O‘zbekiston respublikasi oliy sudi plenumining



Download 26,92 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi26,92 Kb.
#92118
Bog'liq
sudhujjat










O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING

QARORI

SUD HUJJATLARINI BAJARISHDAN BO‘YIN TOVLASH VA ULARNING IJRO ETILISHIGA TO‘SQINLIK QILISH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKKA DOIR QONUNLARNI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA

Sud amaliyotida sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha tushuntirish berilishini taqozo etuvchi masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:

1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash, uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish odil sudlov obro‘siga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksi (bundan buyon — JK) sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash va uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq qator jinoyatlar, qaysiki voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 122-moddasi), ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JK 148-moddasi birinchi qismi), sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JK 233-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)

Oldingi tahrirga qarang.

Jinoyat kodeksi 232-moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan sud hujjati deganda, qonuniy kuchga kirgan sud buyrug‘i, ajrim, qaror, hal qiluv qarori, hukm tushunilishi lozim.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)

3. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar e’tibori shunga qaratilsinki, JK 232-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida quyidagi jinoyat tarkiblari nazarda tutilgan:

muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin davom ettirish;

sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish.

Shuni nazarda tutish zarurki, jinoiy javobgarlik nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sud hujjatini, ya’ni muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi hujjatni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun vujudga keladi. Mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sud hujjatini, ya’ni pul mablag‘larini yoki mol-mulkni undirish to‘g‘risidagi hujjatni bajarishdan bo‘yin tovlanilgan holda, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Shu bilan birga, jinoyat qonuni istisnolarni ham nazarda tutadi, qaysiki bunda nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik jinoiy javobgarlikni emas, balki boshqa oqibatlarni vujudga keltiradi. Jumladan, axloq tuzatish ishlaridan bo‘yin tovlagan mahkumning javobgarligi uni jinoiy javobgarlikka tortish yo‘li bilan emas, balki axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish orqali ta’minlanadi (JK 46-moddasi to‘rtinchi qismi).

Jinoyat kodeksi 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga ko‘ra, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujjatining xususiyati ahamiyat kasb etmaydi. Shu bois, sud hujjatini ijro etilishiga to‘sqinlik qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik sud hujjatining mulkiy yoki nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan-bo‘lmaganligidan qat’i nazar yuzaga keladi.

4. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlikka tortishning majburiy sharti bo‘lib, ma’muriy jazoga tortilganidan va jinoiy javobgarlik to‘g‘risida yozma tarzda ogohlantirilganidan so‘ng shaxs tomonidan sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash bo‘yicha harakat (harakatsizlik)ning davom ettirilishi hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash deganda, shaxs tomonidan nomulkiy xususiyatga ega qonuniy kuchga kirgan sud hujjati talabini bajarishdan bo‘yin tovlash bo‘yicha qilingan har qanday harakat tushunilishi lozim. Biroq, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushbu harakat (harakatsizlik) shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 1981-moddasi bo‘yicha ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan so‘ng davom ettirilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun 71-moddasi talabiga rioya etilishi, chunonchi shaxs ham ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi, ham shaxs kelgusida sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan bo‘lishi talab etiladi.

(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)

Surishtiruv, tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga ko‘ra, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muqaddam unga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lishi talab etilmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

5. Jinoyat qonunchiligida shaxs davlat ijrochisi tomonidan ma’muriy jazoga tortilgandan qancha muddat o‘tgandan so‘ng sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi belgilanmagan.

(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)

Biroq, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunda (bundan buyon — Qonun) sud hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun besh kunlik muddat nazarda tutilgan. Shu bois, Qonun analogiyasini qo‘llab, jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati besh kundan oshmasligi lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

Shunga ko‘ra, shaxsni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirish to‘g‘risidagi xatda davlat ijrochisi o‘tkazib yuborilishi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradigan muddatni (5 kungacha) aniq ko‘rsatishi lozim.

(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)

Oldingi tahrirga qarang.

6. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonun ayrim toifadagi nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sud hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan bir qator (masalan, uyga kiritishda, uydan chiqarishda, imoratni buzib tashlashda, yer uchastkasini olib qo‘yish va o‘tkazishda va h.k) ijro harakatlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu toifadagi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani hal etishda, ma’muriy jazo qo‘llanilgandan va ogohlantirish muddati o‘tgandan so‘ng shaxs tomonidan sud hujjati talablarini bajarilmasligi holatining o‘zi kifoya hisoblanadi va davlat ijrochisi tomonidan tegishli ijro harakatlarining amalga oshirilishi ahamiyat kasb etmaydi.



(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)

A
Download 26,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish