O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti abdusaidov Abduvali



Download 1.51 Mb.
bet3/14
Sana23.01.2017
Hajmi1.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Tayanch so`z va birikmalar: Til, tafakkur, til va tafakkur, til va nutq, ijtimoiy, tilning ijtimoiy mohiyati, davlat tili, ish yuritish, ommaviy axborot vositalari, matbuot tili, jurnalist ijodi, tildan foydalanish mahorati, til va nutq madaniyati, ilmiy maqola, nutq jarayoni.
Mavzuni mustahkamlash va takrorlash

uchun savollar:

1. Tilning jamiyatdagi o`rni haqida nimalarni bilasiz?

2. O`zbek tilining hozirgi davrdagi mavqyei va davlat tili sifatida jamiyatdagi o`rni to`g’risida tushuncha bering.

3. O`zbek tilining hozirgi davrdagi ijtimoiy mohiyati haqida ma’lumot bering:

- davlat tilida ish yuritish;

- ta’lim jarayonida o`zbek tiliga e’tibor;

- ommaviy axborot vositalarida davlat tiliga munosabat;

- o`zbek tilining ijtimoiy mohiyatini tushuntirishda o`qituvchining o`rni.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

2. O`zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo`li. Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O`zbekiston Mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo`shma majlisidagi ma’ruzasi. 30 avgust 2007 yil. – Toshkent: O`zbekiston, 2007, 6-b.

3. Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – T.: Iqtisod-moliya, 2006, 3-12-b.

4. Begmatov E., Mamatov A. Adabiy norma nazariyasi. III qism. – Toshkent, 1999.

5. Karimov S., Mamatov X., Bo`riyev I. Yuristning nutq madaniyati. Darslik. – Toshkent, 2004. –130 b.

6. Bekmirzayev N. Nutq madaniyati va notiqlik asoslari. O`quv qo`llanma. – Toshkent: Fan, 2007, 131-148-b.

7. Abdullayev A., Abdullayeva G. Ish yuritish madaniyati. // Jamiyat va boshqaruv. 2008. 1-son, 46-47-b.

8. Mahmudov N., Madvaliyev A., Mahkamov N., Aminov M. O`zbek tilida ish yuritish (Munshaot). – Toshkent: O`zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi, 1990. - 224 b.

9. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. Amaliy qo`llanma. 3-nashri. - Toshkent: «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. – 440 b.

10. Mahmudov N. Ma’rifat manzillari. – Toshkent, 1999, 52-b.

Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқ маданияти. Дарслик. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007. – 188 б.

11. Tojiyev Yo., Mallaboyev M. O`zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari (ommabop qo`llanma). 1-qism. – Toshkent, 2006, 8-b.

12. Qo`ng’urov R., Begmatov E., Tojiyev G’. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. –T.: Fan, 1992.

13. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo`ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. Ikkinchi nashri. Akademik litseylar uchun darslik. - Toshkent: Cho`lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007. - 128 b .

14. Elmurodov N. Nutq madaniyati masalalari. O`quv qo`llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 1999. – 151 b.

15. Elmurodov N. O`qituvchining nutq madaniyati. O`quv qo`llanma. –Samarqand: SamDU nashri, 2004. – 138 b.

16. Abdusaidov A. Gazeta tili va uslubi. – Samarqand, 2001. 192 b.

17. Abdusaidov A. Jurnalistning tildan foydalanish mahorati. – Samarqand, 2004. – 102 b.

19. Abdusaidov A. O`zbek tilining ijtimoiy mohiyati («Sosiolingvistikaning dolzarb muammolari» turkumi-dan. Til ma’naviyati, nutq madaniyati va savodxonlikka ta’sir qiluvchi omillar). Monografiya. – Samarqand, 2008. – 132 b.

20. Абдусаидов А. Тил маънавияти ва нутқ маданияти. Ахборот соҳасини ислоҳ қилиш («Ўзбек тилининг ижтимоий моҳияти» фанини ўқитишга доир материаллар). Рисола. Мақолалар тўплами. – Самарқанд: СамДУ, 2011. –98 бет.

3-mavzu: O`QITUVChINING MULOQOT

MADANIYaTI
Reja:

1. Muloqot jarayoni.

2. O`zbek nutqining muloqot shakllari.

3. Muloqotning lisoniy va nolisoniy omillari.

4. Og’zaki nutq turlari.

5. Dialogik va monologik nutq haqida tushuncha.

6. Dialogik va monologik nutqning til xususiyatlari.

7. Kasbiy muomala odobi.


Muloqot jarayoni nihoyatda murakkab, uning boshlani-shi, avvalo, kishilarning ruhiy holati, suhbatdoshga ijobiy yoki salbiy munosabati kabilar bilan bevosita bog’liq. O`zaro suhbatning qay yo`sinda bo`lishi, o`z-o`zidan ayonki, juda ko`plab omillarga bog’liq. Tadqiqotchilar bu jarayonni turlicha nuqtai nazardan baholashadi.

«Muloqot jarayoni, aslini olganda, odamlar o`rtasidagi axborot almashuvi bo`lib, uning asosiy maqsadi uzatilayotgan va qabul qilinayotgan axborotning tushunarliligini ta’minlashdir»26.

O`zbek tilining hozirgi paytdagi ijtimoiy holati muloqot madaniyatining milliy urf-odatlarimiz, menta-litetimiz, an’analarimizga mos ravishda rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Muloqot madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari bir qator ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan. S.Mo`minov va Sh.Iskandarovalarning monografik ishlari bunga misol bo`la oladi27.

S.Mo`minov suhbatdoshlarning millatini, jinsini, yoshini, ijtimoiy belgilarini, ularning o`zaro yaqinlik darajasini, muloqot vaqtini, vaziyatni, holatni, ijtimoiy muhitni ana shu birliklar sifatida qaraydi28.

Olimning fikricha, muloqot xulqini o`rganishda millat aholisining o`ziga xos urf-odatlari, qadriyat va an’analarini hisobga olish lozim.

Insonlar o`rtasidagi muloqot til vositalari orqali yuz bersa-da, uning yuqori madaniyatli, ma’rifatli bo`lishi nafaqat til birliklaridan adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda, nutq madaniyati talablari darajasida suhbatlashishni, balki boshqa bir qancha omillarni ham hisobga olishni talab etadi. Bunday omillar sirasiga, masalan, quyidagilarni kiritish mumkin:



  1. Umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olish.

  2. An’anaviy urf-odatlarni yaxshi bilish va ularga amal qilish:

a) kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko`rsatish;

b) xotin-qizlarga alohida hurmatda bo`lish;

v) oiladagi tarbiyaviy muhit: er-xotin muomalasi, ota-onaning farzandlariga munosabati;

g) ustozlarning shogirdlariga munosabati va muomalasi;

d) rahbarlarning oddiy insonlarga munosabati;

ye) qarindosh-urug’larning muomalasi;

yo) mahalladoshshlar va qo`shnilarning o`zaro munosabati.


  1. Suhbatdoshlarning tafakkur doirasi, bilim saviyasi, dunyoqarashi.

  2. Kishilarning ruhiy holati.

  3. Jamiyatdagi ijtimoiy muhit: tinchlik, osoyishta-lik, iqtisodiy rivojlanish, millatlararo totuvlik.

6. Milliy o`zlikni anglash va boshqa millatlar vakillarini hurmat qilish kabilar.

Professor S.Karimovning fikricha, muloqotning ham til, ham tildan tashqaridagi omillari mavjud bo`lib, ular o`zaro birlashgandagina kutilgan nutq shakllanishi mumkin. Shuning uchun ham dastlab muloqotning ana shu omillari haqida tushunchaga ega bo`lish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Bu ikki omil nutqiy jarayonda chambarchas bog’langan bo`lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi va bir-birisiz yashay olmaydi. Vaziyatga bog’liq holda inson muomalasi-ning ko`rinishlari shu qadar ko`p bo`ladiki, bir vaziyat va holatda amalga oshirilgan suhbat boshqa bir o`rinda hyech qachon takrorlanmaydi. Ular salomlashish, xayrlashish, tabriklash singari vaziyatlardagina umumiylikni tashkil qilishi va nutqiy odat degan ma’no ostida birlashishi mumkin.

Psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda, muloqotda shaklning ahamiyati nihoyatda sezilib turadi. Suhbatdoshlar o`zaro tanish-notanishligidan qat’iy nazar, odatda, bir-birlariga samimiyat bildirishga, iltifotli, sermulozamat bo`lishga, izzat-ikrom, hurmat ko`rsatish, manzirat qilish, bir-birlarining kayfiyati, ko`ngliga qarab gapirishga harakat qiladilar. Muloqot jarayonida ko`zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib, ba’zan ro`y beradigan noqulay vaziyatni yumshatishga harakat qiladilar. Bir-birlariga gapirib olishga imkon Bera-dilar. Bunday vaqtda orada jimlik, sukunat hukmron bo`lishi, suhbatda uzilishlar ro`y berishi mumkin. Lekin muloyimlik bilan uni bartaraf etish yo`llari ham izlanadi. Bunday paytlarda suhbatdoshlarning yoshi, jinsi, saviyasi, albatta, sezilib turadi. Suhbat jarayonida, yuqorida ta’kidlaganimizdek, undan ko`zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib yoki suhbatdoshlarga mutlaqo bog’liq bo`lmagan holda buning aksi ro`y berishi ham mumkin29.

«Bunday muloqot o`rnatishning shakllari ko`p. Masalan, nutq oldidan biroz avval ro`y bergan va tinglovchilar kayfiyatiga ta’sir qilgan hodisaga bir og’iz munosabat bildirish yoki qiziqarli voqyeani hikoya qilib, ularning kayfiyatini ko`tarish mumkin va h.k. Albatta, auditoriya-ning tinglashga moyilligini uyg’otish uchun qanday shaklni tanlash konkret vaziyatga bog’liq. Har holda auditoriya uchun tushunarli va uida muayyan tuyg’ularni uyg’ota oladigan fikrni asoslash osonroq.

Kaykovus bu borada shunday saboq beradi: "Har kishiga so`z aytur bo`lsang qarag’il, ul sening so`zingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda uni so`zingga xaridor topsang, unga so`zingni sotg’il. Yo`q ersa, ul so`zni qo`yib, shundoq so`z deg’ilkim, unga xush kelsin va sening so`zingga xaridor bo`lsin"(U.Saidov. O`sha manba,81-b.).

«Ko`rgazmalilik, izchillik, auditoriya aqliy va ruhiy imkoniyatlarini hisobga olish kabi didaktik prinsiplar-ni qo`llashning ham ahamiyati katta.

Notiqning vazifasi auditoriyani uyushtirish, tinglovchilarni ma’ruzani eshitishdan chalg’ituvchi barcha narsalardan forig’ etish ekan, bunda ruhiy holatni yuqtirish, taqlid, inontirish kabi psixologik usullardan foydalanish ham yordam beradi.

Auditoriya diqqatini jalb etish uchun notiq quyidagi ruhiy-pedagogik talablarga rioya etishi lozim: fikr va ma’lumotlarning yangiligi, fikr(lar)ning isbotlangan-ligi, ehtirosli (ekspressiv) bayon»30.

Muloqot jarayoniga yuqorida sanab o`tilganlardan boshqa ta’sir etuvchi tashqi omillar ham kuzatiladi. Suhbat jarayonida aralashmayotgan, ammo suhbatdoshlar uchun hurmatli bo`lgan kishining ta’siri bunga misol bo`la oladi. Suhbatdosh ustozga, sevimli yoki jamiyatda obro`si, hurmati bor kishiga, arboblar va amaldorlarga yaqin, hatto qarindosh bo`lishi ham mumkin. Bu narsa ham ma’lum ma’noda tashqaridan suhbatdoshlar nutqini «boshqarib boradi», uning davom etishi va yakuniga ta’sir ko`rsatadi.

S.Karimovning ta’kidlashicha, muloqotning hududiy farqlanishini ham e’tibordan chetda qoldirib bo`lmaydi. Masalan, qishloq va shahar aholisining muloqoti sheva va chet so`zlardan foydalanish, og’zaki so`zlashuv uslubining to`la namoyon bo`lishi kabilar asosida insonga xos bir qator fazilatlar hamda nuqsonlarning muomala jarayoni-da o`ziga xoslik bilan namoyon bo`lishida ko`rinadi.

Nutq vaziyatiga qadar suhbatdoshlar suhbat mavzusidan yoki unga aloqador ayrim faktlardan xabardor bo`lgan bo`lishlari mumkin va bu narsa ularni ma’lum darajada muloqot jarayoniga tayyorlaydi. Ammo kutilgan natija-larni berish-bermasligini shu nutqiy vaziyatning o`zi belgilaydi.

Muloqot jarayonining muhim qismini murojaatlar tashkil qiladi. Murojaat esa tanish kishilarga ham, notanishlarga ham bo`lishi mumkin. Bu vaziyat esa alohida til elementlarini tanlashni taqozo etadi. Masalan, notanish kishilarga murojaat qilinganda ishlatilishi odat tusiga kirgan so`zlarni olaylik: yigit, og’ayni, aka, uka, amaki, tog’a, jiyan, ota, buva, xola, buvi, momo, opa, singlim, qizim, bolam kabi. Bu so`zlarga murojaat qiluvchining xohish-irodasi yoki kayfiyatiga qarab –jon subyektiv baho shakli qo`shilishi mumkin. Bundan tashqari bu murojaat so`zlarining dialektal ko`rinishlari ham mavjud bo`lib, ularning barchasi birgalikda qo`llanishda ma’lum hududiy-vazifaviy chegaralanishlarni keltirib chiqaradi. Masalan, kasb-hunarga oid usta so`zini ishlatish faol. Lavozim yoki vazifani ifoda etadigan rais buva, qozi buva, xo`jayin, domla, muallim, doktor / duxtir, shofer / shopir singari so`zlar ham murojaatlarda turg’unlik kasb etgan. Agar ularga o, yey, hov, hoy kabi undovlar qo`shilib ishlatilsa, murojaat mazmuni o`zgaradi. Garchi chaqiriq masofa nuqtai nazaridan murojaat qiluvchidan nisbatan uzoqroqdagi kishiga qaratilayotganday bo`lsa ham, bunday murojaatda ma’lum ma’noda eshituvchiga nisbatan hurmat darajasi pasayadi.

Tanishlarga qaratilgan murojaatlar ham farqlanadi. Yoshi ulug’, lavozim jihatdan yuqoridagi, yaqin va hurmatli kishiga nisbatan qilinadigan murojaatlar tanishu, ammo so`zlovchi uchun unchalik ahamiyatli bo`lmagan kishiga nisbatan qilinadigan murojaatdan boshqacha bo`ladi. Birinchi guruhdagi kishilarga nisbatan dada, dadesh, azizim, onam, lobarim, dilbarim, erkam, pari, bek, gul, poshsho, botir, go`zal, malak, boyvuchcha, boyvachcha, valine’mat, shirin, oppoq, do`ndiq, nuridiyda, jon, qanot, chiroq, g’uncha, xon, xonim, poshsha, oy, shunqor, lochin, qaldirg’och, qo`zi, bo`ta, toy, qulun, arslon so`zlari hamda –-xon (Matlubaxon, Diloromxon), -jon (bolajon, ukajon, opajon, singiljon), -boy (Hamidboy, Hikmatboy) kabi љo`shimchalarni љo`shish bilan murojaat qilinadi31.

Muloqot jarayonida so`z va iboralarning ma’lum qolipda takrorlanaverishi kishilarda odat va ko`nikmalarni keltirib chiqaradi. Har bir muomala jarayonining o`z qoida va odatlari shakllanib, u umumxalq, umummilliy xarakter kasb etadi. Muloqotda unga rioya qilish taomilga kiradi. Aksincha, undan chiqish bu odatlarga itoat qilmaslik deb qabul qilinadi.

Inson muloqot jarayonida salomlashish, tanishish, xayrlashish, biron narsani iltimos qilish, tabriklash, minnatdorchilik bildirish singari ko`plab nutqiy vaziyatlarga duch keladi va ularning har birining o`ziga xos muomala odatlari mavjud bo`ladi. Bu odatlar umuminso-niy, umummilliy urf-odat va taomillar, madaniyat va qadriyatlar doirasida bo`ladi. Masalan, salomlashish odati: assalomu alaykum – vaalaykum assalom, hormang – bor bo`ling, xush kelibsiz – xushvaqt bo`ling, yaxshimisiz – xudoga shukur; xayrlashish odati: men boray, bo`lmasa – o`tirsangiz bo`lardi / choy ichib ketsangiz bo`lardi, xayr – omon bo`ling, yaxshi qoling – yaxshi boring, yana kelinglar – sizlar ham boringlar; iltimos qilish odati: iltimos, agar mumkin bo`lsa, agar sizga malol kelmasa, bemalol bo`lsa, sizdan bir narsa so`ramoqchi edim, mobodo sizga og’irlik qilmasa, imkoniyatingiz bo`lsa, nima desam ekan…so`rash sal noqulay bo`lib turibdi kabi32.

O`zbek nutqiy odati tadqiqotchisi Sh.Iskandarova uning vazifa doirasini belgilab, suhbatdoshlar o`rtasida aloqa o`rnatish, ularning bir-birlariga iltifot ko`rsatishga harakat qilishi, suhbatni boshqarib borish, murojaat qilish, xitob, ta’sir etish singari omillarni qayd qiladi33.

Dialogik va monologik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko`rinishlari sifatida dialogik nutq ham, monologik nutq ham nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o`rtasida amalda bo`lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo`ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanish-dagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo`lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o`rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o`ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o`rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning o`zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan o`rni va mavqyei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.

Matnlarning til jihatiga e’tibor berilganda, shu narsa ma’lum bo`ladiki, suhbat jarayonidagi gaplar asosan savol-javoblardan iborat bo`ladi, ya’ni gaplarning ma’lum qismini so`roq gaplar tashkil qiladi. Bu gaplar tuzilishiga ko`ra sodda va to`liqsiz gaplardan iborat bo`ladi. To`liqsiz bo`lishining sababi ma’lum, albatta. Undagi ma’no yoki avvalgi gapdan yoki umuman suhbat mazmunidan anglashiladi.

Garchi dialogik nutq til nuqtai nazaridan gap shakllarining to`liq bo`lmasligi, so`zlarning tushib qolishi yoki qisqarishi, inversiyaga uchrashi bilan boshqa nutq shakllaridan ajralib tursa-da, bu o`rinda ham muloqotning umumiy qoidasi va etikasini saqlab qolishga harakat qilinadi.

«Albatta, kishi o`zi suymagan odamga murojaat etishga majbur bo`ladigan holatlar bo`ladi. Masalan, ish jarayonida yoki ma’muriy holatlarda odam o`zi yoqtirmagan rahbarga yoki xodimga murojaat etmasligining iloji yo`q. Ammo imkon qadar bunday holatlarni kamaytirishga harakat qilish kerak.

Yoqtirmagan odamga nutq bilan murojaat etmaslik kerakligining boshqa, ma’naviy jihati ham mavjud. Ya’ni notiq o`z nutqini ezgulikka yo`naltirmog’i, tinglovchida ezgu tuyg’ularni uyg’otmog’i kerak. Buni, avvalo, so`z orqali murojaat qilingan insonga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lish zaruratga aylantiradi. Shunday ekan, so`zlayotgan kishi, o`zgaga yomonlik keltirmaslikni o`ylashi, har gapni andisha bilan so`zlashi kerak. Ammo ana shu andishaga ko`p hollarda e’tibor qilinmaydi»34.

Alohida bir kishiga taalluqli bo`lgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Bu nutq ikki xil ko`rinishga ega: ochiq nutq va ichki nutq.

Ochiq nutq jamoaga qaratilgan bo`ladi va turli xarakterdagi yig’ilishlarda – qurultoylar, sessiyalar, ilmiy anjumanlar, dars jarayoni, hisobot yig’ilishlari, har xil jamoalarning majlislari, uchrashuvlar, bayram-lar, to`y-tomoshalar, tug’ilgan kunlar, do`stlar uchrashuvi singari kichik davralar, motam mitinglarida so`zlanadi. Bu yig’ilishlarning mazmuni turlicha bo`lganligi sababli ularda so`zlanadigan monologik nutq xarakteri ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, bayramlar, uchrashuvlar, to`y-tomoshalar, tug’ilgan kunlar tantanali tarzda kechadi-gan yig’inlar bo`lganligi tufayli ularda so`zlanadigan nutq ham tantanali ruh asosiga qurilgan bo`ladi.

Hisobot yig’ilishlari va jamoalarning (ishlab chiqarish, rejalashtirish) majlislari rasmiy xarakterda bo`ladi. Qurultoy va sessiyalar keng qamrovli yig’ilishlar bo`lganligi tufayli ularda rasmiylik ham, norasmiylik va tantanavorlik ham aralash bo`ladi. Mavzuga qarab har xil faktlar, raqamlar keltiriladi.

Fikrni og’zaki bayon etish usullari xilma-xil bo`lib, jumladan, quyidagilar ko`rsatilgan: Suhbat, muhokama, munozara, notiqona so`zlash, tashviqot nutq, tanqidiy nutq, tabrik nutqi.

Tadqiqotlarda og’zaki nutq(notiqlik)ning bir qancha turlari qayd etilgan. Masalan:

Siyosiy-ijtimoiy notiqlik:


  1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.

  2. Sessiya, konferensiyadagi nutq.

  3. Siyosiy nutq.

  4. Diplomatik nutq.

  5. Siyosiy sharh.

  6. Harbiy vatanparvarlik nutqi.

  7. Miting nutqi.

  8. Ilmiy-ommabop nutq.

Akademiq notiqlik:

  1. O`quv yurtlari ma’ruzalari.

  2. Ilmiy nutq (ma’ruzalar).

  3. Ilmiy sharh.

  4. Ilmiy axborot.

Sud notiqligi:

  1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.

  2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.

  3. Oqlovchi (advokat) nutqi.

  4. Jamoatchi-oqlovchi nutqi.

  5. O`z-o`zini himoya qilish nutqi.

Ijtimoiy-maishiy notiqlik:

    1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).

    2. Ta’ziya (motam) nutqi.

    3. Tabrik nutqi (tost).

Diniy notiqlik:

  1. Xutba.

  2. Va’z.

Nutqiy san’atlar

Og’zaki nutq Yozma nutq

1. Voizlik. 1. Dabirlik

2. notiqlik 2. Kotiblik

3. Suxandonlik 3. Munshiylik

4. Qissago`ylik (mirzolik) va hokazo.

5. Roviylik

6. Badihago`ylik

7. Askiyachilik

8. Maddohlik va hokazo35.

Axborotni bevosita (jonli muloqot orqali) va bilvosita (axborot tarqatish vositalari orqali) uzatish mumkin. Hozirgi davrda ommaviy axborot vosi­talari, xususan, radio-televideniye, internet tarmog’i orqali har qanday ma’lumotni darhol, "sovutmasdan" dunyoning istagan burchagiga yetkazish mumkin bo`lgan holda notiqqa, ya’ni odamlar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxsga ne ehtiyoj? Nima uchun axborot tarqatish vosita-lari o`ta taraqqiy etgan bugungi kunda ham notiqlikning, jonli nutqning ahamiyati yo`qolmay, aksincha, hayotdagi o`rni va mavqyei ortib bormoqda?

Og’zaki nutqning kuchi va uning boshqa muloqot turlaridan ustunligi bir qator o`ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi. Jumladan, notiq nutqida lisoniy vositalardan tashqari eng nozik fikr va tuyg’ularni ifoda etish imkoniyatini beruvchi nutq ohangi, uning hissiyot bilan omuxta bo`lishi, qo`l va tana harakatlari, yuz ifodasi (mimika) kabi nolisoniy vositalardan foydala-nishi hamda konkret auditoriya (tinglovchi) xususiyatlari-ni hisobga olishi bilan ta’sirchan qilishga, to`g’ri tushunishga yordam beradi»36.

Nutq mavzusining turlicha bo`lishi notiqning tayyorgarligi, bilim darajasi va vaziyat bilan bevosta bog’liq. Demak, nutq mavzusi, vaziyat taqozosi bilan til vositalaridan turlicha foydalaniladi.

Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so`zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yoritishda ta’kidlab o`tilganidek, umumiy bo`lgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab so`zlanadigan nutqning qolipi – rejasi bo`lishi. Qayerda va qanday vaziyatda so`zlanishidan qat’iy nazar, har bir nutq ma’lum reja asosida bo`lishi, auditoriya, vaqt hisobga olinish lozim. Boshqacha aytganda, nutq so`zlashdan ma’lum maqsad bo`lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o`tkazish, ta’sir o`tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o`zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo`ladi.

«Har qanday o`qituvchi (muallim) ham notiq, zero, uning faoliyati o`z shogirdlariga nutq bilan murojaat etishdan iborat. O`qituvchi auditoriyaga kirar ekan, kasbi bilan bog’liq ma’lum maqsadga erishish, o`z xohish-istaklarini ro`yobga chiqarishga intiladi. Albatta, nutq so`zlar ekan u, avvalo, o`quvchi-talabalarga u yoki bu bilimni, ya’ni axborotni berishga intiladi. Lekin, ma’lumki, har qanday nutqiy muloqot u yoki bu ma’noda axborotni uzatish bilan bog’liq. O`qituvchi ma’ruza o`qishdan ko`zlagan maqsadining o`ziga xosligi nimada? O`zida bor bilimlar bilan o`rtoqlashish istagining paydo bo`lishiga nima turtki beradi? Umumiy tarzda ularni quyidagicha belgilash mumkin: avvalo, o`zgalardan o`z hamfikrlarini tayyorlash. Intellektual hamfikrlar talabalar auditoriyasida yoki olaylik, ilmiy anjuman-larda shakllanadi va professor bu joylarda ma’­ruza o`qib ma’lum masala yuzasidan o`z nuqtai nazarini bayon etar ekan, talabalar yoki hamkasblarni o`z fikrlariga sherik qilishga intiladi. Bundan tashqari o`qituvchi-olim kasbi-ning asosini aqliy, jumladan, ilmiy faoliyat tashkil etadi. Ya’ni profes­sor, avvalo, tadqiqotchi, pedagogik faoliyat esa uning ilmiy faoliyatining o`ziga xos davomidir. Aqliy faoliyat bilan doim mashg’ul bo`lgan kishi esa doimo intellektual qoniqmaslik holatida bo`ladi. Bu tabiiy hol, zero, inson fikrlarining to`g’ri ekanligidan shubhalangan taqdirdagina fikrlaydi. O`z fikr va g’oyalarini so`nggi haqiqat deya qabul qilgan va shubhadan to`xtagan kishi fikrlashdan ham to`xtaydi. Shuning uchun kasbi fikrlash bo`lgan o`qituvchi uchun qadim faylasuflardan birining: "men shubhalanayapman, demak, men yashayapman", - degan so`zlari o`ziga xos aqida vazifasini o`taydi37.

O`qituvchining nutq madaniyati, muloqot xulqi nazariy asosda o`rganilgan tadqiqotlarning paydo bo`layotganini qo`llab-quvvatlash lozim. Masalan, Q.Rasulov «O`zbek muloqot xulqining funksional xoslanishi» mavzuidagi tadqiqotida o`qituvchi muloqot xulqining funksional xususiyatlarini sosiolingvistik aspektda o`rgangan38.

Tadqiqotchining qayd etishicha, «Insondagi o`zga-rishlar, eng avvalo, uning xulqida, jumladan, mulokot xulqida namoyon bo`ladi39. Demak, ekologiya ijtimoiy muhitga, ijtimoiy muhit esa turli kasb egalari muloqot xulqiga ta’sir etadi.

Masalan: - o`quvchilarni surunkali tartibga chaqi-rish, ularning g’ala-g’ovurlarini bosib turish o`qituvchi-ning asablariga ta’sir qilib, uning muloqot xulqida, hatto mehmondorchilikka borganida xam bolalarning to`poloniga befarq bo`lolmaslik, to`polonchilarga «tek o`tir», «to`polon qilma» deb tanbeh berishlari kuzatiladi;

- alohida madaniyat yoki etika talab qilinadigan nufuzli idoralarda ishlaydiganlar muloqot xulqida hurmat bilan gapirish, tavozeni o`rinlatish, xushmuo-malalik xususiyatlari bo`rtib turadi»40.

«O`qituvchining diqqat (e’tibor)i, asosan, o`quvchilarni nazorat qilishga qaratilgan bo`ladi. Bu psixologik pozi-siya o`qituvchi nutqida buyruq, tanbeh, nasihat kabi ohang-larni reallashtiradi va faqat o`qituvchiga xos jargonlar va professionalizmlarni hosil qiladi: «Doskaga chiq!» yoki «Doskaga!», «To`g’ri o`tir!» yoki «To`g’rilan!», «Oldinga qara!», «E’tibor bering!», «To`g’ri yoz!», «To`g’ri o`qi!», «Qo`lingni ko`tar!» kabi. Bunday so`z va iboralar boshqa ijtimoiy guruh vakillarining nutqida deyarli uchramay-di. Qo`llanganda ham o`qituvchi nutqidagi presuppozision semantikani bermaydi. Shu o`rinda birgina o`qituvchi sosiolektiga xos bo`lgan professionalizmlardan biri «Qo`lingni ko`tar!» birikmasini qiyosiy tahlil etib ko`raylik. Aslida qo`lni ko`tarish noverbal vosita hisoblanib, rasmiy yig’ilish (majlis yoki kengash)larda ovoz berish sifatida «roziman», «noroziman» yoki «betarafman» kabi informasiyani ifodalaydi. Dars jarayonida esa o`quvchi tomonidan ifoda etilgan qo`lni ko`tarish harakati nolisoniy vosita sifatida «Men aytay», «Men javob beray», «Men tayyorman» kabi situativ informasiyalarni beradi.

O`tkazilgan sosiologik tadqiqotlarimizdan ma’lum bo`lishicha, 80% o`qituvchi darsni o`ziga xos so`roq ma’nosidagi daromad bilan boshlaydi: «O`tgan darsimizda qanday mavzu bilan tanishgan edik?», «Biz sizlar bilan nima haqda gaplashgan edik?» kabi. Bundan tashqari, dars davomida «o`qituvchi o`quvchilar oldiga savollar qo`yib, ularni to`g’ri javob berishga asta-sekin o`rgatib boradi»2. Bu harakat o`kituvchi nutqida «Xo`sh!», «O`ylab ko`raylik!», «Demak!», «Xullas!», «Aytaylik!» kabi kirish so`zlarni o`z-o`zidan hosil qiladi va o`quvchi diqqatini jalb etish uchun xizmat qiladi.

Shu bilan birga, o`qituvchi mimika, pantomimik, jestikulyasiya, kinesik va ko`z kontakti yordamida xam o`quvchilar bilan muloqotga kirishadi. Biroq noverbal vositalar ichida o`ziga xos informasiya beruvchi vositalar ham borki, ular o`quvchilarga muayyan axborotni yetkazadi. Masalan: o`tirgan stolini taqillatishi (bu harakat ruchka, ko`rsatkich va boshqa narsalar yordamida bo`lishi mumkin) - «Tinchlaning!», «Shovqin solmang!», «Quloq soling!», «Tushunib oling!» kabi axborotlardan birini uzatadi. Ba’zan bunday informasiyalar ko`z kontakti, ya’ni ko`z qarashi orqali ham ifodalanadi. Chunonchi, o`qituvchi nutqini to`xtatib, nigohini biror o`quvchiga alohida qadashi buyruq: «Gapir!», murojaat: «Sen!», ogohlan-tirish: «Gapirma!», olqish: «Barakalla!», tanbeh: «Jim o`tir!» va hokazo axborotlarni berishi mumkin. O`qituvchi o`zining qaysi ma’noda qarayotganini: «Halidan beri qarab-qarab qo`yyapman, o`zingn o`nglamayapsan-a?» kabi izoh bilan ham eslatib o`tishi mumkin»41.

«O`qituvchilar muloqot xulqida davrga xos xarakter, dunyoqarash sezilib turishi bilan birga, ularning o`zaro muloqotlari mavzu va mazmun jihatdan boshqa ijtimoiy soha vakillarining o`zaro muloqotlaridan keskin farq qilib, quyidagilardan iborat bo`ladi:

a) kommunikativ aktda ijtimoiy vazifasiga ko`ra o`qituvchilar nutq uslubining qay biridan qay tarzda foydalanishni auditoriyaga qarab belgilaydi;

b) kommunikativlik ma’rifiy va ma’naviy mazmundan iborat bo`ladi;

v) auditoriya uchun namuna ekanligini sezgan holda axloqiy chegarada qolishga harakat qilinadi;

g) nasihat, maslahat, tavsiya yoki tanbeh, jazo berishda ota-onalarga o`xshaydi; auditoriyaga hukmronlik qiladi;

d) darsdan tashqari holatlarda ќam o`qituvchi o`z kasbi doirasidagi muomaladan chiqib keta olmaydi.

Bularning barchasi o`qituvchi muloqot xulqi darajasi-ni, ya’ni o`qituvchi muloqot xulqining funksionallashuvi-ni ko`rsatib beradi»42.

O`qituvchi muloqot xulqida o`quvchilar bilan muomalasi jarayonidagi an’anaviylik (rasmiylik, ba’zan ortiqcha takror, bir xillik), ko`pincha, dars sifatiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi. Bunday jihatlarga darsni bir xilda boshlash, ya’ni har darsda bir xil so`z va birikmalar, jumlalarni ishlatish, nasihatbozlik, ortiqcha tartibga chaqirishlar, asabiylashgan paytda o`zini yetarlicha boshqara olmasdan, nojo`ya so`zlarni qo`llash, nutqning bir xilda (monoton holatda) bo`lishi va boshqalar kiradi. Zamonaviy o`qituvchi muloqot xulqi bunday salbiy holatlardan xoli, jonli, rang-barang, betakror, qiziqarli, ta’sirchan, eng muhimi, fan asoslarini to`la bayon qilishga asoslanishi lozim.

O`qituvchining ta’lim jarayoni va jamoatchilik orasidagi nufuzi nihoyatda katta. Ularning suhbatlashish madaniyati jamiyatdagi yuqori nufuzini, obro`-e’tiborini yanada oshirishga xizmat qilishi lozim.

Tariximizdan hozirgacha yaratilgan ko`plab adabiyotlar-da muloqot madaniyati, suhbatlashish odobi to`g’risida nihoyatda foydali fikrlar va tavsiyalar bildirilgan. Ulardagi ayrim fikrlar bir-birini takrorlasa ham yuqori nutq madaniyati, nutq odobi, til ma’naviyati va ma’rifatini insonlar ongiga singdirishda munosib xizmat qila oladi. Masalan, professor B.O`rinboyevning qator tadqiqotlarida, xususan, «Suhbatlashish odobi» sar-lavhali maqolasida, jumladan, quyidagilar bildirilgan:

«Har bir kishining jamiyatdagi o`rni va mavqyei, uning o`z atrofidagi insonlarga munosabati salomlashish, yurish-turish, ovqatlanish, suhbatlashish jarayonida, ayniqsa, ko`proq namoyon bo`ladi.

Har bir komil inson suhbatlashish odobi qoidalariga ham rioya qilishi lozim. Bizningcha, bu qoidalar quyidagi-lardan iborat deb hisoblaymiz:

1. Suhbatlashganda suhbatdoshingizni qiziqtiradigan mavzuga e’tiborini qaratishga intiling.

2. O`zingiz haqingizda kamroq gapiring. Har qanday qiziqarli suhbat davom ettirishga imkon bermaydigan ezma va laqmalarga ergashmang. O`zingiz o`qigan kitoblar, ko`rgan kinofilmlar, sport musobaqalari, go`zal tabiat manzaralari haqida gapirishga odatlaning.

3. Suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglashga o`rganing. O`z gapi, hikoyasini tugatmasdan so`zini bo`lmang. So`zini oxirigacha eshitgach, suhbatdoshga e’tirozingizni bayon eting. Qanchalik diqqat va e’tibor bilan tinglashga erishsangiz, kishilar siz bilan suhbatlashishdan shuncha-lik zavq oladi.

4. Suhbatdoshingizga nisbatan baland ovozda gapirmas-likka harakat qiling. Chunki baqirok kishilarga nisbatan ovozini baland ko`tarmay me’yorida gapiruvchilarni suhbatdoshlar diqqat bilan tinglaydilar.

5. Suhbatdoshingiz sizning gapingizni bo`lsa, jim turib uning e’tirozini oxirigacha tinglang. Agar ikka-langiz ham baravar, gapirsangiz bir-biringiz nima deganingizni tushunmaysiz.

6. Suhbatdoshingizning ko`ziga qarab so`zlashing. Hyech vaqt uning qo`lidan, tugmasidan ushlab, yelkasiga qoqib fikringizni quloq solishiga intilmang. Suhbatdosh diq-qatini qo`l bilan emas, balki so`z bilan qaratishga intiling.

7. Suhbatlashish odobiga doir xalq maqollaridan o`rinli foydalaning…

Suhbatlashish odobining ana shu qoidalariga amal qilish har bir komil insoniylik burchidir»43.

Muloqot madaniyati va mezoni sohasida faol tadqiqotlar olib borayotgan Siddiq Mo`minning «Muloqot mezoni» nomli kitobida «…tinglash xosiyatlaridan tor-tib, salomlashish, murojaat, talaffuz, tabassum, so`zning hayotbaxsh qudrati kabi xalq ma’naviyatining muhim qirralari haqida qiziqarli fikrlar» bildirilgan44.

Tadqiqotchining yozishicha, 1. «…o`qish ham tinglashning bir ko`rinishi bo`lib, bu mehnat orqali kishi ko`p ulug’ zotlar suhbatidan bahramand bo`ladi. Zero, tinglash ham kishidan sabr-qanoatni, chidam-bardoshni va o`ziga xos odob-axloqni talab etadigan xislatdir». «Siz kuyib-pishib gapirib turganingizda sigir ma’rab qolsa, sizga emas, sigirga qaraydigan odamga gap ta’sir qilmaydi…» (Abdulla Qahhor).

2. Qisqa va mazmunli so`zlash muloqot mezonining asosiy shartlaridan biridir. «Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so`zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim. Zero, «Haqiqiy gapdonlik – kerakli hamma gapni aytish va keragidan ziyod hyech narsa demaslikdir» (D.de Laroshfuko).

3. Muloqot jarayonida «suhbatdosh shaxsiga e’tibor» ham muhim. «Ayollar nutqi erkaklar nutqidan har jihatdan: tovushlar ifodasi, lug’at tarkibi, gap qurilishi kabi tomonlardan sezilarli darajada farqlanib turadi. Erkaklar nutqi ham qisqa va lo`ndaligi, bosiq va qat’iy ohangda aytilishi va boshqa juda ko`p jihatlari bilan ayollar nutqidan farqlanadi».

«Kishilar bilan muloqotda so`zlovchi o`zining va suh-batdoshining yoshini inobatga olishi, ayniqsa, muhimdir».

4. «Inson qalbida kechadigan har qanday tuyg’u esa beixtiyor tilida ham zohir bo`ladi. …». «Ha, «Hurmat qilsang, hurmat ko`rasan» deganlaridek, Sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz (e’tibor berayapsizmi, shu yerda ham o`zingizni o`ylayapsiz), odamlar bilan shunday muomalada bo`ling. Shunday qilingki, Siz bilan muloqotda bo`layotgan kishi ozgina bo`lsa-da Sizdan o`zini ustun deb hisoblasin. Buning uchun so`nggi so`zni, hukm chiqarish huquqini uning ixtiyorida qoldiring».

5. «Insonning bu yorug’ olamda qiladigan eng ulug’ amallaridan biri – bu, o`zidan yaxshi nom qoldirishdir. «Mehr qolur, muhabbat qolur» deganlaridek, odamzotdan qoladigan eng ulug’ meros faqat bitta – yaxshi va shirin SO`Zdir».

6. Suhbat salomlashish va murojaat qilishdan boshla-nadi. Murojaat qilish odobini unutmasligimiz zarur.

7. «Tilni tiymoq odoblariga baqirib-chaqirmaslik, so`z orqali birovning dilini og’ritmaslik va eng muhimi, gapirish zarur bo`lmagan paytda sukut qilishlik kabilar kiradi.

Aloqa – aralashuvda hatto sukut (jim turish, gapirmaslik) ham nolisoniy vosita sifatida ishtirok etadi va o`ziga xos muomalaviy mazmun ifodalaydi».

8. Muloqot jarayonida insonning chiroyi ochiq bo`lishi, tabassum bilan boqishi ham muhimdir.

9. «Ohang – so`z va gapning libosi bo`lsa, bu til va nutq birliklari qanday ifoda etilishiga ko`ra uning ma’no-lari o`zgarib turadi». «Gap so`zda emas, ohangda, qaysi so`zning qanday talaffuz etilishida» (V.G.Belinsikiy).

«Ovozning shirali va yoqimli bo`lishi, ayniqsa, so`zlashuv nutqida muhim ahamiyat kasb etadi».

Yuqoridagilar va kitobda qayd etilgan boshqa jihat-lar muloqot jarayonlarining o`ziga xos mezonlari ekanli-gini ta’kidlagan Siddiq Mo`min har bir holatga hayotiy misollar, allomalarning fikrlari, turli hikoyatlar, maqol va hikmatli so`zlardan misollar keltiradi. Mazkur kitob muloqot mezonlarini o`rganish va ularga e’tiborli bo`lishda o`ziga xos muhim amaliy manba hisoblanadi45.

Jamiyatdagi ijtimoiy muhit insonlar muloqot xulqi-ga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Jamiyatdagi tinchlik, oso-yishtalik, barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot, ma’naviy-axloqiy muhit, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg’unligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar insonlarning, qaysi kasbda ishlashidan qat’iy nazar, muloqot jarayoni yuqori madaniyatli bo`lishiga xizmat qiladi.

Insonlar o`rtasidagi muloqot jarayoni samimiy, mada-niyatli, odob-axloq doirasida bo`lishi ularning bilim darajasi, tafakkur doirasi, dunyoqarashi, islohotlarga ijobiy munosabati, milliy qadriyatlar, urf-odatlardan unumli foydalanishi kabilarga ham bog’liq. Bunday fazilatlarni tarbiyalashning asosiy mas’uliyati, albatta, o`qituvchilar, pedagoglar, ustozlar, ota-onalar zimmasida-dir. Shuning uchun o`qituvchining muloqot madaniyati va nutq mahorati yuqori bo`lishi talab etiladi.



Katalog: uploads -> books -> 47828
47828 -> Referat topshirdi: Tuvalov T. Qabul qildi: Boltayev M. Samarqand 2013
47828 -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 4 kurs
47828 -> Navoiy davlat pedagogika instituti
47828 -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
47828 -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
47828 -> Низомий номидаги тошкент давлат педагогика университети тарих факультети алиева Мохира Солиевнанинг
47828 -> Mavzu: “Sеrfayz o`zbеk dasturxoni” mavzusida natyurmort kompozitsiya bajarish Ilmiy rahbar
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
47828 -> O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik