Orzumurod Odilovich Yusufaliyev



Download 27,75 Kb.
bet1/4
Sana10.12.2022
Hajmi27,75 Kb.
#883383
  1   2   3   4
Bog'liq
yoshlarni-milliy-va-umuminsoniy-qadriyatlar-ruhida-tarbiyalash-mezonlari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

YOSHLARNI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH MEZONLARI

Orzumurod Odilovich Yusufaliyev


Guliston davlat universiteti orzumurodyu85@mail.ru

ANNOTATSIYA


Ushbu maqolada muallif yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga oid ba'zi dalillar va ularning nazariy asoslarini keltiradi. Yoshlarni erkin fikrlashga o„rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga ko„maklashish, o„z-o„zini idora va nazorat qila bilishini, shakllantirish uchun zarur bo„lgan omillar ko„rsatilgan.
Kalit so‘zlar: Urf-odat, ma‟naviy boylik, aqlli, iymon-e‟tiqodli, ro„za, poklik, fidoyi, ishchan, milliy, kamolot.

ABSTRACT


In this article, the author provides some evidence and their theoretical basis for educating our youth in the spirit of devotion to our national and universal values. Factors necessary to teach young people to think freely, to help them understand the meaning of life, to form self-control and self-control are identified.
Keywords: Tradition, spiritual wealth, intelligence, faith, fasting, purity, devotion, diligence, nationality, perfection.

KIRISH


Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash bo„yicha jiddiy tadbirlarning amalga oshirilayotganligi ma‟naviyatimizning tiklanishida juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy qadriyatlarimizning tiklanayotganligini bugungi kunda jahon tan olmoqda. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug„bek, Bahouddin Naqshband kabi ulug„ siymolarga, Buxoro, Xiva shaharlari yubileylariga bag„ishlangan tadbirlar, simpoziumlarda dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan vakillarning qatnashganligi buning yorqin misolidir.
Ma‟lumki, an‟analar xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va ajdodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o„tib kelayotgan bebaho ma‟naviy boylik hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi bo„lib qolyapti.
An‟analar barhayot bo„lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari yoshlar egallashi lozim. Ana‟anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o„zbek madaniyati tarixida o„ta muhim voqea bo„lib qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o„zida mujassamlashtirgan madaniyatning yirik va muhim shakli hisoblanadi. Shu yo„l bilan azaliy bayramlarning tiklanishi bilan xalq madaniyatining eng qimmatli tomonlarini jonlantirishga zamin yaratildi. Xalq an‟analarining tiklanishi borasida so„z borganda, yoshlar kamolotida muhim o„rin tutadigan xalq o„yinlariga alohida to„xtalish lozim. Ajdodlarimizning eng qadimiy an‟anaviy, ko„pgina madaniyat shakllari raqs, teatr va sportga xos marosimlar shu o„yinlar zaminidan kelib chiqqan va tarixiy jarayonda avlod ajdodlarimizning sog„lomlashtiruvchi vositasi bo„lib kelgan.
Ravshanki, ko„ngilda vatanga muhabbat jo„sh urib turmasa, unga oshuftalik qalbni qaynatmasa, vujudingda Vatanga farzandlik burchi mas‟ullik torlarini harakatga keltirmasa, harchand “Vatanim sajdagohim, iqbol maskanim” deyilgani bilan bizdagi mehru sadoqat qandaydir mavhumiylikka moyil hisga o„xshab ketadi. Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz yoshlarimizning baxtu-saodati ularning yorug„ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e‟tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.

Download 27,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish