O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI



Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/151
Sana29.08.2021
Hajmi0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
Mavzuning  maqsadi — o‘quvchiga  bibliografiya  va  bibliogra-
fiyashunoslik tushunchalarini yoritib berish, uning kelib chiqishi va
shakllanish  tarixi,  hozirgi  davrdagi  ma’no  va  mazmuni  haqida,
bibliografiyaga oid hujjatlar haqida ma’lumot berish.
Asosiy  tushunchalar — bibliografiya,  bibliografiyashunoslik,
qog‘oz,  bibliografiya  nazariyasi,  bibliografiya  texnologiyasi,
bibliografiya uslubiyati, bibliografiyani tashkil etish.
Bibliografiya  tushunchasi,  uning  kelib
chiqish tarixi haqida ma’lumot
„Bibliografiya“  so‘zi  birinchi  marta  Qadimgi  Gretsiyada
qo‘llanilgan.  So‘zma-so‘z  tarjima  qilinganda  biblion — „kitob“,
grapho — „yozaman“  degan  ma’noni  anglatadi.  Kitob  nashr
etish  ishi  boshlangunga  qadar  bu  tushuncha  kitobni  yozish,
ko‘chirib  yozish  ma’nosida  qo‘llanilgan.  U  vaqtlarda  kitobni
yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan.
Bu  ishni  bajarganlarni  bibliograflar  deb  atashgan.  O‘sha  paytda
bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat
yozishni  va  o‘qishni  bilish  talab  qilingan  bo‘lsa-da,  bu  ish  juda
yuqori  malakali  va  istiqbolli  ish  hisoblangan.  Qog‘oz  kashf
bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Meso-
potamiyada  loy  plastinkalardan,  Xitoyda  iðakdan,  Hindistonda
palma  daraxti  barglaridan  foydalangan  holda  axborotning
qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan.
Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma mada-
niyat  tarixi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  Vizantiyaning  bibliografik
yodgorliklari,  Shumerning  bibliografik  matnlari,  amerikalik
tadqiqotchi  S.  N.  Kramerning  va  boshqa  Assuriya  madaniyati
namoyandalarining  asarlarida  tasdiqlangan.  Eramizdan  oldingi
uchinchi  ming  yillikda  yer  yuzidagi  birinchi  kutubxonalar
Qadimgi  Shumerda  paydo  bo‘lgan.  Shumer  xonligidagi
kutubxona  xodimlari  loy-tablichkalardagi  klin  yozuvlarini  katta
yopiq  qutilarda  va  savatlarda  saqlaganlar.  Nishopur  saroyida
Lagash  arxeologlari  tomonidan  minglab  (20000  dan  ko‘p)  ana
shunday loy-tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega
bo‘lgan kutubxonalar jamg‘armasidan o‘ziga kerakli tablichkani


7
topishning  o‘zi  bo‘lmagan.  Qadimgi  Shumer  kutubxonachilari
bunday  holatdan  chiqa  bilganlar.  Ular  har  bir  qutini  yoki
savatni  alohida  o‘ziga  xos  va  undagi  materiallar  mazmuniga
muvofiq  nomlar  bilan  ataganlar.  Bunday  tartibga  solish
kutubxonachilik  ishidagi  birinchi  kataloglardir.  Bu  foydala-
nuvchiga kutubxonada mavjud hujjatni qidirishga va oson topishga
yordam bergan. Shunday qilib, kutubxona xodimi birinchi bo‘lib
kutubxona  katalogi  ko‘rinishida  o‘z  kutubxonasida  maxsus
tablichka-ko‘rsatkichlarni  qo‘llash  bilan  katalog  shaklidagi  bib-
liografik axborotni kashf etdi. Keyinchalik kataloglar bibliografik
axborotning  manbasi  sifatida  anchagina  qadimgi  yirik  kitob
saqlash  muassasalariga  bo‘ysungan.  O‘sha  vaqtda  Jenevada
mavjud  bo‘lgan  kutubxona  katalogi  haqidagi  ma’lumotlar  biz-
gacha yetib kelgan. U Assuriya shohi Ashshurba Niðalga qarashli
bo‘lgan. Bu eramizdan oldingi VI asrga oid juda katta bir qancha
o‘n  ming  dona  loy-tablichkalaridan  iborat  kutubxona  bo‘lib,
adabiyotlar,  asosan,  o‘sha  davrga  xos  grammatika,  she’riyat,
tarix,  huquq,  tabiat  haqidagi  fan,  geografiya,  matematika  va
dinga oid edi. Kutubxonaning sistemali katalogi unda ishlaydigan
juda  katta  olimlar  va  yozuvchilar  (xattotlar)  guruhi  tomonidan
yaratilgan.
Qadimgi  Misrdagi  Edfu  shahrida  „Papirus  uyi“  nomli  ku-
tubxona  bo‘lgan.  Uning  binosi  hozirgacha  saqlanib  qolgan  va
qo‘lyozmalarning  birortasi  ham  yo‘qolmagan.  Bizgacha  yetib
kelgan  katalog  yordamida  kutubxona  fondi  haqida  to‘la
ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Katalog 2 qismdan iborat:
har  ikkala  qismda  turli  masalaga  oid  adabiyotlar  ro‘yxati
berilgan. 1- qism 12 ta quti, 2- qism 22 ta qutidagi adabiyotlar
mazmuni haqida ma’lumot beradi.
Miloddan  avvalgi  III  asrda  Ellinistik  Misrda  Aleksandriya
kutubxonasi  turli  tildagi  milliondan  ortiq  hujjatlar  to‘plangan
zamonasining  gullab-yashnagan  kutubxonasi  edi.  Uning  kutub-
xonachisi olim va shoir Kallimax hajmiga ko‘ra tarixiy-adabiy va
bibliografik  ish  deb  tan  olingan  va  mashhur  bo‘lgan,  ammo
bizgacha  saqlanmagan  „Bilimning  hamma  sohasida  sharaf
topganlarning  jadvali“ni  tuzgan  edi.  U  haqda  materiallar  yetib
kelgan.  Unga  ko‘ra,  bu  bir  tomondan  Aleksandriya  kutubxona-
sining  8  dan  1  qismini  aks  ettirgan,  ikkinchidan,  Kallimaxga
ma’lum  bo‘lgan  o‘sha  vaqtdagi  birinchi  manbasining  qayerda
saqlanishidan  qat’i  nazar  grek  adabiy  asarlari  va  mualliflar


8
haqidagi  biografik  ma’lumotlarni  bergan.  Kallimax  jadvali
o‘zida bibliografik axborot rivojining 2 ta asosiy yo‘nalishini aks
ettirgan:  1. Tarixan  birinchi  va  bibliografik  axborotning  aniq
kutubxona fondi bilan bog‘liq katalogi. 2. Tasvirlangan hujjatlarning
aniq  saqlanish  joyiga  bog‘liq  bo‘lmagan  hujjatlar  haqida  (bu
yo‘nalish shu vaqtgacha alohida izohli ma’noga ega emas edi).
Tadqiqotchilarning  e’tiroficha,  dastlabki  bibliografik  qo‘l-
lanma sifatida bu jadval bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, shu
ish  bilan  bibliografiya  tuzish  boshlangan.  Xuddi  shunga
o‘xshagan bibliografik ko‘rsatkich kechroq, eramizdan oldingi I
asrda  Xitoyda  „Si  lyue“  („Yetti  rezyume“)  nomi  bilan  paydo
bo‘ldi.  Bu  ishlar  bizga  qadar  nazariy  va  amaliy  ahamiyatini
saqlab qolgan. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda Yevropada kitob
bosish  ishi  ixtiro  qilingunga  qadar  bibliografiya  tarixi  haqida
to‘g‘ri  ma’lumotlarni  Rossiya  davlat  kutubxonasining  biblio-
grafiya  bo‘yicha  ilmiy  tadqiqot  bo‘limining  bosh  ilmiy  xodimi,
mashhur  bibliograf  va  vizantiyashunos  B. A. Semyonovning
tadqiqotlaridan  olish  mumkin.  Uning  1979 — 1982-yillarda
o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra:
1. Vizantiyada  aniqlangan  barcha  yodgorliklarni  to‘la  yoki
qisman  bibliografik  apparatga  ega  bo‘lgan  qo‘llanma  deb
hisoblash  mumkin.
2. O‘rta asr grek bibliografiyasi muntazam rivojlangan bo‘lib,
o‘sha  davrdagi  bibliografiya  qadimgi  grek  va  ellinistik  bibliogra-
fiyaning  yangi  tarixiy  jarayondagi  davomi  edi.
3. O‘sha  davr  bibliografiyasi  uchun  keyinchalik  kitob  bosish
ishi paydo bo‘lgandan keyin ham rivojlangan unifikatsiya xarak-
terli bo‘lib qoldi.
4. Bibliografik  matnlarni  tahlil  qilish  shuni  ko‘rsatdiki,
bibliografik  yo‘llanmalar  (ssilkalar)  mualliflarni  ko‘rsatishda  va
aniq bir asarga taalluqli masalalarni ko‘rsatishda qo‘llanilgan.
5. Birinchi  rus  bibliografik  yodgorligi  1073- yil  yaratilgan
yolg‘on va haqiqiy kitoblarning 3 ta ro‘yxati edi.
Antik  madaniyat  o‘lishi  bilan  bibliografiya  tushunchasi  ham
yo‘qolib  ketdi  va  keyin  yana  qaytadan  boshqacha  sharoitda,
boshqacha ma’noda, ya’ni kitob boyliklarini tavsiflash ma’nosida
qo‘llanila boshlandi. Bibliografiyaning keyingi taraqqiyoti Yevro-
pada  kitob  bosishning  boshlanishi  va  axborot  madaniyatining
poligrafik  davri  bilan  bog‘liq.  Bu  vaqtli  matbuot  nashrlari,
bibliografik materiallar, maxsus gazeta va jurnallar, davlat biblio-


9
grafiyasi  manbasi  bo‘lmish  majburiy  nusxalar  va  to‘plamlar,
nashriyot  va  kitob  savdosi  tashkilotlarining  bosma  kataloglari  va
boshqa  bibliografik  mahsulotlarning  paydo  bo‘lishida  ko‘rinadi.
Bibliografiya  fani  hayot  taqozo  etayotgan  vazifalarni  amalga
oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  amaliy  ehtiyojlar  tufayli  vujudga
keldi va rivojlandi. Bibliografik nazariya va amaliyot uzviy bog‘liq,
bir-birini boyitadi va nisbatan o‘z mustaqilligini himoya qiladi.
Rus  bibliografiyasining  paydo  bo‘lish  davri  XI — XVII
asrda  xrestomatiya  tiðidagi  to‘plamlarning  paydo  bo‘lishiga
bog‘liq.  XVIII  asrda  o‘sha  davrda  har  bir  davlatda  kitob
omborlari  hisoblangan  cherkov  kutubxonalari  fondini  tavsif
etish boshlandi. Bu bizgacha yetib kelgan qimmatli XV asrga oid
„Kirill-Belozer cherkovi qo‘lyozmalari tavsifi“dir. XVII asrning
ikkinchi  yarmida  „Oãëaâëeíèå  êíèã,  êòî  èõ  ñëîæèë“  nomli
rus  kitoblari  bilan  tanishtirish  maqsadida  tuzilgan  bibliografik
ish  haqida  ma’lumotlar  bor.
Rus  bibliografiyasi  tarixi  haqiqiy  taniqli  tashabbuskor
bibliograflar — „Rus  bibliografiyasining  otasi“  deb  tan  olingan
V. S. Sopikov,  undan  oldin  N.I.  Novikov  nomi  bilan  bog‘liq.
N. I. Novikov  1772- yili  o‘z  ahamiyatiga  ko‘ra  birinchi  biobiblio-
grafik lug‘at va birinchi rus qomusnomasi — „Rossiya yozuvchilari
haqida  tarixiy  lug‘at  tuzish  tajribasidan“  nomli  ishni  yaratgan.
V. S. Sopikovning  buyuk  xizmati  shundaki,  u  „Bosmaxona  tashkil
etilgandan 1813- yilgacha slavyan va rus tillarida bosilgan asarlar va
tarjimalarning  to‘liq  lug‘ati“ni  tuzadi,  bundan  tashqari,  u  bu
asarini  1813 — 1821-  yillari  „Rossiya  bibliografiyasining  tajribasi“
nomi  bilan  nashr  ettiradi.  Unda  Rossiyada  birinchi  marta  va  biz
uchun  ham  eng  muhim  prinsiðial  nazariy  masalalar — kutubxo-
nachi  va  bibliografning  vazifalari,  kitobxonga  tavsiya  etilayotgan
kitobning  ahamiyati,  muallif  fikri  va  uslubi  bilan  kitobxonni
tanishtirish  uchun  tuzuvchi  tomonidan  bibliografik  qo‘llanma-
larning  yangi  janri — bibliografik  ocherklar  va  antologiyalarni
tuzish  uchun  qo‘llaniladigan  turli  xil  vositalar  ochib  beriladi.
XVIII  asr  oxiri — XIX  asr  boshlarida  „bibliografiya“  so‘zi
kitobshunoslik  (kitob  haqidagi  fan),  kitob  tarixi,  adabiyot  tarixi,
adabiy va ilmiy tanqid kabi fanlarni aks ettirdi. Aynan mana shu
keng tushuncha V.S. Sopikovning „Bibliografiya insoniyatning eng
qadimgi hamma bilimini tushuntiruvchi fandir“ deb xulosa qilishiga
sabab  bo‘ldi.  Uning  fikricha,  bibliografiyaning  ahamiyati,
umuman,  kitobni  bilishda,  fanlarning  holati  va  bosqichma-


10
bosqich  rivojlanib  borishini  ko‘rsatuvchi  fan  ekanligida  ko‘rinadi.
Rus  bibliografiyasi  tarixida  V.G.  Anastasevich,  N.M. Lisovskiy,
N. Gennadi, V. I. Mejov, S. A. Vengerov,  A. V. Mezer,  N. A. Ru-
bakin, N. Òropovskiy o‘zlarining nazariy va amaliy ishlari bilan iz
qoldirgan hamda milliy bibliografiyalarning rivojiga ta’sir ko‘rsatgan.
XIX  asrning  ikkinchi  yarmi — XX  asr  boshlarida  bibliografiya
tushunchasi  matbuot  asarlari  haqida  ma’lumotlar  to‘plash
ma’nosida  qo‘llanilib,  bibliografiyaning  vazifasini  ancha
qisqartirdi.  Shu  bilan  bog‘liq  holda  bibliografiyaning  ijtimoiy
vazifasi haqida turlicha fikrlar paydo bo‘ldi. Ancha vaqt amaliy
faoliyat  sohasi,  ilmiy  fan,  alohida  bibliografik  ko‘rsatkichlar,
bibliografik qo‘llanmalarning yig‘indisi sifatida qo‘llanib kelindi.
Sobiq  ittifoq  davrida  ham  bunday  yondashish  bibliografiya
fanining  rivojlanishiga,  bibliografik  faoliyatning  takomillashuviga
salbiy  ta’sir  etdi.  1950 — 1960-  yillarda  bibliograf  olimlar,
o‘qituvchilar,  amaliyotchilar  bibliografiya  tushunchasi,  „biblio-
grafiya — faoliyat“,  „bibliografiya — bibliografik  qo‘llanma  yoki
ularning yig‘indisi“, „bibliografiya — bibliografik fan“ kabi nazariy
masalalarni  ishlab  chiqdilar.  Natijada  birinchi  marta  „1648-70.
Òushuncha  va  izohlar“  nomli  davlat  standarti  qabul  qilindi.
Keyinchalik  1978- yildan  kuchga  kirgan  „GOSÒ  7.0-77
Bibliografiya. Òushunchalar va izohlar“ izohli lug‘ati qabul qilindi.
Unda  bibliografiyaning  ilmiy-amaliy  faoliyati  iste’molchiga
bibliografik  ma’lumotni  tayyorlab,  yetkazib  beruvchi  faoliyat
ekanligi,  bibliografiyaning  tarixi,  metodikasi,  tashkil  etish  naza-
riyasini o‘rganuvchi ilmiy fan sifatidagi xususiyatlari ochib berildi.
Bibliografiyaning  ijtimoiy  vazifalari  va  ahamiyati  ham  yoritildi,
bibliografiyaning  maqsadi  jamiyatda  matbuot  asaridan  foyda-
lanishga  ta’sir  etish  deb  tushuntirildi.  1986-yili  „Bibliografik
faoliyat.  Asosiy  tushuncha  va  izohlar“  nomi  bilan  GOSÒ  7.0-84
qabul  qilindi.  Bunda  bibliografiya  tushunchasi  umuman  tushib
qolgan,  bibliografik  faoliyat  esa  bibliografik  axborotga  bo‘lgan
talabni bajaruvchi axborot faoliyati sifatida keltiriladi. 2000- yil 1-
iyuldan  Rossiyada  „Axborot-kutubxonachilik  faoliyati,  biblio-
grafiya“  nomi  bilan  GOSÒ  7.0-99  kuchga  kirdi.  Unda  biblio-
grafiyaga  quyidagicha  ta’rif  beriladi:  Bibliografiya — bibliografik
axborot  tayyorlashni, uni  tarqatishni  va  undan  foydalanishni
ta’minlovchi axborot infratuzilmasidir. Buni anglash uchun boshqa
turdagi axborot infratuzilmalari va bibliografik axborotni tushunib
olish  zarur.  Davlat  standartida  axborot  infratuzilmasi  axborot


11
resurslariga iste’molchilarning kirib borishini ta’minlovchi axborot
markazlari,  ma’lumotlar  banki  va  bilimlarning,  aloqalar
tizimining  yig‘indisi  deb  ta’rif  beriladi.  Axborot  markazi 
axborotni  yig‘ish,  tahliliy  qayta  ishlash  va  tarqatish  vazifasini
bajaruvchi tashkilot. Axborot resurslari umumiy ma’noda ishonchli
axborotni  olish  uchun  tashkil  etilgan  ma’lumotlar  yig‘indisi
bo‘lib,  u  matbuot  asari  va  elektron  hujjat  ko‘rinishida  bo‘ladi.
Xulosa  qilib  aytganda,  bibliografiya — matbuot  asarlari,  elektron
hujjatlar  haqida  axborot  tayyorlab,  berish  hamda  ularni  ma’lum
ijtimoiy  maqsadlarda  targ‘ib  qilish  bilan  shug‘ullanuvchi  ilmiy  va
amaliy  faoliyat.  Bibliografiya  mahsulotlari,  nazariyasi,  uslu-
biyati  bilan  shug‘ullanadigan  fan  bibliografiya  fanidir.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
matematika fakulteti
tashkil etish
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi muhammad
fanining predmeti
pedagogika universiteti
bilan ishlash
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
nomidagi samarqand
fizika matematika
Ishdan maqsad
haqida umumiy
fanlar fakulteti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
moliya instituti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Toshkent axborot
Alisher navoiy
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
nazorat savollari
Samarqand davlat