Osi modeli xaqida tushuncha va undagi pog’onalarning faoliyati bilan tanishish



Download 472.24 Kb.
bet1/2
Sana28.09.2021
Hajmi472.24 Kb.
  1   2

OSI modeli xaqida tushuncha va undagi pog’onalarning faoliyati bilan tanishish. Komputerning tarmoq qurilishi va ma’lumotlar almashinish jarayoni OSI modeli asosida bajariladi. (2.1-rasm):

2.1-rasm. OSI-Modeli tasviri keltirilgan.

AMALIY pog’ona

TAGDIMOT pog’ona

SEANSLI pog’ona

TRANSPORT pog’ona

TARMOQ pog’ona

KANAL pog’ona

FIZIK pog’ona

  1. OSI modeli pog’onalari xaqida axborot.

OSI/ISO standarti bo’yicha barcha pog’onalarda bog’lanish ketma-ketligi “SO’ROV” yuborilayotgan yoki “MA`LUMOT” jo’natilayotgan qurilmalarda yuqori pog’onadan pastki pog’onaga qarab siljiydi. Jo’natilmoqchi bo’lgan axborotga yuboriladigan manziliga qarab manzillar qo’yiladi va tegishli bayonnomalar bilan axborot bir joydan ikkinchisiga uzatiladi. Axborot eng pastgi pog’onaga tushganida “inkapsulyatsiya jarayoni” oxiriga yetgan bo’ladi, bunda axborotga aniq manzil va yo’nalish ko’rsatiladi.

  1. MS Windows OT muhitida buni tekshiramiz. Buning uchun dastlab ishimizni soddalashtirsh maqsadida “ +r” (“windows+R”) buyruqlar panelini ishga tushiramiz va unga “cmd” (command line interpreter) buyrug’ini yozib ENTER tugmasini bosamiz.(2.2-rasm)


2.2-rasm. Buyruqlar paneliga “cmd” buyrug’ini yozilish tartibi va ENTER tasdiqdan keyingi holat

Bizga ma`lumki bu oyna MS-DOS buyruqlari amalga oshiriladigan joy. Bunda biz avvalambor ishlayotgan kompyuterdagi tarmoq adapterlarining turlari va ular haqidagi axborotlarga ega bo’lishimiz kerak bo’ladi. Buning uchun yuqoridagi menyuga “ipconfig” buyrug’ini yozamiz, shuni ta’kidlash lozimki “ipconfig” buyrug’i o’rniga “ipconfig /all” deb yozilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Demak bu buyruqdan keyin biz quyidagi ma’lumotlarni olamiz. (2.3-rasm):

2.3-rasm. ipconfig /all –buyrug’ining natijaviy ko’rinishini.

Bundan bizga ma’lumki biz ishlayotgan kompyuterda ikkita tarmoq adapter mavjud bo’lib, biri IEEE 802.3 Ethernet tarmoq adapteri bo’lsa, ikkinchisi WiFi IEEE 802.11n –simsiz tarmoq adapteridir. Bu ikkasidan aynan bittasida nofaol holatda va ikkinchisi faol holatda ekanligini ko’ramiz. Demak har qanday tarmoq qurilmasi tarmoqda bo’lishi va bo’lmasligidan qat’iy nazar unda “FIZIK MANZIL (MAC -Media Access Control)” mavjud bo’lar ekan. Tarmoq adapteri tarmoqqa ulanganidan keyin unda IP, Shlyuz (GATEWAY) va DNS manzillar paydo bo’ladi. Demak bu manzillarning har-biri alohida o’rin tutadi.



  1. Dastavval ulanish texnologiyasi tanlab olinadi, ya’ni bu bizning “Fizik” va “Kanal” pog’onamizga to’g’ri keladi. Bu pog’onalarda ishlaydigan qurilmalarni sanab o’tamiz;

- Switch/Hub/Bridge. Mazkur qurilmalar jo’natadigan bayonnomani biz ishlayotgan kompyuter ham o’z vaqtida jo’natadi va qabul qila oladi, ya’ni “arp” – (Address Resolution Protocol) va “rarp” (Reverce Address Resolution Protocol). Mazkur bayonnomalarni biz yuqoridagi “cmd” – buyruq ishga tushirilgandan keyin buyruqlar yozish joyiga yuqorida keltirilgan buyruqni yozamiz. Yozilish tartibi quyidagicha bo’ladi:

“arp –a” va “Enter” tugmasini bosamiz.

Bu so’rov orqali biz ulanib turgan tarmoqdagi barcha tarmoq qurilmalarining “Fizik” va “IP” manzillarni o’z monitorimizda ko’rishga muvofiq bo’lamiz (2.4-rasm):

2.4-rasm. ARP –A buyrug’ining natijaviy ko’rinishini.


  1. Komputerdan komputerga ma`lumot uzatilganda OSI modelining pog’onalariga murojaatini o’rganish uchun “ICMP – Internet Control Message Protocol” bayonnomasi “PING -Packet InterNet Grouper” buyrug’idan foydalanamiz.

“PING” buyrug’ini yuqoridagi CMD – buyruqlar yozish oynasiga yozamiz, yozilish tartibida siz ishlayotgan tarmoqdagi IP manzilingiz sinfiga mos IP manzili bo’lishi shart.

Masalan: Biz 10.0.10.11 - IP manzili bilan 10.0.10.1 manzili o’rtasida TCP/IP asosidagi bog’lanish bor yoki yo’qligini tekshiramiz. Buning uchun “cmd” buyruq yozish oynasiga dastlab “ping” buyrug’i keyin siz tekshirmoqchi bo’lgan IP manzili yoziladi (ping 10.0.10.1) va “ENTER” tugmasini bosamiz (2.5-rasm):

2.5-rasm. “ping” buyrug’i bilan tekshirilayotgan manzil o’rtasidagi bog’lanishning ko’rinishini.

Bundan ko’rinib turibdiki biz tekshirayotgan IP manzilga ega qurilma bilan bog’lanish mavjud. TTL- jo’natilgan axborot paketining yashash vaqti. <1mc – biz jo’natgan manzilga borib kelish maqti. Yani, 1 millisekunddan ham kam vaqtlar ichida axborot akslanyapti, bu esa bog’lanish juda a’lo darajada degani. Agar vaqt oralig’i ortib ketsa, u xolda tarmoqda kamchiliklar yuz berayotganidan dalolat bo’ladi (Albatta bu LAN-kichik tarmoqlar uchun). Katta tarmoqlarda vaqt oralig’i albatta cho’ziladi.



  1. B
    ir vaqtning o’zida biz bu PING buyrug’i bilan “AMALIY” pog’onaga ham murojaat qilib ihtiyoriy domen ostidagi manzildan foydalanib shu domen joylangan “HOST” IP manzilini aniqlab olishimiz mumkin. Buning uchun “cmd” buyruq yozish menyusiga dastlab “ping www.edu.uz” ya’ni siz tekshirmoqchi bo’lgan manzil yoziladi va ENTER ni bosasiz. (2.6-rasm):

2.6-rasm. PING buyrug’i bilan yuqori pog’ona ostidagi manzilni tekshirish.

Demak biz tekshirayotgan domenli manzil ostida yuqorida ko’rganingiz kabi IP manzil yashiringanini ko’rishimiz mimkin. Har qanday domen manzili asosi IP manzil ekaniga amin bo’ldik. Bu yerga boshqa turdagi domen manzillarini ham yozishimiz mumkin.



  1. Har qanday katta tarmoqlar dastlab kichik-kichik LAN tarmoqlaridan va ular qo’shilib katta (global) tarmoqlarni hosil qilishlariga ishonch hosil qilishimiz uchun biz turgan joyimizdan dunyoning ixtiyoriy nuqtasiga murojaatni amalga oshirib bir-nechta tugunlar orqali bog’lanishimizni ham ko’rishimiz mimkin. Buning uchun bizga “cmd” buyruq yozish menyusiga dastlab (Windows OT uchun – “tracert”, Linux OT uchun – “trace route”) “tracert www.edu.org”, y’ani siz tekshirmoqchi bo’lgan manzil yoziladi va ENTER tugmasini bosasiz.

Quyidagi rasmda biz yuborgan so’rov orqali yigirmata tugun hosil bo’ldi:

2.7-rasm. “tracert” buyrug’i bilan tugunlar o’rtasidagi bog’lanishlarni tekshirish.


Download 472.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat