Otalar: «So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman», deb bekorga aytishmagan



Download 22,91 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi22,91 Kb.
#430392
Bog'liq
Ona tili 7-sinf diktant


Nasihat
Maymunlar bir tog‘da yashar edilar. Bir kun quyosh botib, dunyoni tun pardasi qoplaganda, izg‘irin har tomonga yu- gurib, maymunlarga hujum qila boshladi. Bechora maymun­lar sovuqdan titrar va isinish uchun bir chora axtarar edilar. Nogoh bir joyda yaltiroq qurtni ko‘rib qoldilar. Uni cho‘g‘ deb o'ylab, talay o‘tin yig‘ib, atrofiga qaladilar va hadeb puflay boshladilar. Ulaming qarshisidagi daraxt ustidagi bir qush: «Bu olov emas, kechalari yaltirab ko'rinadigan yaltiroq qurt», - deb qichqirib faryod qilibdi. Maymunlar esa uning gapiga e’tibor bermas edilar. Bu asnoda o'tkinchi bir odam ahvolni ko‘rdi va qushga: «0‘zingni ko‘p koyitma, ular sening so'zingga quloq soladigan, foydasiz ishdan voz kechadiganlardan emas, ularga nasihat qilish qilichni toshga urish, shakami suv ostiga berkitish bilan barobardir», - deb- di.
Qush odamning so’zlariga e’tibor bermay, maymunlar- ning xatosini tushuntirish uchun daraxtdan tushib, ular yoniga keldi. Maymunlar uni o‘rab olib, boshini uzib tashladilar.
Otalar: «So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman», deb bekorga aytishmagan.
(«Kalila va Dimna»)

Bahoriy taomlar
Navro‘z tongi otdi. Ertalabdan ko‘chalar bayram tusini oldi. Chiroyli kiyingan baxtiyor yoshlar, ko‘rkam soqollari ko‘ksini bezagan nuroniylar, farzandlari kamoliga intiq ota-onalar chehrasida tabassum, lablarida Navro‘z kulgusi mujassam. Bayramda bahoriy taomlar pishirish bo‘yicha
musobaqalar o‘tkazildi. Shunday taomlardan biri ko‘k somsadir.
Ma’lumki, bahor kelishi bilan turli-tuman o‘t-o‘lanlar ko'kara boshlaydi. Ular orasida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan vitaminlarga boy ko‘katlar ham ko‘p. Shunday ko‘katlami yeyish juda foydali. 0‘zbekistonda ana shunday o‘tlardan somsa pishirish odatga aylangan.
Bahorning ilk kunlaridayoq bolalar shunday ko‘katlami terish uchun dalalarga chiqadilar. Ular keltirgan ko‘katlami onalar tozalaydilar, yuvadilar va maydalaydilar. Shundan keyin ko‘k somsa tayyorlanadi. Bunday somsa ko‘proq tandirga yopiladi.
Ba’zan ko‘katlar qo‘shilgan non ham yopiladi. Bunda bolalar uchun maxsus kulchalar ham qilinadi.
(115 so`z. N.Mahmudov)

Rivoyat
Bir kuni Damashq hokimi huzuridagi olimlar yig‘iniga Forobiy kelib qoladi. 0‘z taxtida o‘tirgan hokim Sayfutdav- la Forobiyni o'tirishga taklif etadi. Forobiy: «0‘zimning martabamga qarab o‘tiraymi yoki sizning martabangizga qarab o‘tiraymi?» - deb so‘raydi. Hokim: «0‘zingning martabangga qarab o‘tir», - deb javob beradi. Olim to‘ppa- to‘g‘ri hokimning taxti yoniga borib o'tiradi. Bundan g‘azablangan hokim ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan tilda soqchisiga: «Bu turk odobsizlik qildi, axloqsizligi uchun uni ketayotganida jazolanglar!» - deydi.
Shunda Forobiy: «Men hech qanday gunoh qilganim yo‘q-ku, nima uchun meni jazolaysiz?» - deb so'raydi. Hayratga tushgan hokimning «Bu tilni xalq orasida hech kim bilmas edi, sen qayerdan o‘rgangansan?» degan savoliga Forobiy: «Men ko‘p tillami o‘rganganman», - deb javob beradi... «Ikkinchi muallim»ni tanib qolgan hokim uzr so‘raydi.
(110 so‘z. Rivoyat)

Vatanga muhabbat
Vatan! Bu so‘z bizning qalbimizga ona allasidan, uning qaynoq muhabbatidan singadi. Agar ma’lum bir muddat o‘z uyimizdan sal olisroqda yashab qolsak, ko‘nglimiz g‘ash boiaveradi. Har qanday ko‘ngilochar narsalar ham bizni quvontira olmaydi. Negaki, biz o‘z go‘shamizni qo‘msay boshlaymiz. Bu Vatanni sevishning bir ko‘rinishi emasmi?! Vatanga muhabbat, uni ardoqlash, ona-Vatanga tegishli bo'lgan har bir narsani muqaddas bilish, o‘zini shu Vatan kengliklariga daxldor deb his qilish haqiqiy insonlarga xos fazilatdir.
Bu aziz kunlarga xalqimiz osonlikcha erishgani yo‘q. Begunoh kishilaming muborak ruhlarini shod etmoq uchun Vatanimizning har bir fuqarosi qo‘lidan kelganicha xayrli ishlami bajarishi shart. Shukurlar boisinki, mustaqillik degan buyuk ne’matga erishgach, buyuk kelajak barpo etishga kirishildi. Buning uchun esa mustaqilligimizni yanada mustahkamlash uchun intilishimiz kerak.
(114 so` z. «Dillarda vatan madhi»)
Download 22,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish