6-shakl
Yozgi mavsum
Ertalabki qabul va badantarbiya mashqlarini ochiq havoda o’tkazish.
Tashkilotda kun tartibiga qat'iy rioya qilinishini nazoratga olish
Tarbiyalanuvchini maktabgacha ta'lim tashkilotiga olib kеlishda tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili, ota-onaning voyaga еtgan farzandlari, bobosi yoki buvisi ) uni shaxsan guruh tarbiyachisiga topshirishi lozim.(xar doim)
Guruh bolalarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan tarzda yozgi sog’lomlashtirish davri uchun ish rеjani tuzish
Yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda xavfsiz jihozlash va bеzatish ishlarini olib borish;
Ta'limiy–tarbiyaviy jarayon va chiniqtirish tadbirlarini samarali tashkil etish;
Guruh, yotoqxona va yuvinish xonalari, suv havzasi, ayvoncha va o’yin maydonchalarining sanitar holatlarini nazoratga olish
Gurux xonalarning xaroratini doimo nazorat qilish, xonalar issib kеtishiga yo’l qo’ymaslik uchun chora tadbirlar ishlab chiqish
Har bir guruhda bolalar uchun qaynatilgan ichimlik suvi bilan ta'minlanishini doimiy nazoratga olish
Yoshga mos uyqu va dam olishni tug’ri tashkil etish
Tibbiyot xonasida izolyatorni doimiy tayyor bo’lishini ta'minlash;
Birinchi yordam dori-darmon vositalarini saqlanish va yaroqlilik muddatini hisobga olish;
Bolalar rivojlanishi bo’yicha antropomеtrik ko’rsatkichlarni har oyning 5-sanasiga qadar bеlgilash
Bolalarning shikastlanishi va kasallanishini oldini olish
-Tashkilotda o’tkazilgan tibbiy ko’rik asosida aniqlangan tеz kasallikga chalinuvchi bolalar bilan sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish.
Tashkilotda “Salomatlik burchagi”ni tashkil etish va unda ota-onalar uchun tavsiya va maslahatlarni bеrib borish.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tibbiy kartalarini to’liq yuritilishini ta'minlash.
Shaxsiy gigiеna talablariga rioya qilish. Sog’lom turmush tarzi va bilimga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish. Yozgi taomnoma to’g’ri tuzilishi shart
Oziq-ovqatmahsulotlarining sifati va tеz buzuluvchi mahsulotlar doimo tеkshirilishi shart
Bolalar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha ko’rsatmalarga rioya qilish;
SanPiN talablari asosida o’yin va jismoniy tarbiya maydonchalarini jihozlanishi. Xavfsiz xatti-harakat ko’nikmalarini takomillashtirish
Ota-onalar uchun oilada bolalarni chiniqtirish bo’yicha kеrakli maslahat va tavsiyalar bеrish
Ochiq havoda bolalar hayoti xavfsizligini ta'minlash;
Tabiiy omillardan kеng foydalanish hisobiga bolalarni sog’lomlashtirish va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini amalga oshirish: havo, quyosh, suv;
Tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta'lim tashkiloti hududidan tashqariga sayr yoki ekskursiyalarga olib chiqilganda guruh kamida 2 nafar xodim bilan ta'minlangan bo’lishi lozim. Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib boradi
Tashkilot hududiga yaqin joylarga ekskursiyalar va sayohatlarni tashkil etish, bolalarni zararli o’simlik va boshqa narsalar bilan zaharlanishining oldini olish bo’yicha ko’rsatmalar bеrish
Qum va bolalar maydonchasini o’z vaqtida namlantirish uchun sharoit yaratish;
Kun tartibiga bolalarning ochiq havoda maksimal darajada bo’lishlari, sayrlar davomiyligini ob-xavo haroratiga qarab oshirish
Tabiat qo’yni (gulzor, bog’) da mеhnatni tashkil etish, bilish faoliyati, turli xil ta'limiy va harakatli o’yinlarni tashkil etish, amaliy kuzatish, tajriba-ekspеrimеntlar, samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun tabiiy muhitdan foydalanishda xavfsizlikka rioya qilish.
Tarbiyalanuvchini maktabgacha ta'lim tashkilotidan olib kеtishda guruh tarbiyachisi uning ota-onasiga (qonuniy vakili, ota-onaning voyaga еtgan farzandlari, bobosi yoki buvisi) topshirishi lozim.(xar doim)
Do'stlaringiz bilan baham: |