Ona tili va adabiyot "Hellados" hikoyasida Nina xola: "Eshakning



Download 167,49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.03.2022
Hajmi167,49 Kb.
#485285
Bog'liq
2 5188276856700276369



 
ONA TILI VA ADABIYOT
1. “Hellados” hikoyasida Nina xola: “Eshakning 
hangrashini eshitib katta bo’lgan bola musiqani 
tushunarmidi?!” deganda kimni nazarda tutadi?
A) Yangulini
B) Petyani 
C) Jamolni
D) Kokani
2. Jonivorlarni sevuvchi, qachon qishloqdan so’z ketsa, 
albatta tuya, xo’tik deydigan bola qaysi asar qahramoni? 
A) “Yetti zog’ora qissasi” (Turob To’la)
B) “Shum bola” (G’afur G’ulom)
C) “Dunyoning ishlari” (O’tkir Hoshimov)
D) “Sariq devni minib” (Xudoyberdi To’xtaboyev)
3. Qaysi qatorda
dj
tovushi qatnashgan so’z bor.
A) sajda 
B) jiyda 
C) javohir 
D) jayron
4. Tor unlilar bilan farqlanuvchi o’zaro paronim fe’llarni 
aniqlang.
A) bot, but
B) burushgan, burishgan 
C) urush , urish
D) sur, sir
5. Qaysi javobda imlo qoidasiga oid noto‘g‘ri fikr 
berilgan? 
A) Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi. 
B) Oliy darajadagi unvon va mukofotlar nomi tarkibidagi 
so‘zlar har biri bosh harf bilan yoziladi. 
C) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan 
yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi. 
D) Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomidagi har bir 
so‘z bosh harf bilan yoziladi 
6. Urg‘u so‘z yasovchi qo‘shimchaga tushgan so‘zlar 
qatorini belgilang. 
1) terma (ot); 2) bostirma (ot); 3) gapirma (fe’l); 
4) isitma (fe’l); 5) qovurma (sifat); 6) qaynatma (fe’l) 
A) 1, 2, 3, 4
B) 3, 4, 6 
C) 1, 2, 3, 5
D) 1, 2, 5, 6 
7. Qaysi qatordagi yasama sifatlarning asosida tovush 
almashishi boʻlgan? 
A) issiq, achchiq
B) qaynoq, soʻroq 
C) sovuq, quruq
D) sayroqi, tutatqi 
8. To’g’ri yozilgan qo’shma soʻzlarni toping. 
A) sheryurak, oqqush, qizil urugʻ 
B) achchiq tosh, ish yoqmas, koʻkimtir 
C) koʻzoynak, toʻrtburchak, sofdil 
D) oq qush, ola qargʻa, qizil ishton 
9. Quyida berilgan maqollarning qaysi birida lablanmagan
unlilar miqdori kam? 
A) Mehnat - hayot tomiridagi qon. 
B) Bugungi mehnat – ertangi rohat. 
C) Bog’-u bo’stonlar – mehnat mahsuli. 
D) Inson mehnat bilan ulug’lanadi. 
10.
Kimki o’zgarishni uyat, or demas, 
Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos. 
Ushbu parchada jarangli, portlovchi, shovqinli undosh 
necha o’rinda qatnashgan? 
A) 4 ta
B) 7 ta
C) 8 ta
D) 6 ta 
11.
O’pkadan chiqqan havo 
Og’zimiz bo’shlig’ida 
To’siqlarga uchrashar, 
Ko’p tovush hosil qilar. 
Yuqoridagi parchada egalik qo’shimchasi qo’shilishi 
natijasida nechta fonetik hodisa kuzatilmoqda? 
A) 3 ta
B) 2 ta
C) 1 ta
D) 4 ta 
12. To’g’ri javobni belgilang. 
A) “Ko’zoynak” – biror narsaga qiyoslash orqali hosil 
qilingan qo’shma ot. 
B) “Toshbaqa” – nima uchun mo’ljallanganlik ma’nosini 
ifodalovchi qo’shma ot. 
C) “Ko’ksulton” – narsaning rangi uchun mo’ljallangan 
qo’shma ot. 
D) “Otquloq” – biror narsaga qiyoslash orqali hosil 
qilingan qo’shma ot. 
13. Moslashtiring. 
1) “O`ch” dostoni 2) “O`ch” she’riy 
to`plami a) Mirtemir b) Oybek s) A.Muxtor 
d) E.Vohidov 
A) 1-a, 2-b
B) 1-s, 2-d 
C) 1-b, 2-a
D) 1-b, 2-d 
14. Bu ko’zlar, bu qoshlar menga tanish. Qayerda ko’rdim 
ekan? Ma’no ko’chishi turini aniqlang. 
A) metafora
B) ma’no ko’chishi yuz bermagan 
C) metonimiya
D) sinekdoxa 
15. To’g’ri yozilgan so’zni aniqlang? 
A) hokisor
B) mahluq
C) ta’sir
D) taxrir 
16. Qaysi qatordagi barcha so’zlar imlo qoidalariga ko’ra 
to’g’ri yozilgan? 
A) talluqli, parvoyi, oqu qora 
B) tafsif, vovilladi, 5-sinf 
C) xushxabar, ochiqdan ochiq, mudofaa 
D) mutola, ehson, yakkama yakka 
17. Qaysi qatorda shakldosh so’lar berilgan? 
A) shirin, aql, baho 
B) may, mushak, ta’rif 
C) sabo, to’rt, es 
D) og’iz, do’st, soz 
18. Quyidagilardan qaysi biri xato yozilgan? 
A) Toshkent agrar instuti 
B) O’zbekiston Milliy universiteti 
C) O’zbekiston xalq artisti 
D) Osiyo Taraqqiyot banki 


19. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zda
metonimiya
usulida ma’no ko‘chgan?
A) 
Unga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu
bois gapirishdan to‘xtamadi.
B) 
Siz ko‘zoynakli kishidan keyin kirasiz.
C) 
Sen o‘tkir zehnli bola ekansan-ku.
D) 
Qo‘zivoy chol anchadan beri samovarga
chiqmay qo‘ygan
20. Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan band so‘zi 
haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping.
1. Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta 
qilmadik.
2. Suv kelmasdan band tashlama.
3. Shifokor hozir band, birozdan keyin xabar oling.
A) Ushbu gaplarda qatnashgan band so‘zlarining barchasi 
o‘zaro shakldosh so‘zlar sanaladi.
B) 1- va 3-gaplardagi band so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli 
so‘zlar sanaladi va ushbu so‘z 2-gapdagi band so‘ziga 
nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi.
C) Har uchala gapdagi band so‘zi bir so‘zning turli 
ma’nolarda qo‘llanilishidir.
D) 2- va 3-gapdagi band so‘zlari o‘zaro ko‘p ma’noli 
so‘zlar sanaladi va ushbu so‘zlar 1-gapdagi band so‘ziga 
nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi.
21. Qaysi gapda imloviy jihatdan xatolik mavjud emas?
A) Podsho vaziru a’yonlar davrasida otdan tushib, tog‘ 
bag‘riga qarab yura boshlabdi.
B) Maqtanayapti demang, cho‘l havosi yaxshi!
C) Uning qattiq qo‘rqqanini ko‘rib, gapirolmay, 
shoshkancha ko‘chaga otildi.
D) Yurtimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng 
nishonlanadi
22. ”Birni ko’rib fikr qil birni ko’rib shukr qil” maqoli 
qaysi masalning g’oyasiga to’g’ri keladi”
A) “Bo’ri bilan Laylak”
B) “Eshak bilan baqalar”
C) Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) To’g’ri javob yo’q
23. Xushchaqchaq, gapdon yigit bo`lib tor va tanburni 
yaxshi chalar, o`z suhbati bilan majlisga jon kirgizar 
edi?(“Zulmat ichra nur”) 
A) Muhammad Ali
B) Mirsaid 
C) G`iyosiddin
D) Alisher 
24. “Qatag`on”, ”Inson sadoqati”, “To`ylar muborak” 
asarining janri? 
A) drama 
B) roman 
C) qissa
D) povest 
25. Ajratib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan 
javobni aniqlang. 
A) o’zaro 
– dan 
qo’shimchasi bilan bog’langan takror 
so’zli birikmalar orasiga chiziqcha qo’yilmaydi va qismlari
ajratib yoziladi. 
B) qo’shma fe’l qismlari ajratib yoziladi. 
C) tarkibida 
bo’yi, orti, oldi 
so’zlari bo’lgan joy nomlari 
ajratib yoziladi. 
D) birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan 
geografik nomlar ajratib yoziladi. 
26. Kimning ilk kitobi 27 yoshida chop etilgan?
 
A)
A.Obidjonning
B) A.Oripovning
C) H.Olimjonning
D) Mirtemirning 
27. “Tinchlik“ so’zin solar yodingga Sochlaringdan erib 
oq tola…Ushbu misralar Qaysi she’rda uchraydi? 
A) “ Vatanjon”
B) “ Nido” 
C) “ O’zbegim”
D) “Hayotning har lahzasi go’zal” she’rida
 
28. Hozir
 “Taborak” 
surasiga tushdim degan ijodkor kim? 
A) S.Sheroziyning “Bo’ston”, 
B) O’tkir Hoshimov “Farzandimga o’gitlar” 
C) Navoiy “Zulmat ichra nur” 
D) A.Navoiyning “Hayratul abror”
29. Noningni yo’qotsang yo’qot, nomingni yo’qotma 
jumlasini kim aytgan? 
A) A. Navoiy
B) O’ Hoshimov
C) Sheroziy 
D) A.Obidjon 
30. “Shams –ul urfon” maktabida tahsil olgan ijodkor? 
A) Muqimiy
B) Usmon Nosir 
C) Mirkarim Osim
D) A.Qodiriy 

Download 167,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish