MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
IJTIMOIY ISH KAFEDRASI
FAN NOMI: Bolalar va yoshlar ijtimoiy ta`minoti va himoyasi
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Bolalar ombudsmani va O`zbekiston Respublikasida xorijiy standartlarni qo`llash amaliyoti.
BAJARDI :UBAYDULLAYEVA G.
TEKSHIRDI : AXMEDOV Q.
Toshkent shahri – 2022 yil
REJA: KIRISH. 1. Ombudsman institutining rivojlanish tarixi; 2. Ombudsman tushunchasi; 3. O`zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarda bolalar ombudsmanining tutgan o`rni va vazifalari; 4. Bugungi kunda ombudsman va bolalar ombudsmanini tashkil etilishini o`rganish masalasi; 5. Xulosa.
Ombudsman so‘zi - bugun rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda «inson huquqlarini himoya qiluvchi» sifatida tushuniladi. Bu so‘z shved tilidan olingan bo‘lib “vakil” degan maʼnoni anglatadi. U eng avval shved qiroli huzurida faoliyat yuritgan. Keyinchalik parlament shakllangandan so‘ng 1809 yildan Parlament huzuriga ko‘chgan.
Agar tarixni yaxshilab o‘rganadigan bo‘lsak, shved qiroli ushbu tajribani islom davlatlarda faoliyat yuritgan muhtasiblar ishidan o‘rganganiga guvoh bo‘lasiz. Muhtasiblar islom dini va shariat ahkomlari asosida faoliyat yuritib, nazorat funksiyasini bajarishgan.
XVII asrlarda shved qirolligiga hujum uyushtirilganda qirol hozirgi Turkiya hududlariga qochib o‘tishga majbur bo‘ladi. Qochqinda turk sultoni himoyasida mamlakatdagi fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi, o‘rnatilgan tartiblarni nazorat qiluvchi insonlarni kuzatadi. Keyinchalik o‘z vataniga qaytib, mana shu tizimni o‘z davlatida “Ombudsman” nomi bilan joriy etadi va bu Yevropada ham ommalashadi.
Masalan, ispan elchisi Klavixoning Amir Temur huzuriga tashrifi to‘g‘risidagi kundaligida yozilishicha, Temur topshiriq berganda o‘z vaqtida bajarmagan rahbarlar va ularning bu kamchiligi haqida axborot beruvchi shaxslar bo‘lgan. Shuningdek, fuqaro murojaatlari bilan ishlamagan aynan ana shunday rahbarlarning shaxsan Amir Temur tomonidan ko‘pchilik ichida jazolangani Klavixo tomonidan kichik epizod sifatida qayd etilgan. Mana shu misolda ham ko‘rishimiz mumkinki, Amir Temur inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qatʼiy bo‘lgan.
Shvetsiyada ombudsman g'oyasini ishlab chiqish Shvetsiya qiroli Karl XII bu g'oyani ilgari surdi va 1713 yilda hayotga tatbiq etdi. Buning sababi urush paytida hukmdor yo'qligida qirollik ma'muriyatining qonunsizlik, korruptsiya va boshqa kuch tuzilmalarining illatlariga moyil bo'lishidir.
Keyin Charlz ombudsmanning huquqini qirolga yaqin bo'lgan yuqori lavozimlar va adliya vakillarining ishlariga aralashish imkoniyatiga kengaytirdi. 1719 yildan boshlab lavozim "Adliya kansleri" deb o'zgartirildi.
Charlz XII vafotidan keyin adliya kanslerining vazifalari va vakolatlari turli xil o'zgarishlarga uchradi, u avval qirolga, keyin Riksdagga bo'ysundi va hisobot berdi. 1809 yil Konstitutsiyasi qabul qilingandan so'ng, yangi lavozim - Adliya Ombudsmani tashkil etildi.
20-asrning boshlaridan boshlab, Shvetsiyada Ombudsman instituti vujudga kelganidan beri, uning yangi vakillari paydo bo'ldi, ular prokuratura, sud, politsiya, armiya, soliq va ijtimoiy xizmat va boshqalar oldida tinch fuqarolar va harbiy shaxslarning huquqlarini himoya qilish bilan shug'ullanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |