ONA TILI VA ADABIYOT
1. “Hellados” hikoyasida Nina xola: “Eshakning
hangrashini eshitib katta bo’lgan bola musiqani
tushunarmidi?!” deganda kimni nazarda tutadi?
A) Yangulini
B) Petyani
C) Jamolni
D) Kokani
2.
Jonivorlarni sevuvchi, qachon qishloqdan so’z ketsa,
albatta tuya, xo’tik deydigan bola qaysi asar qahramoni?
A) “Yetti zog’ora qissasi” (Turob To’la)
B) “Shum bola” (G’afur G’ulom)
C) “Dunyoning ishlari” (O’tkir Hoshimov)
D) “Sariq devni minib” (Xudoyberdi To’xtaboyev)
3. Qaysi qatorda
dj
tovushi qatnashgan so’z bor.
A) sajda
B) jiyda
C) javohir
D) jayron
4. Tor unlilar bilan farqlanuvchi o’zaro paronim fe’llarni
aniqlang.
A) bot, but
B) burushgan, burishgan
C) urush , urish
D) sur, sir
5. Qaysi javobda imlo qoidasiga oid noto‘g‘ri fikr
berilgan?
A) Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi.
B) Oliy darajadagi unvon va mukofotlar nomi tarkibidagi
so‘zlar har biri bosh harf bilan yoziladi.
C) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan
yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi.
D) Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomidagi har bir
so‘z bosh harf bilan yoziladi
6. Urg‘u so‘z yasovchi qo‘shimchaga tushgan so‘zlar
qatorini belgilang.
1) terma (ot); 2) bostirma (ot); 3) gapirma (fe’l);
4) isitma (fe’l); 5) qovurma (sifat); 6) qaynatma (fe’l)
A) 1, 2, 3, 4
B) 3, 4, 6
C) 1, 2, 3, 5
D) 1, 2, 5, 6
7. Qaysi qatordagi yasama sifatlarning asosida tovush
almashishi boʻlgan?
A) issiq, achchiq
B) qaynoq, soʻroq
C) sovuq, quruq
D) sayroqi, tutatqi
8. To’g’ri yozilgan qo’shma soʻzlarni toping.
A) sheryurak, oqqush, qizil urugʻ
B) achchiq tosh, ish yoqmas, koʻkimtir
C) koʻzoynak, toʻrtburchak, sofdil
D) oq qush, ola qargʻa, qizil ishton
9. Quyida berilgan maqollarning qaysi birida lablanmagan
unlilar miqdori kam?
A) Mehnat - hayot tomiridagi qon.
B) Bugungi mehnat – ertangi rohat.
C) Bog’-u bo’stonlar – mehnat mahsuli.
D) Inson mehnat bilan ulug’lanadi.
10.
Kimki o’zgarishni uyat, or demas,
Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos.
Ushbu parchada jarangli, portlovchi, shovqinli undosh
necha o’rinda qatnashgan?
A) 4 ta
B) 7 ta
C) 8 ta
D) 6 ta
11.
O’pkadan chiqqan havo
Og’zimiz bo’shlig’ida
To’siqlarga uchrashar,
Ko’p tovush hosil qilar.
Yuqoridagi parchada egalik qo’shimchasi qo’shilishi
natijasida nechta fonetik hodisa kuzatilmoqda?
A) 3 ta
B) 2 ta
C) 1 ta
D) 4 ta
12. To’g’ri javobni belgilang.
A) “Ko’zoynak” – biror narsaga qiyoslash orqali hosil
qilingan qo’shma ot.
B) “Toshbaqa” – nima uchun mo’ljallanganlik ma’nosini
ifodalovchi qo’shma ot.
C) “Ko’ksulton” – narsaning rangi uchun mo’ljallangan
qo’shma ot.
D) “Otquloq” – biror narsaga qiyoslash orqali hosil
qilingan qo’shma ot.
13. Moslashtiring.
1) “O`ch” dostoni 2) “O`ch” she’riy
to`plami a) Mirtemir b) Oybek s) A.Muxtor
d) E.Vohidov
A) 1-a, 2-b
B) 1-s, 2-d
C) 1-b, 2-a
D) 1-b, 2-d
14. Bu ko’zlar, bu qoshlar menga tanish. Qayerda ko’rdim
ekan? Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora
B) ma’no ko’chishi yuz bermagan
C) metonimiya
D) sinekdoxa
15. To’g’ri yozilgan so’zni aniqlang?
A) hokisor
B) mahluq
C) ta’sir
D) taxrir
16. Qaysi qatordagi barcha so’zlar imlo qoidalariga ko’ra
to’g’ri yozilgan?
A) talluqli, parvoyi, oqu qora
B) tafsif, vovilladi, 5-sinf
C) xushxabar, ochiqdan ochiq, mudofaa
D) mutola, ehson, yakkama yakka
17. Qaysi qatorda shakldosh so’lar berilgan?
A) shirin, aql, baho
B) may, mushak, ta’rif
C) sabo, to’rt, es
D) og’iz, do’st, soz
18. Quyidagilardan qaysi biri xato yozilgan?
A) Toshkent agrar instuti
B) O’zbekiston Milliy universiteti
C) O’zbekiston xalq artisti
D) Osiyo Taraqqiyot banki
19. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zda
metonimiya
usulida ma’no ko‘chgan?
A)
Unga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu
bois gapirishdan to‘xtamadi.
B)
Siz ko‘zoynakli kishidan keyin kirasiz.
C)
Sen o‘tkir zehnli bola ekansan-ku.
D)
Qo‘zivoy chol anchadan beri samovarga
chiqmay qo‘ygan
20. Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan band so‘zi
haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping.
1. Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta
qilmadik.
2. Suv kelmasdan band tashlama.
3. Shifokor hozir band, birozdan keyin xabar oling.
A) Ushbu gaplarda qatnashgan band so‘zlarining barchasi
o‘zaro shakldosh so‘zlar sanaladi.
B) 1- va 3-gaplardagi band so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli
so‘zlar sanaladi va ushbu so‘z 2-gapdagi band so‘ziga
nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi.
C) Har uchala gapdagi band so‘zi bir so‘zning turli
ma’nolarda qo‘llanilishidir.
D) 2- va 3-gapdagi band so‘zlari o‘zaro ko‘p ma’noli
so‘zlar sanaladi va ushbu so‘zlar 1-gapdagi band so‘ziga
nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi.
21. Qaysi gapda imloviy jihatdan xatolik mavjud emas?
A) Podsho vaziru a’yonlar davrasida otdan tushib, tog‘
bag‘riga qarab yura boshlabdi.
B) Maqtanayapti demang, cho‘l havosi yaxshi!
C) Uning qattiq qo‘rqqanini ko‘rib, gapirolmay,
shoshkancha ko‘chaga otildi.
D) Yurtimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng
nishonlanadi
22. ”Birni ko’rib fikr qil birni ko’rib shukr qil” maqoli
qaysi masalning g’oyasiga to’g’ri keladi”
A) “Bo’ri bilan Laylak”
B) “Eshak bilan baqalar”
C) Burgut, zag’cha va cho’pon”
D) To’g’ri javob yo’q
23.
Xushchaqchaq, gapdon yigit bo`lib tor va tanburni
yaxshi chalar, o`z suhbati bilan majlisga jon kirgizar
edi?(“Zulmat ichra nur”)
A) Muhammad Ali
B) Mirsaid
C) G`iyosiddin
D) Alisher
24. “Qatag`on”, ”Inson sadoqati”, “To`ylar muborak”
asarining janri?
A) drama
B) roman
C) qissa
D) povest
25. Ajratib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan
javobni aniqlang.
A) o’zaro
– dan
qo’shimchasi bilan bog’langan takror
so’zli birikmalar orasiga chiziqcha qo’yilmaydi va qismlari
ajratib yoziladi.
B) qo’shma fe’l qismlari ajratib yoziladi.
C) tarkibida
bo’yi, orti, oldi
so’zlari bo’lgan joy nomlari
ajratib yoziladi.
D) birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan
geografik nomlar ajratib yoziladi.
26. Kimning ilk kitobi 27 yoshida chop etilgan?
A)
A.Obidjonning
B) A.Oripovning
C) H.Olimjonning
D) Mirtemirning
27. “Tinchlik“ so’zin solar yodingga
Sochlaringdan erib
oq tola…Ushbu misralar Qaysi she’rda uchraydi?
A) “ Vatanjon”
B) “ Nido”
C) “ O’zbegim”
D) “Hayotning har lahzasi go’zal” she’rida
28. Hozir
“Taborak”
surasiga tushdim degan ijodkor kim?
A) S.Sheroziyning “Bo’ston”,
B) O’tkir Hoshimov “Farzandimga o’gitlar”
C) Navoiy “Zulmat ichra nur”
D) A.Navoiyning “Hayratul abror”
29. Noningni yo’qotsang yo’qot, nomingni yo’qotma
jumlasini kim aytgan?
A) A. Navoiy
B) O’ Hoshimov
C) Sheroziy
D) A.Obidjon
30. “Shams –ul urfon” maktabida tahsil olgan ijodkor?
A) Muqimiy
B) Usmon Nosir
C) Mirkarim Osim
D) A.Qodiriy