O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi payariq tibbiyot kolleji



Download 328,68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.01.2022
Hajmi328,68 Kb.
#385058
Bog'liq
Xotin qizlarni tazyiq zo'rovonlik haqidagi qonun



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

PAYARIQ TIBBIYOT KOLLEJI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’qituvchi:               J.Zuxriddin 

 

                                     

                                          Payariq 2021 


                               

                                  

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING QONUNIE

 

 



XOTIN

-

QIZLАRNI  TАZYIQ  VА  ZOʼRАVONLIKDАN  HIMOY



QILISh 


TOʼGʼRISIDА

 

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan



 

Senat tomonidan 2019 yil 23 avgustda maʼqullangan

 

1

-



modda. Ushbu Qonunning maqsadi

 

Ushbu  Qonunning  maqsadi  xotin



-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikning  barcha 

shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

 

Oldingi tahrirga qarang.



 

2

-



modda.  Xotin

-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  toʼgʼrisidagi 



qonunchilik

 

Xotin



-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  toʼgʼrisidagi  qonunchilik 

ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

 

Аgar  Oʼzbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasida  Oʼzbekiston 



Respublikasining xotin

-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisidagi 



qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʼlsa, xalqaro 

shartnoma qoidalari qoʼllaniladi.

 

(2

-



modda  Oʼzbekiston  Respublikasining  2021  yil  21  apreldagi  OʼRQ

-

683



-

sonli 


Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik  maʼlumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021  y., 



03/21/683/0375

-

son)



 

3

-



modda. Аsosiy tushunchalar

 

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʼllaniladi:



 

jinsiy  zoʼravonlik 

— 

xotin


-

qizlarga  nisbatan  ularning  roziligisiz  shahvoniy 

xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka 

tajovuz  qiladigan  zoʼravonlik  shakli,  shuningdek  zoʼrlik  ishlatish  yoki  zoʼrlik 

ishlatish  bilan  tahdid  qilish  yoxud  ayol  jinsidagi  voyaga  yetmagan  shaxslarga 

nisbatan  axloqsiz  harakatlar  sodir  etish  orqali  uchinchi  shaxs  bilan  jinsiy  aloqa 

qilishga majburlash;

 

jismoniy zoʼravonlik 



— 

xotin


-

qizlarga nisbatan ogʼirligi turli darajada boʼlgan tan 

jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam 

koʼrsatmaslik,  zoʼravonlik  xususiyatiga  ega  boshqa  huquqbuzarliklar  sodir  etish, 

jismoniy taʼsir oʼtkazish yoki bunday taʼsir oʼtkazishning oʼzga choralarini qoʼllash 



bilan tahdid qilish orqali xotin

-

qizlarning hayoti, sogʼligʼi, erkinligi hamda qonun 



bilan  himoya  qilinadigan  boshqa  huquqlari  va  erkinliklariga  tajovuz  qiladigan 

zoʼravonlik shakli;

 

zoʼravonlik 



— 

xotin


-

qizlarga  nisbatan  jismoniy,  ruhiy,  jinsiy  yoki  iqtisodiy  taʼsir 

oʼtkazish yoki bunday taʼsir oʼtkazish choralarini qoʼllash bilan tahdid qilish orqali 

ularning  hayoti,  sogʼligʼi,  jinsiy  daxlsizligi,  shaʼni,  qadr

-

qimmati  va  qonun  bilan 



himoya  qilinadigan  boshqa  huquqlari  hamda  erkinliklariga  tajovuz  qiladigan 

gʼayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);

 

iqtisodiy zoʼravonlik 



— 

xotin


-

qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida va boshqa 

joylarda amalga oshirilgan zoʼravonlik shakli, xotin

-

qizlarning normal yashash



 

va 


kamol  topish  uchun  oziq

-

ovqat,  uy



-

joy  hamda  boshqa  zarur  shart

-

sharoitlar  bilan 



taʼminlanishga boʼlgan huquqini, mulk huquqini, taʼlim olish hamda mehnatga oid 

huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik);

 

ish joyi 



— 

oʼzi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mehnat majburiyatlarini amalga 

oshirish yoki xizmat vazifalarini bajarish uchun boʼlishi yoki borishi lozim boʼlgan, 

ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan joy;

 

ruhiy zoʼravonlik 



— 

xotin


-

qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, 

ularning shaʼnini, qadr

-

qimmatini kamsitish, shuningdek ularning  xohish



-

irodasini 

cheklashga  qaratilgan  boshqa  harakatlarda  ifodalanadigan  zoʼravonlik  shakli,  shu 

jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchida 

oʼz xavfsizligi uchun xavotir uygʼotgan, oʼzini himoya qila olmaslikka olib kelgan 

yoki ruhiy sogʼligʼiga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik);

 

tazyiq 


— 

sodir  etilganligi  uchun  maʼmuriy  yoki  jinoiy  javobgarlik  nazarda 

tutilmagan,  xotin

-

qizlarning  shaʼni  va  qadr



-

qimmatini  kamsitadigan  harakat 

(harakatsizlik), shilqimlik;

 

tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchi 



— 

oʼziga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik sodir 

etilishi tahdidi ostida boʼlgan yoki tazyiq va zoʼravonlik natijasida jabrlangan ayol 

jinsidagi shaxs;

 

tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish 



— 

xotin


-

qizlarning hayoti, sogʼligʼi uchun 

paydo boʼlgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora

-

tadbirlarni talab qiladigan hayotiy 



vaziyatlar  yuz  berganda  xotin

-

qizlarning  xavfsizligini  taʼminlash,  shuningdek 



jabrlanuvchiga  nisbatan  tazyiq  oʼtkazgan  va  zoʼravonlik  sodir  etgan  shaxsning 

takroran  gʼayriqonuniy  xatti

-

harakatlariga  yoʼl  qoʼymaslik  maqsadidagi  iqtisodiy, 



ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi kechiktirib boʼlmaydigan 

tadbirlar tizimi;

 

tazyiq va zoʼravonlikning oldini olish 



— 

xotin


-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik 

sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart

-

sharoitlarni aniqlash va bartaraf 



etishga,  jamiyatda  xotin

-

qizlarning  zoʼravonlikdan  xoli  boʼlish  huquqlaridan 




xabardorligini  oshirishga  qaratilgan  iqtisodiy,  ijtimoiy,  huquqiy,  tibbiy  va  boshqa 

chora


-

tadbirlar tizimi;

 

himoya orderi 



— 

tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim 

etuvchi, xotin

-

qizlarga tazyiq oʼtkazayotgan yoki ularga nisbatan zoʼravonlik sodir 



etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan taʼsir 

koʼrsatish choralari qoʼllanilishiga sabab boʼladigan hujjat.

 

4

-



modda. Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari

 

Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:



 

oʼziga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi 

toʼgʼrisidagi  ariza  bilan  tegishli  vakolatli  organlarga  hamda  tashkilotlarga  yoxud 

sudga murojaat etish;

 

maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, 



iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;

 

ichki ishlar organlariga himoya orderi berish toʼgʼrisidagi talab bilan murojaat qilish, 



himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;

 

sodir etilgan tazyiq va zoʼravonlik natijasida oʼziga yetkazilgan moddiy zararning 



oʼrni qoplanishi hamda maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi toʼgʼrisidagi talab 

bilan sudga murojaat etish.

 

Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplash 



hamda  maʼnaviy  ziyonni  kompensatsiya  qilish  toʼgʼrisidagi  ariza  bilan  sudga 

murojaat etganda davlat boji toʼlashdan ozod qilinadi.

 

5

-



modda. Xotin

-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan  himoya  qilish sohasidagi davlat 



siyosatining asosiy yoʼnalishlari

 

Xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining 

asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, 

davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

 

jamiyatda xotin



-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlikka doir murosasizlik muhitini 

yaratish;

 

xotin



-

qizlarning  huquqlari,  erkinliklari  hamda  qonuniy

 

manfaatlari  tazyiq  va 



zoʼravonlikdan himoya qilinishini taʼminlash;

 

jamiyatda  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish,  qonuniylikni 



mustahkamlash;

 

xotin



-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga 

chek qoʼyish

 

uchun samarali tashkiliy



-

huquqiy mexanizmlarni yaratish;

 



xotin

-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar 



hamda shart

-

sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʼrish;



 

tazyiq  va  zoʼravonlikning  oldini  olish  maqsadida  davlat  organlari,  fuqarolarning 

oʼzini  oʼzi  boshqarish  organlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  fuqarolik 

jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini taʼminlash.

 

6-

modda. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin



-

qizlarni tazyiq va 

zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:



 

xotin


-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  sohasidagi  yagona  davlat 

siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini 

va strategiyalarni tasdiqlaydi;

 

tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilarni qoʼllab



-

quvvatlash, ularning xavfsizligini, 

jismoniy  va  ruhiy  reabilitatsiyasini  hamda  moslashuvini  taʼminlash  boʼyicha 

tuzilmalarni tashkil etadi;

 

xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli 

organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.

 

7



-

modda.  Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  xotin

-

qizlarni  tazyiq  va 



zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:



 

xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini 

hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni 

ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

 

xotin



-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  sohasida  davlat  organlari, 

fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda 

fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

 

xotin


-

qizlarni  huquqiy  va  ijtimoiy

-

iqtisodiy  himoya  qilish  kafolatlarini  taʼminlash 



boʼyicha chora

-

tadbirlarni amalga oshiradi.



 

8-

modda. Ichki ishlar organlarining xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya 

qilish sohasidagi vakolatlari

 

Ichki ishlar organlari:



 

Oldingi tahrirga qarang.

 



xotin

-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, 



hududiy  dasturlarni  hamda  qonunchilik  hujjatlarini  ishlab  chiqish  va  amalga 

oshirishda ishtirok etadi;

 

(8-


modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasining 2021 

yil  21  apreldagi  OʼRQ

-

683


-

sonli  Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik  maʼlumotlari 



milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-

son)



 

tazyiq  va  zoʼravonlikning  oldini  olish,  shu  jumladan  ularning  sabablarini  hamda 

shart

-

sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʼradi, xotin



-

qizlarga tazyiq 

oʼtkazayotgan va ularga nisbatan zoʼravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam 

asosda profilaktika ishlarini olib boradi;

 

xotin


-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va  zoʼravonlik  sodir  etilganligi  yoki  sodir  etilishi 

tahdidi mavjudligi toʼgʼrisidagi murojaatlarni koʼrib chiqadi;

 

tazyiq  yoki  zoʼravonlik  sodir  etishga  moyil  boʼlgan  shaxsga  rasmiy  ogohlantirish 



beradi;

 

himoya orderini beradi;



 

zoʼravonlik  sodir  etgan  shaxslarni  javobgarlikka  tortish  yuzasidan  oʼz  vakolatlari 

doirasida choralar koʼradi;

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli 

vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

 

9



-

modda. Mehnat organlarining xotin

-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish 



sohasidagi vakolatlari

 

Mehnat organlari:



 

Oldingi tahrirga qarang.

 

xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, 

hududiy  dasturlarni  hamda  qonunchilik  hujjatlarini  ishlab  chiqish  va  amalga 

oshirishda ishtirok etadi;

 

(9

-



modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasining 2021 

yil  21  apreldagi  OʼRQ

-

683


-

sonli  Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik  maʼlumotlari 



milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-

son)



 

ishga joylashtirilmagan xotin

-

qizlarni hisobga olish, ularning bandligini taʼminlash 



va ularni ijtimoiy qoʼllab

-

quvvatlash boʼyicha chora



-

tadbirlarni amalga oshiradi;

 

xotin


-

qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zoʼravonlik hollarining oldini olish 

hamda  xotin

-

qizlar  bilan  oʼzaro  munosabatlar  madaniyatini  yuksaltirish  boʼyicha 



mulk shakllaridan qatʼi nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini oʼtkazadi;

 

Oldingi tahrirga qarang.



 


ish  qidirayotgan  va  ogʼir  ijtimoiy  ahvolda  qolgan,  shu  jumladan  oilaviy 

muammolarga va zoʼrlik ishlatilishiga duch kelgan xotin

-

qizlar bandligini taʼminlash 



va kasbga yoʼnaltirishga koʼmaklashish choralarini koʼradi;

 

(9



-

modda  Oʼzbekiston  Respublikasining  2021  yil  9  dekabrdagi  OʼRQ

-

736


-

sonli 


Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʼldirilgan 

— 

Qonunchilik maʼlumotlari 



milliy bazasi, 10.12.2021 y., 03/21/736/1144

-

son)



 

xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli 

vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

 

10



-

modda.  Taʼlimni  davlat  tomonidan  boshqarish  organlarining  hamda  taʼlim 

muassasalarining xotin

-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi 



vakolatlari

 

Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari:



 

Oldingi tahrirga qarang.

 

xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, 

hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda 

ishtirok etadi;

 

(10


-

modda  birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  Oʼzbekiston  Respublikasining 

2021 yil 21 apreldagi OʼRQ

-

683



-

sonli Qonuni tahririda 

— 

Qonunchilik maʼlumotlari 



milliy bazasi, 21.04.2021

 

y., 03/21/683/0375



-

son)


 

xotin


-

qizlarni majburiy mehnatga va gʼayriijtimoiy xulq

-

atvorga jalb qilish hollari 



aniqlanganligiga doir faktlar toʼgʼrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar 

qiladi;


 

taʼlim  muassasalarida  tahsil  oluvchilar  orasidan  xotin

-

qizlarga  nisbatan  tazyiq 



oʼtkazish  va  zoʼravonlik  sodir  etishga  moyil  shaxslarni  aniqlaydi  hamda  ularning 

xulq


-

atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy 

reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish boʼyicha chora

-

tadbirlarni amalga oshiradi;



 

taʼlim  muassasalarida  boʼsh  vaqtni  mazmunli  oʼtkazishni  taʼminlash  maqsadida 

tadbirlar tashkil etadi;

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli 

vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

 

11



-

modda.  Davlat  sogʼliqni  saqlash  tizimini  boshqarish  organlarining  hamda 

sogʼliqni saqlash muassasalarining xotin

-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya 



qilish sohasidagi vakolatlari

 

Davlat  sogʼliqni  saqlash  tizimini  boshqarish  organlari  va  sogʼliqni  saqlash 



muassasalari:

 



Oldingi tahrirga qarang.

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, 

hududiy  dasturlarni  va  qonunchilik  hujjatlarini  ishlab  chiqish  hamda  amalga 

oshirishda ishtirok etadi;

 

(11


-

modda  birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  Oʼzbekiston  Respublikasining 

2021 yil 21 apreldagi OʼRQ

-

683



-

sonli Qonuni tahririda 

— 

Qonunchilik maʼlumotlari 



milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-

son)



 

Oldingi tahrirga qarang.

 

tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan 



ayollarni  reabilitatsiya  qilish  va  moslashtirish  markazlariga  keltirilgan  tazyiq  va 

zoʼravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam 

koʼrsatish,  ularni  tibbiy  koʼrikdan  oʼtkazish,  shuningdek  tazyiq  va  zoʼravonlikdan 

jabrlanuvchilarni bepul davolash chora

-

tadbirlarini amalga oshiradi;



 

(11


-

moddaning  uchinchi  xatboshisi  Oʼzbekiston  Respublikasining  2021  yil  9 

dekabrdagi  OʼRQ

-

736



-

sonli  Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik  maʼlumotlari  milliy 



bazasi, 10.12.2021 y., 03/21/736/1144

-

son)



 

tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilarga  tibbiy  va  ruhiy  yordam  koʼrsatish 

yuzasidan  uslubiy  tavsiyalar  ishlab  chiqadi  hamda  ularni  sogʼliqni  saqlash 

muassasalarining ish

 

amaliyotiga joriy etadi;



 

huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin

-

qizlarning hayotiga yoki sogʼligʼiga xavf 



soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar toʼgʼrisida xabardor qiladi;

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli 

vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

 

12



-

modda.  Oʼzbekiston  Xotin

-

qizlar  qoʼmitasining  xotin



-

qizlarni  tazyiq  va 

zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

 

Oʼzbekiston Xotin



-

qizlar qoʼmitasi:

 

Oldingi tahrirga qarang.



 

xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, 

hududiy  dasturlarni  va  qonunchilik  hujjatlarini  ishlab  chiqish  hamda  amalga 

oshirishda ishtirok etadi;

 

(12


-

modda  birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  Oʼzbekiston  Respublikasining 

2021 yil 21 apreldagi OʼRQ

-

683



-

sonli Qonuni tahririda 

— 

Qonunchilik maʼlumotlari 



milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-

son)



 


xotin

-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va  zoʼravonlik  holatlariga  olib  keladigan  sabablar 



hamda  shart

-

sharoitlarni  aniqlash  boʼyicha  tadbirlarda  ishtirok  etadi  va  bunday 



holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʼradi;

 

zoʼravonlikdan  jabrlanganlarni  reabilitatsiya  qilish  va  moslashtirish  markazlarida 



ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʼz joniga qasd etishning

 

oldini olishga doir 



tadbirlar oʼtkazadi;

 

xotin



-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  oʼtkazganligi  va  zoʼravonlik  sodir  etganligi  uchun 

profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini 

oʼtkazishda ishtirok etadi;

 

nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zoʼravonlikning oldini olishga doir 



dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli 

vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

 

13



-

modda.  Fuqarolar  oʼzini  oʼzi  boshqarish  organlarining,  nodavlat  notijorat 

tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin

-

qizlarni tazyiq va 



zoʼravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi

 

Fuqarolarning  oʼzini  oʼzi  boshqarish  organlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va 



fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:

 

xotin



-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, 

hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;

 

xotin



-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilishga  doir  tadbirlarni  amalga 

oshirishda davlat organlariga koʼmaklashishi;

 

Oldingi tahrirga qarang.



 

xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisidagi qonunchilik ijrosi 

ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;

 

xotin



-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  toʼgʼrisidagi  qonunchilikni 

hamda  mazkur  sohada  huquqni  qoʼllash  amaliyotini  takomillashtirish  yuzasidan 

takliflar kiritishi;

 

(13


-

modda  birinchi  qismining  toʼrtinchi  va  beshinchi  xatboshilari  Oʼzbekiston 

Respublikasining  2021  yil  21  apreldagi  OʼRQ

-

683



-

sonli  Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375



-

son)


 

xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli 

vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

 

Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari xotin



-

qizlarning huquqlari, erkinliklari 

va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilishga,  ularning  ijtimoiy  hayotdagi,  oilada 



maʼnaviy

-

axloqiy  muhitni  shakllantirishdagi,  yosh  avlodni  tarbiyalashdagi  rolini 



oshirishga qaratilgan chora

-

tadbirlar koʼradi.



 

14

-



modda.  Xotin

-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilishni  amalga 



oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlarning hamkorligi

 

Vakolatli  organlar  va  tashkilotlar  xotin



-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya 

qilish  sohasidagi  tadbirlarni  amalga  oshirishda  quyidagi  yoʼnalishlarda  hamkorlik 

qiladi:


 

aniqlangan tazyiq va zoʼravonlik faktlari toʼgʼrisida oʼzaro bir

-

birini xabardor qilish;



 

tazyiq  va  zoʼravonlik  holatlariga  munosabat  bildirish  choralarini  kelishish  hamda 

tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam koʼrsatish;

 

tazyiq  va  zoʼravonlikni  bartaraf  etish  hamda  ularga  qarshi  kurashish  va  tajriba 



almashish sohasidagi chora

-

tadbirlarni birgalikda amalga oshirish;



 

tazyiq  va  zoʼravonlikni  bartaraf  etish  hamda  ularga  qarshi  kurashish  sohasidagi 

tadbirlarni  amalga  oshiradigan  mutaxassislarni  tayyorlash  va  ularning  malakasini 

oshirish;

 

Oldingi tahrirga qarang.



 

xotin


-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  toʼgʼrisidagi  qonunchilikka 

rioya  etilishi  yuzasidan  monitoringni  amalga  oshirish,  qonunchilikni  va  ularning 

qoʼllanilish amaliyotini takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish.

 

(14


-

moddaning  oltinchi  xatboshisi

 

Oʼzbekiston  Respublikasining  2021  yil  21 



apreldagi  OʼRQ

-

683



-

sonli  Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik  maʼlumotlari  milliy 



bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-

son)



 

15

-



modda. Xotin

-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik holatlarining oldini olish, 



ularni aniqlash hamda ularga chek qoʼyishning umumiy chora

-

tadbirlari



 

Xotin


-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va  zoʼravonlik  holatlarining  oldini  olish,  ularni 

aniqlash  hamda  ularga  chek  qoʼyishning  umumiy  chora

-

tadbirlari  quyidagilardan 



iborat:

 

xotin



-

qizlarga  nisbatan  tazyiq

 

va  zoʼravonlikning  oldini  olish  sohasidagi  davlat 



dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

 

tazyiq va zoʼravonlikning sabablari hamda shart



-

sharoitlari boʼlgan omillarni tahlil 

qilish, oʼrganish va baholash;

 

aholi oʼrtasida huquqiy targʼibot olib borish;



 

xotin


-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini 

yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;

 



fuqarolarni,  ayniqsa  xotin

-

qizlarni  oʼz  huquqlari,  erkinliklari  va  majburiyatlari 



toʼgʼrisidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan taʼminlash 

maqsadida axborot

-

maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish;



 

xotin


-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va  zoʼravonlik  holatlarini  aniqlashning  samarali 

huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

 

tazyiq va zoʼravonlik sodir etish xavfi boʼlgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki 



ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;

 

tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilarga  yordam  koʼrsatishga  va  ularni  himoya 



qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

 

xotin



-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va zoʼravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil 

boʼlgan shaxslarga nisbatan taʼsir koʼrsatish choralarini qoʼllash;

 

aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.



 

16

-



modda. Xotin

-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik hollarining statistik hisobi 



va hisoboti

 

Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek zoʼravonlik sodir etgan yoki 



zoʼravonlik  sodir  etishga  moyil  boʼlgan  shaxslar  haqidagi  maʼlumotlar  vakolatli 

organlar  va  tashkilotlar  tomonidan  Oʼzbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika 

qoʼmitasining yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.

 

17



-

modda. Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchini xabardor qilish

 

Xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli 

organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchini ijtimoiy hamda 

huquqiy  himoya  qilish  mexanizmlari,  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanganga 

koʼrsatiladigan yordam turlari va xizmatlar toʼgʼrisidagi axborot bilan tanishtiradi.

 

Zarur  boʼlgan  taqdirda  vakolatli  organlar  va  tashkilotlar  sodir  etilgan  tazyiq  va 



zoʼravonlik fakti munosabati bilan ariza berishda amaliy yordam koʼrsatadi.

 

Jazoni ijro etish muassasalari tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanganga unga nisbatan 



zoʼravonlik sodir etgan shaxs jazoni ijro etish joyidan ozod etilganligi, ozodlikdan 

mahrum  qilish  joyidan  tashqariga  qisqa  muddatga  chiqarilganligi  yoki  qochib 

ketganligi haqida zudlik bilan xabar beradi.

 

18



-

modda. Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ishonch telefoni

 

Oʼzbekiston Xotin



-

qizlar qoʼmitasi yordam koʼrsatish, maslahat berish mexanizmi 

hamda chora

-

tadbirlari,  xotin



-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik holatlarining 

oldini  olish  toʼgʼrisida  axborot  olishni  taʼminlash  maqsadida  Oʼzbekiston 

Respublikasining  butun  hududida  tunu  kun  ishlaydigan,  bepul  telefon  liniyasi 

tarmogʼi (ishonch telefoni) ishlab turishini taʼminlaydi.

 



Oldingi tahrirga qarang.

 

Telefon liniyasi tarmogʼi maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat koʼrsatadi. Ishonch 



telefoni  orqali  olingan  axborotni  oshkor  etishga  yoʼl  qoʼyilmaydi,  bundan 

qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

 

(18


-

moddaning ikkinchi qismi Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi 

OʼRQ

-

683



-

sonli  Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik  maʼlumotlari  milliy  bazasi, 



21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-

son)



 

19

-



modda.  Xotin

-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va  zoʼravonlikning  oldini  olishga  doir 



yakka tartibdagi chora

-

tadbirlar



 

Xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli 

vakolatli  organlar  hamda  tashkilotlarning  xotin

-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va 



zoʼravonlik  sodir  etishga  moyil  boʼlgan  yoki  uni  sodir  etgan  gʼayriijtimoiy  xulq

-

atvorli  shaxslarni  aniqlash  hamda  ularga  profilaktik  taʼsir  koʼrsatish  bilan  bogʼliq 



faoliyati xotin

-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlikning oldini olishga



 

doir yakka 

tartibdagi chora

-

tadbirlardir.



 

Xotin


-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi 

chora

-

tadbirlar  muayyan  shaxsning,  uning  ijtimoiy  muhitining  oʼziga  xos 



xususiyatlari, ijtimoiy

-

maishiy sharoitlari va turmush



 

tarzi, uning gʼayriijtimoiy xulq

-

atvori, tazyiq va zoʼravonlik sodir etishga moyilligi, shuningdek u sodir etgan tazyiq 



va zoʼravonlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga 

olingan holda qoʼllaniladi.

 

20

-



modda.  Xotin

-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va  zoʼravonlikning  oldini  olishga  doir 



yakka tartibdagi chora

-

tadbirlarni qoʼllash uchun asoslar



 

Xotin


-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi 

chora

-

tadbirlarni qoʼllash uchun quyidagilar asos boʼladi:



 

tazyiq va zoʼravonlik qurbonining murojaati;

 

jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;



 

tazyiq  yoki  zoʼravonlik  sodir  etish  yoxud  ularni  sodir  etishga  urinish  faktlarining 

vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;

 

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.



 

Xotin


-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli 

organlar  hamda  tashkilotlar  tazyiq  va  zoʼravonlik  faktlari  aniqlangan  taqdirda  bu 

haqda tegishli ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishi shart.

 

Ichki  ishlar  organlari  tazyiq  va  zoʼravonlik  toʼgʼrisida  ogʼzaki  yoki  yozma  xabar 



olganda  bunday  harakatlarga  chek  qoʼyish  va  ularning  oldini  olish  yuzasidan 

kechiktirib boʼlmaydigan yakka tartibdagi chora

-

tadbirlar koʼrishi shart.



 


21

-

modda.  Xotin



-

qizlarga  nisbatan  tazyiq  va  zoʼravonlikning  oldini  olishga  doir 

yakka tartibdagi chora

-

tadbirlar turlari



 

Xotin


-

qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi 

chora

-

tadbirlar turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:



 

profilaktika suhbatini oʼtkazish;

 

himoya orderini berish;



 

tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilarga  yordam  koʼrsatish  boʼyicha  maxsus 

markazlarga joylashtirish;

 

zoʼravonlik xulq



-

atvorini oʼzgartirish boʼyicha tuzatish dasturlaridan oʼtish.

 

22

-



modda. Profilaktika suhbati

 

Muayyan  shaxsni  jamiyatda  umum  qabul  qilingan  xulq



-

atvor  normalari  va 

qoidalariga rioya etishga ishontirish, gʼayriijtimoiy xulq

-

atvorning ijtimoiy hamda 



huquqiy  oqibatlarini  tushuntirish,  shuningdek  qonunda  belgilangan  javobgarlik 

toʼgʼrisida ogohlantirish maqsadida profilaktika suhbati oʼtkaziladi.

 

Tazyiq  va  zoʼravonlik  hollarini  aniqlagan  vakolatli  organ  vakili  tomonidan 



profilaktika suhbati tazyiq oʼtkazish va zoʼravonlik sodir etishga moyil shaxslar bilan 

qonunda belgilangan tartibda oʼtkaziladi.

 

23

-



modda. Himoya orderini berish va uning muddatini uzaytirish

 

Himoya orderi tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq oʼtkazgan va 



(yoki)  zoʼravonlik  sodir  etgan  yoxud  ularni  sodir  etishga  moyil

 

boʼlgan  shaxsga 



himoya orderining nusxasi beriladi.

 

Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq oʼtkazgan 



va zoʼravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda uni bajarmaslik 

oqibatlari  va  zoʼravonlik  xulq

-

atvorini  oʼzgartirish  boʼyicha  tuzatish  dasturlaridan 



oʼtish zarurligi toʼgʼrisida xabardor qiladi.

 

Shaxs  himoya  orderini  olish  toʼgʼrisidagi  tegishli  hujjatni  imzolashni  rad  etgan 



taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi

 

tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.



 

Tegishli hududda tazyiq va zoʼravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga 

oshirish uchun masʼul boʼlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va 

zoʼravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat 

ichida  himoya  orderini  oʼttiz  kun  muddatgacha  beradi  va  ushbu  order 

rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.

 



Аgar  xavf  hali  bartaraf  etilmagan  boʼlsa,  himoya  orderining  amal  qilish  muddati 

tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʼra koʼpi bilan oʼttiz kungacha 

uzaytirilishi mumkin.

 

Himoya orderini berish, uzaytirish yoki himoya orderini berishni yoxud uzaytirishni 



rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

 

Himoya  orderi  talablarining  ijrosi  ustidan  nazorat  uni  bergan  ichki  ishlar  organi 



tomonidan amalga oshiriladi.

 

Himoya  orderining  shakli  va  uni  berish  tartibi  Oʼzbekiston  Respublikasi  Vazirlar 



Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

24



-

modda. Oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilarga 

nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan 

himoya orderi

 

Oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek 



sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning qonuniy vakili yoki 

vasiylik  va  homiylik  organi  ularning  nomidan  himoya  orderini  berish  hamda  uni 

uzaytirish toʼgʼrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

 

Oʼn  sakkiz  yoshga  toʼlmagan,  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilar  himoya 



orderini olish toʼgʼrisidagi ariza bilan shaxsan murojaat qilishga haqli.

 

Oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilarning himoya 



orderini berish hamda uni uzaytirish toʼgʼrisidagi arizasi ularning qonuniy vakili yoki 

vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida koʼrib chiqiladi.

 

Oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan 



yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya 

orderi ularning qonuniy vakiliga yoki vasiylik va homiylik organiga beriladi.

 

Himoya  orderi  berilganligi  va  uzaytirilganligi  toʼgʼrisidagi  axborot  vasiylik  va 



homiylik organiga, shuningdek fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organiga 24 soat 

ichida


 

yuboriladi.

 

25

-



modda. Himoya orderining mazmuni

 

Himoya orderida quyidagilar koʼrsatiladi:



 

u rasmiylashtirilgan sana va joy;

 

uni rasmiylashtirish uchun asos boʼlib xizmat qilgan holatlar;



 

tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʼtkazgan yoki zoʼravonlik 

sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʼilgan sanasi va joyi, kasbi 

hamda yashash joyi;

 

ushbu Qonunning 26



-

moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning roʼyxati.

 



Himoya orderida tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish 

huquqi toʼgʼrisidagi, tazyiq oʼtkazgan va zoʼravonlik sodir etgan shaxsning himoya 

orderi  talablarini  bajarmaganlik  uchun  maʼmuriy  javobgarligi  haqidagi  maʼlumot 

koʼrsatiladi.

 

26

-



modda. Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlar

 

Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:



 

tazyiq oʼtkazishni va zoʼravonlik sodir etishni taqiqlash;

 

tazyiq oʼtkazgan yoki  zoʼravonlik sodir  etgan shaxsning  tazyiq  va  zoʼravonlikdan 



jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va taʼlim muassasalarida tazyiq 

va zoʼravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq oʼtkazgan va zoʼravonlik sodir etgan shaxs 

bilan bilvosita aloqasiga yoʼl qoʼyiladi);

 

tazyiq  oʼtkazilgan  va  zoʼravonlik  sodir  etilgan  taqdirda  tazyiq  va  zoʼravonlikdan 



jabrlanuvchining hamda tazyiq oʼtkazgan va zoʼravonlik sodir etgan shaxsning bir 

xonada birga boʼlishini taqiqlash;

 

tazyiq  oʼtkazgan  va  zoʼravonlik  sodir  etgan  shaxsning  zimmasiga  tazyiq  va 



zoʼravonlikdan  jabrlanuvchini  davolash,  unga  maslahat  berish,  uni  tazyiq  va 

zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilarga  yordam  koʼrsatish  boʼyicha  maxsus  markazga 

joylashtirish  uchun  xarajatlarning,  yetkazilgan  moddiy  zararning  oʼrnini  qoplash, 

shuningdek maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklatish;

 

tazyiq oʼtkazgan va zoʼravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli 



mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda 

koʼrsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish 

uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini

 

taqiqlash.



 

Himoya  orderining  amal  qilish  muddati  uzaytirilgan  taqdirda  ushbu  moddaning 

birinchi  qismida  koʼrsatilgan  talablardan  tashqari,  unga  tazyiq  oʼtkazgan  va 

zoʼravonlik  sodir  etgan  shaxsning  zoʼravonlik  xulq

-

atvorini  oʼzgartirish  boʼyicha 



tuzatish dasturidan oʼtishi toʼgʼrisidagi shart majburiy tartibda kiritiladi.

 

Аgar  himoya  orderini  berish  toʼgʼrisidagi  masalani  koʼrib  chiqish  chogʼida 



Oʼzbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksida  nazarda  tutilgan  jinoyat  belgilari 

aniqlansa,  himoya  orderini  berish  toʼgʼrisidagi  masalani  koʼrib  chiqish  bilan  bir 

vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun tegishli 

huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.

 

27

-



modda. Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʼrsatish boʼyicha 

maxsus markazlar

 

Tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilishni  amalga  oshiruvchi  vakolatli  organlar 



hamda  tashkilotlar  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilarga  iqtisodiy,  huquqiy, 


ijtimoiy,  ruhiy,  tibbiy  va  boshqa  yordam  koʼrsatish  boʼyicha  maxsus

 

markazlar 



(bundan buyon matnda maxsus markazlar deb yuritiladi) tashkil etishi mumkin.

 

28



-

modda.  Tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilarni  maxsus  markazlarga 

joylashtirish

 

Zoʼravonlik fakti mavjud boʼlgan taqdirda tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchining 



yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish toʼgʼrisidagi talabi boʼyicha tegishli 

vakolatli  organlar  va  tashkilotlar  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilarning 

maxsus markazlarga joylashtirilishini taʼminlaydi.

 

Tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchini  maxsus  markazga  joylashtirish  uning 



xohishiga koʼra oʼttiz kungacha boʼlgan muddatga amalga oshiriladi. Zarurat boʼlgan 

taqdirda bu muddat maxsus markazning ustavida belgilangan tartibda uzaytiriladi. 

Maxsus  markazga  joylashtirish  muddati  tugagach,  agar  tazyiq  va  zoʼravonlikdan 

jabrlanuvchiga nisbatan xavf mavjud boʼlsa, maxsus markaz maʼmuriyati bu haqda 

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.

 

Tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchi  maxsus  markazga  joylashtirilgan  taqdirda, 



uning ish joyi

 

saqlab qolinadi.



 

Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazda boʼlish vaqti uni taʼlim 

muassasasidan  mashgʼulotlarni  oʼtkazib  yuborganligi  munosabati  bilan  chiqarish 

uchun asos boʼlmaydi.

 

Tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchilarga  yordam  koʼrsatish  bilan  bogʼliq 



xarajatlar tazyiq oʼtkazganlikda va zoʼravonlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan 

shaxsdan undirilishi mumkin.

 

29

-



modda.  Zoʼravonlik  sodir  etgan  shaxsning  xulq

-

atvorini  tuzatishga  qaratilgan 



tadbirlar

 

Zoʼravonlik  takroran  sodir  etilishining  oldini  olish  hamda  zoʼravonlikdan 



jabrlanganning  xavfsizligini  taʼminlash  maqsadida  shaxsning  zoʼravonlikka  moyil 

xulq


-

atvorini oʼzgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam koʼrsatishga qaratilgan 

chora

-

tadbirlar amalga oshiriladi.



 

Zoʼravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʼlgan shaxs zoʼravonlik xulq

-

atvorini oʼzgartirish boʼyicha tuzatish dasturidan oʼtadi.



 

Zoʼravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʼlgan shaxsning zoʼravonlik 

xulq

-

atvorini  oʼzgartirish  boʼyicha  tuzatish  dasturidan  oʼtish  tartibi  Oʼzbekiston 



Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

30



-

modda. Maʼlumotlarning maxfiyligi

 

Oldingi tahrirga qarang.



 


Tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchiga  yordam  koʼrsatgan  shaxslarga  maʼlum 

boʼlib qolgan barcha shaxsga doir maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar toʼgʼrisidagi 

qonunchilik bilan qoʼriqlanadi.

 

(30



-

moddaning birinchi qismi Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi 

OʼRQ

-

683



-

sonli  Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik  maʼlumotlari  milliy  bazasi, 



21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-

son)



 

Tazyiq  va  zoʼravonlikdan  jabrlanuvchining  shaxsiga  doir  maʼlumotlari  ishonib 

topshirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati 

bilan  bu  maʼlumotlar  oʼziga  maʼlum  boʼlib  qolgan,  ushbu  maʼlumotlarni  oshkor 

etishga yoʼl qoʼygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.

 

31



-

modda. Xotin

-

qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish chora



-

tadbirlarini 

moliyalashtirish

 

Oldingi tahrirga qarang.



 

Xotin


-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  chora

-

tadbirlarini 



moliyalashtirish  tegishli  vakolatli  organlar  hamda  tashkilotlarning  mablagʼlari, 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  ajratmalari  hamda  qonunchilikda  taqiqlanmagan 

boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

(31



-

moddaning matni Oʼzbekiston  Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi OʼRQ

-

683


-

sonli Qonuni tahririda 

— 

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 



03/21/683/0375

-

son)



 

Oldingi tahrirga qarang.

 

32

-



modda.  Xotin

-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  toʼgʼrisidagi 



qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

 

Xotin



-

qizlarni  tazyiq  va  zoʼravonlikdan  himoya  qilish  toʼgʼrisidagi  qonunchilikni 

buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʼladi.

 

(32



-

modda  Oʼzbekiston  Respublikasining  2021  yil  21  apreldagi  OʼRQ

-

683


-

sonli 


Qonuni  tahririda 

— 

Qonunchilik  maʼlumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021  y., 



03/21/683/0375

-

son)



 

33

-



modda.  Ushbu  Qonunning  ijrosini,  yetkazilishini,  mohiyati  va  ahamiyati 

tushuntirilishini taʼminlash

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu 



Qonunning  ijrosini,  ijrochilarga  yetkazilishini  hamda  mohiyati  va  ahamiyati  aholi 

oʼrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

 

Oldingi tahrirga qarang.



 

34

-



modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

 



(34

-

moddaning  nomi  Oʼzbekiston  Respublikasining  2021  yil  21  apreldagi  OʼRQ



-

683


-

sonli Qonuni tahririda 

— 

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 



03/21/683/0375

-

son)



 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

 

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;



 

davlat  boshqaruvi  organlari  ushbu  Qonunga  zid  boʼlgan  oʼz  normativ

-

huquqiy 


hujjatlarini qayta koʼrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

 

35



-

modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

 

Ushbu


 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYoEV



 

Toshkent sh.,

 

2019 yil 2 sentyabrь,



 

OʼRQ


-

561


-

son


 

 

(Qonun  hujjatlari  maʼlumotlari  milliy  bazasi,  03.09.2019  y.,  03/19/561/3680



-

son; 


Qonunchilik  maʼlumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021  y.,  03/21/683/0375

-

son, 



10.12.2021 y., 03/21/736/1144

-

son)



 

Download 328,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish