O'zbekiston respublikasi



Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana15.07.2021
Hajmi0.88 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Birinchidan,  So'g'd  tamadduni  Zarafshon  va  Qashqadaryo  daryolari 

oralig’ida  vujudga  kelgan  O’rta  Osiyodagi  madaniyat  o'choqlaridan  biri  bo'lgan 

hamda ko'p asrlik taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi.  

Ikkinchidan, 

Zarafshon 

daryosining 

yuqori 


oqimidagi 

dastlabki 

manzilgohlar  tosh  davridayoq  vujudga  kelib,  bu  yerda  qadimdan  insonlar  yashay 

boshlaganligini mintaqada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tasdiqlaydi. 



Uchinchidan,  Mil.  avv.  IX-VIII  asrlardan  ilk  shaharsozlikka  xos  bo’lgan 

xususiyatlarni o’zida jam qilgan va qadimiy tarixiy manbalarda viloyat yoki shahar 

nomlari  bilan  kirgan,  baland  mudofaa  devori  va  keng  xandaq  bilan  o'rab  olinadi 

(bu xil manzilgohlar mil. avv. I ming yillik boshidan O'rta Osiyoning dehqonchilik 

qilinadigan viloyatlariga xosdir).  

To’rtinchidan,  umumso’g’d  madaniyati  deb  atalgan  madaniyat  yaratgan 

qadimiy so’g’diylar hozirgi uch viloyat hududida – Samarqand (Markaziy So’g’d), 

Qashqadaryo  (Janubiy  So’g’d),  Buxoro  (G’arbiy  So’g’d)  da  o'zaro  birlashib  va 

to'xtovsiz taraqqiy etib borib, o’z davrida kattagina tarixiy viloyatga aylangan. 



Beshinchidan, So’g’dning Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashganligi ilk 

davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, 

zargarlik,  zardo'zlik,  shishasozlik,  kandakorlik,  badiiy  kashtachilik  va  h.k.)  va 

savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki bo'ldi.      



Oltinchidan,  bitiruv  malakaviy  ishining  asosiy  qismida  fikr  yuritganimiz 


 

53 


So’g’d  hududidagi  arxeologik  yodgorliklarda  olib  borilgan  izlanishlardan  kelib 

chiqib  ulardagi  shaharsozlik  madaniyatining  rivojlanish  bosqichi  turlicha  va 

yashash  davri  turlichadir.  Samarqandda  shahar  hayoti  birgina  Afrosiyob 

(shuningdek Ko’ktepa) da kechgan bo’lsa, Qashqadaryo hududida ikkita – Nautaka  

va Naxshabda, Buxoroda Poykent va Varaxsha hududida kechgan 

Yettinchidan,  tadqiqotlar  jarayonida  topilgan  numizmatik  topilmalar 

Yunon-baqtr  hukmdorlari  davridan  ularning  tangalariga  taqlid  qilib  ishlangan, 

shuningdek Girkod tangalari muomalada bo'lganligini tasdiqladi.  

Sakkizinchidan,  arablar  istilosi  natijasida  asrlar  davomida  yaratilgan 

umumso’g’d madaniyati butunlay yo’q qilindi.  

Shunday  qilib,  ajdodlarimiz  tomonidan  yaratilgan  umumso’g’d  madaniyati  

nafaqat  O'zbekiston,  balki  butun  O’rta  Osiyoning  qadimgi  madaniyati  xazinasi 

durdonasi  sifatida  tarixda  qoldi.  Bu  madaniy  merosini  o'rganish  va  ularni 

himoyalash  masalalari  bilan  bugungi  kunda  keng  ko'lamli  tadbirlar  olib 

borilmoqda. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

54 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим