O‘zbekistoda demokratik jamiyat qurish nazariyasi, amaliyoti va huquq



Download 0.77 Mb.
bet10/16
Sana12.01.2017
Hajmi0.77 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
1. Moddiy munosabatlar.

2. Mafkuraviy (ideologik) munosabatlar.

Moddiy munosabatlar - inson hayotini moddiy taraqqiyotidagi munosabatlar: inson yashashi, bor bo‘lishi uchun, avvalo u moddiy ehtiyojini ta’minlashi kerak. U oziq-ovqat, kiyim, turar-joy bilan ta’minlanishi lozim. Ana shu ehtiyojini qondirish uchun u jamiyatda boshqa insonlar, guruhlar bilan munosabatda bo‘ladi. Xuddi shuningdek oila ham, guruhlar ham, xoli davlat ham nihoyat butun jamiyat hisoblanadi.

Mafkuraviy (ideologik) munosabatlar - siyosiy, huquqiy, axloqiy va diniy munosabatlar. Uning asosiy o‘zagini moddiy munosabatlar tashkil etadi. Demak, moddiy munosabatlar bazis, ideologik munosabatlar ustqurma hisoblanadi.

Madaniy munosabatlar ham mavjud.

Ijtimoiy munosabatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik:

1) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik;

2) turli ijtimoiy guruh, qatlam, toifalr o‘rtasidagi hayotiy bog‘liqlik;

3) insonlarning ijtimoiy-maishiy sohadagi o‘zaro bog‘liqligi mavjud.

Ijtimoiy munosabatlarda sohalarga doir ijtimoiy institut turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1) iqtisodiy institutlar;

2) siyosiy institutlar;

3) nikoh, oila va qon-qarindoshlik;

4) tarbiya institutlari;

5) madaniyat sohasi institutlari.

Ijtimoiy mavqe (status) tushunchasi biz oldin bayon etganimizdek, alohida olingan inson yoki ijtimoiy guruhlarning jamiyatda, mavjud ijtimoiy tizimda tutgan, egallab turgan mavqeini ifodalaydi. Bu tushuncha orqali kishilar ijtimoiy kelib chiqishi, irqi yoki o‘zining harakati (ma’lumoti, ko‘rsatgan xizmati) orqali erishgan darajasi o‘rganiladi.

Ijtimoiy sanksiya (sanksiya - lot. qat’iy qaror ma’nosini bil.) - deb ijtimoiy guruh yoki tizimning individ xulqiga ijtimoiy normadan ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishiga nisbatan reaksiyasi tushuniladi. Ijtimoiy sanksiya jamiyat hayotini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shaxsning ijobiy xatti-harakati uchun rag‘batlantirish yoki yomon salbiy xatti-harakati - uchun jazo belgilash bilan ijtimoiy nazorat vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy sanksiya turlari:

1) Jismoniy sanksiya: kaltaklash, ozodlikdan mahrum etish, o‘lim jazosi va boshqalar.

2) Iqtisodiy sanksiya: mukofotlash, moddiy rag‘batlantirish, jarima solish va boshqalar.

3) Ramziy sanksiya: hurmat bildirish, izza qilish, xayfsan berish..

Ijtimoiy munosabatlar asosini yana ijtimoiy rol tashkil etadi. Ijtimoiy rol: jamiyat ijtimoiy tarkibida bog‘lovchi ahamiyatga ega. Ijtimoiy rol, oldingi masalada ta’kidlaganimizdek, jamiyat ijtimoiy tarkibida-psixologik jihatlarni o‘zida mujassam etgan.

Sotsiologiyada jamiyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:

1. Mexanik yo‘nalish (maktabi) - (XIX asrda paydo bo‘ldi, sotsial harakatni biologik harakat shaklida tushunadi, olamni mexanik talqin qiladi).

2. Organik yo‘nalish (maktabi): (XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan, jamiyatni organizmga tenglashtirgan va ijtimoiy hayotpi biologik qonuniyatlar bilan tushuntirishga urinadi, jamiyat organizm bilan bir, deydi).

3. Kulturologik yo‘nalish (maktabi): - qadriyatlar madaniyatni vujudga keltiradi, deb talqin qiladi.

Hozirgi kunda jamiyatning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

1. Farovonlik (mo‘l-ko‘llik) jamiyati: – (Ko‘proq G‘arbda: Skandinaviya davlatini misol keltirish mumkin).

2. Iste’mol qilish jamiyati (AKShda XX asr 40–50-yillarda yuzaga kelganligi bilan harakterlanadi).

3. Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq jamiyat - demokratik jamiyat bo‘lib tashqi muhit sharoitlarida oson o‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqka moslashgan jamiyat. Yopiq jamiyat – dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli (magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi.

1. An’anaviy jamiyatda yerga bo‘lgan mulkchilik asosiy o‘rinni egallaydi. Boylik tashqi manbalar asosiga qurilib, tabiat manbaalarini egallash, o‘zlashtirish kuchayadi.

An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha chegaralangan edi. Chunki, an’anaviy jamiyatda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi, shaxslararo munosabatlarning o‘ta tabaqalashuvi, o‘zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashirish, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, urug‘chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bogliqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini cheklab qo‘ygan bo‘lib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko‘rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘l bermas, o‘zaro munosabatlarning esa biqiq bo‘lishini taqozo etar edi.

4 Industrial (sanoat) jamiyati. (XX asr 50-60 -yillarida yuzaga keldi. Bu konsepsiyaga o‘z mohiyatiga ko‘ra markscha ijtimoiy-iqtisodiy formasiya to‘g‘risidagi ta’limotlarga qarshi qaratilgan.

Industrial jamiyat ta’limotiga ko‘ra jamiyat turi: texnikaviy, industrial-rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat tipini sinfiy strukturadan ajratib olib qaraydi «Industrial» jamiyat 2 bosqichda kechadi:

1) «Industrial» sanoat jamiyati;

2) «An’anaviy» jamiyatdan sanoat jamiyatiga o‘tib boradi.



2. Industrial jamiyatda mulkning barcha ko‘rinishlariga bo‘lgan munosabat shakllanadi. Yirik mashina ishlab chiqarishi qo‘l mehnati o‘rniga kelib yuksak mehnat unumdorligiga asoslangan ishlab chiqarishni izohlaydi. Avtomatik ishlab chiqarish vujuga keladi. Ommaviy ishlab chiqarish belgiga aylanadi. Ishlab chiqarishda yuksak malakali ishchilarning roli ortib boradi, ular mutaxassislashadilar. Natijada mashina yordamida standartlashgan operasiyalar bajariladi. Xo‘jalik sohasida sanoat va moliyaviy kapital ustunlik qiladi. Mahsulot bozor uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Industrial jamiyatni iqtisodiy jamiyat deb atash ham mumkin. Chunki real bogliq iqtisodga qaratilgan bo‘ladi. Natijada erkin xalqaro iqtisodiy hamkorlik mamlakat davlatlari qatoriga qo‘shila boradi. Urbanizasiyalashuv ta’lim tizimiga yangicha yondashuvni, ommaviy madaniyatni vujudga keltira boradi.

5. Postindustrial jamiyat. U 3 bosqichda yuzaga keladi:

1) industrial jamiyaggacha bo‘lgan davr;

2) industrial sanoat jamiyati davri;

3) postindustrial jamiyat davri.

Postindustrial jamiyati ta’limotiga ko‘ra davlat monopolistik kapitalizm o‘rnini bosadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida fan va maorifga e’tibor beradi. Olim, mutaxassis roliga yuksak baho ko‘rsatiladi. Sinflarga munosabati, uning ishlab chiqarishga egaligini inkor qiladi. Jamiyatni boshqarish olimlar va mutaxassislar qo‘liga o‘tishi tarafdori. Sotsial tengsizlik saqlanib qolishini e’tirof etadi.

3. Post industrial jamiyatda intellektual mulk, insonning akl-zakovati, bilimi asosiy o‘ringa chiqib qoldi. XX asr o‘rtalaridan qator G‘arb davlatlari jamiyatning uchinchi boskich – post industrial jamiyatga o‘ta boshladi. Sotsiologiyada bu jamiyat nomi har xil, jumladan «informasion» jamiyat, inson bilimi va informasiya zahiralariga ko‘ra jamiyatning asosiy manbai bo‘lib qoladi. Zamonaviy mikroelektronika va kompyuter texnikasiga asoslanmoqda. Bular ommaviy axborotlarni vujudga keltiradi va qayta ishlab chiqaradi. Kommunokasiya tizimida xo‘jalik tizimi tubdan uzgaradi. Tabiat manbalaridan, ishlab chiqarish, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi qisqaradi, mashina ko‘lami kengayadi, aholi deyarli 50 foiz shu sohani tashkil etadi. Post industrial jamiyat-maishiy xizmat qilish jamiyati deb yuritiladi. Ishlab chiqarish (moliyaviy, bank, sug‘urta, savdo, ilmiy maslahat, dastur) va ni ishlab chiqarish sohalarida xizmatlar (Fan, ta’lim va boshqa) o‘sib boradi. Bunda urbanizasiya jarayoni industirial jamiyatga nisbatan teskari ravishda yuz beradi. Qishloqqa sanoat kirib boradi.

Teylor fikriga ko‘ra intellektual omil birinchi o‘ringa chiqadi. Inson yuksak kapital emas. Balki o‘z mohiyatini bilim va iktidorini, qadriyatlarini namoyon qiluvchi ijitmoiy kuchga aylandi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, an’anaviy jamiyatda iqtisodiy maaslalar insonning tabiatga bevosita munosabati orqali hal qilgan bo‘lsa, industrial jamiyatda inson tomonidan yaratilgan sun’iy ishlab chiqarish vositalari iqtisodning asosini tashkil etadi. Shu boisdan bu jamiyat iqtisodiy jamiyatdir. U iqtisodiy munosabatlarni belgilaydi. Hozirgi iqtisodiyot ijtimoiylashib bormoqda. Intellektual salohiyat asosiy o‘ringa chiqa boradi.

Zamonaviy jamiyatning paydo bo‘lishi bilan insonning ijitmoiy va siyosiy munosabatlardagi o‘rni yuksalib bordi. U jamiyatlarda o‘zaro munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasi va mexnat taqsimotining chukurlashuvi – uning sekinlik bilan yuksak ta’lim va tajribaga, shuningdek, yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijitmoiy munosabatlarni qonunlar, me’yorlar, shartnomalar asosida muvofiqlashtirish rasmiy tizimining yaratilishi, dinning davlat va boshqaruvdan ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko‘payishi va rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib,siyosiy institutlarni nazorat etish,inson huquq vaerkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik o‘rnatish imkoniyatlari paydo bo‘ldi.XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklari fuqarolik jamiyati, deb atala boshlandi.

Fuqarolik jamiyati g‘oyasi oliy maqsad sifatida bir necha asrlardan beri yashab kelmoqda. Fuqarolik jamiyati shunday jamiyatki, unda aholining Biron-bir guruhi boshqa bir guruhni o‘ziga bo‘ysundira olmaydi, shuningdek, erkaklar bilan ayollarni bir-biri bilan boglab turuvchi ko‘plab ijtimoiy, fuqaroviy, diniy, iktisodiy, madaniy aloqa va munosabatlar yanada rivojlanadi. B ug‘oya 80 – yillarda avj olgan demokratiyalashtirish jarayoni natijasida alohida mazmun kasb eta boshladi va u totalitar davlatlarga qarama-qarshi bo‘lgan ijitmoiy andoza sifatida talqin qilina boshlandi.

Fuqarolik jamiyati shaxs uchun keng imkoniyatlar yaratib, unda har bir shaxs boshqalar iblan birlashishi yoki boshqalar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsata olishi mumkin. Fuqarolik jamiyati shu tarzda inson ulug‘vorligini yuksaklikka ko‘taradi.

Hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarida barpo etilgan fuqarolik jamiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, u holda fuqarolik jamiyati bu:

birinchidan, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’navity sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‘ich nodavlat tizimlarini o‘z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir;

ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijitmoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, axloqiy, diniy, ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir;

uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning turli davlat organlari tazyiqlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyat bo‘lib. Unda ular o‘zligini namoyon qila olishlar uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

Shu bilan bir qatorda, hozirgi davrda fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari shakllandi. Bular asosan quyidagilardan iborat:

Iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar; kooperativ shirkatlar; ijara jamoalari; aksiyadorlik jamiyatlari; uyushmalar; korporasiyalarning mavjudligi.

Ijtimoiy sohada: oila; partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar; i shva yashash joylaridagi o‘z-o‘zini boshqarish organlari; nodavlat ommaviy axborot vositalari; jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning zamonaviy shakllari, ijtimoiy ixtiloflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz, qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligi.

Ma’naviy sohada: So‘z vijdon va fikrlar erkinligi; o‘z fikrlar erkinligi; o‘z fikrini ochiq bildira olishning real imkoniyatlari; ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham Amaliy jihatlardan ta’minlanganligi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyatining barqarorligini ta’minlovchi shart-sharoitlar ham borki. Ularsiz bu jamiyatning institutlari rivojlanmaydi. Bular jumlasiga jamiyatdagi ijitmoiy qatlamlarning turlicha manfaatlarini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy strukturalar mavjud bo‘lishi lozimligi kiradi. Qolaversa, jamiyat a’zolarining to‘la mustaqillik bilan faoliyat kursata olish qobiliyati, ularning eng rivojlangan darajadagi ijtimoiy, intellektual, ruhiy jihatlardan yuksalashi sodir bo‘lishi ham takozo qilinadi.50

So‘nggi shart-sharoit esa har bir fuqaroning o‘z mulkiga ega bo‘lishi, bu mulkni o‘zi istagan tarzda tasarruf qila olishi uchun shaxsiy yoki jamoaviy huquqi ta’minlangan bo‘lishi lozimligidir.

Fuqarolik jamiyatining belgilari, mezonlari va institutlarini tasavvur qila olgan har bir kishiga, ko‘rinib turibdiki, bunday demokratik jamiyatning asosini o‘z-o‘zini boshqarish va jamoat tashkilotlari o‘zaro munosabatlarining majmuasi tashkil qilar ekan.

Fuqarolik jamiyatida davlat va hukumatning alohida o‘z vazifalari, nodavlat va jamoat tashkilotlarining esa alohida uz vazifalari bo‘ladiki, ular bir-birini to‘ldirib, yuksak rivojlangan demokratik jamiyatning yashovchanligini ta’minlaydi. Davlatning ham nodavlat tashkilotlarning ham o‘z harakat doirasini o‘zlari uchun belgilagan faoliyati u yoki bu tomonga ozgina o‘zgarganda ham bunday ijitmoiy-siyosiy muvozanatlar buzilib, demokratik me’yordan chekinish yoxud chetga chiqib ketish ro‘y berishi mumkinligini asrimizning so‘nggi davrdagi rivojlanish amaliyoti ko‘rsatdi.

Fuqarolik jamiyati insonlardagi o‘z-o‘zini anglash, ularning ob’ektiv ravishdagi mas’ulyat hissini sezish qobilyatining yuksalishiga hamohang ravishda shakllanib boradi. Bu jamiyatda shakllangan mamlakatlar fuqorolari siyosiy, axloqiy va huquqiy madaniyatlari darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi.51

Ma’lumki , fuqarolik jamiyatining asosi jamoat tashkilotlari hisoblanadi vash u bilan bir qatorda,fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri –bir nodavlat tizimdagi barcha jamoat tashkilotlariga a’zolikning ixtiyoriy shaklda bo‘lishidir. Bu qoida,birinchidan,shu jamiyatdagi demokratiyaning yuqori darajasini namoyon qilsa, ikkinchidan, jamiyat a’zolarining ijtimoiy ongi va faolliklari yuksakligini bildiradi. Qolaversa,har bir fuqaro o‘zi kirmoqchi bo‘lgan tashkilot faoliyatida o‘zining manfaatlari va ehtiyojlariga mos maqsadlarga erishishiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina shu tashkilotga ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘la oladi.

.Jamiyatning tuzilishi quyidagicha:

1. Totalitar jamiyat: - (lot. umumiy, butun, jamiki). Avtoritar shakllaridan biri. Jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan yalpi nazorat o‘rnatiladi.

2. Avtoritar jamiyat: - (lot. boshlovchi, asoschi, ijodkor, avtor) demokratik bo‘lmagan siyosiy rejimga asoslangan yoki siyosiy ongning avtoritar shakli. Bu siyosiy hukmronlik qilishning o‘ta reaksion davlat tizimi. Shaxsning diktatorlik elementlari bilan uyg‘unlashib ketadi.

3. Demokratik jamiyat: - (yunon. xalq hokimiyati) - xalqning hokimiyat manbai ekanligi, davlat ishlarini hal qilishda qatnashishini bildiradi. Ijtimoiy tuzilma - jamiyatning ijtimoiy asosini tashkil qiladi.

Ijtimoiy (sotsial) harakatlar:

Falsafada: ijtimoiy faoliyat ma’nosini bildiradi.

Sotsiologiyada: - ijtimoiy faoliyatning eng oddiy birligi, (ongli harakat) mazmuniga ega.

Umuman, ijtimoiy harakatning 4 xili, tipi mavjud:

1. Maqsadli-oqilona harakat (oqilon vosita).

2.Qadriyatli oqilona harakat (etik, estetik, diniy).

3. Affektiv harakat tipi (emotsional holatlari).

4. An’anaviy harakat (madaniy, taqlid bilan)52

Shaxsning xuquqlari va burchlari:

1) Mas’uliyat.

2) Statuslar.

3) Bosh status.

4) Shaxsiy status.

5) Ijtimoiy status.

6) Qayd qilingan status.

7) Aralash status

8) Erishilgan status.

Statusning elementlari: (Status: - lat. fuqaro yoki yuridik shaxsning huquqiy holati – huquq va majburiyatlari majmui) – Statusni identifikasiya qilish birov bilan yoki bir narsa bilan solishtirish

- status roli

- status huquqlari

- status diapazoni

- status ramzlari

- status burchlari

- status obrazi

(imidj)


Status orqali olamni ko‘rish

Rollar yig‘indisi...

Qadimgi davrdan boshlab to o‘rta asrlargacha bo‘lgan zamonda davlat keng talqin qilingan, lekin u o‘zi tashkil qiladigan va ifaodalaydigan jamiyatdan alohida emas edi. Birinchilardan bo‘lib Nikkolo Makiavelli «davlat» terminini keng va tor ma’nodagi ahamiyatlarini talqin etgan edi. Bu paytgacha bo‘lgan davrda davlat turli va ancha aniq tushunchalarni anglatgan. N.Makiavelli adabiyotlarga «Stato» degan maxsus terminni kirgazib, u davlatni uning qandaydir aniq shaklidan qat’iy nazar jamiyatning alohida siyosiy tashkiloti sifatida talqin etdi.

Davlat, jamiyat va individlarning o‘zaro bir-biridan chegaralanish g‘oyasi mazkur ijtimoiy institutlarning muayyan murosaviy muhitda amal qilishni taqazo etadi. Bu g‘oyani Gobbs, Lokk, Russo va boshqalar davlatlarning shartnoma nazariyalari tarzida amalga oshirdilar. Bu nazariyaga binoan uchta tushuncha (individ, davlat, jamiyat) tarixan bir-biridan bo‘lingandir. Dastavval erkin va yarim yovvoyi yashagan individlar iqtisodiy va boshqa sohalarda o‘zaro harakatlarda bo‘lish oqibatida jamiyatni tashkil etdilar va keyinchalik o‘zlarining xavfsizliklarini tabiiy huquqlarini shartnomalar tuzish yo‘li bilan himoya qilish maqsadlarida maxsus organ-davlatni tuzdilar.

«Davlat» tushunchasi odatda ma’lum bir hududda oliy hokimyatga ega tashkilotni anglatadi. Davlatning mohiyatini yanada chuqurroq va har tomonlama anglash uchun uning muxim belgilarini bilish lozim.

Minglab yillar jamiyatning rivojlanishi bilan birga davlat ham uning bir qismi sifatida rivojlanib keldi. Davlat bilan shaxsning o‘zaro munosabati xususiyatlari, davlat tuzumida rasionallik erkinlik va inson erkinligi prinsiplarining tatbiq etilishiga qarab davlatning rivojlanishini ikkita muxim etapga bo‘lish mumkin: an’anaviy va konstitusiyaviy. Shuningdek, an’anaviy va konstitusiyaviy davlatning belgilari namoyon bo‘lishiga qarab oraliq bosqichlarga ham bo‘linadi. Masalan, totalitar davlatchilik. An’anaviy davlatlar tarxiy meros bo‘lgan urf-odat, me’yorlar asosida stixiyali ravishda rivojlanadi. Bu davlatlarda xalq ustida institutlashgan va cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, kishilarning teng huquqli ekanligi inkor etilib, erkin insonning davlat hokimyatining manbai ekanligi tan olinmagan. Bunday davlatlarga tipik misol sifatida monarxiyani ko‘rsatish mumkin.

Konstitusiyaviy va nokonstitusiyaviy davlatlar o‘rtasidagi chegaralar erkinlikka nisbatan munosabat, shuningdek inson huquqlarini saqlash amaliyoti, shaxs, jamiyat va o‘zaro munosabatlaridagi ustivor yo‘nalishlar asosida belgilanadi. Davlat rivojlanishining konstitusiyaviy bosqichi davlatning jamiyatga va fuqarolarga bo‘ysunish, davlatning aralashuv vakolati va yo‘nalishlarining konstitusiyaviy belgilab qo‘yilishi, davlat faoliyati va inson huquqlari kafolatlarining huquqiy reglamentasiya qilinishi bilan bog‘liqdir. Konstitusiyaviy davlatlar an’anaviy davlatlari shakllanishi, ichki tuzilishi va funksiyalari bilan keskin farqlanadi.

Siyosiy hokimiyat murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, u davlat hokimiyat va boshqa siyosiy tashkilotlardan tarkib topadi.



Davlat- ijitmoiy hodisa bo‘lib, jamiyatning harakatlanishida muhim rol o‘ynovchi alohida bir tashkilotdir. U har qanday jamiyat siyosiy tizimining bir qismi (element), hokimiyatni amalga oshiruvchi vositadir. Uning faoliyati jamiyatning hamma sohasiga ta’sir qiladi. U vakolatni xalqdan oladi va o‘ziga tegishli vakolatni o‘zining maxsus tuzilmalari – davlat organlari orqali amalga oshiradi. Davlat xalq manfaatini kuzlasa, unga ijitmoiy hayotda, davlat ishlarida, xo‘jalik yuritishda erkinlik bersa, tinchlik siyosati yurgizsa, davlat demokratik hisoblanadi va taraqqiyotga sabab bo‘ladi. Aksincha, xalqning erkinligini cheklasa, taraqqiyotga to‘sqinlik qilsa, zo‘ravonlik bilan ish olib borsa-reaksion davlat hisoblanadi. «Davlat» so‘zi ko‘pincha «mamalkat» so‘zi o‘rnida ham ishlatiladi. Masalan, ayri hollarda «mamlakatmiz» degan so‘z o‘rnida «davlatimiz» degan so‘zni uchratishimiz mumkin. Davlatning ko‘rsatmasi jamiyatning hamma a’zolari – fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el fuqarolari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlari, jamoat birlashmalari uchun majburiydir. Davlat qonun yaratadi va o‘zi ham qonunlarga bo‘ysunadi.53

Davlat jamiyat siyosiy tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Negaki, u hokimiyatni o‘ziga eng ko‘p mujassamlashtirgan siyosiy tashkilot bo‘lib, jamiyatdagi ijitmoiy muammolarni yechishning eng ko‘p imkoniyatlariga ham egadir. Shu tufayli jamiyat siyosiy tizimini tashkil etuvchi boshqa institut va tashkilotlar ham aynan davlat atrofida birlashadilar. «Davlat» keng ma’noli tushunchadir. Davlatning mohiyatini tushunishda 3 asosiy nazariy yondoshuv mavjud: ijtimoiy, sinfiy va siyosiy-huquqiy.

Davlat mohiyatini tushunishdagi 1-yondoshuvga ko‘ra, davlat-umumiy muammolar va ishlari hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning o‘zaro sunosabatini tartibga soladi. 2-yondoshuvning mohiyati shundaki, davlat sinflarning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan va sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli bo‘lib xizmat qiladi. 3-yondoshuvning asosi quyidagicha: davlat jamiyatning va davlatning o‘z hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir. Albatta, uchala yondoshuvda ham muayyan asos bor. Yanglishuv bir nazariy qarash boshqalaridan ustun qo‘yilib, mutlaqlashtirganda boshlanadi. Demak, davlatni quyidagicha izlhlash mumkin.

Davlat – suverenitetga, bashqaruvning hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini hoimoya qilishning maxsus apparatiga ega bo‘lgan, shuningdek, huquq normalari (qoidalari)ni yaratishga qodir bo‘lgan ommaviy hokimiyatning siyosiy-hududiy tashkilotidir.

Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning muxsus boshqaruv va majburlov apparatiga, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan yagona siyosiy tashkilotdir.

Davlat – hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o‘z siyosatini amalga oshiradi. «Hokimiyat», «davlat», va «siyosat» iushunchalari o‘zaro juda yaqin bo‘lib, bir-birlarini belgilab beradi.

1. Demokratik davlat tushunchasi – bunday davlatda davlat organlarini tashkil qilishda, ularning faoliyatida,mamlakat fuqarolari turli-tuman yo‘llari orqali keng ishtirok etadilar. Fuqarolarning davlat organlarini tashkil qilishdagi ishtiroki qonun yo‘li bilan kafolatlanadi va ularning ishtirokiga keng imkoniyatlar yaratadi. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmsati, hayoti, sog‘lig‘i har narsadan yuqori turadi. Davlat fuqarolarining huquq-erkinliklarini ta’minlash choralarini doimiy ravishda ko‘rib boradi. Davlat fuqarolar nazoratida va ularga turli vositalar orqali hisob beradi. Demokratik davlat o‘zi-o‘zi boshqarish, ko‘ppartiyaviylik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo‘lishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi.

2. Huquqiy davlat tushunchasi54 - davlat tuzilishi va faoliyatining huquqqa asoslanganligi. Bunda huquqning hukmronligi qonun ustivorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo‘linish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.

Demak, huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

1) Xalq xokimiyatining amalga oshishi.

2) Xuquqning hukmronligi. Ya’ni shaxs huquq va erkinliklarining hech Kim shu jumladan, davlat tomonidan hech qanday holda buzilmasligi.

3) Konstitusiya va qonun ustivorligi.

4) Hokimiyat vakolatlarining bo‘linish tamoyili

5) Sud mutaqilligi

6) Inson huquqlariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta’minlash.

7) Davlat va fuqarolarning o‘zaro mas’uliyati.

8) Huquqni muxofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi.

9) Huquqiy madaniyatning yuksak daraja ekanligi.

10) Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi

Huquqiy davlatning barcha uchun umumiy bo‘lgan andoza yo‘q. Uni har bir davlat milliy davlatchilik borasida tajribalariga tayanib, xalqning zehniyati, qadriyatlari va an’analarni hisobga olib, o‘z strategik maqsadlariga mos holda shakllantiriladi. Lekin huquqiy davlatchilikning Dunyo tan olgan va umumbashariy qoida – talablariga javob beradigan biz yuqorida o‘nta tamoyillarni bayon etdik. Bu tamoyillar huquqiy davlatning konstitusiyaviy asosi. Ular bizning Konstitusiyamizda to‘liq aks etgan.

O‘zbekistonda huquqiy demokratik jamiyatni qaror toptirish uchun jamiyatni demokratlashtirish zarur. Bunda Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek 1) An’anaviy mexonga e’tibor beri shva u bilan hisoblashish lozim. 2) Avval mamlakat aholisi turmushini yuksaltirish darkor. Chunki turmush ongni belgilaydi. 3) Fuqarolar ongi, tafakkurini o‘zgartirish kerak. Turmushning yuksalishi o‘z navbatida odamlar ongi va tafakkur tarzini o‘zgartirishga olib keladi. 4) Huquqiy demokratik jamiyatga tabiiy yo‘sinda, hes zo‘riqish va talofatsiz erishishmiz mumkin.55 «Odamlar siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgan sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazib borishi zarur».




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik