O’smirlar psixologiyasi



Download 38,5 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi38,5 Kb.
#412301
Bog'liq
Maqola destruktiv


O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASI

Sarvarova E’zoza Farrux qizi O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali

Oila psixologiyasi 111-19 guruh talabasi

Annotatsiya: o’smirlik ko’p jihatdan insonning ertangi kunini belgilab beruvchi muhim palla hisoblanadi. Bu davrda ota-onalar farzandlariga har doimgian ko’proq e’tibor berishlari kerak. Axir biz yoshlar yurtimizning ertangi kuni, kelajagimizdir.

Kalit so’zlar: o’smir, o’smirlik davri psixologiyasi, “Men” konsepsiyasi, o’tish davri.

Darhaqiqat, o’smirlik bu bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lib, bu davr inson hayotidagi muhim davr hisoblanadi. O’smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshalargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi davrdagi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismonan, ham ma’nan, ham aqlan rivojlangan. Bu davrda ular fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari bilan harakterlanadi.Bu davrda bolalar hamma narsaga qiziqadi, hamma narsani o’rganishga harakat qiladi, ularning diqqati ko’chuvchan bo’ladi. Shuning uchun ularni bu davrda har xil sohalarga yo’naltirish tez va oson kechadi. O’smirlarning kayfiyati ham juda o’zgaruvchan bo’ladi.

O’smirlik balog’atga yetish davri bo’lib yangi hislar, sezgilar, tuyg’ular paydo bo’ladi. Bu davrda o’smir hayotida fiziologik va psixologik o’zgarishlar juda ham keskin sur’atlarda amalga oshiraldi. Kichik maktab yoshidagi novcha qizlarning yonida bo’yi pastroq lekin serharakat bolalar o’smirlik davrida novcha qizlarga yetib oladilar, hattoki ulardan o’zib ham ketadilar. Bu davrda qiz bolalar 5-7 smga o’ssalar,o’g’il bolalar esa unadan yuqori 5-10 smga o’sib ketadilar. Bo’y o’sishi naysimon suyaklar va umurtqa pog’onasining uzayishi hisobiga ro’y beradi. Bu davrda naysimon suyaklarning oxirgi tayanch qismlari hali yetarli darajada suyaklanmagan,yumshoq bo’ladi. Bu xususiyatlarni nazarda tutish, o’smirlar sportning murakkab,og’ir turlari bilan shug’ullanishiga yo’l qo’ymasligi kerak.Aks holda bolalarning umurtqa pog’onasi qiyshayib bo’yi o’smay qolishi mumkin.Og’iz bo’shlig’iga hamda halqumdagi o’zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o’zgaradi. Bu o’g’il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko’proq darajada sodir bo’ladi. O’g’il bolalarning tovushi vazminroq bo’lib qoladi va do’rillaydi. Ayni shu holat ham o’smir psixikasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agar ularning ovozi muhokama qilinaversa, ustidan kulinaversa o’smir aggressor, urishqoq bo’lib qoladi. Shuning uchun ham kattalar o’smirlar bilan qanday muomala qilishni bilishlari kerak. Chunki ular o’zlari bilan xuddi kattalardek muomala qilishlarini xohlashadi. Insonning o’zining “Meni” ham shu davrda rivojlana boshalaydi va u o’zligini anglashni o’rganadi. Ular o’zlarining layoqati, qobiliyati va imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlariga va o’qituvchilariga ko’rsatishga intiladilar. O’smirlik davri “O’tish davri”, “Krizis davri”, “Qiyin davr” kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki bu yoshdagi o’smirlarning xatti-harakatlaridagi muqobil, yangi sharoitlarda o’z o’rnini topa olmaslik, psixik portlash hollari ham kuzatiladi.

O’smirlik davri yoshini 2 davrga bo’lishimiz mumkin:

Birinchi davr: O’smir o’zini bolalardan ajratib, u o’zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo’ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o’smirlarning asosiy xarakterlaridan biri bo’ladi. Bu davr uchun kattalardan xatti-harakatlariga taqlid qilish va o’zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bo’lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajadagi bog’liq bo’lib qolishi va shu singariholatlar harakterlanadi.

Ikkinchi davrda o’smiralr o’zini yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o’zligini aniq anglay boshlaydi. O’z shaxsini ulug’lab o’ziga xos harakatlar qila boshlaydi.O’smirlarni o’z shaxslari haqidagi fikrlari ko’proq qiziqtiradi. Ular o’zlarini bilishga, maqsadini rivojlantirishga, o’zlarini tarbiyalashga harakat qilishadi.

O’smirlik davrida ichki erkinliklarning o’sishida, o’zini–o’zi anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta o’zgarishlar ro’y beradi. Bunday o’zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati border albatta. Irodaly psixik funksiyalar sifatida o’smirlarning erkin harakat qilish quroli, shuning shaxsiy rivolanishning yuqori chizig’i hisoblanadi. O’smirlik davriga ko’pincha so’zga kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z kamchiliklarini tan olmaslik, urishqoqlik kabi salbiy xususiyatlar ham xosdir.

O’smirlik davrida kimningdir xatti-harkatlariga taqlid qilish kuch hisoblanadi.U o’ziga yoqqan va o’zi uchun ideal deb bilgan odamga taqlid qiladi. Shuning uchun

ham o’sha odamning hamma qilgan ishlari u uchun to’g’ri bo’ladi.

O’smirlar haddan tashqari g’ayratli va besaramjon bo’ladi. Ular uchun bekorchilik juda og’irdir. Bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar. Bu esa ularning ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatlariga kuchli ta’sir qiladi. Binobarin, o’smirlarga muvaffaqqiyatli ta’lim va tarbiya berishda ularni turli xil faoliyatlarga qiziqtirish va har xil turdagi foydaki mashg’ulotlarga jalb qilish hamda qiyinroq lekin kuchi yetadigan ishlar bilan shug’ullantirish nihoyatda muhimdir.

O’smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, o’smir birmuncha faolroq ijtimoiy muhitda yetilgan bo’lib, bolalalik chog’ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib ana shu muhit uchun kurasha boshalaydi. Har bir o’smir muvaffaqqiyatli ishlari bilan tevarak-atrofdagi odamlar o’rtasida o’z shaxsini tasdiqlashga intiladi.

O’smirlarda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo’ladi. Ular hissiyotlarga beriluvchan bo’lib, ularga mardlik, jasurlik va tantiqlilik ham xosdir.Lekin ularda farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko’ra bilish kabi psixik xususiyatlar ularda hali yetishmagan bo’ladi. O’smir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatida ba’zan o’zlarining kuchlari yetmaydigan qarama-qarshiliklar paydoo’ladi. Asosiy qarama-qarshiliklar juda ko’p orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va moddiy ehtiyojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda ko’p jihatdan yetarli bo’lmagan imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshilikdir.

O’smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bo’ladi. Aynan 13-14 hamda 15 yoshalarda charchash chizig’I keskin ko’tarilib ketadi. Bunday holatlarda o’smir atrofdagi narsa, voqea va hodisalarga to’liq diqqatini qarata olmaydi. Bunday paytda u o’zini qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tayinlangan mash’ulotlar bilan shug’ullanishi maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi.

O’smirlik davrida xotiraning barcha turlari jadal rivojlangan bo’ladi. Ular o’zlari xohlagan narsalarni tezda xotirasida saqlab qo’ya olishadi. Bu davrda nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab borilishi o’smir tafakkurining rivojlanib borishidan dalolat beradi. Buning ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliayti o’sa boshlaydi.

O’smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod prinsipi, o’zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlarining shakllanishi ham boshlanadi. O’smir ulg’aygan sari unda “IDEAL MEN”, “AXLOQIY MEN” va “HAQIQIY MEN” shakllana boshlaydi,undagi o’zi to’g’risidagi tasavvur ancha aniq va barqaror bo’ladi.O’smirlarni o’z shaxslari haqidagi fikrlari ko’proq qiziqtiradi, ular o’zlarini bilishga, maqsadli rivojlanishiga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O’smir haqidagi atrofdagilarning fikri juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ularning fikrlari asosida u o’zini qanday inson ekanligini bilib boradi. O’smirlar o’z ichiga sig’maydigan energiyaga boy bo’ladi. Bu energiyani tog’ri yo’lga boshlash uchun esa tashqi kuchning ta’siri albatta kerak bo’ladi. Bularga esa ularning ota-onalari, ustozlari, bobo-buvilari va shu o’rinda mahalla kishilarning o’rni beqiyosdir. Ular o’smirga yo’l ko’rsatayotgan bir paytda xuddu katta odamlar bilan gaplashayotgandek gapirishalri kerak bo’ladi,albatta.

O’smirlik davrida yetakchi faoliyat-o’qish, muloqot va mehnat faoliyatidir.O’smirlik davrida muloqoyning asosiy vazifasi bu do’stlikdagi elementar normalarni aniqlash va shu normalarni egallashdir.Bu borada o’smirlik yoshining rivojlanishiga ko’proq mehnat faoliyati ham ta’sir ko’rsatadi. Bu davrda mehnat ancha uyushqoqlik harakterida bo’ladi.

O’smirlik bu shaxsning tarkib topishida o’yin ham o’z ahamiyatini yo’qotmaydi.U o’smirlik yoshida yuksak axloqiy tuyg’ular, irodaviy xarakter xislatlarining o’sishiga yordam beradi. O’yin o’smirni intizomli bo’lishiga undaydi, shuningek u o’ylashga, eslab qolishga, biron narsani qilishdan oldin rejalashtirishga va diqqatli bo’lishga undaydi.

O’smirda qo’zg’alish jarayonlari jo’shqin, lekin shu asnosda tez ham o’sadi.Shuningdek, o’smir kuchli hayajonlanish paytida ayniqsa tegishli ijtimoiy sabablar asosida hayajonlanganida o’z xatti-harakatlarini idora eta olmaydi. Bu davrda ikkinchi signal sistemasining roli kuchayib boradi.

O’smirlik davrida muloqotni unutish vaziyati yuzaga keladi. Bu murakkab, o’ziga xos holat bo’lib, bunda o’smir shartli va shartsiz ravishda qiziqarli va muhim uchrashuv va muloqotni kutadi. Shu sababdan ular ota-onalariga, atrofdagi kattalarga qiziqish bilan qarashadi. Muloqot ko’payishi natijasida do’stlik kelib chiqadi. Bu do’stlik esa o’smirni o’zining katta odam sifatida hisoblashga yordam va turtki bo’ladi.

Bugungi kunda yurtimizning 10 million 360 ming nafar aholisini 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi. Bu umumiy aholining 40% demakdir. Shu jumladan mamlakatimizda voyaga yetmagan va yoshlar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab qo’yilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasiga asosan davlat fuqarolarning konsitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini ta’minlaydi. Xususan, O’zbekistonning yosh fuqarolari konsitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan ijtiomoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquq hamda erkinliklaridan to’liq foydalanadilar. Yoshlarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini ularning yoshiga qarab bevosita cheklab qo’yilmaydi. Agarda shu holat ro’y beradigan bo’lsa amaldagi qonun-hujjatlar bo’yicha javobgarlikka tortiladilar.

Konsitutsiyamizning 45-moddasida esa voyaga yetmagan yoshlarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek uning 64-moddasida esa: ”Ota-onalar o’z farzandlari voyaga yetgunlariga qadar ularni tarbiyalashga majburdirlar”deb qayd etib ketilgan.

Darhaqiqat, o’smirlar o’zlarining kelajakdagi maqsad va faoliyatlarini o’z hayollarida rejalashtirib borishadilar. Bu farmon va qarorlar va eng muhimi qonunlar esa shu orzularning ushalishiga zamin yaratib berishadi. Buning natijasida esa yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga asosan o’smirlar o’zlarining munosib hissalrini qo’shib kelmoqdalar. Bundanda katta marralarni egallashda harakat ham qilishmoqdalar.

Xulosa qilib aytganda o’smirlik davri inson hayotidagi eng muhim pallasi hisoblanadi.Inson bu davrda yaxshi,o’ziga xos va atrofdagilarga foyda keltiradigan ishlarni qilishga o’zlarini safarbar etishlari kerak. O’smirlik davrida inson qancha o’qib o’rgansa,shuncha kamdir. Zeroki bejizga xalqimizda “Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir” degan maqol mavjud emas. Bu davrda ota-onalarning va ustozlarning bolaga beradigan tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir!!!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:



  1. G’oziyev K. “Oila psixologiyasi”. Toshkent 2013.

  2. Nishanova Z.T., Flalimova G., Turg’unboyeva A.G‘., Xasranboyeva M. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi; T-2017 195-b.

  3. Davletshin M. G. «Umumiy psixologiya». T-2000 y.

  4. Gamezo A. «Atlas po psixologii». Moskva. 2001 y.

Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish