O'ZBEKISTON YOSHLARI BUZG'UNCHI G'OYALARGA QARSHI
Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o’zini ayamaydi.
Shunday buyuk insonlarimizdan biri bu Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev bobomiz hisoblanadi.Ular nafaqat o’z farzandlari komoli balki, butun O’zbekiston farzandlari komolini tuni-kun o’ylaydi. Biz yoshlar uchun nima kerak bo’lsa, barchasini muhayyo qiladi, hech qaysi davlatdan kam qilmay biz uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Sport sohasi bo’ladimi, ma’daniyat sohasi, ijtimoiy soha barcha –barchasidan yoshlarimiz uchun sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish o’z qo’limizdadir.
Faqat jismoniy jihatdan baquvvat bo’lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin emas. Ammo uni ham ma’naviy jihatdan kamol toptirish g’oyat murakkab vazifa. Ayniqsa, bugungi kunda- mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinhona tus olgan hozirgi nozik, qaltis sharoitda, tahlikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega.
Barchamizga ayon bo’lishi kerak: mamlakatimizning kelajagi, o’zbek millatining, O’zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday joy olishi bugun yoshlarga berayotgan tarbiyamiz, ko’rsatayotgan g’amxo’rligimizga bog’liq.
O’z-o’zidan ayonki, aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlarimizning haliberi yechilmagan muammolariga e’tiborimizni jalb etish, ularni hayotimizda haqiqatdan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish masalasi jamoatchiligimizning diqqat markazida turishi shart. Kishilik tarixi paydo bo’lganidan buyon, ming yillar davomida har qanday mamlakatning, har qanday millatning, ota- ona bo’lish baxti nasib etgan har qanday insonning eng mo’tabar orzusi, astoydil intilgan asosiy maqsadi- sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalash, har tamonlama komil insonni voyaga yetkazishdan iborat bo’lib kelgan. Lekin ming afsuslar bo’lsinki, ayrim qo’shtirnoq ichidagi yoshlarimiz ichida bu ulug’ zaminda yashashga noloyiqlari ham topiladi.
Qanday qilib deysizmi? O’zi tug’ulib o’sgan jannatmakon diyorga sotqinlik qilib, buzg’unchi g’oyalarga ishonib vatanini, ota-onasini, yor- birodarlarini qiyin ahvolda tashlab ketishadi. Bu albatta, hozirgi zamon global muammolaridan biri desam, aslo adashmagan bo’laman. Chunki, bunday buzg’unchi g’oyalarga sabab bo’layotgan, faqat o’z-o’zimizning aybimiz hisoblanadi. Yanada kengroq, oladigan bo’lsak yangi ish o’rinlarini tashkil etish, sog’liqni saqlash va bolalikni himoya qilish, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash, yordam va ko’makka muhtoj toifadagi oilalarga, kam ta’minlangan oilalarga e’tibor, g’amhorliklarni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy himoya siyosati yangi bosqichda davom ettiriladi. Bu har doim e’tibor markazida bo’lib kelgan.
Shuningdek, har yili oliy ta’limni tugatayotgan yoshlarimizni ish bilan ta’minlash eng birinchi vazifamiz hisoblanadi. Chunki, shunday yod illatlarga kirib qolish, ishsizlikdan, bekorchilikdan kelib chiqishi hammamizga ma’lum. Siz-u biz jahonning turli burchaklarida terorchilik ekstremizm, millatchilik kabi illatlar tufayli deyarli har kuni transport vositalari uy-joylar, binolarni portlatish, begunoh insonlarni garovga olish, ularning hayotiga qasd qilish holatlari sodir bo’layotganini oynaiy jahon orqali ko’rib bormoqdamiz. Nahotki, bunday urish-qirg’inlar, yomon illatlarning oldi olinmasa, yo’q bularning barchasi faqat o’zimizga bog’liq. Bordi-yu, ana shunday buzg’unchi g’oyalar, yomonliklar, yovuzliklar bo’lmasa edi, qanday yaxshi bo’lardi-yu, insoniyat taraqqiyotda naqadar ilgarilab ketgan bo’lardi.
Dunyoda tinchlik degan beboho boylik bor. Bu boylikga osonlikcha erishib bo’lmaydi. Tinchlikka erishish, uni asrab-avaylash uchun tinimsiz,mehnat qilish, kurashish, doimo hushyor va ogoh bo’lib yashash talab etiladi biz yoshlardan.Ozgina loqaydlik va beparvolikga yo’l qo’yilgan joyda tinchlikga putur yetadi. Buyuk bobokalonlarimiz tinchlik-totuvlikni vatan ravnaqi, xalq farovonligining asosiy sharti deb bilganlar.Biz yoshlar ham mana shu ajdodlarimizning beboha boyliklarini, hikmatli so’zlarini o’qib, o’rgansak hech qachon, hech kimdan kam bo’lmaymiz.
Bizning barcha sa’iy-harakatlarimiz komil insonni tarbiyalashga yo’naltirilgan. Yangi asrning dunyo taraqqiyotini, insoniyatning qay yo’ldan borishini komil insonlar belgilashiga shubha yo’q. Chunki XXI asr- intelektual avlod asri bo’ladi. Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi, deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ong yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli ma’rifatli kishilarni tushunamiz.
Aslida Olloh taolo inson zotini tabiatan sog’lom, mukammal yaratadi. Lekin, afsuski, avvalo odam bolasining o’zi, qolaversa, nohos muhit bu mukamallikni buzadi. Odamzot ko’p joylarda taasufki, nafs, kibru xavo, jaholatga berilib, o’zini-o’zi turli balolarga giriftor qiladi. Bu esa buzg’unchi g’oyalarning ilk alomatlaridan dalolat beradi.
Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan kelajak bunyodkorlari uchun Yoshlar Ittifoqi degan katta tashkilot tashkil etildi. Bu ittifoqning oliy maqsadi har tomonlama intelektual avlodni yetishtirib chiqarish, iqtidorli, lider yoshlarni yuzaga chiqarish kabi ko’plab vazifalarni oldiga maqsad qilib qo’ygan. Nafaqat lider yoshlar balki, uyushmagan yoshlarni ham bu ittifoqqa birlashtirish kabi buyuk ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Biz xalqimizning dunyoda xech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qati’yat va ma’suliyatimizni yo’qotsak bu o’ta muhim vaziyatda muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, ohir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
Bugungi kunda katta umid, orzu- maqsadlar bilan Vatanim taraqqiyotiga hissa qo’shaman, deb turgan belini mahkam bog’lab maydonga chiqayotgan, azmu shijoatli yoshlarimizni har tomonlama qo’llab- quvatlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki burchimizga aylanishi kerak.
Demak, xulasa qilib, aytadigan bo’lsak, komil inson har tomonlama o’z ustida ishlashi kerak, u inson vatanim uchun kurashaman qo’ldan kelgancha buyuk ajdodlarning davomchisi bo’laman deb maqsad qilgan insondan bunday buzg’unchi g’oyalar chiqmaydi. U hamisha yaxshilik sari intilib yashaydi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik- faqatgina zamonaviy asosda ta’lim- tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakataridagi tengdoshlari bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko’tarishga qodir bo’ladi. Shu sababli yurtimizda yangi- yangi maktablar, litsey va ko’llejlarni, madaniyat san’at va sport obyektlarini qurish, rekonsruksiya qilish, zamonaviy talablar asosida jihozlash ishlariga bundan buyon ham ustuvor e’tibor qaratiladi.
Zero, ular shunday yangi obyektlarda ta’lim olar ekan, demak ularning dunyoqarashi, intilekti yanada kengayadi. Yurtimizning kelajagi-buyuk bo’lishiga albatta iymonimiz komil desam aslo mubolag’a bo’lmaydi. Shunday, shart-sharoitlardan oqilona, maqsadga muofiq foydalanish o’z qo’limizdadir.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi tomonidan partiyaning “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” ijtimoiy loyihasi doirasida “Biz buzg‘unchi g‘oyalarga qarshimiz” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Universitet prorektori D.Jumaboyev, partiya siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismonan sog‘lom, yuksak ma’naviyatli va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Hozirgi globallashuv davri ma’naviy tarbiyani yanada boyitish, yoshlarni g‘arazli g‘oyalar ta’siridan himoyalashni taqozo etmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 50 mingdan ortiq navqiron avlod vakillarini o‘z safiga jipslashtirgan “Yosh adolatchilar” qanoti shu maqsadda qator loyihalarni amalga oshirmoqda.
– Ma’naviyatimiz, dunyoqarashimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan axborot-psixologik xurujlar, tahdidlar soni tobora ortib borayotgani haqida tushuncha va bilimlarimizni yanada boyitdik, – deydi universitet talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mahzuna Abdurasulova. – Bu axborot texnologiyalaridan maqsadli va samarali foydalanishimizda albatta asqotadi.
Tadbirda yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan, ekstremistik guruhlarning aldovlaridan ogoh bo‘lishga, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetib, Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydigan “Qiyomatga qolgan qarz” hujjatli filmi namoyish etildi. “Internet madaniyati va axborot xavfsizligi – muhim vazifamizdir” mavzuida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma yoshlarning ko‘tarilgan mavzuga munosabati va daxldorligini aniqlashda muhim omil bo‘ldi.
Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkor g`oyalar bilan yovuzlik va buzg`unchilik g`oyalar o`rtasida hamisha kurash bo`lganligini bilamiz.
Insoniyatning, jumladan, O`zbekistonning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo`ravonlik, kulfat urug`larini sochish va qon to`kilishiga sabab bo`lgan buzg`unchi g`oyalar va mafkuralarning halokatli ta`siri bilan bog`liq qayg`uli sahifalar juda ko`p. Bu g`oyalar o`zlarida siyosiy bosqinchilik va mustabidlik intilshlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda diniy, milliy, sifiy shiorlarni bayroq qilib chiqqan.
Jumladan, bol’shevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida mustabid g`oya va mafkuraning boshqa shakli-fashizm paydo bo`ldi.
Bol’shevizm mafkurasi bo`lgan kommunistik ta`limot xalqlarning milliy-etnik o`ziga xosliklarini yo`qotish, «proletar baynalminalligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo`lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy-etnik sofligi» ni mutloqlashtirshni targ`ib-tashviq etdi. U irqchilikning xomiysi hisoblanadi.
«Rasizm» so`zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Yevropada «insoniyat nasli» ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq» va «sariq» irqqa ajratish uchun qo`llana boshladi.
Irqchilik ta`limoti «oq tanli» larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq» larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog`onalarida turishini asoslab beradi. Uning asosiy g`oyasi o`zining «ilohiy» tabiatiga ko`ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustidan hukmron qilishga da`vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga ko`ra turuvchi kishilarga tazyiq o`tkazish, ularni haqoratlash, urish va o`ldirish kabi harakat hodisalarda yaqqol namoyon bo`ldi.
Irqchilik-ko`p qiyofali
Masalan o`zini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, frantsuz bosqinchilari o`rta asrlar va ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda Amerika, Avstriya, Afrika va Osiyoda erli xalqlarni ko`plab qirib tashladilar.
Yana bir yovuz g`oya-terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid solmoqda. Insoniyata doimiy qo`rquv, fitna, g`alamislik muhitini vujudga keltirish, zo`ravonlik yo`li bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo`lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi o`ldirish va portlashlar bu mudhish g`oyaning asl mohiyatini tashkil etadi. (Beslan fojiasi)
Diniy ekstremizm - ma`lum syosiy maqsadlar yo`lida va din niqobi ostida mutaassiblar yoki ularning irodasiga ko`ra ish ko`ruvchi guruhlar tomonidan olib boriladigan o`ta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini anglatadi.
Diniy aqidaparstlik - esa siyosiy mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya`ni mazkur din paydo bo`lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat.
Dunyoning ba`zi mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud hukmlar dindan boshqa dinni targ`ib qilganlar jazolanadi. Jumladan, Afg`onistonda «Tolibon» harakati hukmronligi davrida ularning boshlig`i Mulla Muhammad Umarning ko`rsatmasiga binoan Afg`onistondagi buddizm diniga mansub madaniy yodgorliklar ham yo`q qilinishiga fatvo berildi. Natijada 15 asr ilgari bunyod etilgan Bamiyon shahrida dunyodagi eng yirik va balandligi 53 metrlik 2 ta budda yodgorliklari o`qqa tutilib buzib tashlandi. Bu hatti-harakatlar islom dinining boshqa dinlarga bag`rikenglik asosidagi munosabatlariga zid bo`lganligi uchun barcha taraqqiyparvar kuchlar tomonidan qoralandi. U insonni bir mute, qul,taqdirning o`yinchog`i deb qaraydi, inson qalbi, ma`naviy ehtiyojlari bilan mutlaqo hisoblashmaydi.
Islom dinining tasavuf ta`limoti ahli tarixda hayotga, jamiyat va inson masalalariga keng qaraganlar. Bu chin ma`nosi bilan insonparvarlik ta`limotidir. Chunki sufiylar, garchi chin musulmon sifatida shuhrat qozonib, islom dini tozaligi uchun kurashgan bo`lsalarda, ammo hech qachon o`zga dinlarni kamsitmaganlar. Shu sababli tasavvufni diniy bag`rikenglik ta`limoti, inson kamolotiga yo`l qidirgan hamda jaholatga qarshi kurashib kelgan ma`rifiy ta`limot, deb tushunamiz.
Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur.
Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi.
Inson tafakkurini maxsuli sifatida g`oya tevarak olamni o`rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilm-fan, din, falsafa, san`at va adabiyot, axloq, siyosat va xuquq-muayyan bir g`oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Mazmuni va namoyon bo`lish shakliga qarab, g`oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin:
Ilmiy g`oyalar;
Falsafiy g`oyalar;
Diniy g`oyalar;
Badiiy g`oyalar;
Ijtimoiy-siyosiy g`oyalar;
Milliy g`oyalar
Umuminsoniy g`oyalar;
G`oya va mafkura mazmun-mohiyatiga ko`ra bunyodkor yoki zararli bo`lib, bunyodkorlik g`oyalari insonni ulug`laydi. Uning ruhiga qanot bag`ishlaydi.
Ezgu g`oyalar insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo`lida e`tiqod bilan kurashishga o`rgatadi. Buzg`unchi g`oyalar esa xalqlar boshiga katta kulfatlar keltiradi. Inson va jamiyat bor ekan, ezgulik g`oyalarining ziddi bo`lgan zulm va zo`ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo`lishga urinadi. Lekin ular insoniyatning adolat, tenglik, tinchlik, qardoshlik rivojlanish va farovonlik g`oyalariga tayanib, yuksak maqsadlar sari intilishlarini to`xtata olmaydi. ezgu va yuksak g`oyalar odamlarni hamisha olijanob maqsadlar sari etaklayveradi.
Bunyodkorlik g`oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat taraqqiyotga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g`oyalari sifatida yashab kelmoqda.
Har qanday nazariya yoki ta`limot bir tizimga solingan g`oyalar majmuidan iborat bo`ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch e`tiqodining asosini ham g`oya tashkil etadi.
Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g`oyalarda ifoda etiladi. O`z oldiga qo`ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani bunga qanday yo`llar bilan erishmoqchi bo`layotgani haqidagi g`oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.
Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma`naviy tamoyillarini ifoda etadigan g`oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo`lmasa, o`z oldiga qo`yilgan aniq bir maqsad-muddaosi bo`lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi.
Maqsad esa-xalqni, millatni birlashtiruvchi, unga kuch-qudrat, ruhiy ozuqa beruvchi, istiqbolga boshlovchi bayroqdir. Prezidentimiz so`zlari bilan aytadigan bo`lsak: «Bu bayroq butun O`zbekiston xalqining ruhini, g`urur-iftixorini, kerak bo`lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug` kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, yurtimizning maqsadi o`zining ulug`vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo`lmog`i lozim. Toki bu maqsad xalqni, millatni-millat qila bilsin, qo`limizda yengilmas bir kuchga aylansin». (I.A.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. T. «O`zbekiston, 1998 yil, 10-11 betlar»)
Insonlar, xalqlar, jamiyatlar hayotida mafkura muhim rol o`ynaydi. Yurtboshimiz so`zlari bilan aytadigan bo`lsak:-mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar. Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo insonning jamiyatdagi o`rni va ahamiyatini qanday tushunish va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishga bog`liq. Chunki insonni ijtimoiy harakat va faoliyatga undash va shu tariqa ko`zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish dunyodagi barcha mafkuralarning ma`no-mohiyatini tashkil etadi.
Shu ma`noda, Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari tizimida insonning jamiyatdagi o`rni va maqomi aniq belgilanganligi diqqatga sazovordir. Ya`ni bu tizim insonni bunyodkor kuch sifatida ta`riflaydi va shunga da`vat etadi. Istiqlolning bosh g`oyasi ham, asosiy g`oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi bilan yo`g`irilgan. Chunki bunyodkorlik xalqimizning eng olijanob fazilati. Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, o`zbek tom ma`noda bunyodkordir, do`ppisida suv tashib bo`lsa ham daraxt ko`kartiradi.
Muhtaram talaba-endi Bunyodkor g`oya, haqida so`z yuritar ekanmiz, bunyodkor g`oya deb, insonni ulug`laydigan, uning kuch g`ayrati va salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o`zida taraqqiyot, ma`rifat, do`stlik, tinchlik, halollik, poklik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g`oyaga aytiladi.
Bunyodkor g`oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin jamiyat qurish uchun kurash olib borganligi tarixdan ma`lum. Bunyodkorlik g`oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat tsivilizatsiyasiga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g`oyalari sifatida yashab kelmoqda. Bunyodkorlik ota-bobolarimizdan merosdir. Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik, kabi yuksak g`oyalar urug`ini sepgan zot, payg`ambar Zardusht yaratgan «Avesto» kitobida quyidagi satrlar majud: «Ezgu fikr, ezgu so`zlarga, ezgu ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon so`zu yomon ishlardan yuz o`giraman». Bu yuksak g`oyalar bundan 2700 yil muqaddam yashab o`tgan vatandoshimiz Zardushtning o`lmas mafkurasi edi.
Xitoy va hind mutafakkirlarining jamiyat rivoji haqidagi qarashlari va bunyodkorlik g`oyalari ham Osiyoning «Sharqona» ma`naviyatida o`ziga xos o`rin tutadi. Jumladan, buyuk Xitoy mutafakkiri Konfutsiy (mil. av. 551-479) g`oyalari hanuzgacha Xitoy xalqi mafkurasida etakchilik qilib kelmoqda. Bu g`oyaning asosi jamiyatni har qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolishi va insonlar manfaatini yuqori qo`yishga qaratilgan. Allomaning maqsadi xalqni mavjud tartib qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash bo`lgan. Bu g`oyaga ko`ra insonlar jamiyatning tabiiy taraqqiyotiga qarshi chiqmasligi, ya`ni inqilobiy yo`lni tanlamasligi kerak. Konfutsiya insoniyat xaqida fikr yuritar ekan, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatparvarlik, haqgo`ylik, samiymiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma`naviy fazilatlarga erishishi tufayli kamolotga etishuvi mumkin deb, xisoblaydi.
Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869-1948) o`z ma`naviyati, g`oyalari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylandi. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o`zaro do`stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni bir-biriga bog`lashga harakat qildi. Fidoyilik va vatanparvarlik namunalarini ko`rsatdi.
Buyuk mutasavvuflar: Xoja Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Abduholiq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Muhaddislar: Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta`limotlarida aks etgan komil inson g`oyalari adolat haqidagi qarashlar jamiyatning sog`lom ma`naviy ahloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi. Bu g`oyalar Vatan va halq manfaati yo`lida fidoyilik va insonparvarlikni ulug`laydi.
Ezgu g`oyalar Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Abdulqodir Bedillar ijodida chuqur o`rin egalladi va o`zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo`lib xizmat qildi. Amir Temurning «Temur tuzuklari»; Nizomulmulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g`oya sifatida ilgari surildi. Bu g`oyalar Temuriylar davlati g`oyaviy tamoyillarining ustivor yo`nalishi edi. Ko`hna Turon o`z boshidan kechirgan buyuk tarixiy voqealar ichida Amir Temurning bunyodkorlik g`oyalari va amaliy faoliyati katta ahamiyatga ega.
Inson va jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida bunyodkorlik g`oya va mafkuralari xilma-xil, ularning ahamiyati beqiyosdir. Shunday bunyodkor g`oyalardan biri Janubiy Quriya mamlakati rivojiga katta hissa qo`shgan fidoiy inson Yong Ki-Kimning faoliyati va bunyodkorlik ishlari diqqatga sazovor. 1930 yillarda «12 oila-qishloqda» degan harakatni boshlab giyoh ham ko`karmagan tashlandiq tepalikni sotib olib, obod qilishga kirishadi.
Keyinchalik fermerlar tayyorlanadigan «Kanaan» (Imkoniyatlar maktabi) ni ochadi. U hamisha faqat tashlandiq, giyoh o`sishi qiyin bo`lgan erlarni olib, obod qilib odamlarni o`z tashabbusi, g`oyasi bilan orqasidan ergashtirib mamlakat rivoji va obodonligiga o`z hissasini qo`shadi. Bugungi kunda «Kanaan» ta`lim dargohining bosh maqsadi-tinglovchilarda insoniy e`tiqod tuyg`ularini shakllantirish, ularga insoniy fazilatlar-komillik, o`zaro tenglik, birodarlik, vatanparvarlik hislarini singdirishdir.
Vatan va millat ravnaqi yo`lida fidokoroni mehnat qilish, tug`ilib o`sgan Vatanni jondan ortiq sevmoqlik shart ekanligi g`oyasi har bir tinglovchiga singdiriladi. Bitta fidoiy, vatanparvar insonning yuksak g`oyalarga asoslangan ishlari bugungi kunda keng tarqalib Janubiy Quriyaning obod bo`lishiga katta hissa bo`lib qo`shilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |