O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti saudiya arabistoni xavfsizlik masalalari va armiya mavzuidagi kurs ishi bajardi: Arab-ingliz guruhi talabasi Ilmiy rahbar



Download 0,53 Mb.
bet1/6
Sana13.11.2020
Hajmi0,53 Mb.
#52319
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SAUDIYA ARABISTONI XAVFSIZLIK MASALALARI VA ARMIYA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
SAUDIYA ARABISTONI XAVFSIZLIK MASALALARI VA ARMIYA

mavzuidagi
KURS ISHI


Bajardi: Arab-ingliz guruhi talabasi

Ilmiy rahbar:

Toshkent-2020

MUNDARIJA



KIRISH 3

I BOB. SAUDIYA ARABISTONI QIROLLIGI XAVFSIZLIK MUAMMOSINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY- USLUBIY JIHATLARI 5

1.1. Saudiya Arabiston Qirolligi mintaqasining o’rni 5

1.2. Mintaqaviy xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik bo’yicha Saudiya-Eron raqobati 14

II BOB. SAUDIYA ARABISTONI QUROLLI KUCHLARI VA ARMIYASI 24

2.1 Quruqlik kuchlari va Saudiya Arabistoni milliy gvardiyasi 24

2.2 Saudiya qirolining strategik raketa, havo va suv floti kuchlari 32

XULOSA 38

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 40


KIRISH

Saudiya Arabistoni va arab mamlakatlaridagi keskin vaziyatlar bugungi kunda jahonning barcha mintaqalarida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalasi dolzarb ekanligini yana bir bor isbotladi. “Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o’z xususiyatlari, o’z tahdid manbaalari va xavfsizlikni saqlash omillari bor”, - deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov1.

Albatta, Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashning o’ziga xos tamoyillari mavjud bo’lib, bu avvalo Arab-Isroil mojarosi o’z echimini topishi zarur.

Uchinchi dunyoning ko’plab mamlakatlari, birinchi navbatda, arab va musulmon davlatlari, ular o’rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarga qaramasdan Falastin manfaatlarini qo’llab-quvvatlashda hamjihatlar. Ushbu fikr oxirgi yillar BMTda Falastin muammosi hamda Yaqin Sharqda siyosiy va harbiy inqiroz bo’yicha ovoz berish jarayonida o’z isbotini topdi.

Mazkur kurs ishida arab mamlakatlari va musulmon dunyosida yetakchi davlatlardan hisoblangan Saudiya Arabistoni xavfsizlik masalalari va armiyasi haqidagi ma’lumotlarni yoritib berishga bag’ishlangan. Albatta, bu davlatlarning ichki va tashqi siyosatini hamda o’zaro munosabatlarining rivojlanish bosqichlarini o’rganish, bundan tashqari ikki mamlakatning Yaqin Sharq va Fors ko’rfazida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosatini tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.

XXI asrda dunyoning turli hududlarida uzoq vaqt davomida davlatlar ichki va tashqi siyosatiga hamda davlatlararo munosabatlarga «islom omili»ning ta’siri tobora oshib borayotgani ochiq-oydin namoyon bo’ldi. Bu ta’sir «sovuq urush»ning yakunlanishi, ikki qutbli tizimning yo’q bo’lishi, jahonda bir qutbli rivojlanish jarayonining boshlanishi, turli davlatlarning mavjud manfaatlari o’rtasida qaror topgan muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi hamda ularning jahon siyosati va iqtisodiyotida faol sub’ekt sifatida qad ko’tarishi natijasida ro’y bergan global geosiyosiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liqdir.

Shu bilan birga, «islom omili»ning xalqaro siyosatdagi rolining tobora oshib borishi hamda bugungi kunda ba’zi musulmon tashkilotlarining siyosiylashuv va keskinlashuvga moyilligi O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarning barqarorligi va taraqqiyotiga jiddiy tahdid sola boshladi.

Mavzuni o’rganish bo’yicha bir qator O’zbekistonlik va Markaziy Osiyolik sharqshunoslar, Saudiya Arabistoni siyosiy tuzumlari, ulardagi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlarni tadqiq etgan olimlar A.Xasanov, Z.Munavvarov, Sh.A.Yovqochev, S.Inog’omov, Sh.M.Maxmudbekov, N.T.Holmo’minov, M.M.Muxammadsidiqov, N.Abdullaev, K.Shaniyazov, S.G’ofurov, A.A.Idrisov, A.A.Abduvoxidov, D.Madaminova, A.Abdisattarovlar asarlaridan keng foydalanilgan.

Kurs ishini tayyorlashda xorijlik olimlar, xususan MDH va turli mintaqalarda iste’qomat qiluvchi olim va tadqiqotchilar Karyakin V., Kasaev E.O., Korotaev A.V., Zinkina Yu.V., Moxova I.M., Naumkin V., Petrov N.I., Podtserob A.B., Podtserob A., Savkin N., Startsev S.A., Sushentsov A.A., Tkachenko A., Ulrixsen K.K., Fares V., Yashin I. va boshqalarning mazkur muammoga bevosita yoki bilvosita to’xtalib o’tishgan ilmiy asarlar: kitoblar, o’quv qo’llanmalar, jurnal, gazeta va internet manbalarida chop etilgan maqolalaridan qo’llanildi.

Saudiya Arabistonining geosiyosiy ahamiyati, mintaqa davlatlarining tashqi siyosati, yetakchi davlatlar manfaatlari, mintaqdagi davlatlarning o‘zaro munosabatlari va raqobatlari Barzegar K., Katzman K., Jahner A., Vehrey F., Chubin Sh., Furtig H. kabi g‘arblik olimlar va tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etilgan.

Shuningdek kurs ishini tayyorlashda bir qator internet resusrlaridan ham foydalanildi.

I BOB. SAUDIYA ARABISTONI QIROLLIGI XAVFSIZLIK MUAMMOSINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY- USLUBIY JIHATLARI

1.1. Saudiya Arabiston Qirolligi mintaqasining o’rni

Saudiya Arabistoni, (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Saudiya Arabistoni Podshohligi (AlMamlaka alArabiya asSaudiya) — Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. BMT aʼzosi Arabiston yarim orolning taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Maydoni 2,25 million km². Aholisi 23,5 mln. kishi (2002). Bulardan 5,3 mln. kishi mamlakat fukarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Er-Riyod shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi.

Saudiya Arabistoni— mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaqtda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992 yil 1 martda podshoh farmoni bilan 4 yillik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997 yilda Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi.

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan.

Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. S.A.da 200—800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina Saudiya Arabistoni dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Ar-Riyod, Jidda, Makka, Madina.



Saudiya Arabistoni hududida qadimdan (mil. av. 2ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-asrda Arabiston yarim orolning gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo boʻlib, poytaxti Madina shahri boʻlgan ilk musulmon teokratik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-asrlarda S.A. hududining koʻp kismi Umaviylar, 8-asr 2-yarmi — 9-asrlarda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-astlarda Arabiston yarim orolning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-asrning oʻrtalari — 16-astning boshlarida mamluklarta qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saklab qolishga urinishgan. 16-asr boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-asr ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xrkimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745 yil Arabistonni vahxrbiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-asrning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat — birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 yillarda Arabiston yarim orolning koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843 yil Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. ArRiyod shahri poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiilarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840 yildan soʻng ham Hijoz turklar qoʻlida qolaverdi. 19-asrning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902 yil amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902 yildan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915 yil dekabrda Angliya — Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916 yil Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918 yil Husayn "arablar podshosi" degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. Birinchi jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920 yil u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930 yil boʻysundirildi). 1921 yil Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xohlamagan Buyuk Britaniya 1922 yil oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922 yil Uqayrada Iroq bilan Kuvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.

Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 yillarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926 yil yanvarda u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va boshqa qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927 yil Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932 yildan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934 yil S.A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi.

Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45)da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S.A.da AQSH taʼsiri kuchaya boshladi. 1943 yil AQSH Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va S.A. ga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning ARAM KO neft kompaniyasi 1972 yilga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962 yil Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964 yil 2 noyabrda esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻddi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va hokazo), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960 yillarning 2-yarmidan S.A. tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil agressiyasiga duchor boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973 yilgi Yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S.A. oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974 yil oktabr oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida S.A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975 yil 25 martda podshox. Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982 yil iyunda PodshohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. S.A. — 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil fev,da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23 sentabr — Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932).

Mustaqil davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi istiqbolli loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishiga bog’liq. Chunki hozirgi milliy manfaatlarning globallashuvi sharoitida har bir davlat o’z geosiyosiy strategiyalarini amalga oshirishi va xalqaro maydonda o’z o’rniga ega bo’lishga harakat qilishni taqozo etadi. Aks holda boshqa davlatlarning siyosiy ambitsiyalari ta’siriga tushib qolishi hech gap emas. Bugungi kunda ko’pchilik davlatlar tashqi siyosiy strategiyalarida energetik resurslar xavfsizligi, energetika infrastrukturasini rivojlantirish va umumiy energetika tizimini shakllantirish masalalari asosiy geosiyosiy omillar sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, Saudiya Arabistoni xavfsizligida energetik xavfsizlikka nisbatan yangicha yondashuvlarning yuzaga kelishi natijasida mintaqa davlatlari siyosatida an’anaviy ustuvorlikka ega bo’lgan neft-gaz siyosatiga nisbatan munosabat yanada markazlashtirilmoqda. Jahon mamlakatlari ichida eng katta neft eksportchilaridan hisoblangan mintaqa davlatlari xususan, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirligi (BAA), Iroq davlatlarida bugungi kunda dunyo miqyosidagi jami neft zahiralarining uchdan ikki qismi mavjud. Mintaqada jahon neft zahiralarining 63 % va gaz zahiralarining 40 % joylashgan1.

Arab olamining jahon siyosiy xaritasidagi o’rni va ahamiyati haqida to’xtalar ekan siyosatshunos va sharqshunos olim Z.Munavvarov quyidagi tezislarni ilgari suradi:

– Hozirgi kunda, ular o’rtasida ma’lum siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy tafovutlar, hatto ixtilof va ziddiyatlar mavjudligidan qat’iy nazar, o’zini Arab davlati, deb e’lon qilgan 21 mamlakat borligi diqqatga sazovor;

– Arab mamlakatlari hamjamiyati dunyoning uch buyuk qit’asi – Osiyo, Afrika va Evropa (O’rta Er dengizi va Turkiya orqali) tutashgan g’oyat hayotiy kommunikatsiyalar markazlashgan geografik mintaqada joylashgan;

– Arab davlatlari zaminidagi tabiiy boyliklar, xususan, bugungi taraqqiyotning asosiy tayanchlaridan bo’lgan energiya manbai – neft va gaz zaxiralarining nihoyatda kattaligi ushbu mintaqaning jahon iqtisodiy xo’jaligidagi o’rnining yuqoriligini ta’minlaydi;

– Islom dinining eng mo’tabar muqaddasgohi – Makka va Madinaning ushbu mintaqada joylashishi Arab dunyosiga musulmon xalqlar va elatlarning diniy va ruhiy, ma’lum ma’noda mafkuraviy-ma’naviy markaz sifatida qarashiga sabab bo’ldi1. Bundan tashqari, Arab dunyosi jahon energetika resurslarining 75 %ni nazorat qilishi ham jahon siyosiy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi rolini yaqqol namoyish etadi. Arab dunyosi mamlakatlari yakdilligining dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy ahamiyati shunda namoyon bo’ladiki, u jahon neft bozoridagi vaziyatga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishga qodirdir. Birinchi marta bu 1973-1974 yillarda “energetik tanglik”davrida namoyish etildi. Oktyabr urushi (1973) chog’ida G’arb mamlakatlari Isroilni qo’llab-quvvatlaganiga javoban OPEK mamlakatlari jahon bozoriga neft etkazib berishni to’xtatib qo’ydilar2. Bundan ko’rinadiki, arab olamining siyosiy va iqtisodiy ta’sir ko’rsatish imkoniyati hozirgi kunda bir qator yirik davlatlarning milliy manfaatlari ijrosidagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy davrda hech bir davlat mustaqil o’z energetik ehtiyojlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmaydi. Ayniqsa, jahon siyosatida energiya taqchilligi va xavfsizligi masalalari global muammo sifatida ko’rilayotgan bir davrda mintaqalar va davlatlarning bir-biriga energetik bog’liqlik darajasi yanada ortdi. Shu bois hozirgi vaqtda neft-gaz siyosati bir qator davlatlarning, xususan, jahonning yirik davlatlari tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. Bunday fenomen bir qancha omillar bilan tushuntirilishi mumkin. Jumladan, jahon neft-gaz bozori sub’ektlarining o’z energetik xavfsizligini ta’minlashga bo’lgan ehtiyoji, neft-gaz sohasidagi samarali biznes manfaatlari, neft-gaz xom ashyosini qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish va boshqalar. Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy dunyoda neft-gaz jahon iqtisodiyotining dinamik rivojidagi eng asosiy unsur bo’lishi bilan birga, umumiy xalqaro munosabatlar tizimiga ta’sir ko’rsatuvchi birlamchi omillardan biri sifatida yuzaga chiqdi. Shu kabi bir qator umumiy xulosalar natijasida Fors ko’rfazi arab davlatlarining zamonaviy neft-gaz siyosati istiqbollari va imkoniyatlarini va global energetik siyosatga ta’sirini tahlil etish dolzarbdir. Bundan tashqari, dunyo miqyosida energetik bog’liqlik va energiyaning birlamchi manbalari iste’moli hajmi oshib borayotganligi mintaqada xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar ko’lamining kengayishi xavfini tug’diradi. Shuning uchun “Arabiston oltiligi” davlatlari oldida mintaqaviy energetik xavfsizlikni ta’minlash masalasi har qachongidanda dolzarbdir.

Saudiya Arabistoni energetik xavfsizligiga nisbatan zamonaviy tahdidlar ko’lamini tadqiq etganda ikki asosiy jihatga e’tibor berish lozim. Birinchi masala mintaqaviy energetik xavfsizlikka nisbatan ichki tahdidlar hisoblansa, ikkinchidan, yirik davlatlarning geosiyosiy manfaatlari to’qnashuvi omilini o’rganish muhimdir.

Saudiya Arabistoni energetik xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki omillari:



  • Bugungi kunda FKADHK davlatlarining siyosiy va iqtisodiy xavfsizligiga eng katta tahdid Eronning yadroviy dasturi borasidagi siyosatidir. Jahon hamjamiyatining Eronga nisbatan keskin siyosiy va iqtisodiy bosimlari Kengash davlatlarining jiddiy xavotiriga sabab bo’lmoqda;

  • Iroqdagi vaziyatning to’liq izga solinmaganligi Kengash davlatlarining istiqbolli iqtisodiy loyihalari amaliyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, Iroqda jahon neft zahiralarining 11 % joylashgan. Bu ko’rsatkich mintaqaviy energetik loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi;

  • Tobora diniy nizolarning avj olayotganligi, sunniy va shia mazhabi o’rtasidagi doimiy raqobat muhiti, natijada mintaqaga nisbatan butun bir terrorizm o’chog’i sifatida qaralishi, islom dini va madaniyatiga nisbatan radikal qarashlarning kuchayishi neft va gaz sohasiga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi va istiqbolli bozorlarni egallashga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda;

  • Mintaqa davlatlari xavotiriga sabab bo’layotgan navbatdagi omil bu – an’anaviy resurs – neft va gaz zahiralarining cheklanganligidir. Shu jihatdan Kengash davlatlari va qolaversa butun mintaqa davlatlarining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, eksport hajmini kamaytirish borasidagi yondashuvlaridagi ixtilof eng dolzarb masala hisoblanadi. Arabiston oltiligi davlatlarining iqtisodiy va siyosiy barqarorligi asosan neft-gaz omiliga bog’liq bo’lib kelgan.

Saudiya Arabistoni xavfsizligiga, xususan energetik xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Insoniyatning jahondagi tabiiy zahiralarning tugab borayotganligini anglashi va xususiy ehtiyojlarni qondirish manfaati natijasida Fors ko’rfaziga nisbatan tahdidlar yanada kuchaydi. Alohida ta’kidlash joizki, ushbu mintaqa davlatlari tabiiy resurslarga qanchalik boy bo’lishmasin, doimo dunyoning qudratli davlatlari uchun nishon bo’lib kelganlar va hozirgi davrda ham nizolar, ichki kelishmovchiliklar hamda ziddiyatlar avj olgan siyosiy beqaror mintaqa hisoblanadi1. Qudratli davlatlarning mintaqadagi siyosati bevosita neft va gaz resurslarini qo’lga kiritish bilan bog’liq ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi mulohazalari muhim ahamiyatga ega: “...kimda-kim neft va gaz zaxiralariga hukmronlik qilsa, dunyoga hukmron bo’lishi mumkin degan qarashlar kuchayib bormoqda. Va aksincha – kimdaki shunday resurslar bo’lmasa, neft-gaz, umuman, uglevodorod xom ashyosiga ega boshqa davlatlarga nisbatan turli harakatlar ham sodir bo’layapti. Chunki qudratli davlatlar yaxshi biladiki, mana shunday boylik kimning qo’lida bo’lsa, u boshqalarni o’z ta’siriga olishning kaliti, vositasi bo’lib xizmat qiladi”2.

- Jahon miqyosida energetik iste’mol darajasining oshib borayotganligi, xususan, Osiyo segmenti ulushining ortishi mintaqada keskin siyosiy raqobat muhitini yanada keskinlashtirishi mumkin. Energoresurslar iste’moli dunyo miqyosida 2030 yilgacha 60 % ga oshishi bashorat qilinmoqda3. Bu jarayon ham bevosita Eron bilan bog’liq. Bugungi kunda Xitoy, Hindiston, Pokiston, Yaponiya kabi davlatlarning energetik ehtiyojlari kundan kunga ortib bormoqda. Bu davlatlar mintaqadagi energetik raqobatda ishtirok etishdan va manfaatli tashqi energetik siyosatdan manfaatdordir. Jumladan, Eron gazining Xitoygacha tortilishi, Eron-Pokiston-Hindiston quvuri borasidagi munozaralar Kengash davlatlari tashqi energetik siyosatida alohida e’tirofga sabab bo’lmoqda. Chunki, Eron FKADHK davlatlarining asosiy energetik raqobatchisiga aylanishi mumkin.

Xulosa qilganda Fors ko’rfazi xavfsizligi, FKADHK davlatlari energetik xavfsizligi masalalari Kengash davlatlari tashqi siyosatida asosiy ustuvor yo’nalish hisoblanadi. Jahon miqyosida neft va gazga bo’lgan talabning oshishi va ko’pchilik davlatlarning taraqqiyoti ushbu resurslarga bog’liq ekanligi jahon siyosatida va umuman zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida FKADHK davlatlari roli oshib borayotganligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, 1970-yillarning boshida Misr prezidenti Anvar Sadatning neft va siyosatning bir xil ma’no kasb etishini ta’kidlaganligi bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Neftdan siyosiy bosim sifatida foydalanish va energetik resurslarning siyosiylashtirilishi tendentsiyalari bugungi kunda ham kuzatilmoqda.


1.2. Mintaqaviy xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik bo’yicha Saudiya-Eron raqobati

Jahon globallashayotgan bir sharoitda Fors ko’rfazi davlatlari jahon iqtisodiy va siyosiy tizimida o’zining muhim o’rnini egallab kelmoqda. Ayni paytda ularning ichida Eron, Saudiya Arabistoni alohida o’ringa ega. Ulkan strategik ahamiyatga, beqiyos yoqilg’i-energetika manbalariga ega bo’lgan Fors ko’rfazi davlatlari bugungi kunda eng yirik moliyaviy donor sifatidagi mavqei tufayli arab dunyosidagi alohida nufuziga ega.

Ko’plab tadqiqotchilar mazkur muammoga davlatlarning globallashayotgan jahondagi ma’rifatli o’zaro aloqalari nuqtai nazaridan razm solishga intilishadi. Ma’lumki, «islom birdamligi» ahamiyatini, ayniqsa bugungi islom omili faollashuvi bosqichida pasaytirib ko’rsatish mumkin emas. Ma’lum tarixiy omillar tufayli ko’plab arab xalqlari amalda hozirgi zamon taraqqiyot oqimining deyarli ortida qoldi. Musulmon dunyosidagi chuqur ildizga ega kelishmovchilik va hatto qarama-qarshiliklarni hisobga olgan holda, qaloqlikni bartaraf etish maqsadida konfessional asosda birlashish ijobiy ahamiyatga ega. Bunda faqat, I.Melixov so’zi bilan aytganda, «islom birdamligi» singari asosdagi birlashmalar «birdamlik»ni qarshi turish, dushmanlik, vayron qilish tomon burib yuborishga intilayotgan siyosiy va diniy ekstremistlarning quroliga aylanib qolmasligi kerak1.

Tadqiqotchining fikricha, hozirgi paytda Islom Konferentsiyasi Tashkiloti (IKT), Islom Olami Uyushmasi (IOU) kabi xalqaro tizimlarning faoliyati tufayli butunjahon musulmon davlatini tuzish g’oyasi yangi mazmun bilan boyidi, zero «yangi xalqaro islom tartibi», «yangi islom axborot tartibi», «yangi islom xalqaro iqtisodiy tartibi» kontseptsiyalari ishlab chiqildi. X.Gaysumova ishonch bildiradiki, «barcha qarama-qarshiliklarga qaramasdan «islom birdamligi» kontseptsiyasi jahondagi jarayonlarning globallashuvi hamda qaloq mintaqalarning zamonaviylashuvi holatida sermahsuldir. Bu doktorina nisbatan olganda betakrordir, unga o’xshashi boshqa birorta mafkurada yo’q. Islom birodarligi arablar va arab bo’lmaganlar, boylar va kambag’allar, osiyoliklar va afrikaliklar o’rtasidagi davlat chegaralarini yo’qqa chiqaradi. Bu doktorina printsiplari to’g’ri qo’llaganda musulmon mamlaktlari chindan ham dunyodagi salmoqli kuchga aylanishi mumkin».

Ayni paytda FKADHKga a’zo eng yirik mamlakat – Saudiya Arabistoni – Islom birdamligi harakatining etakchisi bo’lib, uning bu boradagi ahamiyatini munosib baholash zarur. Saudiya Arabistoni xalqaro musulmon tashkilotlarini tashkil qilish va moddiy qo’llab-quvvatlashda katta ahamiyat kasb etayotir. Bu albatta, yuqorida qayd qilinganidek, hozirgi Saudiya jamiyatida islomning ahamiyati ortgani natijasidir.

Ko’pgina siyosatshunoslar shu munosabat bilan Islom Konferentsiyasi Tashkiloti (IKT) va Islom Oliy Uyushmasi (IOU) faoliyatiga e’tiborni jalb qilyapti. Ayni shu tashkilotlar islom birligi haraktining siyosiy omili hisoblanadi. Bu harakatning kelgusi istiqboli, vesternatsiya jarayoniga qarama-qarshi turishda IKT va IOU faoliyatining samaraliligi, mazkur harakat nazariy negizining tashkilotga a’zo mamlakatlar ichki va tashqi siyosati bilan uyg’unligi ko’zdan kechirilmoqda. Tadqiqotlarda bu jarayon, Saudiya Arabistonining ahamiyati va uning hozirgi tashqi siyosatiga oid asosiy faoliyat yo’nalishlari Saudiya Arabistoni Podshohligiga musulmon olamida berilgan maqomni u qanchalik oqlashi masalasiga asosiy e’tibor qaratilayotir1.



Mazkur tashkilotlarning «islom tartibi» va «islomiy birdamlik» g’oyalarini ko’zdan kechirar ekan, aksariyat kuzatuvchilar, «musulmonlarning birligi va birodarligi» g’oyalarini zo’r berib targ’ib qilayotgan ayni shu tashkilotlar va ularning ayrim a’zolari qator muhim hamda dolzarb masalalar yuzasidan yakdil emas, deb tan olishmoqda. Xususan, Falastin muammosiga yondoshuvda bir xil mavqening o’zi yo’q, bu tashkilotlarga a’zo davlatlarning ko’pchiligi birdamlik va hamjihatlik g’oyalari bir chetda qolib, aksariyat o’z siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga amal qilyapti.

Biroq xalqaro islom tashkilotlarida tashqi siyosat va faoliyatni g’oyaviy asoslash arab hukmdorlari uchun o’ta muhim. Saudiyalik tadqiqotchi A.X.As-Suveg’ o’z davlatining tashqi siyosiy faoliyati qoidalarini bayon qilib yozadi: «Siyosiy doiralar amal qilayotgan qadriyatlarning, boshqacha aytganda, tashqi siyosat miqyoslarini belgilovchi g’oyaviy qadriyatlarga ayni shu doiralarning sodiqligi darajasi davlatning tashqi siyosatiga ta’sir ko’rsatadi. Bu qadriyatlar hukmron siyosiy doiralar uchun xalqaro maydondagi faoliyatni legitimatsiyalash manbai bo’lib xizmat qiladi. Siyosiy doiralar bu qadriyatlarga qancha sodiq bo’lsa, ular tashqi siyosatda shu darajada erkin aks etadi. Bunga birinchi jahon urushi tugaganidan keyin liberal qadriyatlar tizimiga tayanib ish tutgan Amerika tashqi siyosati, shuningdek, markscha-lenincha g’oyaviy qadriyatlarga amal qilgan sobiq Sovet tashqi siyosati misol bo’la oladi. Saudiya tashqi siyosatining tahlili esa bu borada islomiy qadriyatlardan kelib chiqilayotganini ko’rsatadi»1. Shunday qilib, bu islomning qadriyatlar asosi sifatidagi muhim ahamiyatini ta’kidlaydi. Saudiya Arabistoni tashqi siyosat borasida asosan shu qadriyatlarga tayanadi. Ayni shu ta’rifda, «Realniy golos» axborot portalida jamoaviy ishlanmasini joylashtirgan rossiyalik mualliflarning fikricha, muhim jihat mavjud – «Saudiya Arabistonining tashqi siyosiy yo’lining negizini tashkil qiluvchi islomiy qadriyatlar Amerika liberalizmi yoxud sovet kommunizmi qadriyatlari bilan aynan o’xshashdir»2. Boshqacha aytganda, davlatning hukmron doiralari va jamoatchilik sodiq bo’lgan qadriyatlar (bu o’rinda - islomiy) tizimidan foydalanish omillariga diqqat - e’tibor jalb qilinadi. Saudiyalik muallif o’z mamlakatining g’oyaviy-mafkuraviy qadriyatlari negizini liberal demokratik va sobiq Ittifoqning markscha-lenincha mafkurasi bilan bir vaqtning o’zida qiyoslar ekan, rossiyalik tahlilchilarning e’tiroficha, bizlarni mazkur asoslarni qayta ko’rib chiqishga va mamlakatning hukmron doiralari ichki va tashqi siyosiy vazifalarni hal etishda amal qilayotgan qadriyatlar tizimiga o’zgartirishlar kiritishiga e’tibor qaratishga undaydi. «Gap mazkur qadriyatlardan voz kechish haqida emas (bunday yondoshuv, avvalo, ayni davlat qurilishi uchun halokatli bo’lardi), balki qadriyatlar yo’nalishlari tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish yoki ularning tamomila qayta talqin qilinishi haqida borayotir. Ular hamisha qotib qolgan holatda bo’lmaydi, lekin har gal o’zgarayotgan dunyoga va shunday dunyoda davlatning roli o’zgaruviga moslashadi»1. Bizningcha, Saudiya davlati siyosatini belgilovchi qadriyatlar tizimini «tamomila qayta talqin qilish» g’oyasi (SAP qadriyatlarini g’arb demokratiyasi va kommunistik totalitar tuzum qadriyatlari bilan o’xshatish ham) ishonarli emas. Saudiya mustabid hokimiyatining diniy legitimatsiyasiga, ustiga ustak diniy aqidasiga biron bir o’zgartish kiritish yoki uni taftish qilishni hozir tasavvur qilish qiyin. Bunday urinish kutilmagan oqibatlar keltirib chiqarishi hech gap emas. Bu borada, bizningcha, hukmron doiralarning o’zlari amal qilayotgan qadriyatlarga munosabatini faqat qayta ko’rib chiqishlari, ularning hozirgi zamon voqeligi va xalqaro rivojlanishning yangicha shart-sharoitlariga ichki hamda tashqi siyosatni muvofiqlashtirish talablariga mos ravishda shunday qadriyatlarning xususiyatlarini, ularni joriy qilish darajasini o’zgartirish yoki davlatning tashqi siyosiy mezonlariga kiritish haqidagina gap bo’lishi mumkin.

Saudiya Arabistoni musulmon davlatlarining etakchisi bo’lishga da’vogar ekan, tashqi siyosati shunga mos ravishda islomiy aqidalarga mos bo’lishi kerak, degan fikrni ko’plab ekspertlar ma’qullayaptilar. Uning hududida islom olamining eng muhim qadamjolari joylashgan bo’lib, jahon musulmonlari imkoniyatlari darajasida bu joylarga haj safari bilan boradilar, ziyorat qiladilar. Rossiyalik muallif A.Yakovlevning fikricha, «Mana shuning o’zi podsholik tashqi siyosatida etakchi xususiyatlardan biri sifatida «islom omili»ni ajratib ko’rsatish uchun kifoya», chunki, «mamlakat hukmronlari haj safaridan nafaqat islom olamidagi ta’sirini mustahkamlash, balki tom ma’noda tashqi siyosiy manfaatlari yo’lida ham foydalanadi”1. Feodal- mustabid tuzumlar va ularning mafkurachilari musulmonlar birligi, panislomizm va panarabizm g’oyalarini davlatlararo munosabatlar nuqtai nazaridan hamisha yoqlab kelganligi, ustiga ustak islom olamini rivojlantirish borasida xalifalikning «oltin davri» va uni kelgusida qayta tiklash g’oyasi ilgari surib kelingani ta’kidlanadi. «Panislomizm yoki panarabizm harakatining tashabbuskori bo’lgan davlatning poytaxti bunday xalifalikning markazi bo’lishi kerakligi esa shubhasiz»2. Ayni paytda hozir shu islom davlatlari musulmon jamoalarining milliy va diniy kontseptsiyalari o’rtasidagi tabiiy ziddiyatlarni ularni birlashtirish maqsadini qo’ygan holda hal qilishni mo’ljallayapti. Xususan, Saudiya Arabistoni TIV Islom ishlari departamenti direktori M.ash-Sharifning so’zlariga ko’ra, «Islomiy birdamlikka da’vat islom va arab davlatlarini birmuncha keng ko’lamli birlashuvga yo’naltirish bo’lib, musulmonlarni zamonaviy jamiyatlar doirasida islom bayrog’i ostida jipslashtirish va shu asno islom mamlakatlari o’rtasida yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish, ziddiyat va kelishmovchiliklarni islom ta’limotiga muvofiq bartaraf etish, imkon boricha tinch vositalar bilan hal qilish, jahon jamoatchiligi, ayniqsa insoniyatni yadro urushi va qirg’in - barotlardan saqlab qolish borasidagi hamkorlikni ta’minlash, butun insoniyat farovonligi yo’lida ma’rifiy jamiyat barpo etishga hissa qo’shishdan iborat»3.

Aksariyat tadqiqotchilar Saudiya Arabistoni hukmron tabaqalariga xos ikkiyuzlamachilikka e’tiborni jalb qiladilar, ayni shu holat ular yuritayotgan tashqi siyosatning hamisha ziddiyotli bo’lishini ta’minlab kelayotir. Bir tomondan, «Amerika imperializmining ittifoqchisi va mijozi sifatida» Saudiya Arabistoni uning tashqi siyosiy chora-tadbirlarini qo’llab-quvvatlashi kerak. Boshqa tomondan, musulmon olamining etakchisi tariqasida Saudiya podsholigi sionizmga va Isroilning tashqi siyosiy qadamlariga qarshi chiqib, Falastin va Sharqiy Quddus masalasida aniq mavqega ega bo’lishi zarur. Ayni shu nuqtada ham islomiy birdamlikni amalga oshirishda sustkashlik ko’zga tashlanadi.

Islom dunyosi doirasidagi xalqaro aloqalarda Saudiya Arabistoni salmoqli o’ringa ega ekanidan qat’i nazar Saudiya Arabistoni Podshohligini mazkur mamlakat xalqaro siyosatining asosini tashkil qiluvchi islomiy qadriyatlarning bosh targ’ibotchi-tashviqotchisi, musulmon mamlakatlarining shubhasiz etakchisi va rahbari sifatida qaror toptirish vazifasi oson ish emas. Jumladan, ADL Saudiya Arabistonini «Ollohning nazari tushgan o’lka» sifatida ta’riflaydi, biroq «haqiqiy islom davlati» maqomiga Pokiston ham da’vogarlik qilayotir. Bu borada uni Islom Olami Kongressi (IOK) qo’llamoqda. Islom harakatining etakchisi sifatida Misr ham ko’rsatilmoqda. Bunga bir qator asoslar bor, Misrning al-Azhar tashkiloti obro’-e’tibori juda yuksak ekani ham shu jumlaga kiradi1.

Ayni paytda Saudiyaning arab-musulmon olamidagi yuksak mavqeini qaror toptirish uchun ar-Riyodning qudratli vositasi bor – bu rivojlanayotgan mamlakatlarga, avvalo Afrika-Osiyo mintaqasidagi davlatlarga iqtisodiy yordam bo’lib, bu yo’l Saudiya tashqi siyosiy yo’lining jiddiy yo’nalishi tusini olgan. SAP tashqi siyosatining strategik vazifalari ro’yxatida «iqtisodiy yordam ko’rsatish» to’rtinchi o’rinda. Dastlabki o’rinlarni tashqi xavfsizlikni ta’minlash, arab va islom dunyosi mamlakatlari bilan birdamlikni rivojlantirish, va nihoyat, xalqaro barqarorlik va tinchlikni ta’minlash masalalari egallagan. Rossiyalik tahlilchilarning uqtirishicha, Saudiya hukmron doiralari bunday yordamni, aslida, xalqaro aloqalar sohasidagi boshqa vazifalarini hal qilishning eng qulay usullaridan biri sifatida qaraydi.

XX asrning 90-yillariga qadar ikki davlat hukumatlari, diniy rahbarlari va islomiy harakatlarining arab va islom dunyosida va hatto xalqaro miqyosda kechayotgan ko’plab siyosiy jarayonlarga nisbatan munosabatlari deyarli bir xil edi. Biroq, eronlik va saudiyalik diniy ulamolar, 90-yilda Iroqning Quvaytga qilgan tajovuzini qoralab chiqqan bo’lsalarda, ammo, Saudiya Arabistoni erlariga xorijiy davlatlarning qo’shinlari kiritilishini qattiq tanqid ostiga oldilar.

SAP hududlariga xorijiy qo’shinlar kiritilgandan boshlab Saudiya Arabistonidagi radikal islomchilari Podshohlikda AQSh kuchlarining mavjud bo’lishiga qarshi urush e’lon qilib, Podshohlikning Xobar va Dahron shaharlaridagi AQSh harbiy bazalarida bir necha teraktlar sodir etdilar.

Vashingtonning 2003 yilda Irokqa qilgan harbiy operatsiyalari bir qator arab mamlakatlaridagi kabi Saudiya Arabistoni va Eronlik ko’plab diniy rahbarlar va muxolif partiyalar orasida qattiq noroziliklarni keltirib chiqardi.

RANDning yaqindagi xabariga ko‘ra, mazhablar o‘rtasidagi farq Saudiya va Eron o‘rtasidagi aloqalarning yomonlashuviga olib keluvchi eng asosiy sabab emasligi keltirib o‘tilgan. 2011-yilda Arab inqiloblari boshlangunga qadar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar siyosiy doiradan ancha olislab ketgan edi1.

Saudiya – Eron ziddyatlarini mintaqadan tashqarida ham ko‘rish mumkin. Bu ikki mamlakatning Yaqin Sharqdagi muammolar bo‘yicha pozitsiyasi har xil. Uzoq davr hukmronlik qilgan diktatorlarning Tunis, Misr va Liviyada ag’darilishi AQSh tomonidan Saddam Husaynning olib tashlangandagi holati kabi mintaqadagi kuchlar muvozanatiga ta’sir qildi. Shunga qaramay, 2011-yildagi inqiloblar, 2003-yildagi Iroqdagi ozodlikdan farqli o‘laroq, siyosiy islohotlarni kutishdan charchagan mahalliy aholi tomonidan amalga oshirildi. Bu inqiloblar har qanday ko‘rinishdagi qirolliklarni ag’darishni o‘zining bosh maqsadi qilib olgan siyosiy namoyishchilarni al-Saud oilasi uchun eng katta xavfga aylantirdi. Foreign Affairs jurnalida Maykl Doran tasvirlaganidek “Bugungi kun inqiloblari ish va siyosiy vakillikni o‘zida birlashtirgan mahalliy talablar orqali amalga oshirilmoqda.”. Saudiya va Eron ham bu kabi mahalliy muammolardan holi emas va shuning uchun ular o‘z fuqarolariga har tomonlama qoniqtiruvchi sharoitlar yaratib berishi lozim.

Xususan, Suriya masalasida ikki davlat qarama-qarshili shunday: Suriyada Hozirda davom etayotgan B.Assad boshqaruvidagi hukumat va siyosiy-harbiy oppozitsiya o‘rtasidagi kurash bugunga kelib haqiqiy ma’noda mintaqaviy mojaroga aylandi. Chunki, bu Suriyaning o‘zidagi ichki nizogina emas, balki mintaqadagi yirik kuchlar bevosita yoki bilvosita ikki tarafdan birini qo‘llash orqali ushbu nizoga aralashib qolganligi bilan xarakterlanadi. Saudiya Arabistoni va Eron misolida oladigan bo‘lsak, SAP anti-Assad muholifatiga yon bosuvchi mintaqaviy kuchlardan biri hisoblansa, Eron esa Assad hukumatini saqlab qolishga intiladi. 2009-yil oktabrda. SAP Suriya bilan munosabatlarning yaxshilanishida Damashqning mintaqadagi muhim rolini e’tirof etdi, ham B.Assad rejimi va Eron o‘rtasidagi munosabatlarining pasayishiga harakat qildi1.

Saudiyaning Suriya bilan ziddiyati bir qancha omillarga, siyosiy sabablarga bog’liq. Birinchidan, Saudiya hech qachon B.Assad va uning Baath partiyasi ilgari surgan mafkurani qo‘llab-quvvatlamagan. Ikkinchidan, Suriyadagi sunniy muholifatning alaviylar rejimi tomonidan doimiy bostirilishi Ar-Riyodni doimo noqulay ahvolga solib kelgan. Va nihoyat uchinchidan, Assad rejimining qulashi mintaqadagi Saudiya Arabistonining eng asosiy raqibi Eronning kuchsizlanishiga olib keladi. SAP-Eronning Suriya masalasi bo‘yicha ziddiyatlari hamon davom etmoqda va davlatlar o‘z pozitsiyasini himoya qilmoqda2.

Shunday bo‘lsada, Saudiyaning Suriya rejimini o‘zgartirish borasidagi harakatlari davlatning Arab bahori bo‘yicha olib borayotgan siyosatini bilan mos tushmaydi. Ar-Riyod hech qachon inqilobiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlamagan. Boshqa Fors ko‘rfazi davlatlari esa Suriya bo‘yicha o‘z siyosatlarida Saudiya manfaatlarini o‘zida aks ettiradi, chunki ularda Saudiya kabi cheksiz resurslar va qudrat mavjud emas. Shu sababdan Ko‘rfazda Eron va Arab oltiligining pozitsiyalari mutanosib emas.

Xulosa qilib aytganda, Eron va Saudiya Arabistoninning olib borayotgan siyosati mintaqa xavfsizligiga katta ta’sir o‘tkazmoqda. 1979-yilgacha ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar ikki qirollik oilasi tashabbusi tufayli jadal suratlarda rivojlandi. Eronda sodir bo‘lgan “Islom inqilobi”dan so‘ng Eron va Saudiya Arabistoni dushman va raqib davlatlarga aylanib qolishdi. Shundan keyin, Ko‘rfazdagi geosiyosiy jarayonlar ham keskin tus oldi. Eron-Iroq urushida SAPning Iroqqa ko‘mak berishi o‘zaro aloqalarning yanada yomonlashuviga olib keldi. Manfaatlar to‘g’ri kelganda esa Eron va SAP Iroqqa qarshi urushda birlashdi va keyinchalik aloqalar yana uzildi. Eron va SAP azaldan Fors ko‘rfazida yetakchilikka intilib kelmoqda. Bunda neft sohasi, iqtisod, harbiy sohalarda raqobatchiga aylanishgan va ikki davlatning o‘zaro raqobatlari va ziddiyati mintaqadagi hatto Yaqin Sharqdagi geosiyosiy jarayonlar va xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatmoqda.

Iroq inqirozi nafaqat Eron-Saudiya Arabistoni munosabatlarini yomonlashishiga balki, Fors Ko’rfazidagi vaziyatlarning keskinlashishiga olib keldi hamda Saudiya Arabistonida muxolifatchilarning kuchayishi, diniy kuchlarning yanada radikallashuviga, Yaqin Sharqda islomlashuvning yangi oqimlari yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

II BOB. SAUDIYA ARABISTONI QUROLLI KUCHLARI VA ARMIYASI

2.1 Quruqlik kuchlari va Saudiya Arabistoni milliy gvardiyasi

Saudiya Arabistoni nafaqat arablarning, balki butun islom dunyosining eng ta'sirli davlatidir, chunki uning hududida Islom dunyoga kelgan va bu erda asosiy islomiy ziyoratgohlar - Makka va Madina joylashgan. Saudiya Arabistonining ta'siri neft va gazning ulkan zaxiralari va shunga mos ravishda ulkan moliyaviy resurslarning mavjudligi tufayli sezilarli darajada kuchaymoqda.

Saudiya Arabistoni dunyoda sunniy islomning vahhobiy (salafiy) bo'limi rasmiy din bo'lgan davlatdir, u hukumat shakli (mutlaq monarxiya) bilan birga uni dunyodagi eng totalitar davlatga aylantiradi. Shu bilan birga, u dunyodagi barcha islomiy sunniy terrorizmining asosiy tashkilotchisi va homiysi. Bu uning butun G'arb va xususan AQShning eng muhim strategik ittifoqchisi, deb hisoblanishiga to'sqinlik qilmaydi. Biroq, so'nggi yillarda Riyodning yaqinda Vashingtonni Saudiya neftining asosiy xaridoriga almashtirgan Pekin bilan aloqalari tezda mustahkamlanmoqda.

Katta moliyaviy resurslar tufayli Saudiya Arabistoni rasmiy ravishda juda kuchli qurolli kuchlarni (AF) yaratdi, garchi ularning haqiqiy jangovar samaradorligi ba'zi shubhalarni keltirib chiqarmoqda (arab mentaliteti, yollangan yollash printsipi va qirollik fuqarolarining umumiy yuqori turmush darajasi kurashish istagiga yordam bermaydi). Saudiya kuchlari beshta turga ega (SSSR Qurolli kuchlari tarkibini to'liq nusxalash - Strategik raketa kuchlari, quruqlikdagi kuchlar, havo kuchlari, havo mudofaasi, dengiz floti), Milliy gvardiyani hisobga olmaganda.

Strategik raketa kuchlariga mamlakatning janubi-g'arbiy qismida joylashgan uchta raketa bazasi (Al-Vata, Al-Sulayyul, Al-Jufayr) kiradi. Ular Xitoyning o'rta masofaga mo'ljallangan ballistik raketalari (BRRS) DF-3A (raketalarning umumiy soni 120 taga yetishi mumkin) 10-12 silosli uchirish moslamalari bilan qurollangan. DF-3A ning parvoz masofasi taxminan 2.8 ming km ni tashkil etadi, ya'ni ular Rossiyaning Shimoliy Kavkazi va Quyi Volgaga etib borishlari mumkin. Rasmiy ravishda bu piyoda piyoda askarlariga qarshi kurash tizimlari odatiy jangovar kallak (jangovar kallak) olib yuradi deb ishoniladi, ammo dastlab ular yadroviy kallak ostida yaratilgan. Saudiya Arabistoni yadroviy qurolni Xitoyda ham, Pokistonda ham sotib olishi mumkin.

Saudiya qirollik qurolli kuchlari Saudiya Arabistoni Qirolligi Arabiston yarim orolidagi eng katta davlatning ozodligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun mo'ljallangan qo'shinlarining yig'indisidir. Saudiya Qurolli kuchlari tarkibiga Saudiya Arabistoni armiyasi, Saudiya qirollik havo kuchlari, Saudiya qirollik dengiz kuchlari, Saudiya qirolligining havo mudofaasi, qirollik strategik raketa kuchlari va milliy gvardiya kiradi. Harbiy xarajatlar darajasiga ko'ra, 2014 yilda Saudiya Arabistoni dunyoda 4-o'rinda, Rossiya Federatsiyasidan ozgina orqada - 80,8 milliard AQSh dollariga teng (Stokgolm tinchlik tadqiqot instituti ma'lumotlari). Harbiy xarajatlar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10 foizidan ortig'ini tashkil qiladi.

Saudiya Arabistoni davlat boshqaruv shakli mutlaq monarxiya bo'lgan mamlakatdir. Mamlakatni birinchi shoh Abdel Azizning o'g'illari va nabiralari boshqaradi. Nazariy jihatdan, bu mamlakatda shohning kuchi faqat shariat tomonidan cheklangan. Saudiya Arabistoni dunyodagi uchta mamlakatdan biri bo'lib, mamlakatda hukmron sulola sharafiga berilgan (Saudiya). Hozirda mamlakat qurolli kuchlari Mudofaa vazirligiga bo'ysunmoqda. 2011 yil noyabr oyida valiahd shahzoda Sulton ibn Abdulaziz as-Saud vafotidan keyin yangi mudofaa vaziri shahzoda Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud bo'ldi.

Saudiya Arabistoni - 1932 yilda Arabiston yarim orolining knyazliklarini birlashtirish orqali mavjud chegaralar ichida tashkil etilgan nisbatan yosh davlat. Hozirgi vaqtda ushbu mamlakat musulmon va ayniqsa arab mamlakatlari orasida etakchi rol o'ynashga intilmoqda. Buning uchun Saudiya Arabistonida shart-sharoit va imkoniyatlar mavjud. Aynan shu davlat hududida Islom dunyoga keldi va Islom dunyosining ikki asosiy ziyoratgohlari - Makka va Madina joylashgan. Bundan tashqari, mamlakat ulkan neft zaxiralariga ega va buning natijasida katta moliyaviy imkoniyatlarga ega. Ushbu mamlakat OPEKning asosiy a'zosi bo'lib, neft qazib olish hajmi bo'yicha dunyoda Rossiyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Saudiya Arabistoni eksportining 95 foizi va hukumat daromadlarining 75 foizi neftga to'g'ri keladi.

Hozirgi vaqtda Saudiya Arabistoni sunniy Islomning vahhobiy (salafiy) bo'limi rasmiy din bo'lgan yagona davlat bo'lib, u hukumat shakli (mutlaq monarxiya) bilan bir qatorda Saudiya Arabistonini dunyodagi eng totalitar davlatlardan biriga aylantiradi. Bundan tashqari, ushbu davlat dunyodagi barcha islomiy sunniy terrorizmining norasmiy homiysi bo'lib, bu uning G'arb va ayniqsa AQShning strategik ittifoqchilaridan biri bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi. Yaqinda AQSh Saudiya neftining asosiy xaridoriga aylantirilgan Saudiya Arabistonida ham o'z manfaatlariga ega.

Mamlakat qurolli kuchlari, shu jumladan milliy gvardiya va harbiy qismlarning soni 220 ming kishidan oshadi. Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari faqat ixtiyoriy ravishda boshqariladi. Armiyada 18 yoshga to'lgan qirollik xizmatchilari xizmat qilishlari mumkin. Mamlakat aholisi 31,5 million kishidan oshadi, safarbarlik zaxiralari - 6 millionga yaqin. Har yili taxminan 250 ming kishi yoshga to'ladi. Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining o'ziga xos xususiyati ularning katta byudjeti bo'lib, bu Fors ko'rfazi mamlakatlari ichida eng yuqori ko'rsatkichdir. Shu bilan birga, mamlakat qurolli kuchlari doimiy ravishda ko'payib bormoqda. 1990 yilda ularda atigi 90 ming kishi bo'lgan, hozir 200 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar xizmat qilmoqda. Asosiy etkazib beruvchiSaudiya Arabistoni uchun qurol-aslahalar an'anaviy ravishda Amerika Qo'shma Shtatlaridir, AQSh ushbu mamlakatdagi barcha qurollarning 85 foizini tashkil qiladi, ammo Evropa (asosan frantsuz) va xitoylik qurol-aslahalar mavjud.



Qirollik qurolli kuchlarining yana bir o'ziga xos xususiyati ularning tarkibida strategik raketa kuchlarining mavjudligi. Gap shundaki, bu operatsion-taktik raketalarni ishga tushirish uchun emas, balki Xitoyda ishlab chiqarilgan o'rta masofaga mo'ljallangan ballistik raketalar haqida. Ushbu raketalarning masofasi 2800 kilometrni tashkil etadi, bu Saudiya Arabistoni qurolli kuchlaridan o'z mamlakatlari chegaralaridan tashqarida foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Saudiya Arabistonining shunchaki ulkan moliyaviy imkoniyatlari tufayli tezda etarli darajada kuchli qurolli kuchlarni yaratish imkoniyati paydo bo'ldi. Garchi amalda ularning jangovar samaradorligi ma'lum bir shubhalarni keltirib chiqarmoqda (arab mentaliteti, qurolli kuchlarni shakllantirishning yollangan printsipi va mamlakatda fuqarolarning umumiy turmush darajasi kurashga ko'proq istak qo'shmaydi). Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari unchalik muvaffaqiyatli ishlamayotgan Yamandagi amaliyot ham buni tasdiqlaydi.



Saudiya Arabistonining quruqlikdagi kuchlarida 80 mingga yaqin kishi xizmat qiladi. Ular qirollikning Milliy gvardiyasi bilan birgalikda son jihatdan eng ko'p qurollangan guruhlardir. Shu bilan birga, qirollikda quruqlik kuchlari aslida Milliy gvardiya tomonidan to'ldirilgan bo'lib, u shaxsan qirolning qo'riqchisi hisoblanadi va eng sodiq hukmron monarxiya urug'lari va qabilalarining vakillaridan jalb qilinadi. 75 ming kishiga xizmat ko'rsatadigan quruqlikdagi kuchlar va milliy gvardiya tarkibida 21 ta brigadalar mavjud: quruqlikdagi kuchlarning uchta tank brigadasi; 9 mexanizatsiyalashgan brigadalar (5 - quruqlikdagi kuchlar, 4 - Milliy gvardiya); 8 engil piyoda brigadasi (3 - quruqlikdagi kuchlar, 5 - Milliy gvardiya); bittadan quruqlikdagi havo kuchlari brigadasi, ikkita aviatsiya brigadasi va qirollik gvardiyasi brigadasi (quruqlikdagi kuchlar).

Shu bilan birga, Milliy gvardiya armiya uchun kadrlar va zamonaviy qurol-aslaha bilan ta'minlashda, shuningdek jangovar tayyorgarlik darajasida ustuvor ahamiyatga ega. Gvardiya tashqi tahdidlarga qarshi qalqon vazifasini o'tab, ichki tahdidlarga qarshi kurashni ta'minlash uchun ishlab chiqilgan xavfsizlik kuchlarining rolini o'ynaydi. Milliy gvardiyaning vazifalari qirol saroyini himoya qilish, mamlakatni harbiy to'ntarishlardan himoya qilish, qirollikning strategik muhim ob'ektlari va manbalarini himoya qilish, Madina va Makkani himoya qilishdir. Xodimlar, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, faqat hukmron qirolga va uning oilasi a'zolariga (asosan, Necd viloyatidan) sodiq bo'lgan klan va qabilalardan olinadi. Milliy gvardiya kuchlarini har doim hukmron qirol oilasining katta a'zosi boshqaradi.Shuningdek, Milliy gvardiya qo'shimcha ravishda 25 ming kishigacha bo'lgan qabilaviy militsiyalarni o'z ichiga oladi.

Saudiya Arabistonida 1100 dan ortiq tanklar mavjud, Milliy gvardiyada tanklar yo'q. Shu bilan birga, mamlakatning tank floti zamonaviy Amerika M1A2SEP va M1A2 (bu transport vositalarining 340 tagacha) va eskirgan tanklar - Frantsiyaning AMX-30S (320 ga yaqin transport vositasi) va Amerikaning M60A3 (500 ga yaqin tanklari) bilan jihozlangan. Mavjud barcha Abramlarni M1A2SEP versiyasiga yangilash rejalashtirilmoqda. Saudiya Arabistoni ilgari Germaniyada 600-800 gacha Leopard 2A7 + tanklarini sotib olishni rejalashtirgan edi, ammo 2014 yilda Germaniya ushbu kelishuvni rasman bajarishdan bosh tortdi, garchi ajoyib narxga qaramay, Saudiya vakillari tanklar uchun 18 milliard evro to'lashga tayyor edi. Germaniya hukumati avtokratik rejimga tanklarni sotishdan bosh tortdi. Bundan tashqari, Germaniya hukumatining ushbu qarori o'nlab yillar davomida izchil amalga oshirilib kelinmoqda.Chiqish yo'li AQShda M1A2SEP tanklarining qo'shimcha partiyasini sotib olish bo'lishi mumkin. Qo'shinlarda jami 700 ta zamonaviy MBT bo'lishi rejalashtirilgan bo'lib, ular eskirgan AMX-30S va M60A3-larni xizmatdan olib tashlaydi.

Shuningdek, 1000 ga yaqin piyoda jangovar transport vositalari, asosan, amerikaliklar va frantsuzlardir. Masalan, 400 M2A2 Bradley piyoda jangovar transport vositalari (A3 versiyasiga yangilanishi rejalashtirilgan) va 600 tagacha frantsuzcha AMX-10Ps mavjud. Bularga qo'shimcha ravishda, qo'shinlar 5 mingdan ortiq turli xil zirhli transport vositalaridir. Shulardan 1650 tasi Amerikaning zirhli M113 zirhli transport vositalariga va ularning ACV versiyasiga turk loyihasi bo'yicha modernizatsiya qilingan yuk tushadi, kelajakda barcha M113-ni ACVga ko'tarish rejalashtirilgan. Shuningdek, taxminan 150 ta eskirgan frantsuzlarning 4x4 g'ildirakli M-3 Panhard transport vositasi va 155 tagacha yangi LAV-II g'ildirakli zirhli transport vositalariga buyurtma berildi. Milliy gvardiyada 1100 dan ortiq Kanada ishlab chiqargan LAV (Piranha) zirhli jangovar mashinalari mavjud. Ushbu mashinalarning nomenklaturasi juda xilma-xildir - odatiy LAV-25 dan tortib to 90 mm (LAV-90) avtomatlari, tankga qarshi sistemalari, 120 mm minomyotlari, tibbiy evakuatsiya va boshqalar.






Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish