O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi, erkinligi kafolatlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumot



Download 170,36 Kb.
Sana01.02.2017
Hajmi170,36 Kb.
#1606
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi, erkinligi kafolatlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumot 
(01.06.2016 yil holatiga)
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.

Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. 
O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. 

Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklorasiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.

Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi: 
- «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar');
- «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
- «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
- «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr);
- «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust);
- «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul');
- «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr);
- «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil 7 may);
- «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust).

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.

Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.

1991 yilda O‘zbekistonda 395 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat olib borgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot vositalarimizning soni bugungi kunda 1461 tani (01.06.2016 yil holatiga) tashkil etadi. 

Bular: 686 ta gazeta, 300 ta jurnal va 96 ta TV va radiolar va boshqalardir.





Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 2016 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 359 ta veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda veb-saytlarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir.





http://www.api.uz/img/struct/32/elektron_oav_uzb.jpg





Hozirda mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini tashkil etadi. 
http://www.api.uz/img/struct/32/gos-negos_uzb.jpg

Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 ta tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi. Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda. 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.

Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.

Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensilarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalardan o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011 yil noyabr' oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.


O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ekspert guruhining muhokamalaridan o‘tkazilib, Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012 yil to‘rtinchi choragida Hukumatga kiritildi.

Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samrali foydalanish, matbuot erkniligi va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklari to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.

Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilaetgan islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib bu qonunlarni yana ko‘p yillarga hizmat qilishi uchun ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi.



Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini mustahkamlash, ayniqsa sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari ayniqsa diqqatga sazovordir. 

Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir.
Download 170,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish