O'zstandar agentligi O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi



Download 20,79 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,79 Kb.
#243694
Bog'liq
seftifikatlashtirish bo`yicha asosiy prinsplar
Диктанты 2 класс 1 четверть, Шамиева статья, Шамиева статья, Шамиева статья, Шамиева статья, Шамиева статья, 11a 19 ki 2, 3-sinf-Matematika, 3-sinf-Matematika, Kimyoviy texnologiya, 55, Din tabiat va jamiyatda sodir bo, 2 5256236772764943884, 1-мавзу Классик механика асослари, SIMANTIC S7

Mavzu: Sertifikatlashtirishning asosiy printsiplari

Reja:


  1. Milliy sertifikatlashtirish tizimi

  2. Qonun va me`yoriy huquqiy asos

  3. Sertifikatlashtirishda davlat reestirlari


O'zstandar" agentligi O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:

  • sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o’tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to’g’risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;

  • sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo’shilish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro e’tirof etish to’g’risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha boshqa davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;

  • majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro’yxatini belgilaydi va uni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig’iga kiritadi;

  • sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o’tkazilgan sifat bo’yicha ekspert-auditorlarning davlat reyestrlarini yuritadi;

  • majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

  • sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to’xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.

  • O`zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi qonuni

  • O`zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va havsizligi to`g`risida”gi Qonuni

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O'‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

  • “O’zbekiston respublikasi hududiga sertifikattsiyalanishi majburiy bo’lgan tovarlarni (mahsulotlar)ni olib kirish tartibi to’g’risida.” (Qayd AV 26.02.2000 y. № 901, rus tilidagi matnda berilgan). Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 1 iyundagi P-3,01-02/16-45-sonli «Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan tovarlar (mahsulotlar)ni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi qaroriga (ro‘yxat raqami 901-5, 01.07.2016 y.) asosan 2016 yil 5 oktyabrdan o‘z kuchini yo‘qotdi.

  • “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”. (Qayd AV 18.03.2005 y. № 1458)

  • “Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlarni inspektsiya nazoratidan o’tkazish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” (Qayd AV 06.04.2005 y. № 1464)

  • “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida”. (Qayd AV 06.04.2005 y. № 1465)

  • “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” (Qayd AV 28.09.2005 y. № 1513)

  • "Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga gigiyenik sertifikati berish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida" (Qayd AV 08.12.2005 y. № 1525).

  • “Ishlab chiqarilgan etil spirt - rektifikatini sinovdan o’tkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida” (Qayd AV 06.09.2007 y. № 1714) Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 16-oktabrdagi 474-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1714-1, 16.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.

  • “O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to’lash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”. (Qayd AV 11.10.2013 y. № 2516).

  • Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (Qayd AV 30.12.2015 y. № 2748).

  • "Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" (Qayd AV 21.07.2017 y. № 2899).

  •  O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida Davlat reestriga kiritilgan ekspert-auditorlarning ro’yhati

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan transport vositalarining tasdiqlangan turlari  

  • Davlat reestriga kiritilgan muvofiqlik sertifikatlari ro’yxati:

  • Davlat reestriga kiritilgan akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan  muvofiqlik sertifikatlari ro’yxati 

  • Xizmatlarga rasmiylashtirilgan, Davlat reyestriga kiritilgan muvofiqlik sertifikatlari ro‘yxati (2,2 MB, PDF)

  • Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan sertifikatlashtirilgan mutaxassislar ro‘yxati 

Download 20,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti