O’zbekiston Respublikasi SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI Toshkent Farmasevtika Instituti “PATALOGIYA ” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu:Bronxial astma. Tayyorladi:Sultonov F. Tekshirdi:Radjabova N. Bronxial astma belgilari. Bronxial astma belgilari.
Astma (yunoncha asthma — halloslash, boʻgʻilib qolish) — bronxlar teshigining toʻsatdan torayib qolishi (qarang Bronxiol astma) yoki yurak kasalliklari natijasida (qarang Yurak astmasi) tutadigan boʻgʻilish xuruji. Astma tutganda darhol shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur. Astma qanday sababga koʻra kelib chiqqan boʻlishidan qatʼi nazar, bemorni oyogʻini pastga osiltirib oʻtqazish va xona havosini yangilash zarur. Dori-darmon faqat shifokor ruxsati bilan beriladi Bronxial kanallarning qisqarishi va havo o’tishini kamayishiga olib keladigan bronxial astma nafas yo’llarining surunkali kasalligiga kiradi.
Bronxial astma
Astma kasalligiga moyil odamlar odatda ko’krak qafasi siqishi, meyyoridan ortiq so’lak ajrab chiqishi, uyquning bezovtalanishi yoki nafas olishning tezlashishidan shikoyat qiladilar.
Astmani qo’zg’atadigan omillardan ehtiyot bo’lish muhimdir(allergenlar va sovuq havo ta’siridan). Davlash o’z ichiga asosan yallig’lanishga qarshi dorilar bilan birga ishlatiladigan bronxlarni kengaytiradigan dorilarni qabul qilish(masalan, steroidlarni). Fizioterapiya muolajalari va nafas olish mashqlari xam e’tibordan chetda qolshishi kerak emas.
Astma jiddiy yuqumli boʻlmagan kasalliklar sarasiga kiritilgan boʻlib, nafas yoʻllarining yalligʻlanishi va torayishi bilan tavsiflangan surunkali oʻpka xastaligidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tahlillariga koʻra, 2019 yilda butun dunyoda astma bilan kasallanganlar soni 262 million nafarni tashkil etdi va ulardan 461 ming nafar kishida xastalik oʻlim holati bilan yakun topgan.
Bronxial astma — bronxlarning allergik yoki infeksion sabablarga koʻra surunkali tarzda yalligʻlanishi hisoblanib, xastalik allergen omillarga bogʻliq va bogʻliq boʻlmagan turlarga boʻlinadi.
Tibbiyotda allergenlar asosan toʻrt guruhga ajratiladi: daraxt gullarining changi, uy changlari, hayvon yungi va boshqalar. Noallergik sabablar sifatida jismoniy yuklamalarning koʻpligi, ruhiy tushkunlik, sovuq havo kabilarni kiritish mumkin. Toʻgʻri, sovuq havo, virusli infeksiyalar, oʻtkir hidlar, asabiylashish allergen hisoblanmaydi, biroq mazkur omillar astma xurujiga turtki boʻlishi mumkin.
Xastalik kechayu kunduz muntazam yoʻtal, boʻgʻilish va nafas chiqarishning qiyinligi, jismoniy mashqlar paytida boʻladigan yoʻtal, koʻkrakning “hushtak” chalishi, allergenlar bilan muloqotda boʻlganda xurujlarning qoʻzgʻalganligi hamda koʻkrak qafasidagi noqulaylik kabi belgilar bilan kechadi.
- Bemorning nafasi qisilganda tananing diafragma sohasida kuchli ogʻriq paydo boʻladi. Xuruj yoʻtal tutishi bilan birga kelib, bronxlar ichki yuzasidagi balgʻam chiqarib tashlangach, bemor ahvoli birmuncha yaxshilanadi. Kasallik xurujida oʻpka alveolalarida gazlar almashinuvi keskin susayadi. Bu esa organizmning kuchsizlanishi, nutq muammolari va taxikardiya (yurakning tez urishi)ni keltirib chiqaradi.
Astma qancha erta aniqlansa, muolajalar shunchalik yaxshi foyda beradi. Aniqlangan xastalik bosqichiga koʻra, turli dori vositalari va fiziomuolaja (nafas yoʻllari gimnastikasi, mashqlar, suzish va boshqa chiniqtiruvchi usul) lar bilan davolanadi.
Shuni aytish lozimki, bronxial astma surunkali xastalik boʻlib, undan butunlay xalos boʻlish qiyin jarayon hisoblanadi. Biroq toʻgʻri tanlangan muolaja usullari yordamida bemorning umumiy holatini uzoq va barqaror holatga olib kelish va bu orqali uning salomatligini yaxshilash mumkin.
Shifokorlar kasallikdan himoyalanish uchun eng birinchi galda allergenlardan ehtiyot boʻlishni tavsiya etadi. Ayniqsa, bemor yashayotgan uy ozoda boʻlishi, xonalar tez-tez shamollatib turilishi, atrofda chang zarralari, kimyoviy vositalar, hayvonlar (mushuk, it) boʻlmasligi lozim. Ammo inson hayoti davomida baribir allergenlar bilan “uchrashadi”. Shu bois bemor bronxlarini himoya qila olishi kerak.
E'tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |