O’zbekiston respublikasi xalqaro islom akademiyasi



Download 131 Kb.
bet1/5
Sana03.05.2020
Hajmi131 Kb.
#48806
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O'lmasov Aziz hadisshunstlik


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

ITF fakulteti Dinsatsiopsixologiya yo’nalishi hadisshunostlik fanidan

Mustaqil ishi

Mavzu:________________________________________________________________________________________

Bajardi:____________

Tekshirdi:___________

Toshkent - 2018

Reja.

1.Bola psixikasi va ongining rivojlanishi.

2.Bola ruhiy kamol topishida diniy tarbiyaning o’rni.

3.Islom dinida farzand tarbiyasi.

4.Komil inson tarbiyasi - Sharq mutafakkirlarining asarlarida.

5. Tasavvufda komil inson tarbiyasi.

Kirish

Muqaddas dinimiz ta’limotida aytilganidek, farzand Alloh taolo insonga bergan eng ulug’ ne’mat bo’lishi barobarida omonat hamdir.Bu buyuk ne’matga sazovor bo’lgan ota-onalar uning qadriga yetishlari, shukrlar aytib, farzand oldidagi ota-onalik burchlarini puxta ado etishlari lozim. Ya’ni Alloh taolo ato etgan o’g’il yo qizga chiroyli ism qo’yishlari, yaxshi ta’lim tarbiya berishlari va oxir-oqibatda Alloh roziligini topadigan, o’z millati, Vatani, ota-onasiga munosib farzand, tengdoshlari, zamondoshlari hurmati va muhabbatini qozongan komil inson bo’lib yetishuvi borasidagi mas’uliyatli vazifalarini chin ixlos va sadoqat bilan bajarishlari lozim bo’ladi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislarida bunday marhamat etiladi: “Farzandlaringizga shar’an amr etilgan va qaytarilgan narsalarga rioya qilishni buyuringlar, shu ishlaring ularni do’zaxdan saqlaganlaring bo’ladi” (Imom Ibn Jarir rivoyati). Islom ta’limoti kishilik jamiyatida o’z o’rnini topib, uning dunyoviy va diniy hayotida amaliy suratda tatbiqini topgan ilk sao1dat asridan boshlab yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib keladi. Bu ta’lim ot va yo’l-yo’riqlar jamiyat asosining poydevori, ummat istiqboli bo’lmish yoshlarning har tomonlama komil inson bo’lib yetishishlarini talab qiladi. Payg’ambarimiz (s.a.v) marhamat qilib aytadilar: “Ota bolasiga go’zal odobdan yaxshiroq narsani berolmaydi” (Imom Termiziy rivoyati).



Buyuk hamyurtimiz Abu Ali ibn Sino farzand tarbiyasi haqida vasiyat qilib, bunday degan: “Yosh bola ta’lim-tarbiya oladiganj oyda odob-axloqli, turush-turmushi na’munali bolalar bo’lishi lozim. Zero, yosh bola har bir narsani ularga taqlid qilib o’rganadi va ular bilan do’st bo’ladi “. Muhtaram Prezidentimiz o’zlarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch “ kitoblarida” Agar biz O’zbekistonni dunyoga tarannum etmoqchi, uning boy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalombor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak “ - deydilar.

Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning 2009 yil 13 apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” gi Qarorlari, O’zbekiston Respublikasining “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida “ gi Qonuni hayot uchun nechog’li zarur ekani tasdig’ini topdi. Farzand – inson hayotining mazmuni, nasl-nasabni davom ettiruvchi, oilaning mustahkam zanjiri.Yaxshi, solih farzand – ota-onaning baxt-iqboli, ikki dunyo saodatiga yetkazuvchi dilbandi.Bejizga farzandlar “jannat rayhonlari” deb tavsiflanmagan. Bolalar tarbiyasiga yosh vaqtlarida beparvo qarash, yomon kishilarga aralashib yurishlariga yo’l qo’yish zararli oqibatlarga olib keladi.Sodda qilib aytganda, bolalar – har turli yozuv yozish mumkin bo’lgan oq qog’ozga o’xshaydi. Unga mumkin qadar yaxshi va go’zal yozuvlar yozilib qolishi hamma uchun manfaatlidir. Islom dini faqat inson hayotining ruhiy, ma’naviy kamolotiga e’tibor beribgina qolmay, ayni vaqtda uning jismoniy jihatlarini ham qamrab olgan. Ulamolar ruhiy va moddiy hayotni huddi narvonning ikki zinapoyasiga o’xshatishadi, ya’ni ikki taraf baravar – teng bo’lishiga e’tibor berish lozimligi uqtiriladi.Insonnig imon-e’tiqodi kuchli bo’lishi bilan birga badani, jismi ham sog’lom, chiniqqan, har qanday mashaqqatlarga bardosh bera oladigan bo’lmog’i lozim. Ruhiy tarbiyaning vazifasi yosh avlodda e’tiqod, diyonat, imonni shakllantirish, chin insoniy fazilatlarni kamol toptirish, hissiyotga beriluvchan va ta’sirchan bolalarda haqiqatni ko’ra bilish, jasurlik, matonat kabi xislatlarni shakllantirishdan, aksincha, diydasi qattiq bolalarni qalbni yumshatuvchi omillar yordamida mayin hissiyotli qilib tarbiyalashdan iborat. Bolani ruhiy tushkunlikka tushish va qiyinchiliklar oldida esankirab qolishdan himoyalashda bunday tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Bolaning tili chiqqishi bilanoq unga eng oldin Toyyiba kalimasi – “ Laa ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh “, keyin “ Bismillahir rohmanir rohim “, “ Assalomu alaykum “ kalimalari o’rgatiladi. Namoz buyurilgan yoshga yetgan farzandiga ota-ona namoz o’qishni o’rgatadi.Chunki namoz – ibodatlarning eng ulug’i, musulmonlik belgisidir. Ulg’ayib, aqlini tanigach esa, unga Qur’oni Karim, farz, sunnat, halol va harom kabi din ilmlaridan saboq berish, odob qoidalarini o’rgatish lozim. Agar bunga o’zi qodir bo’lmasa, biror ustozga beriladi. Bola qalbiga yoshligidanoq imon, e’tiqod urug’larini sepish, unga Parvardigorimizni va Payg’ambarimizni tanitish hamda sevdirish zarur. Chunki imoni, diyonati, vijdoni bo’lmagan bola johil, nodon, yovuz, jamiyat va el manfaatlarini nazar-pisand qilmaydigan hudbin kimsa bo’lib o’sadi. Davlatimiz va millatimizga shunday kaslar emas, balki qalbi toza uyg’oq, imonli, ilimli va mo’min insonlar zarurdir. Bolani shu yo’sinda tarbiyalash hammaning bosh vazifasi bo’lishi kerak.Yurtboshimiz: << Biz farzandlarimizni Imom Buxoriy hadislari, Yassaviy hikmatlari, Termiziy o’gitlari, Naqshband ta’limoti asosida tarbiyalishimiz kerak >>, deganlaridek, farzandlarimizni Allohdan qo’rqadigan, jamiyatga foyda keltiradigan, xalqqa xizmat qiladigan diyonatli inson etib tarbiyalash, uning komil inson bo’lib ulg’ayishiga mustahkam zamin bo’lib xizmat qiladi.


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish