“O‘tkan kunlar”



Download 0,66 Mb.
bet2/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,66 Mb.
#676113
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“O‘tkan kunlar”

“KECHA VA KUNDUZ”


  1. ”Kecha va kunduz” romanining birinchi qismialohida kitob holida nechanchi yilda nashr qilingan?

J.: 1936-yilda

  1. “Kecha va kunduz” romani epigrafi qanday?

J.: “Hamal keldi—amal keldi” (xalq maqoli) 3. Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada... ko‘klam nash’asi bilan sho‘xlik qiladi. Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda?
Ushbu bahor tasviri qaysi asarda uchraydi?
J.: “Kecha va kunduz”

  1. Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qaysi asarda qizlarning mayda o‘rilgan kokillariga o‘xshatilgan?

J.: “Kecha va kunduz”

  1. Halol-haromni ko‘p ham farq qilmayturgan bu odamning avrodda o‘tirish odatlari, hatto hammadan keyin qolib, machit shamlarini puflab chiqish rasmlari bo‘lardi.

Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida?
J.: Razzoq so‘fi

  1. Saltanatning Yoyilma soydagi o‘rtog‘i kim?

J.: Enaxon

  1. Qurvonbibi kim?

J.: Zebining onasi, Razzoq so‘fining xotini

  1. “Kecha va kunduz” romanining qaysi qahramoni “O‘z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar qadar unsiz, o‘z ko‘ngli qadar tund va xo‘mraygan bo‘lishini istaydi”?

J.: Razzoq so‘fi

  1. Razzoq so‘fi haqida kim “ko‘rgazmaga qo‘yilaturgan antiqa maxluqlardan edi” deb ta’rif bergan?

J.: Bir jadidnamo kishi

  1. Qaysi asar qahramoni haqida “ko‘rgazmaga qo‘yilaturgan antiqa maxluqlardan” degan ta’rif qo‘llanilgan?

J.: “Kecha va kunduz” (Razzoq so‘fi haqida) 11. Razzoq so‘fini “ona qornidan sihatsalomat tushirtirgan va birinchi daf’a yo‘rgaklagan kampir hazilkashligi va sho‘xligi bilan xotin-xalaj o‘rtasida dong chiqargan ... emish”.
Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.
J.: Hamro ena

  1. Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo‘lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog‘ingizni ochsangiz-chi! Yorug‘ dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!..

Ushbu parcha kimning tug‘ilishi haqida?
J.: Razzoq so‘fining

  1. Qaysi qahramonning onasi so‘zga qancha epchil bo‘lsa, otasi shu qadar kamgap, indamas odam sanaladi?

J.: Zebining

  1. Quyidagi parcha kim haqida?

Tashqari olamda, ya’ni o‘z hovlisidan tashqarida uning doimiy va birdan-bir vazifasi: o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa — “hovva-hovva” demak, o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa — “yo‘q, yo‘q”, degan ma’nida bosh chayqash bo‘lardi. Uyida vaqtida uning og‘zidan odam bolalari o‘rtasida yuraturgan tuzuk, ma’nilik va “gap” desa bo‘ladigan bir so‘z chiqmas edi.
J.: Razzoq so‘fi

  1. Qaysi qahramon quyidagicha fikrlaydi?

Bu til doim xudoning zikri bilan qaldiraydi. Bu og‘iz hamma vaqt xudoning zikriga ochiladi. Og‘iz bilan til — bandaning jismida eng aziz va tabarruk a’zolar. Ularni xotin kishiday past maxluq oldida xor qilinadimi? Bo‘lmasa, haq taoloning bandalari it bilan ham gaplasha bersin! Yo‘q, xotin kishiga juda zarur gap aytiladi, u toifa bilan zarurat yuzasidangina gaplashiladi. Vassalom!
J.: Razzoq so‘fi

  1. Razzoq so‘fi xotinini kim deb chaqiradi?

J.: Fitna

  1. Uyida vaqtida yo ariq bo‘yidagi ko‘katlarni yulib, yo eshik va darvozalarning bo‘shalib qolgan zanjirlarini mahkamlab, yoki hovlida o‘tin qirqib, yo bo‘lmasa — ikki qo‘li orqasida, dam ichkariga kirib, dam tashqariga chiqib, dam hovliga o‘tib, lablarini ari chaqqan odamday og‘iz ochmasdan, indamasdan yura beradi.

Ushbu qahramon kim?
J.: Razzoq so‘fi

  1. Yoz faslida, ko‘proq kunduzi uxlaydi, kechalari tong otguncha, o‘zi yolg‘iz, baland ovoz bilan “Oblohu!” aytib, o‘z oilasini va qo‘ni-qo‘shnini uxlatmaydi.

Ushbu qahramon kim?
J.: Razzoq so‘fi

  1. Kimning nutqida “Hubbil vatani minalimon” — “vatanni sevish imondan” hadisi qo‘llanilgan?

J.: Razzoq so‘fining

  1. Quyidagi ma’lumot kim to‘g‘risida?

Uning ma’lum bir kasbi, hunari yo‘q. Na savdo-sotiq qiladi, na dehqonchilikka urinadi, na kosib-hunarmandlik peshasini tutadi. Shu bilan birga, dasturxoni nonsiz, qozoni issiqsiz qolmaydi...
J.: Razzoq so‘fi

  1. Qaysi asarda eng yorug‘ bir yulduz piyoz to‘g‘rab yotgan kelinchakning ko‘zlariga o‘xshatilgan?

J.: “Kecha va kunduz”

  1. “Kecha va kunduz” romanida adib bir jumla bilan ”Qafasning darichasi ochildi” deya nimaga ishora qiladi?

J.: Mehmondorchilikka borish uchun ruxsat te-
gishiga

  1. “Kecha va kunduz” romanidagi aravakash yigitning ismi nima?

J.: O‘lmas

  1. Uzun-uzun arg‘amchi-yo, ...Halinchakka,

Chakan ko‘ynak yarashar Kelinchakka. Chakan ko‘ynak yengiga Tut qoqaylik...
Ushbu xalq qo‘shig‘i qaysi asarda uchraydi?
J.: “Kecha va kunduz”

  1. Aravada qizlarga qo‘riqchi bo‘lib kelgan kampirning ismi nima?

J.: Savribibi

  1. Enaxonning akasi kim?

J.: Xolmat

  1. Quyidagi ma’lumot kim to‘g‘risida?

Uning o‘z bisotida bir shapaloqqina sholipoyasi bor; u ham marhum qaynatasidan tekkan, bor kuchini shunga sarf qiladi; hammadan burun ish boshlab, hammadan kech tugatadi va hammadan ko‘p urinadi. Shu bilangina olti jondan birikkan katta bir oilani naridan-beri tebratib keladi.
J.: Xolmat haqida

  1. Zindondagi bandini hech bir xayol surmaydi, deb kim aytadi? Gadoy podshoh bo‘lmoq istasa, yomonmi? Ba’zan shu xil kuchli talablar yo kelinda, yo qizda ko‘rilib salgina yuzaga chiqa boshlasa, ko‘pni ko‘rgan ziyrak kampir darrov payqaydi va oldini oladi. Matn qaysi asardan olingan?

J.: “Kecha va kunduz” romanidan

  1. Kimning otasi ayronchi edi?

J.: Saltanatning

  1. “Qora sochim” kuyiga ashula aytgan qiz obraziqaysi asarda uchraydi? J.: “Kecha va kunduz”

  2. Bir tomchi suv dengizga aylangan bir kecha bo‘ldi. Shu kambag‘al, bebuzat oilaning issiq va halol quchog‘iga qishloq qizlari va yosh juvonlarning hammasi deyarlik to‘plandi. Bevosita qo‘shni bo‘lgan xonadonlarning “oshini oshab, yoshini yashagan” kampirlari ham chiqishdilar. Bu kecha, hatto, shahar qizlariga poyloqchi bo‘lib kelgan uyquchi kampirga ham jon kirdi. Uning jonlanganini ko‘rganlar ixtiyorsiz yoyilib kular va chin ko‘ngildan sevinardilar.

Bu kecha qaysi kecha edi?
J.: Enaxonlarnikidagi ziyofat

  1. Quyidagi parchada qaysi asar qahramoniningholati tasvirlangan?

Qiz sho‘rlik, u bir umr qovog‘i o‘yig‘liq va yuzi kulmas otadan hech bir xayriyat kutmaydi. Otasi to‘g‘risida o‘ylagan vaqtida o‘zini o‘limga mahkum bir odam, otasini mahkumaning jallodi kabi ko‘radi... va titraydi!
J.: “Kecha va kunduz”

  1. ... mingboshi oilasining ro‘zg‘or ishlariga qarashib ko‘rpa va to‘nlari bo‘lsa, qavib, paxtalarini savab beradigan o‘rta yoshlardagi xotin.

Ushbu ta’riflangan xotin kim?
J.: Umrinisabibi

  1. Akbarali mingboshining katta xotini kim?

J.: Xadichaxon

  1. Akbarali mingboshining o‘rtanchi xotini kim?

J.: Poshshaxon

  1. Akbarali mingboshining kenja xotini kim?

J.: Sultonxon

  1. Akbarali mingboshining qizi kim?

J.: Fazilat

  1. Zebini kim “Dunyoning eng soz qizi” deb ta’riflaydi? J.: Poshshaxon

  2. ... belida kumush kamari, yonida kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bo‘lmasa, hech kim uni amaldor demaydi. Oddiy kiyimda ko‘rganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qo‘ychi, yo bo‘lmasa, yaylov tomon bilan ish ko‘radigan tuyachi, deb o‘ylaydilar.

Ushbu ta’rif kim haqida?
J.: Akbarali mingboshi

  1. Quyidagi ta’rif kim haqida?

Chakka suyaklari turtib chiqqan, peshona — bo‘yiga tor, eniga keng va ham uzunuzun uch chuqur ajinga ega... Burun o‘rtacha, lekin qanshari past... Ko‘z qisilibroq kelgan, parda tomirlaridan ikkiuchtasi va ham ikkala ko‘zining bir yonida jindak joyi hamma vaqt qizil, bir ko‘zida picha shapag‘liq asari ham bor... Iyak — keng, jag‘ — sergo‘sht. Juda siyrak bo‘lgan soqol iyakning o‘rtasigagina to‘planib echkiniki singari, pastga tomon sangillab tushgan.
J.: Akbarali mingboshi

  1. Quyidagi ta’rif kim haqida?

Mo‘ylov ham soqol singari siyrak. Usta To‘xtashning “asirdiyda” do‘kati ikki kunda bir qirib turganligidan lab ustidan kalta va tekis bo‘lsa ham, umuman o‘zi, yarmidan ko‘pi yiqitilgan daraxtzor singari, xunuk ko‘rinadi, ikki uchida oltitadan o‘n ikkita uzun qil, sichqonning dumiday, ingichka bo‘lib pastga cho‘zilgan...
J.: Akbarali mingboshi

  1. “Yetti osilganlar qissasi” muallifi kim?

J.: L.Andreyev

  1. Akbarali mingboshi Miryoqub bilan qayerdatanishadi?

J.: Ostonaqul boyning qovun saylida 44. Akbarali mingboshi necha yildan beri ushbu mansabda o‘tiradi?
J.: 13 yildan beri

  1. “Kecha va kunduz” romanida “asl mingboshi”deb kim ta’riflanadi?

J.: Miryoqub

  1. “Kecha va kunduz” romanida qahramoni Miryoqubning laqabi nima?

J.: Epaqa

  1. “...tilla sochli, tarvuzday dumaloq, o‘zi lo‘ppigina va oppoq momiqday bir bola” kim?

J.: Noyib to‘raning o‘g‘li

  1. “Farzanddan va esdan mahrum, lekin yer-suv, pul va boshqa boylikka ko‘milgan odam” kim?

J.: Akbarali mingboshi

  1. “Qishloqda ikkita baqqollik, bitta qassoblik do‘koni, guzarda ikkita samovari bor” qahramon kim?

J.: Miryoqub

  1. “Kecha va kunduz” romanida amerikalikka o‘xshatilgan qahramon kim?

J.: Miryoqub

  1. “Kecha va kunduz” romanida qaysi amaldorning rus mirzasi Sokolov, inoq mirshabi Mirzabobo deb ataladi?

J.: Akbarali mingboshining

  1. Noyib to‘rani mahalliy aholi (sartlar) kim debataydi?

J.: Parpi to‘ra

  1. Noyib to‘raga kimlar “Hamma suvni mingboshining yerlari ichadi-yu bizga tegmay qoladi. Shunaqa qilib, necha yildan beri ekinlarimiz qurib ketayotibdi”, deb arz qilishadi?

J.: Yodgorxo‘ja va Umariliboy

  1. Yodgorxo‘janing laqabi nima?

J.: Yodgor echki

  1. Umaraliboyning laqabi nima?

J.: Umarali puchuq

  1. Qaysi adabiy qahramonning ovozi Dovud payg‘ambarning ovoziga o‘xshatiladi?

J.: Zebining

  1. Akbarali mingboshi kimning ovozini “eshak hangrasa, undan a’lo” deb masxaralaydi? J.: Tegirmonchi Shamsiddinning 58. Jadidlar tomonidan chiqariladigan gazetada Akbarali mingboshini kim tanqid qilib chiqadi? J.: Muallim M.M.

  1. Jadid so‘zining ma’nosi nima?

J.: Yangi

  1. “Hovlisida muallim saqlab, o‘g‘illarini o‘qitadigan, jadid maktabiga pul bilan qarashadigan, o‘zi jadid gazeti o‘qiydigan” mingboshi kim?

J.: Abdusamat mingboshi

  1. Hukumat tomonidan chiqariladigan gazetadaAkbarali mingboshini maqtab yozgan kishi kim?

J.: Mulla Rivojiddin

  1. “Echkiga o‘lim, qassobga yog‘!” maqoli qaysi asarda tilga olingan?

J.: “Kecha va kunduz”

  1. “Kichkina mitti, xon xo‘jani yiqitdi” o‘zbek maqoli qaysi asarda tilga olingan? J.: “Kecha va kunduz”

  2. Agar to‘yda yo to‘ydan keyin men sizni uyda ko‘rgunday bo‘lsam, mingboshi dodhoga aytib avaxtaga jo‘natdiraman!

Poshshaxon ushbu gap bilan kimni qo‘rqitadi?
J.: Umrinisabibi va qizini

  1. Akbarali mingboshining qaysi xotiniga nisbatan “Kechagi botgan quyoshday... unutildi!” iborasi qo‘llanilgan?

J.: Sultonxonga

  1. Miryoqub shaharda uchratgan rus xotin kim?

J.: Mariya Ostrova

  1. Noyib to‘raga Turkiston tarixiga oid qo‘lyozmakitoblardan topib bergan kishi kim?

J.: Mudarris Shahobiddin

  1. Miryoqub va Noyib to‘ra o‘rtasidagi suhbatdatilga olingan gazetada e’lon qilingan “Gul rangli ko‘z yoshlari va sarg‘aygan yuzlar ajib go‘zal bo‘ladilar, xuddi zar yurgizilgan yoqut kabi go‘zal bo‘ladilar. Sen agar bodom singari boshdan-oyoq ko‘zdan iborat bo‘lsang, hech narsa ko‘rolmaysan, ammp sevgi surmasi ila ochilgan ko‘z ravshan bo‘ladi” mazmunidagi bayt kimning qalamiga mansub edi?

J.: Shoir Ado

  1. Men qirqqa borib qoldim. Haligacha bitta boshim ikkita bo‘lgani yo‘q. Keng ko‘rpada yolg‘iz o‘zim qaltirab yotaman... Mening ham orzu-havasim bor. Uylansam, bola-chaqa ko‘rsam, deyman.

Ushbu gap kimning gapi?
J.: Zunnunning

  1. Zunnunning Noyib to‘raga qanday bog‘liqligibor?

J.: Zunnun Noyib to‘ra xonadonining oshpazi
hisoblanadi

  1. Noyib to‘ra mahkamasining kotibi kim?

J.: Ignatyuk

  1. Yevdokiya Zaxarovna Kobilina kim?

J.: Mariya Ostrovaning yangi pasportdagi ismi-
sharifi

  1. Qaysi qahramon haqida “Unday olijanob va ko‘ngilchan kishi bu zamonda kamyob” deb aytilgan?

J.: Noyib to‘ra haqida

  1. Quyidagi parcha kim haqida?Birorta sartiya qirg‘iz mergani otib qo‘ymasin deb qo‘rqaman. Xotya sartlar uni yaxshi ko‘rishadi... O‘zingiz bilasiz, tilni juda yaxshi biladi. Sart kitoblarini o‘qiydi. Sartcha yozadi. Sartlar uni “Parpi to‘ra” deyishadi... Bilasizmi, u o‘zi ham sartlarni juda yaxshi ko‘radi. Yuvosh, qo‘yday xalq, deydi. Qancha jabr ko‘rsa, qiynalsa ham “xudo” deb tura beradi, deydi. Sartlarning shu dindorligini, ayniqsa, yaxshi ko‘radi... J.: Noyib to‘ra haqida

  2. Miryoqubning Akbarali mingboshining qaysixotini bilan ishqiy munosabati haqida so‘z yuritilgan?

J.: Poshshaxon bilan

  1. “...Musulmonning ishi kofirga tushdi-ey, yor-r, yorlarim...” misrali ashula qaysi asarda kuylangan?

J.: “Kecha va kunduz”

  1. Yevdokiya Zaxarovna Kobilina Miryoqubga qanday nom qo‘yadi?

J.: Jakob

  1. Miryoqub Yevdokiya Zaxarovna Kobilinaga qanday nom qo‘yadi?

J.: Maryam

  1. Poyezddagi jadid yigitning ismi-sharifi nima?

J.: Sharafiddin Xo‘jayev

  1. Poyezddagi jadid yigit qayerga borayotgani haqida so‘zlaydi?

J.: Finlandiyaga

  1. Millat uyg‘onsin, ko‘zini ochsin, o‘qisin, bilim olsin, madaniy millatlar qatoriga kirsin, so‘ngra u ham o‘z davlati, o‘z baxti, o‘z saodatini quradi.

Shunday fikrlaydigan qahramon kim?
J.: Sharafiddin Xo‘jayev

  1. Boqchasaroyda nashr qilinadigan gazeta qaysigazeta?

J.: “Tarjumon”

  1. “Tilda, fikrda, ishda birlik!” shiori bilan nashr qilingan gazeta qaysi gazeta?

J.: “Tarjumon”

  1. Finlandiyada magazinim bor, Peterburgda magazinim bor: har yil yarmarkaga borib ish qilaman. Fransiyada Lion, Germaniyada Hamburg shaharlariga boraman. Teri, mo‘yna, mahalliy sanoat mollarini o‘tkazaman. Dunyoning pulini topaman.

Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?
J.: Sharafiddin Xo‘jayevning

  1. Bir ukam — Finlandiyada Xelsingfors gimnaziyasining 5-sinfida. Bir ukam Ufada mashhur Oliya madrasasida. Akamning bir o‘g‘li — Toshkent real maktabida. O‘z o‘g‘lim hali kichik bola, Finlandiyada, maxsus muallim solib berganman, o‘qiydi...

Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?
J.: Sharafiddin Xo‘jayevning

  1. “Jadid — kofirning ashaddiysi”, deb hisoblaydigan kishi kim?

J.: Shahobiddin domla

  1. Gazeta o‘qiydigan bitta mullabachchani madrasadan rasvo qilib haydagan kishi kim? J.: Shahobiddin domla

  2. Shaharning katta boylari kimlarni “tirranchalar”, “haromilar” deb bilishadi?

J.: Jadidlarni

  1. “Husayniya” madrasasi qayerda joylashgan?

J.: Orenburgda

  1. “Husayniya” madrasasini kim qurdirgan?

J.: Ahmadboy Husainov

  1. Moskvada “So‘z” gazetasini chiqargan ziyolikim?

J.: Tatar Ayoz Is’hoqiy

  1. Miryoqubning farzandlari nechta?

J.: 3 ta (2 qiz, 1 o‘g‘il)

  1. Maryamning musulmoncha nomi nima?

J.: Bibi Maryam Oysha qizi

  1. Sadriddin cho‘loq kim?

J.: Sultonxonning otasi

  1. Uchinchi qizini shaharlikka berib, keyincha o‘ziham shaharga ko‘chmoqchi bo‘lgan kishi kim? J.: Sadriddin cho‘loq

  2. Fatonatlik ey yaxshilar sarvari,

Basharmusen yo maloik, yo pari,
Jafo qilsang, ko‘p oshiqning daftari,
Ne gunohim, menga tanho aylading.
“Kecha va kunduz” romanidan olingan ushbu misralar qaysi shoir qalamiga mansub?
J.: Muqimiy

  1. Akbarali mingboshining qaysi xotinining Hakimjon bilan ishqiy munosabati haqida so‘z yuritilgan?

J.: Sultonxonning

  1. Hali qorong‘i tushib, palovga dasturxon yozilgan yo‘q ediki, tashqariga bir mehmon kirib keldi. Hakimjon uni kular yuz bilan, sevinib qarshi oldi. Bir oz keyin ichkaridan chiqqan mingboshi ham unga nisbatan bir qadar mulozimat bilan muomala qildi. Lekin bu mulozimatning yasamaligi shu qadar ochiq ediki, mehmonning ko‘zlari Hakimjonning ko‘zlarini to‘g‘ri keltirib turib, u to‘g‘rida bir himo qilib o‘tdi. Hakimjon ham ko‘z qorasi bilan mehmondan uzr so‘radi. Mehmon esa “muning o‘zi nima-yu, muomalasi nima bo‘lardi?” degan ma’noda kulib qo‘ydi, xolos. Palov yeyilib bo‘lgach, ko‘k choyni ichib o‘tirib, ular uchovi suhbatga tushdilar.

Ushbu mehmon kim edi?
J.: Hasanov degan bir tatar yigiti bo‘lib, qishloq qarz shirkatlarining inspektori edi

  1. Halillullo uchun yondirdilar nor,

Qadam qo‘ymay o‘shal o‘t bo‘ldi gulzor. “Kecha va kunduz” romanidan olingan ushbu misralar qaysi shoir qalamiga mansub?
J.: So‘fi Olloyor

  1. Yodgor echki, Umarali puchuqlar bilan bog‘liqg‘alayon qayerda sodir bo‘ladi? J.: Qumariqdagi machitda

  2. Qumariqdagi machitda sodir bo‘lgan g‘alayonhaqida Akbarali mingboshiga kim xabar beradi? J.: Ellikboshi Qosim laylak 101. “Qo‘lidagi oppoq to‘pponchasi” bor kishi kim?

J.: To‘xtasin boyvachcha (Umaraliboyning o‘g‘li) 102. “Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham boyning o‘g‘li gapirsin” iborasi qaysi asarda qo‘llangan? J.: “Kecha va kunduz”

  1. “Puli borning gapi o‘ng, puli yo‘qning gapi to‘ng” iborasi qaysi asarda qo‘llangan? J.: “Kecha va kunduz”

  2. Mingboshining xotinlari orasida “eng jonli va eng esligi” deb ta’riflangan xotin kim?

J.: Poshshaxon

  1. Shuni qo‘lga keltirsam, bor-yo‘g‘imni tutaman. Bor-yo‘g‘im shuniki bo‘ladi. Bittagina bola tug‘ib bersa, merosxo‘rim bo‘ladi. Boshqalarga hech narsa yo‘q!

Akbarali ushbu gaplarni qaysi xotiniga uylanishda aytgan?
J.: Zebiga

  1. Nima bo‘ldi bu juvonga? Ertadankechgacha kundoshlari bilan o‘ynashadi, gapiradi, ashula qiladi, kuladi, kuldiradi, tegishadi, hazil qiladi, qitiqlaydi, qochadi, quvlaydi, quvlashadi. Qor yoqqanidan beri qishloqning yarim xotin-qizlari bilan qor otishib chiqdi... Uchta bilan “qor xati” o‘ynab yutdi... Nima balo bo‘ldi bu juvonga! Kech kirsa, xuftondayoq o‘zi uyiga chekilib, eshikni ichidan berkitib oladi: tong otguncha dom-daraksiz yo‘q bo‘lib singib ketadi... Eng ashaddiy dushmani Zebixon edi: eng yaqin o‘rtog‘i Zebixon bo‘lib qoldi.

Ikkalasi sirdosh, mahram...
Ushbu xotin kim?
J.: Sultonxon

  1. U uydan goh yosh kelinning quvnoq va bolalarcha kulishi, goh qari kuyovning xursand qiyqirishlari, goh bo‘lsa yangi qayliqning yo‘rg‘a zarbli dutori bilan shirin va shiralik ovozi, goh bo‘lsa yangi keltirilgan gramofonda Netayxonning qichiq yallalari eshitiladi... Ana turmush! Ana kuyovqayliq! Parcha qaysi asardan olingan?

J.: “Kecha va kunduz”

  1. ”Bir o‘q bilan ikki qushni ag‘darish”ni mo‘ljallagan qahramon kim?

J.: Poshshaxon

  1. Soddasan, Akbarali. Podsholik hamma vaqt yurtning obro‘ylik odamlarini himoya qiladi. Obro‘y davlat bilan topiladi, muni bilasan. Undan keyin, qishloq odamlarining shunaqa o‘zboshimcha harakatlariga yo‘l qo‘yib bersak, oz vaqt ichida qishloqdan qo‘l yuvishimiz kerak bo‘ladi. Ushbu matn kimning nutqidan olingan?

J.: Noyib to‘raning

  1. ... degan xunuk gapni haligi ikki boy bilan Abdisamat kaptarlarning qanotiga ilib, shamolning qo‘ltig‘iga qistirib, yomg‘irning tomchisiga joylab, bulutning qo‘yniga solib uchiradi; har bir uchgan qarg‘a shuni aytib qag‘illaydi, shu bilan ikki kun ichida u shumli xabar yer yuzini aylanib, Makkatillogacha yetib boradi. U yerda mingboshining eski kushandasi Nasriddin baqiroq Ka’bayi sharifning baland tomiga chiqib, arab tilida ayyuhannos tortadi... Undan ko‘ra o‘lgani yaxshi emasmi? Bu xunuk gap qaysi gap?

J.: “Akbarali mingboshi amalidan bekor bo‘libdi” 111. “Akbarali mingboshi amalidan bekor bo‘libdi”,— degan xunuk gapni haligi ikki boy bilan Abdisamat kaptarlarining qanotiga ilib, shamolning qo‘ltig‘iga qistirib, yomg‘irning tomchisiga joylab, bulutning qo‘yniga solib uchiradi, har bir uchgan qarg‘a shuni aytib qag‘illaydi, shu bilan ikki kun ichida u shumli xabar yer yuzini aylanib, Makkatillogacha yetib boradi. “Kecha va kunduz” romanidan olingan ushbu matnda “ikki boy” deganda kimlar nazarda tutilgan? J.: Yodgor echki, Umarali puchuq

  1. G‘alati, yuvosh, muloyim, beozor va ayanch nazar bilan Zebiga qaradi va ikkala qo‘li qo‘yib yuborib, boshini bir tomonga shilq etib tashladi-da, o‘zi ham devorga suykana-suykana sekingina yerga o‘tirdi, bir nafas o‘tirgandan keyin bir tarafga qiyshayib ohistagina yonginasiga yiqildi va shu bo‘yicha qimirlamay qoldi.

Berilgan parchada kimning holati tasvirlangan?
J.: Mingboshining

  1. “Kecha va kunduz” romanida “o‘q otib mo‘ljaliga tegizolmagan” qahramon kim?

J.: Poshshaxon

  1. Shaharda bo‘lsin, uyezdda bo‘lsin, uni tanimagan odam yo‘q, o‘zi yerlilardan. Yerli xalq uni — “Obrezqora” deb ataydi. O‘rta bo‘yli, qop-qora tanli arvoh, qotma bir kishi... Obrezqora — yerli xalqlardan chiqqan “advokat”... Qaysi bir sud majlisida “yolg‘on guvoh”ga hojat ko‘rilsa, Obrezqora tayyor.

Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Kecha va kunduz”

  1. Sud majlisi bo‘ladigan keng zalda shamollar uchib o‘ynardi. Qator-qator chizilgan Vena kursilari haftalik uyqularidan hali ham uyg‘onmagan edilar. Eng oldingi qatorda hokim, noyib, garnizon boshlig‘i, politsiya boshlig‘i, pop; uchinchi qatordagi eng chekka kursida oppoq va zo‘r sallali chol — jome machitning ingichka ovozli imomi o‘tirardi. Bir tomonda — zakunchi, bir tomonda — tilmoch; boshqa hech kim yo‘q. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

J.: “Kecha va kunduz”

  1. Sud zalidagi qaysi qahramon Ispaniya inkvizitsiya mahkamalarining qora aboli va sirli kardinallariga o‘xshatilgan?

J.: Zebi

  1. “Kecha va kunduz” romanida Zebining “Shuncha nomahramning oldida yuzimni ochamanmi? Undan ko‘ra o‘lganim yaxshi emasmi?” degan so‘zlariga “tovuqning qa-qalashiga yaqin bir tovush bilan ovozi boricha va birdaniga qah-qah solgan” qahramon kim edi?

J.: Garnizon boshlig‘i

  1. “Kecha va kunduz” romanida Zebining “Shuncha nomahramning oldida yuzimni ochamanmi? Undan ko‘ra o‘lganim yaxshi emasmi?” degan so‘zlariga “o‘zlarining ingichka, xushtak singari ovozlari bilan ixtiyorsiz: “mashaollo!” deb yuborgan” qahramon kim edi?

J.: Domla

  1. Kofir bilan itning farqi yo‘q. Itdan qochmaysizmi? Shunday bo‘lsa, kofirdan ham qochmasangiz bo‘ladi. Bu joiz. “Kecha va kunduz” romanida Zebiga qaratilgan ushbu gaplar kim tomonidan aytilgan?

J.: Domla

  1. “Kecha va kunduz” romanida tilmoch tomonidan aytilgan quyidagi gapda kim nazarda tutilgan?

Imon yo‘q taqsirimda.
J.: Domla

  1. “Kecha va kunduz” romanidagi dumbul va savodsiz” qahramon kim?

J.: Akbarali

  1. “To‘rt chaqaga arzimagan qurboni zamon” kim va u qaysi asar qahramoni nisoblanadi? J.: Akbarali, “Kecha va kunduz” 123. “Kecha va kunduz” romanidagi “umri to‘rt devor orasida o‘tayotgan, na tirikchilikdan, na erdan yalchigan” qahramon kim?

J.: Qurvonbibi

  1. “Kecha va kunduz” romanidagi “makkor va sharmsiz xotin” kim?

J.: Noyib to‘raning xotini

  1. “Kecha va kunduz” romanidagi “olamga hayrat ko‘zi bilan qaraydigan, sodda, samimiy” qahramon kim?

J.: Zebi

  1. ... ikki konvoyning yalang‘och qilichi o‘rtasida zalga kirib keldi; ustida qora barqut paranji, qora chimmat, oyog‘ida qora amirkon mahsi-kavush bilan sud qarshisiga kelib to‘xtadi. Bu omonsiz suddan va bu yaltiragan yalang‘och qilichlardan ko‘ra uning o‘sha qora qiyofasi qo‘rqinch edi; o‘rta asrlardagi Ispaniya inkivizitsiya mahkamalarining qora aboli va sirli kardinallariga o‘xshardi... Pop qaradi, boshini chayqadi: domla qaradi, “astofurullo” o‘qib, soqolini silkitdi.

Ushbu matn manbasini aniqlang.
J.: “Kecha va kunduz”

  1. “Kecha va kunduz” romanida sud jarayoniganima uchun chaqirtirilganini anglamagan qahramon kim?

J.: Domla-imom

  1. Dadaboy baqqol, Netayxon yallachi singarinomlar qaysi asarda uchraydi?

J.: “Kecha va kunduz”

  1. Akbaralining o‘rniga kim mingboshilikka tayinlanadi?

J.: Zunnun

  1. Bolasining yoniga nima uchun otasini jo‘natmaydi bu ahmoq o‘rus? Adolat bormi kofirda?!

Ushbu gap kim tomonidan aytilgan?
J.: Eshon

  1. Xudo xudo bo‘lib turib ham oladi, ham beradi, yo‘q-a, u ilgari jon beradi, keyin jon oladi. Yer yer bo‘lib turib ilgari rizq beradi, keyin jon oladi. Olgan beradi-da! Sen nimasan, pirim, sen? Xudodan zo‘rmisan? Yerdan kuchlimisan? Olasan, bermaysan.

Olasan bermaysan...
“Kecha va kunduz” romanidagi ushbu parcha kimning nutqidan olingan?
J.: Razzoq so‘fining

  1. Qish chiqishga yaqin allaqanday qarindoshlari kelib, uni olib ketdilar. Qarilar, domlalar, parixon, azayimxon, duoxon va boshqalarga pul berib o‘qitdilar, ko‘chirtirdilar, dam soldirdilar, foydasi bo‘lmadi. Hamon o‘sha eshonnikidagi singari har kimga qizini maqtab gapirar; so‘ngra ho‘ngrak otib, achchiq-achchiq yig‘lagach, “Yoriltosh” kuyida o‘zi to‘qigan baytlarini o‘qirdi.

Ushbu parchada kimning holati tilga olingan?
J.: Qurvonbibining

  1. Qaysi asar qahramoni o‘z eri tomonidan “Hay, kim” deb chaqiriladi?

J.: Zebi (“Kecha va kunduz”)


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish