“O‘TKAN KUNLAR”
Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning ”Tohir-Zuhra”lari, ”Chor darvesh”lari, ”Farhod-Shirin” va ”Bahromgo‘r”lari bilan tanishtirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.
Ushbu parcha qaysi asarning yozilish tarixi haqida?
J.: “O‘tkan kunlar”
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi ”xon zamonlari”dan belgiladim. Ushbu parcha qaysi asarning yozilish tarixi haqida?
J.: “O‘tkan kunlar”
1264-inchi hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir... Ushbu parcha qaysi asarning kirish qismidan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz yog‘idan ham, ham ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi. Qandog‘dir bir xayol ichida o‘lturg‘uchi bu yigit ... Ushbu parchada qaysi asar qahramoni tasvirlangan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz yog‘idan ham, ham ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi. Qandog‘dir bir xayol ichida o‘lturg‘uchi bu yigit ...
Ushbu parchada tasvirlangan yigit kim?
J.: Otabek
Qaysi qahramon haqida ”... gavdaga kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamaliq bir yigit bo‘lib, Marg‘ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning ... otliq o‘g‘lidir” deb ta’rif berilgan? J.: Rahmat haqida
Qaysi qahramon haqida ”uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlada bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi” deb ta’rif berilgan?
J.: Homid haqida
Homid qanday nom bilan nom qozongan edi?
J.: Homid xotinboz
Qaysi qahramon haqida ”Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, ”... xotinboz” deb shuhratlangan” deb ta’rif berilgan?
J.: Homid haqida
Homidning Ziyo shohichi va Rahmatga qandayqarindoshligi bor?
J.: Homid Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog‘asi edi
Qaysi qahramon haqida ”... otliq bo‘lib, oltmish yoshlar chamasida, cho‘ziq yuzlik, do‘nggiroq peshonalik, sariqqa moyil, to‘garak qora ko‘zlik, oppoq uzun soqollik edi. Soqolining oqlig‘iga qaramasdan uning qaddiga keksalik alomatlari sezilmas va tusida ham uncha o‘zgarish yo‘q edi” deb ta’rif berilgan?
J.: Hasanali haqida
Qaysi qahramon haqida ”bolaliq vaqtida Erondan kishi o‘g‘irlab kelguchi bir turkman qo‘lidan o‘n besh tillo barobariga sotib olgan edi” deb yozilgan?
J.: Hasanali haqida
Hasanali kimdan ”O‘lganimdan keyin ruhimga bir kalima Qur’on o‘qusa, bir vaqtlar Hasanali ota ham bor edi deb yodlasa, menga shunisi kifoya” umid qilar edi?
J.: Otabekdan
Otabek necha yoshda tasvirlanadi?
J.: 24 yoshda
Uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo‘qdir. Uylanguchi xotining tab’ingga muvofiq kelsa bu juda yaxshi; yo‘qsa, munchalik og‘ir gap dunyoda bo‘lmas.
Ushbu fikr kim tilidan aytilgan?
J.: Rahmat
Xotinga muvofiq bo‘lish va bo‘lmasliqni uncha keragi yo‘q, xotinlarga ”er” degan ismning o‘zi kifoya...
Ushbu fikr kim tilidan aytilgan?
J.: Homid
... men ota-onamning yoqdirishlari bilan uylandim... ammo xotinim ota-onamga muvofiq bo‘lsa ham menga muvofiq emas, siz aytgandek, ehtimol men ham xotinimg‘a muvofiq emasdirman...
Ushbu iqror kim tilidan aytilgan?
J.: Rahmat
Boshlab uylanishing albatta ota-onang uchun bo‘lib ulardan ranjib yurishingni o‘rni yo‘q. Xotining ko‘nglingga muvofiq kelmas ekan, muvofiqini olib xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa uchinchisini ol. Xotinim muvofiq emas deb zorlanib, hasratlanib yurish er kishining ishi emas.
Ushbu fikr kim tilidan aytilgan?
J.: Homid
Xotin ko‘paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo‘lsin? Bir xotin bilan muhabbatlik umr kechirmak, manimcha, eng ma’qul ish. Masalan, ikki xotinliqning bittasi sizmi? Uyingizda har kuni janjal, bir daqiqa tinchlig‘ingiz yo‘q.
Ushbu fikr kim tilidan aytilgan?
J.: Rahmat
Ko‘b xotin orasida azoblanish o‘zi nima degan so‘z? Qamchingdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan. Men bu kungacha ikki xotin o‘rtasida turib janjalg‘a to‘yganimcha yo‘q, ammo xotinni uchta qilishg‘a ham o‘yim yo‘q emas.
Ushbu fikr kim tilidan aytilgan?
J.: Homid
Kimning uyi ”havlisi poyafzal rastasining burchagidagi imoratdur” deb ta’riflangan? J.: Mirzakarim qutidor
Ziyo shohichinikidagi ziyofatda Otabek kimlarbilan tanishadi?
J.: Mirzakarim qutidor va Akram hoji bilan
Quyidagi ta’rif kim haqida?
... qirq besh-elli yoshlar chamasida qora qosh, qora ko‘z, ko‘rkam yuz, yaxshig‘ina kiyingan bir kishi... J.: Mirzakarim qutidor
Kimning nutqida “Umr — otilg‘an o‘q emish” tashbehi ishlatiladi?
J.: Mirzakarim qutidorning
Yusufbek hoji qanday lavozimda tasvirlanadi?J.: Mushovir lavozimida (Toshkent begi yonida mushovir)
Toshkent hokimi Azizbek qanday nom bilantilga olinadi?
J.: Aziz bachcha
Kimning nutqida ”Yurgan daryo, o‘lturgan bo‘yro emish” maqoli ishlatiladi?
J.: Akram hojining
Otabek o‘zining o‘rusning qaysi shaharida bo‘lgani haqida so‘zlaydi?
J.: Shamay shahrida
Mirzakarim qutidor Qo‘qon xonligida hukmdorlik qilgan qaysi xonni “odil poshsho” deb ataydi?
J.: Amir Umarxonni
Kimning nutqida ”Xudo kofirning dunyosini bergan” degan gap ishlatiladi?
J.: Homidning
Kim haqida ”... o‘z g‘arazi yo‘lida orada yo‘q nizolarni qo‘zg‘ab, kuyavi Sheralixonni o‘ldirdi, gunohsiz Murodxonni shahid etdi, qo‘y kabi yovvosh Toshkand hokimi Salimsoqbekni o‘ldirib, o‘rniga Azizbekdek zolimni belgiladi va o‘zini mingboshi deb e’lon qilib, aqlsiz bir go‘dakni (Xudoyorni) xon ko‘tarib el yelkasiga mindi” deb yozilgan? J.: Musulmonqul haqida
Otabekni kim “otaning bolasi-da” deb maqtaydi?
J.: Ziyo shohichi
Otabekni maqtab kim ”Umri uzoq bo‘lsin, yigitlarimiz ichida eng aqllig‘i ekan... Agarda xon ko‘tarish manim qo‘limda bo‘lsa edi, xon qilib Otabekni ko‘tarar edim...” deydi?
J.: Akram hoji
Otabekning qaysi madrasada tahsil olgani aytilgan?
J.: Beklarbegi madrasasida
Otabek haqida kim ”Ba’zi xotin uradigan va xotin ustiga xotin olib, xotinlarig‘a zulm qiladirg‘an hayvonsifat kishilardan bo‘lib ketishi menimcha ehtimoldan juda uzoqdir, inim mulla Homid...” deb so‘zlaydi?
J.: Hasanali
Otabek haqidagi ”Xon qizig‘a loyiq bir yigit” degan Hasanalining fikrini kim tasdiqlaydi? J.: Mirzakarim qutidor
O‘zbekoyim ”Seni xudoga, Otamni senga topshirdim!” deganda kimga murojaat qiladi va “Otam” deganda kimni nazarda tutadi?
J.: Hasanaliga, Otabekni
Qaysi asar qahramonining alahsirashida ”Qora ko‘zlari, kamon qoshlari...”, ”Oy kabi yuzlar, kulib boqishlar, chochib qochishlar... Uff” singari gaplar qo‘llanilgan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Qaysi asarda ”xo‘jasig‘a sodiq bir qul” obrazi uchraydi va u kishi kim?
J.: “O‘tkan kunlar”, Hasanali
Hasanali nimani ”... juda oz yigitlarga muyassar bo‘ladig‘an yurak javharidir” deb ta’riflaydi?
J.: muhabbatni
Kimning nutqida ”muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo‘ladig‘an yurak javharidir” degan ta’rif qo‘llangan?
J.: Hasanalining
Quyidagi tasvirda kimning hovlisi tasvirlangan?
Poyafzal bozori va uning burchagidagi havli... Ko‘rimsiz, chirk bosib qorayg‘an, juda ko‘b xizmat qilib keksaygan, ochib-yopqanda anvo’i-turlik dodifaryod qiladirg‘an, bunda sanalg‘an sifatlarni bir yerga jamlab natija chiqarg‘anda ”sharti ketib, parti qolg‘an” bir darbozaning ostonasidan uch-to‘rt qadam ichkariga kirilsa Buxoro zindonlaridan birini his etilur va qorong‘u yo‘lakning nihoyatidagi yorug‘liqqa tomon oshiqilur. Qoqilibsuqilib yo‘lak zindonidan qutiling‘ach bir ulug‘ ariq yoqasig‘a, o‘rdadek havliga chiqilur va rohat tin olinur. Havlining kun chiqarida kun botishig‘a qaratib soling‘an, uncha maxtarliq bo‘lmasa ham ammo zamonasining olding‘i binolaridan hisoblang‘an bir ayvon bilan bir uyga ko‘z tushadir. Sahn va binolar kishi zotidan bo‘sh, shuning uchun bu havli oilaning tashqarig‘i qismi — mehmonxona ekanligi onglashilur. Sahnning tun va kun botar jihatlari kichkina hujralar bilan o‘ralg‘an va bu hujralarning barcha eshiklari yopiq va qulflang‘an holda bo‘lib mollar bilan bandligi va uy egasining davlatlik kishi bo‘lg‘anlig‘i bilinur. havlining janub tarafi do‘konlar orqasi, ammo katta tup gilos yog‘ochlari qoplab yotadirlar.
J.: Mirzakarim qutidorning
Mirzakarim qutidor hovlisining tasvirida nimaga nisbatan “sharti ketib parti qolg‘an” iborasi ishlatilgan?
J.: Darbozaga (darvozaga)
Shu chorxari ayvonning o‘rta bir yerida, ustiga atlas ko‘rpalar yopilg‘an tanchaning to‘rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po‘stin kiyib bir kishi o‘lturadir. Bu kishi ... Ushbu parchada nuqtalar o‘rniga mos qahramon nomini qo‘ying. J.: Mirzakarim qutidor
Tanchaning ikki biqinida ikki xotin: bulardan bittasi ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xon atlas guppi kiygan, boshig‘a oq dakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xush bichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an bu xotin qutidorning rafiqasi — ..., ikkinchisi yetmishlardan o‘tkan bir kampir... O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi— ... Ushbu parchada nuqtalar o‘rniga mos qahramonlarning nomlarini qo‘ying. J.: Oftob oyim, Oysha bibi, To‘ybeka 46. Qaysi asarda muallif o‘quvchini bir o‘rinda birdaniga uch ayol bilan tanishtiradi?
J.: “O‘tkan kunlar”
Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq, jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilganda, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘in oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylanganda, kimdandir uyalg‘an kabi... Shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. Sariq rupoh atlas ko‘ynakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib turmoqda edi. Turib o‘lturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to‘zg‘ig‘an soch tolalari o‘rab olib jonso‘z bir suratka kirgizdi.
Bu qiz suratida ko‘ringan malak ... Ushbu parchada nuqtalar o‘rniga mos qahramon nomini qo‘ying. J.: Qutidorning qizi — Kumushbibi
Mirzakarim qutidor uyidagi ziyofatda mehmonOtabekning izzatiga qanday taom tayyorlashni buyuradi? J.: Varaqi
Kumush necha yoshda tasvirlangan?
J.: 17-18 yoshlarda
Kim Otabekni ”... bir chiroylik, bir aqllik, tag‘in o‘zi hammadan yuqorida o‘lturadir; hali yigirma ham bormag‘andir, mo‘ylabi ham endigina chiqa boshlag‘an... Nax bizga kuyav bo‘ladigan yigit ekan” maqtaydi?
J.: To‘ybeka
Otabek bilan Kumushning bir-biriga mos ekaniga ishora qilib aytilgan ”Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan” maqoli kimning nutqida qo‘llanilgan?
J.: To‘ybekaning
”Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa” gapi orqali Mirzakarim qutidor ”tentagingning” so‘zi bilan kimga ishora qiladi?
J.: To‘ybekaga
Toshkent aholisi qaysi urug‘ nomi bilan atalgan?
J.: Qorachoponli
“Majburiyat” faslida Otabek qaysi kitob mutolaasi ustida tasvirlanadi?
J.: “Boburnoma”
“Majburiyat” faslida Ziyo shohichi qaysi gaphaqida ”qiziq gap”, ”nozik gap” deb baho beradi?
J.: Otabekning muhabbati haqidagi Hasanalining gapiga
Kumushni Otabekka so‘rab Mirzakarim qutidornikiga kimlar sovchi bo‘lib borishadi? J.: Ziyo shohichi va Hasanali
Qaysi asarda “To‘y, qizlar majlisi” nomli faslmavjud?
J.: “O‘tkan kunlar”
Boshdag‘i oq shohi ro‘mol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi oq kumush zarrin sirilgan po‘stin, baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an yoqa qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan qora jinggila sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra yuzlarning bo‘g‘riqqani...
Ushbu parchada tasvirlangan qahramon kim?
J.: Kumush
”To‘y, qizlar majlisi” faslida majlisni bunchalik ruhsizlanib, ma’yusiyat ichida qolishiga chidab turolmay: ”Biz nima uchun yig‘ildiqda, nimaga yer chizishib o‘lturamiz. Biz bu yerga aza ochqali keldikmi?” degan qiz kim edi?
J.: Gulsinbibi
Qaysi asarda Gulsinbibi, Xonimbibi, Savra, Anorgul singari qizlar obrazi mavjud?
J.: “O‘tkan kunlar”
Qaysi asarda avval “O‘rtoqlar”, keyin “Ifor”kuyiga raqsga tushgan, “Yig‘larman” qo‘shig‘ini kuylagan qizlar obrazi uchraydi?
J.: “O‘tkan kunlar”
“To‘y, qizlar majlisi” faslida kuylangan “Yig‘larman” qo‘shig‘ining nechanchi baytidan so‘ng Kumushning ikki ko‘zi jiqqa yoshga to‘ladi? J.: Ikkinchi
“To‘y, qizlar majlisi” faslida kuylangan “Yig‘larman” qo‘shig‘ining nechanchi baytidan so‘ng Kumush toqatsizlanadi?
J.: To‘rtinchi
“To‘y, qizlar majlisi” faslida kuylangan “Yig‘larman” qo‘shig‘ining nechanchi baytidan so‘ng Kumush yonidagi qizga osilib yig‘lay boshlaydi?
J.: Beshinchi
“To‘y, qizlar majlisi” faslida kim Kumushga”Voy sho‘rginangga sho‘rva to‘kilsin, Kumush! Men shunday erni topib teksam boshim ko‘kka yetar edi!” deb taskin beradi?
J.: Gulsin
“To‘y, qizlar majlisi” faslida qizlar lapar aytishganda kuyov va kelin rolini kimlar bajarishgani yozilgan?
J.: Kuyov rolini — Gulsin, kelin rolini — Xonim-
bibi
Kumushning amakisi sifatida kim tilga olinadi?
J.: Muhammadrahim Yo‘ldosh o‘g‘li 68. “O‘tkan kunlar” romanida Otabekka kuyovnavkarlik qilgan yigitlar kimlar edi?
J.: Yigirma-o‘ttiz chog‘li yosh yigitlar — Rahmatning o‘rtoqlari edi
... boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zining ...da tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim, oyog‘ida qala poyafzali, belida ...ning usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘...
Ushbu parchada tushirib qoldirilgan ot so‘zlarni aniqlang.
J.: Otabek, Shamay, Kumushbibi
“O‘tkan kunlar” romanida Otabek bilan Kumushning birinchi uchrashuvi qachon sodir bo‘lgan edi?
J.: Otabek Marg‘ilonga kelgan kunning ertasida
Kimning o‘limini istab, qahramonlar ”Qo‘qonda o‘lsa, o‘ligini itlar yesa biz achinarmi edik”, deyarlar edi”lar?
J.: Homidning
... boshig‘a ko‘k salla chulg‘ag‘an, egniga O‘ratepaning bosmasidan chakman, beliga kumush kamar bog‘lab kumush qinlik qilichini tizzasiga bosqan, qora tanlik bo‘lsa ham ko‘knorimi, taryakmi iste’molidan yuzi sarg‘ayg‘an qirq-elli yoshlar chamaliq bir kishi...
Ushbu parchada qaysi qahramon tasvirlangan?
J.: Xoliqbek qo‘rboshi
Qo‘rboshi ”Pes-pesni qorong‘ida topqan ekan” deb kimlarga ishora qiladi?
J.: Otabek va Mirzakarim qutidorga
Marg‘ilon o‘rdasi qaysi mavzeda joylashgan?
J.: “Yormozor” mavzesida
... to‘la yuzlik, o‘siq qoshliq, og‘ir qarag‘uchi ko‘zlik, siyrak soqol, o‘rta bo‘yliq, ustidan kimxob to‘n kiyib, beliga qilich osqan qirq besh yoshlar chamasida bir kishi...
Ushbu parchada qaysi qahramon tasvirlangan?
J.: Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi
“O‘tkan kunlar” romanida Kumushning tog‘asi sifatida kim tilga olinadi?
J.: Ahmadbek
Kumushning tog‘asi Ahmadbek qarindoshlariorasida qanday sifat bilan tanilgan?
J.: “Jonkuyar”
Qaysi asarda ”Ajalingning yetishi qilg‘an yozig‘ingdan emas — bek akangning qonsirashi” degan maqol tilga olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Tilla jabduqli qizil ayg‘irg‘a mingan, quyosh yog‘dusi bilan turlik tuska kirib tovlanadirg‘an, yoqa va etaklariga oltin uqa tutilgan kimxob to‘n kiyib, belidagi oltin kamarga kumush qinli jazoiri qilich osqan, boshig‘a shohidan salla o‘rab, oyoqlarini kumush uzangiga tiragan, siyrak qoshlik, cho‘qqi soqol, bug‘doy ranglik, qirq-elli yoshlar chamaliq bir kishi...
Ushbu parchada qaysi qahramon tasvirlangan?
J.: Azizbek
... qora otg‘a otlanib, zangori movutdan uqalik to‘n kiygan, kumush kamarning o‘ng tomonig‘a qilich, so‘lig‘a to‘fangcha qistirg‘an, boshig‘a barra popoq kiyib, jin yalag‘an deganlaridek qoshsiz, qoramtil yuzlik, ikki chakagining ustiga bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko‘rimsiz qora saqolliq, ko‘zlari ichiga botig‘roq, ammo qon quyilg‘ansimon bir kishi... Ushbu parchada qaysi qahramon tasvirlangan?
J.: Azizbekning amiri lashkari va o‘ng qo‘li Rayimbek dodxoh
... kichikroq saman otka otlanib, ustiga Buxoroning ola bayroq matosidan chopon kiyib, kamar o‘rniga choponini tugmalagan, boshig‘a katta salla o‘rab, qamchi sopi bilan egarning qoshig‘a takya qilg‘an; to‘la ko‘rkam yuzlik, katta malla ko‘zlik, uzun moshguruch soqollik mullananmo bir zot bo‘lib, bu kishi yaroqsiz edi.
Ushbu parchada qaysi qahramon tasvirlangan?
J.: Yusufbek hoji
Homid Ziyo shohichiga kim bo‘ladi?
J.: Qaynog‘asi
“O‘tkan kunlar” romanida kim Hasanali tomonidan ”Qo‘lansa so‘zlik, ichi qoraroq bir yigit...” deb ta’riflanadi?
J.: Homid
Normuhammad qushbegi Toshkentni necha kun qamal qiladi?
J.: 70 kun
“O‘tkan kunlar” romanida Rayimbek dodhonikim o‘ldiradi?
J.: Usta Mo‘minjon
Toshkent hokimi Azizbek qanday jazolanadi?
J.: Ikki oyog‘idan bog‘lanib otga sudratiladi
... qarshida yarim gazlar yuksaklikda to‘rt oyog‘liq oq marmardan yasalg‘an taxt ustida oltin kamarga taqilg‘an oltin sopliq qilichini tizzasi ustiga ko‘ndalang qo‘yib, qizil duxobadan tikilgan po‘stin kamzul ustidan adras to‘n kiygan, boshig‘a simobi shohi salla o‘rag‘an o‘n sakkiz yoshlar chamaliq, cho‘zinchoq yuzlik, bug‘doy ranglik ... o‘ltirar edi. Bu ...
Ushbu parchada qaysi qahramon tasvirlangan?
J.: Xudoyorxon
”O‘ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog‘lab, soddag‘ina qilich taqing‘an, boshig‘a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg‘an, o‘rtacha soqol, qisiq ko‘z, bug‘doy rang, o‘rta yoshliq bir qirg‘iz” deb ta’riflangan qahramon kim edi?
J.: Musulmonqul
”Og‘riqning tuzalasi kelsa emchi o‘z oyog‘i bilan kelur” maqoli qaysi asarda qo‘llanilgan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Kim ”cho‘ltog‘ supurgi” degan laqab bilan ataladi?
J.: Musulmonqul
Azizbek o‘rniga Toshkent hokimi qilib kim tayinlanadi?
J.: Normuhammad qushbegi
”Elli besh yoshlar chamaliq, chaladumbul tabi’atlik bir xotin” kim?
J.: O‘zbek oyim
”Uncha-muncha to‘y-u azalarga ”kavshim ko‘chada qolg‘an emas” deb bormaydigan kishi kim edi?
J.: O‘zbek oyim
Kecha o‘rda bek oyimdan menga arava kelgan ekan, fe’lim aynab turg‘an edi, bormay aravadan bo‘sh qaytardim... Bo xudo, o‘rda bekachi bo‘lsa o‘ziga, dedim” ... ”O‘tkan kun o‘rdaga borg‘an edim, xonimlar yotib qolasiz deb qo‘ymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim”, deb so‘z orasig‘a qistirib ketar edi. Bu so‘zlarni eshitkuchi xotinlar o‘zlarining qandog‘ bir xotinning suhbatiga noil bo‘lg‘anlarini o‘ylab, ...ning ehtiromini tag‘in ham kuchaytirar edilar.
Ushbu parchada tasvirlangan xotin kim?
J.: O‘zbek oyim
”... buning qizi yaxshi bo‘lsa ham, uy-joylari yaramas ekan; buning uy-joylari tuzik bo‘lsa ham, qizi ko‘rksiz ekan; buning qizi-da, uy-joylari-da tuzuk, biroq zoti pas ekan” deb qiz, quda, uy, joy, nasl va nasab tekshirib yurg‘uchi” qahramon qaysi asarda uchraydi? J.: “O‘tkan kunlar”
Bitta-yu bitta o‘g‘li ... degan joyda, allakimlarning qo‘lida, asli noma’lum kishilarning qizig‘a uylansin-da, bu kun-erta o‘g‘lumning orzu-havasini ko‘raman, deb entikib o‘lturg‘an va o‘g‘ul boqib katta qilg‘an ona — ... ikki qo‘lini burniga tiqib qarab qolabersin...
Ushbu parchada nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
J.: Marg‘ilon, O‘zbek oyim
Qaysi asarda ”Endi menga mundog‘ o‘g‘ul kerak emas... Oq sutimni oqqa, ko‘k sutimni ko‘kka sog‘dim... Endi Toshkandga kelmasin ul o‘zboshimcha betiyiq!” deb baqirib-chaqirib, yig‘lab-sixtab, dard-u hasratni boshig‘a kiyib olgan” qahramon uchraydi? J.: “O‘tkan kunlar”
Quyidagi ta’rif qaysi adabiy qahramon to‘g‘risida?
... bir necha vaqt so‘zlag‘uchini o‘z og‘zig‘a tikiltirib o‘lturg‘andan so‘ng, agar ma’qul tushsa ”xo‘b” deydir, gapka tushunmagan bo‘lsa ”xo‘sh” deydir, noma’qul bo‘lsa ”durust emas” deydir va juda ham o‘ziga noma’qul gap bo‘lsa bir iljayib qo‘yish bilan kifoyalanib, mundan boshqa so‘z aytmaydir va aytsa ham uch-to‘rt kalimadan nariga oshmaydir.
J.: Yusufbek hoji
Zaynab kimning qizi?
J.: Olim ponsadning
Qaysi voqeadan keyin Yusufbek hoji xotiniO‘zbek oyimga nisbatan ”Sanga sira aql bitmay ketar ekan-da” degan fikr bildiradi?
J.: Olim ponsadboshilar bilan o‘zicha qudaandachilik masalalarini bitishib kelganida
Qaysi asardagi qiz onasi tomonidan “sehrchi-joduchi”, qaynonasi tomonidan “qoshliq, ko‘zlik bir andi” deb ta’riflanadi?
J.: “O‘tkan kunlar” (Kumush)
Qaysi asarda dunyo “orzu-havas uyi” deb ta’riflanadi?
J.: “O‘tkan kunlar”
“Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa boshqag‘a” degan maqol qaysi asarda qo‘llanilgan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Kimning kitobi “yaxshi kitob” deb ta’riflanadi?
J.: Fuzuliyning
Qaysi asarda “Qovoq devonaning belbog‘i”nomli parcha mavjud?
J.: “O‘tkan kunlar”
Quyidagi ta’rif qaysi asar qahramoni haqida?Qovoq devona deganimiz o‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshi o‘chakishkandek boshig‘a eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppi chopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoqlarg‘acha osqan; qovoqlarning og‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi edi.
J.: “O‘tkan kunlar”
”O‘n yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik” deb ta’riflangan qiz kim?
J.: Zaynab
Sandek soqoli uzun, aqli qisqadan kengash so‘rab o‘lturg‘an men ham ahmoq! Ushbu gap qaysi qahramon tilidan kimga qarata aytilgan?
J.: O‘zbek oyim tilidan Hasanaliga
Yangi yor topqanda, do‘stlar, eskidan kechmoq kerak,
Eskini o‘lgan sanab, latta kafan bichmoq kerak.
Ushbu misralar qaysi asardan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Ul yerdan bichib olg‘andek pak-pakana, burni yuzi bilan barobar deyarlik tep-tekis, ko‘zi qoqqan qoziq o‘rnidek chup-chuqur, og‘zi qulog‘i bilan qoshiq solishar darajada juda katta, yuzi qirq yillik og‘riqlarnikidek sap-sariq, qirq besh yoshlar chamasida bir xotin edi. Ushbu parchada kim tasvirlangan?
J.: Jannat opa (Sodiqning onasi)
“Yerdan bichib olingandek pak-pakana bo‘yi bor” deb ta’riflangan obraz?
J.: Jannat opa (Sodiqning onasi)
Qaysi qahramon deyarli har bir gapida “qix” so‘zini ishlatadi?
J.: Jannat opa (Sodiqning onasi)
Qaysi qahramon Kumushga “poshsha qiz” deb murojaat qiladi?
J.: Jannat opa (Sodiqning onasi) 115. “Puchuq xotin” kim?
J.: Jannat opa (Sodiqning onasi)
Yigirma ikki yoshlar chamasida bo‘lg‘an bu yigit sariq tanlik, ukkining ko‘zidek chaqchayib, o‘ynab va yonib turg‘an qizil ko‘zlik, yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig‘a o‘sib chiqg‘an bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg‘an bir maxluq edi.
Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida?
J.: Sodiq haqida
Qaysi asarda ”tegirmonchining ishsiz qolg‘an eshagidek junjayib o‘lturubsan”, ”burningmi, Risolat xolamning rapidasi?”, ”basharangmi, do‘lda qolg‘an tappimi?” singari o‘xshatishlar qo‘llanilgan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Bu kishi qirq yoshlar chamaliq, qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo‘y ko‘z, ko‘b vaqt madrasa riyozatini chekkannamo, qotma, uzun bo‘ylik bir odam edi.
Ushbu parchada kim tasvirlangan?
J.: Usta Alim
Otabek usta Alimga o‘zini kim deb tanishtiradi?
J.: Shokirbek deb
Usta Alimning laqabi nima edi?
J.: “Usta Alim kichkina”
Usta Alimning xotinining ismi nima edi?
J.: Saodat
Qayumjon va Sayfilar kimlar?
J.: Saodatning 7 yoshda qizamiqdan o‘lib ketgan akasi va ukasi
Kumushga sovchi qo‘ygan Komilbek kim edi?J.: Salim sharbatdorning o‘g‘li
Qizingni deb shaharda bosh ko‘tarib yurolmayturg‘an bo‘ldim. Ko‘ndirsang ko‘ndir, bo‘lmasa mendan umidingni uz, men endi sanlarning dastingdan shahardan qochib ketmasam bo‘lmaydirg‘an darajaga yetdim!
Ushbu gaplar qaysi ota tilidan aytilgan?
J.: Mirzakarim qutidor
Bo‘zaxonalar qayerda joylashgan?
J.: Chuqur qishloqda
Otabek Toshkent — Margilon qatnashlaridaba’zan qaysi qabristonda ham tunab qolar edi? J.: “Xo‘ja Ma’oz” qabristonida
Qaysi asarda quyosh ”to‘r ro‘mol ichida o‘tirgan kelin”ga o‘xshatilgan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Mozor chakalagining burchagida tutab yotg‘an to‘nka yonida sochlari o‘sib soqolig‘a qo‘shilib ketkan bir devona bu mudhish qorong‘iliqqa qarshi kurashkan kabi gulxanni yondirishg‘a tirishar, gulxan tevaragidan aylanib qo‘lidag‘i kasavi bilan to‘rt tomonidan kovlar edi. Yel borg‘an sayin kuchlana bordi, chakalak tartibsiz holg‘a kirib ketdi, bitta-yarimta to‘kilmay qolg‘an yaproqlar shitir-shitir to‘kilisha oldilar, qarg‘a va zog‘chalar ayni uyqu zamonida tinchsizlagani uchun yelga qarshi namoyish qilg‘andek g‘o-g‘u bilan chakalak ustidan aylana boshladilar. Yel kuchaygandan kuchayib borar va shu nisbatda mozor ichi ham yana bir qat qo‘rqunch holg‘a kirar edi, yel ketma-ket bo‘kirar, bunga chiday olmag‘an shox-shabbalar qarsqurs sinar, keksa yog‘ochlar g‘iyq-g‘iyq etib yolborish tovshi chiqarar edilar. Yel ortiqcha bir g‘azab ustida edi, yer yuzudagi tikkaygan narsani bukib-yanchib tashlamoqchi bo‘lg‘andek pishqirar edi. Chinorlardan birisini titratib yiqitdi, devonaning gulxanini ham to‘nka-po‘nkasi bilan ko‘tarib chakalakning ichiga otdi. Butun mozor ichini o‘t uchquni ila to‘ldirib, yana ko‘rinishka boshqacha bir tus berdi. Ushbu parchada “Xo‘ja Ma’oz” qabristoniga o‘t qo‘ygan ushbu “devona” kim edi?
J.: Otabek
Otabek va Mirzakarim qutidorni kim o‘limdan qutqarib qoladi?
J.: Kumush
Usta Alim yigirma-o‘ttiz yillab kimlarga xizmat qilgan? J.: Homid va otasiga
Salim sharbatdorning o‘g‘li Komilbekni qayerda o‘ldirib ketishadi?
J.: Hammomning og‘ilxonasida 132. Salim sharbatdorning o‘g‘li Komilbekning o‘limi voqealarini kim so‘zlab beradi?
J.: Usta Farfi
Otabek o‘zining dushmani haqida kimdan bilib oladi?
J.: Usta Farfidan
Usta Farfi tilidan aytilgan ”tomdagi luqmani o‘zi ham yeyolmaydir, boshqag‘a ham yedirmaydir, nax itning o‘zi!” degan gaplar kimga nisbatan qo‘llangan?
J.: Homidga
Normuhammad qushbegi, Musulmonqul obrazlari qaysi asarga tegishli?
J.: “O‘tkan kunlar”
Uylanishdek nozik ish dunyoda yo‘qdir.
Ushbu fikr kim tomonidan aytilgan?
J.: Rahmat
Mutal o‘z xizmatlari evaziga Homiddan nimaso‘raydi?
J.: Bitta-yarimtadan uch-to‘rt tanga qarzi borligini, shuni to‘lab qo‘yishni
Sodiq o‘z xizmatlari evaziga Homiddan nimaso‘raydi?
J.: O‘zini uylantirib qo‘yishni
... raqib bilan dildorning uyi orqasida tanho olishmoq, yor oyog‘i ostida qonlik tuproqqa qorishmoq — uning uchun juda lazzatlik va shoirona tuyila boshlag‘an edi. Saroyga kirar ekan o‘zicha: — Shirin o‘lim, — deb qo‘ydi.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
“Dushanba kun kechasi” parchasi qaysi asarda mavjud? J.: “O‘tkan kunlar”
“Musulmonqul istibdodiga xotima” parchasiqaysi asarda mavjud?
J.: “O‘tkan kunlar”
“Qipchoqqa qirg‘in” maslahati kimning uyidabo‘ladi?
J.: Muhammad Rajab qo‘rboshinikida
Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir. Siz dunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovni har zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman!
Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?
J.: Yusufbek hoji
Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor.
Qay qaroqchi oldi yorimning yo‘lin,
Mundagi baxtsiz yigit yo‘l uzra zor...
Ushbu to‘rtlik qaysi asardan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
“Qipchoqqa qirg‘in” nomli parcha qaysi asarda mavjud?
J.: “O‘tkan kunlar”
”Egasini siylagan itiga suyak tashlar” maqoli qaysi asarda mavjud?
J.: “O‘tkan kunlar”
Ittifoqni, ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadigan bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqun qilib topshirguchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a Xudoning la’nati albatta tushar...
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Qaysi asarda o‘z manfaatini o‘ylovchi kishilar “mansabparast, dunyoparast va shuhratpatast muttahamlar” deya haqorat qilinadi?
J.: “O‘tkan kunlar”
Temur Ko‘ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi olimlarning o‘sibungan va nash’u namo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab sudrag‘uchi albatta Tangrining qahrig‘a sazovordir...
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
O‘z maktubini ”Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lag‘an Layli otidan” bitgan qahramon kim?
J.: Kumush
Kim “dardning eng davosizi” deb ta’riflangan?
J.: O‘zbek oyim
“Chala-dumbul tabiatlik xotin” kim?
J.: O‘zbek oyim
Zo‘ri behuda miyon shikanad (O‘rinsiz chiransang, beling sinadir). Ushbu tojik maqoli qaysi asardan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Zo‘ri behuda miyon shikanad (O‘rinsiz chiransang, beling sinadir).
Ushbu tojik maqoli qaysi qahramonga nisbatan qo‘llangan?
J.: O‘zbek oyimga
Mohira oyim, Xushro‘ybibi va Hanifanisolarkim?
J.: Zaynabning onasi, opasi va yangasi
Karima otin, Sharofat chevar va Mahinabonular kim?
J.: O‘zbek oyimning ko‘ngil tortar qo‘shnilari
Buzoq yaxshi bo‘lsa, ikki onani ham emar ekan...
Ushbu maqol qaysi asardan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
Mahallaning imomi Yunus Muhammad oxund, yurt og‘asi Pirnazar jallod va Sotiboldi otalig‘ singari qahramonlar qaysi asarda uchraydi?
J.: “O‘tkan kunlar”
Men biz xalqning odam bo‘lishimizdan tamom umidimni kesib qo‘ydim... Esimni tanig‘animdan beri amal demay, mansab demay faqat shu musulmonlar manfaatini ko‘zlab kelib, oyog‘ida o‘zini qushbegi, mingboshi olg‘an uch-to‘rtta manfaatparastlardan go‘yo yosh bola kabi aldandim...
Ushbu parcha kim tomonidan aytilgan?
J.: Yusufbek hoji
Quyidagi hadis qaysi asarda uchraydi?...agar bir qavmning ishi noahl odamg‘a topshirilg‘an bo‘lsa, bas, o‘sha qavmning qiyomatini yaqin bil, ya’ni halokatiga muntazir bo‘l.
J.: “O‘tkan kunlar”
Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngil shu manfaatparastlar ta’sirida qoraydi. Yoshim oltmish beshka yetib bir vaqt bolsin ibodatimni janobi haqqa bevosita yo‘naltirg‘animni va ko‘ngil ko‘zim ochilib qilg‘an sajdamni xotirlay olmayman. Bu aldanishim ersa, haq tarafidan bir tanbeh, bo‘lmag‘anlarg‘a bo‘lishmoqchi bo‘lg‘anim uchun bir kinoyadir. Endi mundan keyingi besh kunlik umrim dunyo mojarolaridan etak silkib to‘sha’i oxirat tadorikini qilmog‘im uchun g‘animat ko‘rinadir.
Ushbu parcha kim tomonidan aytilgan?
J.: Yusufbek hoji
Qaysi qahramon ”Xudoyorxon ham bir kun kechasi kelib bizga mehmon bo‘ldilar...” deb maqtanadi? J.: O‘zbek oyim
Qaysi qahramon Kumushni ”miltiqning o‘qi, pushti gulning to‘qi”ga o‘xshatadi?
J.: O‘zbek oyim
Yusufbek hoji kim haqida ”Bu odam farzandi emas — farishta” deydi?
J.: Kumush
Qaysi asar qahramonlaridan birini yoshligidaXushra deb chaqirishadi?
J.: Xushro‘yni
Quyidagi to‘rt farzand qaysi asar qahramonlari hisoblanadi?
... to‘ng‘uchi Azimbek, undan keyingisi
Xushro‘y(yoshlig‘ida Xushro‘y o‘rnig‘a Xushra der edilar), uchinchisi Karimbek va to‘rtinchisi bizning Zaynab edi.
J.: “O‘tkan kunlar”
Xushro‘y va Zaynab portreti va xarakterigaoid ma’lumotlarni farqlang.
J.: Xushro‘y — uzun bo‘ylik, qotmaroq va zarcha tanlik, harakati yengil va lafzi tez, ko‘zi o‘ynab, har sekuntda o‘n yoqqa alanglaydi, bolalik chog‘idayoq uy ichi va qo‘ni-qo‘shni ”shaddod” deb ism berganlar; Zaynab — qisqa bo‘y, go‘shdor va oq tanlik, loppos va o‘nta so‘zga arang bitta javob qaytaradigan qiz, o‘z yaqinlaridan ”pismiq” deb ism olgan, onasi bo‘lsa achchig‘i chiqganda ”ming‘aymas o‘lgur” deb uni qarg‘ar edi 168. Quyidagi parchada nuqtalar o‘rniga mos ismni qo‘ying.
...ning ra’yini bilmasdan qozon osilmas, unga yoqmagan gapka og‘iz ochilmas, ul bor joyda qadam ham sanalib bosilar edi.
J.: Xushro‘y
Quyidagi parchada nuqtalar o‘rniga mos ismni qo‘ying.
Mohira oyim qizining birarta ishdan norozilig‘ini payqab ”Ming‘aymas, pismiq o‘lgur, tag‘in nima jin urdi seni?” deb so‘rag‘anida, qovoq-dudog‘ini solib bir og‘iz ham javob bermas edi. Nihoyat ertaga hayit degan kuni ...ning hurpayishi yig‘i bilan almashar va yig‘i orasi maqsad ochilsa ham ko‘pincha natijasiz qolar edi.
J.: Zaynab
Xushro‘y kimga turmushga chiqadi?
J.: Akasi Azimbekning o‘rtoqlaridan Nusratbekka
Men — yozg‘uchi, ”O‘tkan kunlar” hikoyalarini otam marhumdan necha qaytalab eshitsam ham zerikmas edim, faqat bir joyigina meni zeriktirar edi. bu kun men shu ”O‘tkan kunlar”ni qalamga olganimda ham o‘sha o‘zimni zeriktirgan faslini tashlab o‘tishka majbur bo‘ldim. Darhaqiqat, o‘z oramizda kundash janjalini kim bilmasin? Arzimagan gap ustida dunyo buzg‘an kundash to‘polonlari kimning qulog‘ig‘a yoqsin? O‘qug‘uchining qimmatlik vaqtini ayag‘animdek, qalamni ham bu g‘idi-bididan ozod qilishni muvofiq ko‘rdim. Meni kechirsinlar. Muallifning ushbu mulohazalari romanning qaysi parchasida berilgan?
J.: ”Esini kirgizdi”
Men shu choqg‘acha bandasiga bosh egishni va bandasi oldida tavba qilishni or bildim va orlanishim orqasida har kimning ustida yurdim...
Ushbu mag‘rurlanish ifodalangan so‘zlar qaysi adabiy qahramonga tegishli?
J.: Xushro‘y
Bu lavha bir dilporadan husn sanamiga yodgordir.
Bunda madfun kundash balosining namoyon bir qurbonidir. Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod, Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod. Hayotim lolazoridan ayurding,
Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “O‘tkan kunlar”
O‘g‘lingiz Otabek yana bir kishi bilan bizning qo‘shunda edi. Olmaota ustidagi o‘rus bilan to‘qunishmamizda birinchi safimizni shu ikki yigit oldi va qahramonona urushib shahid bo‘ldi. men o‘z qo‘lim bilan ikkisin dafn etdim... Ushbu vidolashuv maktubi kim tomonidan yozilgan? J.: Qanoatshoh
Do'stlaringiz bilan baham: |