O'zbek xalqining qadimdan tarkib topgan bayramlari va an'arialari



Download 39,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi39,5 Kb.
#237813
Bog'liq
9-may-Xotira (1) H.O'rmonov


9 may – Xotira va qadrlash kuni
H.B.O’rmonov Qatag’on qurbonlari

xotirasi muzeyi hodimi

Inson hayotida, uning ma'naviy shakllanishida bayram-lar va ularning tarkibiy qismi bo'lgan an'ana, urf-odat va marosimlar muhim o'rin tutadi.

An'ana — o'ziga xos ijlimoiy hodisa bo'lib, kishilarning ongida, hayotida qaror topgan, avloddan-avlodga o'tadigan, doirniy takrorlanadigan tartib-qoidalardir1.

An'ananing tarkibiy qismi urf-odat bolsa, urf-odatlarning muhim qismi marosim sanaladi.



Urf-odat ko'pchilik tomonidan qabul qilingan boMib, u kishilar turmushiga singib ketadi, bu krproq oilaviy munosa-batlarda sodir bo'ladi. Masalan, o'zbek xalqiga xos urf-odatiar-ga salomlashish qoidalari, kelin-qizlarning ertalab hovlilami supurib, suv sepishi; mehnionlaiga alohida hurrnat ko'rsatish, bayrani arafalarida bemor, yolg'iz, muhtoj keksalardan, qiy-nalganlardan xabar olish, hashar kabi udumlar kiradi

Marosim — hayotda muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko'tariiikilik vaziyatida ohtadigan, ramziy ma'no kasb etadigan liayotiy tadbir. Masalan, bo-laga ism qo'yish marosimi," nikohdan olish marosimi, dafn marosimi va boshqalar.

An'ana nima, marosim-chi? Bunga hayotdan oddiy bir misol keltirisM mumkin. Yigitlarni uylantirish, qizlarni uzatish — avloddan-avlodga o'tib kclayotgan aivana. Ana shuni nishonlashga bag'ishlangan toy tantanasi rha'lum urf-odatga binoan oikaziladi. Kuyov-kelinning nikohdan o'tish marosimi ana shunday shartlardan biridir. Marosirnlar qayg'uli hodisalar bilan ham, bayram va xursandchiliklar bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Masalan, dafn marosimi yoki maktabni bitirish kechasi, yerga urug' qadash va boshqalar.

An'analarning ba'zilari rivojlanib, yangicha mazmun kasb etadi va bayramlarga aylanadi. «Gul bayrami», «Lola sayli», «Qovun sayli», «Xirmon to'yi» va boshqalar shun­day bayramlardandir. Lekin keyingi ocn yilliklarda zamon talabi bilan yuzaga kelgan va odat tusiga aylanib borayot-gan yangi an'analar ham paydo bo'lmoqda. Yangi tug'ilgan go'daklarning ota-onalariga guvohnoma, voyaga yetgan yoshlarga pasport topshirish, turli mavzulardagi ko'rik-tanlovlar, «Avlodlar uchrashuvi», «Oltin va kumush tocylar», qariyalarni nafaqaga tantanali kuzatish ana shun­day yangi an'analarga kiradi.

Bayramlar inson hayotida eng yirik voqea-hodisa, sana-larning nishonlanishi bilan ham bog'liq. Ular asosan kishi­lar erishgan yutuqlarni ifodalaydi. Bayramlar xalqqa ko'tarinki kayfiyat baxsh etadi. Ularda hayotning eng yaxshi tomonlari, xalqning ezgu qarashlari aks etadi. Bayram kunlari hamma quvonadi, go'zal liboslar kiyadi, lazzatli taomlar tayyorlanadi, barcha qiyinchiliklar, dard-alam, gina-kuduratlar unutiladi. Qadimda bayram kunlari urushlar to'xtatilgan, o'zaro yarashish bo'lgan.

Xotira va qadrlash kuni, uni nishonlash haqida

Xalqimiz qadim-qadimdan o'tgan avlodlarni munosib xotirlab kelgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 12- maydagi farmoyishiga binoan 9-may «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Shu mu-nosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining «Vatan va xalq ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish tocg'risida»gi qarori e'lon qilindi.

Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarin-doshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni toza-lab, atrofiga tolterak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazi-latlarini xotirlashgan. Islom kirib kelishi bilan «Qurbon hayiti», «Ramazon hayiti» arafalarida marhumlar eslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o'qilgan. Tong bilan qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug', ustozlar esga olingan.

Uzoq muddat sobiq mustabid tuzum davrida bunday marosimlar qoralab kelindi. Istiqlol yillarida ular qayta tiklandi. Endilikda o'tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo'tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo'yishda «Xotira va qadrlash kuni»ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb et-moqda. «Xotira va qadrlash kuni» o'z mohiyati bilan boshqa bayram va an'analarimizdan farq qiladi. U olamdan o'tgan ajdodlarini eslashgina emas, Vatan uchun kurashda halok bo'lgan, sobiq mustabid tuzum davrida qatag'on qilingan, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan kishilarning xotirasini hurmatlash hamdir.

Hozir yurtimizda «Xotira va qadrlash kuni»ni nishon­lash borasida talay yaxshi ishlar qilinmoqda. «Xotira va qadrlash kuni» ajdod-avlodlarni bir-biri bilan bog'lash, yurtdoshlarimizda mehr-shafqat, muruwat, o'zligini anglash, hayotning qadriga yetish hissini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etaveradi.

Ajdodlafimiz xotirasini e'zozlash borasidagi ana shunday olijanob ishlarga Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Toshkent shahri markazida barpo qilingan «Xotira maydoni», Bo'zsuv kanali bo'yida bunyod etilgan «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui yaqqol misol bo'la ola-di.

Har bir xonadon, mahalla, tuman, viloyatda hurmat-e'zozga munosib kishilar ko'p o'tgan. Shuningdek, mash'um urushda halok bo'lgan bobolarimiz va otalarimiz, qarindoshlarimiz, mahalladoshlarimizni eslash, urushdan omon qaytgan va kundan-kun siyraklashib borayotgan faxriylarning, mamlakat ichkarisida mehnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan xabar olib turish yosh avlod zimmasidagi farz va qarzdir.
Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish