Oziq-ovqat yoki ozuqa, taom



Download 21,53 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi21,53 Kb.
#291526
  1   2   3
Bog'liq
Oziq-ovqat fizalogiyasi sog'lom odamlarning ovqatlanish asoslari rotsional ovqatlanish tamoillari.


Oziq-ovqat fizalogiyasi sog'lom odamlarning ovqatlanish asoslari rotsional ovqatlanish tamoillari.
Reja:
1. Oziq-ovqat fizalogiyasi

2. Sog`lom ovqatlanish va uning fiziologik asoslari.

3. Ratsional ovqatlanishning ilmiy asoslari

Oziq-ovqat yoki ozuqataomyemak deb organizm hayotini quvvatlash uchun isteʼmol qilinadigan har qanday moddaga aytiladi. Organik ozuqa uglevodyogʻsuv va/yoki oqsillar qorishimidan iborat boʻladi. Oziq-ovqat shuningdek foydali mineral va vitaminlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Hayot shakllari faoliyatining katta qismi yemak topish va uni yeyish-ichish atrofida aylanadi. Odamlar ovqatga erishish yoʻlida ovchilikterib-termachilikziroatbaliqchilikyilqichilik kabi keng koʻlamli sohalarni boshlab, davom ettirib kelishmoqda.

Inson hayotida ovqatlanish nafas olish va suv iste`molidan keyin hal qiluvchi o`rinda turgan omillardan biridir,chunki ovqatlanish orqali kundalik talab qilinadigan energiya hamda organizmning o`sib ulg`ayishiga sarf bo`ladigan oziq moddalar organizmning barcha funksional jarayonlarini bajarish tashqi muhitdan qabul qilinadi.

Ovqatlanish masalalari juda qadim zamonlardan buyon olim va mutaffakkirlarning diqqatini o`ziga jalb qilib kelgan. Sababiki ovqatlanish tufayli hayot davom etgan. Uning yetishmasligi, taqchilligi birinchidan hayotiy jarayonlarning normal borishiga to`sqinlik qilgan. Ikinchidan har bir organizm o`sib-ulg`ayishi va rivojlanishi uchun zarur moddalarni ham tashqi muhitdan oziq moddalar orqali oladi.

Ovqatlanish murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayon bo`lib, uning har bir organizmda kechishi ham umumiy xusususiyatlari va o`ziga xos tomonlariga qarab kechadi. Qolaversa, har bir organizmning yuqorida qayd qilingan asosiy hayotiy funksiyalarini ta`minlashdan tashqari uning sihat-salomatligini ham belgilashda ovqatlanish omili muhim ahamiyat kasb etadi. To`g`ri ovqatlanish 75% salomatlik garovidir, shu bois ham hozirgi vaqtda sog`lom turmush tarzini yaratishdagi birinchi qadamlardan biri to`g`ri ovqatlanishdir.

To`g`ri ovqatlanish prinsipi inson hayotida paydo bo`lgandan beri mavjud bo`lib, hozirga qadar ham yangilanib kelmoqda. Oldin ibtidoiy jamoa davrida ovqatlanish deyilganida, kundalik yeyilgan o`simlik va hayvon mahsulotlari tusunilgan bo`lsa, hozirda uning ta`rifi kengayib turli hastaliklarning kelib chiqishiga sabab bo`lib borayotgan omillardan biriga aylanmoqda.

Kishilik jamiyatining tashkil topishi bilan insonning yashash sharoitlari turli-tuman tashqi muhit omillariga talabi tegishli ravishda o`zgarib boradi. Agar yangi eragacha va uning boshlang`ich davrlarida ovqatlanish deyilganida, kishining mehnat qilish imkoniyatlari, umumiy sarf qilgan energiyasiga muvofiq ovqatlanishi tushinilgan bo`lsa( anti ovqatlanish nazariyasi), keyinchalik kasalliklarning kelib chiqishi va ularni davolashda qaysi oziq moddalar asosiy ahamiyatga ega ekanligini aniqlash ustuvor vazifa hisoblangan (balanslashtirilgan ovqatlanish nazariyasi ). Abu Ali Ibn Sino davriga kelib ovqatlanish masalalari boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalangan holda ancha keng rivojlandi va ularga ilk bor ilmiy asoslangan zamonasiga ko`ra to`g`ri ta`rif berildi. Uning fikricha kasallik ovqatlanish qonuniyatlarining buzilishi hisobiga kelib chiqadi va bularning ko`pchiligini parhez qilish orqali davolasa bo`ladi deb ta`kidlagan va bu xususida o`zining “ Tib qonunlari” asarining 2- bobida to`xtalgan.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida bu haqidagi bilimlar chuqurlashdi,jumladan akademik I.P.Pavlov va akademik A.M. Ugolevning ishlari maqsadga muvofiqdir. Agar I.P.Pavlov zamonida ovqatning hazm bo`lishi asosan oshqozon-ichak bo`shlig`I, me`daosti bezidan ajraluvchi va o`t suyuqligi ta`sirida amalga oshiriladi degan tushuncha mavjud bo`lsa, akademik A.M.Ugolev ning fikricha bo`shliqdagi hazm unining boshlang`ich qismi bo`lib, uning hal qiluvchi va asosiy qismi ichak membranalarida kechar ekan. Bu esa u bilan bog`liq bo`lgan muammolarning yechilishiga turtki bo`ldi.

Hozirgi vqatda inson salomatligi yo`lida to`gri ovqatlanishni yo`lga qo`yish nutritsiologiya fanining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanyapti. Ko`pgina davr kasalliklarining ( ateroskleroz, gipertoniya, yurak-qon tomir kasalliklari)zamirida ovqatlanish tamoyilining buzilishi yotibdi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda quyidagi maqsadlarni qo`ydik:


  1. Sog`lom ovqatlanish deyilganida nima tushuniladi va uni amalga oshirish uchun qanday shart-sharoitlar, qoniniyatlar mavjudligini tushuntirish;

  2. Sog`lom ovqqatlanishda asosiy va qo`shimcha oziq moddalarnining miqdorini qanday tashkil etish haqida tushunchaberish;

  3. Sog`lom ovqatlanish tamoyilining keng xalq orasida yoyish uchun ularga mo`ljallangan qo`llanmalar ishlab chiqish va ko`rsatmalar berish.

Bulardan kelib chiqqan holda maqsadga erishish uchun quyidagilarni o`z oldimizga vazifa qilib qo`ydik:

  1. Mavjud adabiyotlardan foydalanib sog`lom ovqatlanishga doir fikrlarni yig`ib, ularni soddalashtirgan holda ta`riflash;

  2. QDU ning biotexnologiya kafedrasida amalga oshirilgan tadqiqotlar, dissertatsiyalar hamda bitiruv malakaviy ishlarini tahlil qilib, ularda keltirilgan xulosalarga asoslanib turli kasb egalarining sog`lom ovqatlanishi haqidagi fikrlarni bayon qilish.

Ma`lumki, insonning o`sib-ulg`ayishi, yashashi, turli- tuman faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan tashqi muhit omillaridan biri bu ovqatlanishdir. Ovqatlanish har bir tirik mavjudotning doimiy ehtiyoji bo`lib, uning hayot kechirishi bilan bog`liq bo`lgan xatti-harakatlari, jismoniy va aqliy mehnat qilishi hamda barcha tizim va a`zolarning faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan quvvat faqat oziq-ovqat mahsulotlari bilan qabul qilinadi. Bundan tashqari to`qima va hujayralarning doimo yangilanib turishi,yosh organizmlarda esa yana o`sish va rivojlanish uchun kerak bo`lgan qurilish yoki plastik material ham ovqatlanish bilan vujudga kiradi. Shu bilan bir qatorda oziq moddalarning iste`mol taomlari bilan me`yordan kam yoki ko`p iste`mol qilinishi o`ziga xos qator kasalliklarni keltirib chiqaradi.. Kengroq qilib aytgangda ovqatlanish bu- organizmning o`sib rivojlanishi ichki a`zolarining normal faoliyat ko`rsatishi mehnat qilishi uchun kerakli bo`lgan makronutriyentllar( oqsil, yog`, uglevod) hamda mikronutriyentlar(vitamin, mineral moddalar )ni o`zida tutgan va me`yoriy holda tayyorlangan oziq-ovqatdan o`z vaqtida va tegishli miqdorda bahramand bo`lish.

Kishilarning turli davrlardagi sog`lom ovqatlanishi quyidagi omillarga bog`liq.


  1. O`sha vaqtdagi ekologik vaziyatlar( ob-havo sharoitlari, suv va oziq moddalarning tarkibi, radiatsiyasi va boshqalar)

  2. Bajariladigan jismoniy mehnatning ko`lami va xususiyatlariga.

  3. Oziq –ovqat mahsulotlarining turlari, tarkibi va miqdoriga qarab belgilangan.

Bundan 100-120 yil muqaddam har xil gazlar (ichdan yonar dvigatelli mashinalar va boshqalar ) aralashmagan, toza atmosfera havosidan nafas olish, ichimlik suvi tarkibida kimyoviy moddalar bo`lmagan, oziq- ovqat mahsulotlari pestetsid va gerbitsedlardan holi bo`lgan. Yuqoridagi sabablar tufayli kishilarning vitaminlar, minerallarga bo`lgan talabi hozirgidan kamroq bo`lgan. Hozirgi kunda esa, ishlab chiqarishda turli xil mehanizmlar, mashinalarning ko`p ishlatilishi, mehnat qilishga sarflanadigan energiyani kamaytirib yuboryapti.Shularni hisobga olib, hozirda to`g`ri ovqatlanish uchun iste`mol qilinadigan oziq-ovqatalarning umumiy energetik qiymati burungi zamonda yashagan kishilarning taomlanishidan bir muncha kam bo`lishi maqsadga mufofiqdir.


Download 21,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish