylarini 
qizdirib, yuqori plastik holatga keltirib bosim bilan payvandlashning barcha 
usullari, jumladan elektr kontakt, gaz alangasida qizdirib presslash, diffuzion 
payvandlash usullari kiradi. 


Mexanik klass. Bu klassga oid payvandlashning barcha usullari (sovuqlayin ishlab, 
ultratovush, portlatish va boshqalar) qo‗llanilganda mexanik energiya issiqlik 
energiyasiga aylanadi va material qizib bosim ostida payvandlanadi. 
Metallarning payvandlanuvchanligi
Metallarning payvandlanuvchanligi ularni kimyoviy tarkibiga, kristall 
panjarasiga, strukturasiga, payvandlash usuliga, payvandlash joylarining moy, kir, 
zangdan tozalanganlik darajasiga va boshqa ko‗rsatkichlarga bog‗liq. Odatda, 
metallarning payvandlanuvchanligini aniqlashda hosil qilingan chok sifati 
payvandlaniladigan metall xossasiga taqqoslanadi. Agar chokda nuqsonlar 
(g‗ovakli, darzlar, toblangan uchastkalar) bo‗lmay, strukturasi (xossasi) 
payvandlanadigan metall xossasiga yaqin bo‗lsa, bunday metallar yaxshi 
payvandlanuvchan hisoblanadi. 
Uglerodli va legirlangan po‗latlarning payvandlanuvchanligini ularning 
tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdoriga, ya‘ni uglerod 
ekvivalentiga qarab aniqlanadi: 
,%.
15
5
6

Download 395,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish