O’zbekiston buyuk allomalar yurti Fan o'qituvchisi: Bo'ranov. D



Download 1,69 Mb.
Sana01.07.2021
Hajmi1,69 Mb.
#106630
Bog'liq
O’zbekiston - buyuk allomalar yurti.slaydd2

O’zbekiston - buyuk allomalar yurti

Fan o'qituvchisi: Bo'ranov.D


Reja: 1. Milliy o’zligimizni anglashda ajdodlarimiz ijodining o’rni. 2.Vazirlar Mahkamasining Adiblar xiyobonini yoshlar orasida targ’ib etish tog’risidagi qarori. 3.Adiblar xiyoboni nternet portalining maqsadi.

O’zbekiston – buyuk alloma va mutafakkirlar Vatani, dunyo tamadduni beshiklaridan biri, jahon moddiy va nomoddiy merosining ajralmas bo’lagi, ma’naviyat va ma’rifat ochog’i, yuksak aqliy salohiyatga ega bo’lgan mamlakatdir.  

Milliy tiklanish partiyasi – jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni saqlash va rivojlantirish orqali siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda oldimizda turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish mumkin, deb hisoblaydi.  O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Saylov oldi dasturida qayd etilganidek, milliy o’zlikni anglash, inson o’zligini topishi tarixni o’rganishdan boshlanadi. O’zining milliy davlatchilik, milliy madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotining tarixiy tajribasini o’zlashtirmagan xalq milliy tiklanishga qodir emas. Prezidentimiz tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ida barpo etilgan Adiblar xiyoboni ham ushbu vazifalar bilan uyg’unlik kasb etishi bilan ahamiyatlidir.

Yurtboshimiz takidlaganidek, “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko’rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo’l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak”.   Hazrat Navoiy bobomizning muhtasham haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozitsiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirildi. 8 gektardan ziyod maydonda yaratilgan Adiblar xiyobonining yaxlit me’moriy ansambli adabiyotimiz namoyondalari uchun berilgan ulkan baho va ko’rsatilgan hurmat-ehtirom namunasidir.

Davlat xaridlari portaliga tayanib, O’zbekiston Milliy bog’ida Adiblar xiyobonin barpo etish uchun 175,6 milliard so’m ajratilgani qayd etilgan

Davlatimiz rahbari bu yerga tashrif buyurib, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Xiyobonda amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

 Yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan uchrashuvda milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor, galdagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.

 ”Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-son qarorida Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini biriktirish tog’risida bir necha vazifalar ko’rsatib o’tilgan, shu jumladan : 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, ilmiy-adabiy maslahatchi lavozimini joriy etishi; 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida ularga biriktirilgan atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va ko‘krak nishonlarini joriy qilishni ta’minlashi; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilishga boshqa oliy ta’lim muassasalarini ham jalb qilish choralarini ko‘rishi haqida aytilgan.

Bugungi yoshlar internetdan, elektron adabiyotlardan ko’proq foydalanishi inobatga olsak, milliy adabiyotimiz xazinasini internetda targ’ib etish eng samarali usul hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda adabiy portallar yaratish ham muhim vazifalardan sanaladi. Unda mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusxalari, yozuvchi va adabiyotshunoslarning mahorat saboqlari jamlanadi. Portal o’zbek, ingliz va rus tillarida faoliyat ko’rsatsa, undan xorijlik muxlis va mutaxassislar ham foydalanishi imkoniyati yaratiladi. Hozir vaziyat qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ertaga albatta u o’z yechimini topadi. Shunday ekan biz avvalgidan ham katta kuch va g’ayrat bilan izlanishda davom etamiz. Yuksaklikka erishish uchun tinimsiz o’qish, o’qitish, katta mehnat va albatta sabr talab etiladi. Zero, bugun biz farzandlarimizga tog’ri va munosib ta’lim-tarbiya berish orqali o’zimizning kelajagimizga investitsiya hozirlaymiz.

Uyga vazifa:

  • Adiblar xiyoboni barpo etilishidan maqsad?
  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgusttagi 502-sonli qarori haqida nima bilasiz?
  • Adiblar xiyobonining maydoni qancha va qancha mablag’ sarflangan?
  • Adiblar xiyobonining internet portalining ochilishidan maqsad?

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish