O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik haftaligi o‘tkaziladi



Download 18 Kb.
Sana02.03.2020
Hajmi18 Kb.
O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA BAG‘RIKENGLIK HAFTALIGI O‘TKAZILADI

Posted on 30.10.2019 Authoradmin

TOShKENT, 29-oktabr./“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda 11-16-noyabr kunlari Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik haftaligi o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

BMT Bosh assambleyasining qaroriga ko‘ra 1997-yildan buyon 16 noyabr har yili butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda.

Bu yil mamlakatimizda ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, tashqi ishlar, adliya, madaniyat, xalq ta’limi vazirliklari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, Milliy teleradiokompaniya, Toshkent va Samarqand shaharlari hokimliklari hamkorligida Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik haftaligi o‘tkaziladi.

Haftalik dasturiga binoan 11-noyabr kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida OAV vakillari va internet bloggerlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda mamlakatimizda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot beriladi.

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” festivali, rassomlar va yosh ijodkorlar asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda festival laureatlari tantanali tarzda taqdirlanadi.

12-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining fuqarolik forumi o‘tkaziladi. Unda mazkur jamiyatlar faoliyati, erishilgan muvaffaqiyatlar, mavjud dolzarb masalalar va ularga yechim topish yo‘llari, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, chet eldagi vatandoshlar bilan ishlashda “xalq diplomatiyasi” tamoyilining ahamiyati va boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglanadi.

Poytaxtimizning “Turkiston” saroyida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida O‘zbekiston san’at ustalari, milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalar va havaskorlar guruhlari san’at shinavandalari e’tiboriga gala-konsert taqdim etadi.

15-noyabr kuni esa Toshkentdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo – umumiy uyimiz” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining do‘stlik aloqalari va mintaqaviy hamkorligini mustahkamlash istiqbollari, millatlararo totuvlik va do‘stlik aloqalari hamda diniy bag‘rikenglik tamoyillarini barqaror ta’minlash, bu borada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar muhokama etiladi.



Haftalik doirasida xalqaro konferensiya ishtirokchilarining Samarqandga safari uyushtiriladi. Ular qadimiy shaharda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, tarixiy obidalarni ziyorat qiladi.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat