1-BILET
1. Markazga intilma va qochma kuchlar nima va qanday formulada ifodalanadi? Ulardan turmushda foydalanishga misollar keltiring.
2. Odam kompasning magnit strelkasining to‘qroq rangdagi uchi qayerni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, aynan shu yerga qarab, to‘g‘ri va faqat to‘g‘riga qadam bosyapti. U “kompas ko‘rsatishi” bilan shimol qutbi tomon ketmoqda. Ammo u qutbga kelmaydi. U kelishi mumkin bo‘lgan Yer sharining nuqtasini ayting.
3. Uzunligi 4 m va ko‘ndalang kesim yuzi 0,25 mm² bo‘lgan po‘lat simga 4 kg massali yuk osilgan. Simning absolyut uzayishini aniqlang. Yung moduli E = 210 GPa ga teng.
|