O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalai va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg`ona filiali



Download 124,07 Kb.
bet1/4
Sana15.07.2022
Hajmi124,07 Kb.
#802362
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALAI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG`ONA FILIALI

O`quv Reja, Baxo va Baxolash”


FANI

MUSTAQIL ISHI



Guruh: 620-19
Bajardi: Sarimsoqov Husanboy


Mavzu: Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi.
Baholashga oid fikrlar va qaydlarni shakllantirish, ta'lim oluvchilarning o‘qituvchi bilan qayta aloqalarini nazorat qilish va ta'minlashni amalga oshirish

Reja:
1. Shaxsning o’z-o’ziga bahosi.
2. O’z-o’zini baholash darajasi.
3. Kasbiy o’zligni anglash.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Zamonaviy fan ong va o'z-o'zini anglashning paydo bo'lishi va rivojlanishi to'g'risida turli xil qarashlarga ega. An'anaviy yondashuvda ushbu tushuncha genetik rejadagi boshlang'ich, o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini anglashga asoslangan inson ongining boshlang'ich shakli sifatida qaraladi. U bolaligida rivojlanadi, qachonki bola tanasi bilan tanishadi, uni anglaydilar, o'z "men" ini boshqalardan "men" dan ajratib turadilar, oynaga qaraydilar va bu u ekanligini anglaydilar.Bunday tushuncha shuni ko'rsatadiki, biz etnik o'zlikni anglash deb ataydigan narsaning o'ziga xos va universal jihati - bu o'z-o'zidan ishonch hosil qiladi va uni yaratadi.


Shaxsning o’z-o’ziga bahosi
Qobiliyatlari hakidagi umumlashgan vanisbatan turg’un tasavvurlari o’z-o’ziga bahosi deyiladi. Psixologiyada o’zo’ziga bahoning uchta turi ajratiladi:

1. O’z-o’ziga to’g’ri baho berish, ya’ni realistik baho;

2. O’z-o’zini me’yor darajasida biroz oshirib yoki pasaytrib
baholash;

3. O’z -o’zini me’yoridan ortiqcha oshirib yoki paaytirib baholash.

O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida — aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o’zi subyektiv tarzda shu nosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maqtovlari uning o’z-o’ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir. O’z-o’ziga baho nafaqat xaqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi, balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin.
Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning obyektivligiga bog’liq tarzda o’z-o’zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o’zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o’ziga holis baho berib, kerakli to’g’ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o’z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o’sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti.

Shaxs shakllanishi odatda uning o’zo’zini anglashidan boshlanadi. Shaxs o’z mohiyatiga kura ijtimoiy hisoblangan munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan uzaro birgalikda harakat kilgan va


munosabatda bo’lgan xolda uzini atrof muhitdan, boshqa odamlardan alohida ekanligini anglay boshlab, uzining jismoniy va psixologik xolati, harakatlari va jarayonlarining subyekti sifatida his etadi. Uzi uchun «boshkalardan» farqli va ayni chogda ular bilan bog’liq bo’lgan «Men» sifatida namoyon bo’ladi. 2–3 yoshli bolalardayok «Men» siymosi shakllana boshlaydi. ( «Seniki emas – meniki», «menga besh» va xokazo (I. Kon).

Shaxs shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, uni V. M. Karimova ta’kidlaganidek ijtimoiylashuv jarayoni sifatida qarash maqsadga muvofiq. Bola tug’ilgan onidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. Chunki agar insonning ontogenetik


taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, xali gapirmay turib, odam bolasi o’ziga o’hshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy
muloqotning barcha ko’rinishlarining faol obyekti va subyektiga aylanadi.
Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o’rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo’lgani, jamiyatga qo’shilib yashashimizningpsixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sosializasiya deb yuritiladi.
Demak, sosializasiya yoki ijtimoiylashuv — inson tomonidan ijtimoiy
tajribani egallash va hayot — faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv — har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, ko’tishlari va ta’sirini qabul qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko’rsatishi va kerak bo’lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o’z navbatida o’zgalarga ta’sirini o’tkaza olishi jarayonidir. Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko’rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o’zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan subyektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. (V. M. Karimova)
Psixologiyada shaxs shaklanishi va qanday inson bo’lib kamol topishiga quyidagi bir biri bilan o’zaro bog’liq omillar ta’sir ko’rsatadi: irsiyat,muhit(makro va mikromuhit), ta’lim tarbiya, shaxsning o’zining intilishi
O’z-o’zini baxolashda ballar 45 balldan 74 ball (“o’rtacha” vа “yuqori”) gacha bo’lsa, bu real (haqqoniy) baholanishni bildiradi.
75 dan 100 ballgacha ko’rsatkich esa o’z-o’ziga juda yuqori baho berganini bildirib, bunda shaxs shakllanishida ayrim og’ishlar borligini ko’rsatadi. O’-o’ziga ortiqcha baho berish shaxsning yetuk emasligini, o’z faoliyatini to’g’ri baholashni va o’zini boshqalar bilan solishtirishni bilmasligini ko’rsatadi.
Sinaluvchining o’zini bunday baholashi shaxs shakllanishi aytarli darajada buzilganligi – “tadqiqotga yopiqligini”, o’zini xatolari, omadsizliklari, atrofdagilarning tanbeh va baholariga beta’sirligini va o’ziga olmasligini ko’rsatadi.
Natija 45 balldan kam bo’lsa u o’ziga past baho berishini o’zini qadrlamasligini, shaxs rivojlanishida birmuncha salbiyligini bildiradi. Bunday o’quvchilar “Xavfli guruh” ni tashkil etadilar, bundaylar hozirgi jamiyatda kam uchraydi. O’ziga past baho berish ortida, umuman, ikki hil psixologik ko’rinish bo’lishi mumkin: o’ziga kuchli ishonchsizlik yoki “ximoyalanish”, bunda o’ziga “men hech narsani eplolmayman” deb baho berish, hech narsaga urinmaslikka, o’zgarmaslikka olib keladi.

Download 124,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish