O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA МAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
3-KURS 303-GURUH TALABASI YALG’ASHEV ALLAYORNING TARIX O’QITISH METODIKASI FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Oltin O'rda xonligi siyosiy va ma'muriy boshqaruvini o'rganishda grafik organayzerlardan foydalanish.
Bajardi:Yalg’ashev Allayor
Ilmiy rahbar:dotsent Uktam Mansurov
Toshkent-2022
Mundarija
KIRISH……………………………………………………………………………………………………..3
ASOSIY QISM
1.Oltin O‘rda davlatining tashkil topishi.………………………………………………….5
2.Oltin O‘rda madaniy muhiti………………………………………………………………….9
3.Oltin O'rdaning yuksalishi. ……………………………………………………………….…20
4.Oltin O'rda aholisi. ……………………………………………………………………….…….23
XULOSA…………………………………………………………………………………………….……35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI…………………………………….………37
KIRISH
Oltin O‘rda tarkibiga Irtishdan Ural tog‘larigacha bo‘lgan yerlar, Janubiy qora dengiz dashtlari, Qrim, Kavkaz va O‘rta Osiyoning bir qismi kirdi. Rus knyazliklari unga vassal qaramlikda bo‘lib, o‘lpon to‘lab turgan. Oltin O‘rda
1502 yilgacha hukm surgan.Oltin O‘rdada hukmron sinf ko‘chmanchilardan iborat edi. Yuqori tabaqalar: shahzodalar, xonning oila a’zolari va qarindoshlari hisoblangan. Ular eng yirik feodallar bo‘lib, katta chorvalar, yerlar va ko‘pdan-ko‘p qa-ram kishilarga egalik qilardi. Ulardan keyingi o‘rinda beklar va no‘yonlar turgan. Bulardan tashqari tarxonlar - savdogarlar ham imtiyozli tabaqa hisoblangan. Navkarlar mayda feodallar edi.Ko‘chmanchi chorvadorlarning asosiy ommasi qorachu - oddiy xalq deyilgan. Ular no‘yonlar hokimiyati ostida bo‘lib, oilalari bilan yashab, yakka xo‘jalik yuritardilar, chorva solig‘i to‘lar va turli majburiyatlarni o‘tardilar.Oltin O‘rda hokimligi ostidagi O‘rta Osiyo, Qrim,Quyi Pavolje va boshqa joylarda dehqonlar bo‘lib, ular sabonchi va o‘rtoqchi guruhlarga bo‘lingandi. Sabonchi - qishloq jamoachilari edi. O‘rtoqchi – kambag‘al-lashgan jamoa a’zolari bo‘lib, tutqunlik shartlarida feodallarning yerlarida ishlardilar. Oltin O‘rdada ko‘p sonli qullar ham mavjud edi. Davlat tuzumi bo‘yicha Oltin O‘rda ilk feodal monarxiyasi shakli-dagi davlat edi. Davlat birligi shakli syuzerenitet-vassalitet munosabatlariga asoslanardi.
Davlat tepasida xon turgan, u kuchli despotik hokimiyatga ega bo‘l-gan. Muhim masalalarni hal etish uchun xon Qurultoy - feodallar syezdini chaqirardi. Unda shahzodalar, ya’ni xon urug‘i a’zolari, shuningdek, no‘yonlar va beklar ishtirok etardi, urush va tinchlik, xonni saylash va boshqaruv masalalari hal qilinardi.
Markaziy boshqaruv tepasida bevosita xonga bo‘ysunuvchi ministr
turardi. U xon devonxonasiga, oshxona,otxona va ustaxonalariga bosh-chilik qilardi, devonlar - markaziy boshqaruv organlari rahbari hisoblanardi.
Davlat boshqaruvining alohida tarmoqlarini devonlar yuritgan. Ular-ning ichida soliqlar, o‘lponlar va majburiyatlarning tushishiga rahbarlik qi-luvchi devon, ya’ni davlat xazinasi eng muhimi edi. Devonlarda bitoqchi-lar,ya’ni kotiblar ish yuritardi. Davlat xazinasini yurituvchi kotib (bitoq-chi) asosiy bitoqchi hisoblanardi. Oltin O‘rda qo‘shinlari tepasida bakovul turgan. U bevosita xonga bo‘ysungan. Bakovul qo‘shinlarni joylashtirish va ta’minlash,o‘ljalarni taqsimlash, oliy harbiy qo‘mondonlarni kuzatib turish vazifalarini amalga oshirardi. Bakovulga o‘g‘lonlar,
ya’ni 100 ming kishilik qo‘shinning qo‘mondonlari, o‘g‘lonlarga esa - tumanbegilar, ya’ni o‘n ming lashkarga qo‘mondonlar bo‘ysunardi. Undan keyin mingboshilar, yuzboshilar va o‘nboshilar mavjud edi. Huquq manbalarini asosan xonning farmoyishlari va Buyuk Yasoq tashkil etgan. Buyuk Yasoq 1206 yilda Chingizxon buyrug‘i bilan tuzil-gan. U mo‘g‘ul qonunlari va odatlari to‘plami hisoblanardi. Mo‘g‘ullar islomni qabul qilganlaridan keyin Oltin O‘rdada shariat huquqning asosiy manbai bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |