Mavzu: Ozon qatlami, uning yemirilishi. Yemirilish sabablari va u keltirib chiqaradigan kasalliklar. Ozon qatlami yemirilishiga qarshi chora tadbirlar.
BI-219 guruh kursanti Sharopov.M
Reja:
Reja:
1.Ozon qatlami haqida tushuncha va uning mohiyati.
4.Ozon qatlaminining yemirilishiga qarshi bajarilayotgan chora-tadbirlar.
5.16-sentabr xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni.
Ozon (yun. ozon — hid tarqatuvchi)
Ozon (yun. ozon — hid tarqatuvchi)
Ozon (O3) — kislorodning allotropik shakli. Ozon molekulasida 3 ta kislorod atomi mavjud. Ozonni ilk bor 1785-yilda gollandiyalik fizik Van-Marum havo orqali elektr uchqunlari oʻtkazilganda oʻziga xos hid paydo boʻlishi va oksidlovchi xossaga ega boʻlishini topgan. Ozonning xossalari kislorodnikidan keskin farq qiladi. Koʻk tusli va odatdagi sharoitda portlovchi gaz. Qaynash temperaturasi — 111,8°, suyuqlanish temperaturasi — 192,4°.
Ozon qatlami yer Atmosferasining bir qismini tashkil etadi va ozonning yuqori konsentratsiyasiga ega. Ushbu qatlam quyoshning qattiq ultrabinafsha nurlarining qariyb 93-99% ini tutib qoladi, aks holda ushbu nurlanish sababli yerda hayot qolmas edi. Ozon qatlami asosan strotosferaning pastki qismida, yer sathidan 10-50 km balandlikda joylashgan.
Ozon haqidagi ba’zi sanalarni quyidagicha ro’yxatlashimiz mumkin:
Ozon haqidagi ba’zi sanalarni quyidagicha ro’yxatlashimiz mumkin:
1856 yilda uning germitsid ta’sirini angladilar va u tibbiy asboblarni dezinfektsiyalashda ishlatila boshlandi. 1860 yilda ichimlik suvini zararsizlantirishda ishlatila boshlandi.
1872 yilda ingliz kimyogari Benjamin Kollinz Brodi suvda ishlaydigan ozon generatori ustida ishladi. Ushbu qurilma «Brodi’s ozonist» deb nomlangan.
1885 yilda taniqli elektr dahosi Nikola Tesla dunyodagi birinchi ozon generatorini patentladi va bozorga chiqardi.
1900 yilda Tesla «Tesla Ozon kompaniyasi» nomli kompaniyani tashkil qildi.
Ozon 1915 yilgi Birinchi Jahon urushi paytida askarlarning yaralarini davolash uchun ishlatilgan.
20-asrning 20-yillaridan boshlab ozonning sog’liqqa ta’siri bo’yicha ko’plab tadqiqotlar va dasturlar amalga oshirildi. Ozon bugungi kungacha saqlanib qolgan bu jarayonda muhim davolash agentiga aylandi