3-MASHG’ULOT.
DIZEL YOQILG'ILARI. SIFAT KO'RSATKICHLARI.
DIZEL YOQILG'I-LARINING SIFATINI YAXSHILASH BO'YICHA
TADQIQOT USULLARI
Amaliy mashg’ulot rejasi:
1.
Dizel yonilg’isining sifatiga qo’yiladigan ekspluatatsion talablar.
2.
Dizelyonilg’ilarningasosiyxossalari.
3.
Dizelyonilgisiningsetansoni.
4.
Nazorat uchun test savollari
Amaliy mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarning dizel yonilg’isining sifatiga
qo’yiladigan
ekspluatatsion talablar,dizel yonilg’ilarning asosiy xossalariga doir
nazariy
bilimlarini mustahkamlash, , ko’nikma va malakalaini tarkib toptirish.
Amaliy mashg’ulotning qisqacha mazmuni:
Dizel dvigatellari ish jarayoni karbyurator dvigatellarnikidan keskin farq
qiladi, chunki ularda yonilg‘i havo bilan bevosita yonish kamerasida aralashadi.
Dizel dvigatellari – quvvati, porshenni harakat tezligi, tirsakli vallar aylanish
tezligi, aralashma hosil bo‘lish sharoitiga qarab har xil konstruksiyali bo‘ladi.
Тezyurar dizellar siqish darajasi yuqori
ε
=16
÷
20. Ularda silindrdagi 3,0
÷
5,0
MPa ga siqilgan va siqilish hisobiga 600-800
O
C gacha isigan havoga, yuqori bosim
nasosi ostida ishlaydigan forsunka orqali yonilg‘i porsiyasi purkalanadi. Silindrning
yonish kamerasida yonilg‘i issiq havo bilan aralashadi. Qisqa vaqt ichida (tirsakli
val 20-25
O
C burilguncha) 0,001-0,004 sekundda aralashma hosil bo‘lib o‘z-o‘zidan
alangalanadi. Shunday qilib, dizel dvigatellarida qisqa vaqt ichida yonilg‘i yonish
kamerasiga to‘zitilib purkalishi, issiq havo bilan aralashishi, bug‘lanishi,
oksidlanishi va yonishi kerak.
Dvigatellar ishonchli va tejamli ishlashi uchun yonilg‘i to‘g‘ri
tanlanishi,
yonilg‘i purkalishini ilgarilatish burchagi optimal bo‘-lishi, yonganda to‘liq va
batamom yonishi kerak.
Dizel yonilg‘ilari nisbatan qovushqoq qiyin bug‘lanadigan yo-nuvchan
suyuqlikdir. Ularning tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 87% uglerod, 15%
vodorod, 0,5%gacha oltingugurt, juda oz miqdorda kislorod va azot bor. Dizel
yonilg‘isining zichligi 0,78-0,86g/sm
3
, yonganda chiqadigan issiqligi o‘rtacha 42,5
MJ/kg. Dizel yonilg‘isi benzin bilan ishlaydigan dvigatelli avtomobillarga qara-
ganda 25-30% tejamli. Dizel dvigatellaridaga yonilg‘i
yonganda chiqqan issiqlik
katta bo‘lib, avtomobillarga 600 km va undan ortiq zapas yo‘l yurishga imkon
beradi.
Belgilangan quvvat va tejamkorlik ko‘rsatkichlarida hamda ishlatilgan
gazlarni tutun kam chiqarib dvigatelning ishonchli va uzoq muddat ishlashini
ta’minlash uchun dizel yonilg‘isining sifati davlat standartlari
talablariga javob
berishi lozim.