Qoraqo`yli street, O`rta Chirchiq district, Tashkent region, 111519 Tel: (+998-95) 515-86-24 e-mail: o’rtachirchiq-12maktab@inbox.uz
O’rta Chirchiq tuman XTB tasarrufidagi 12-umumiy o’rta ta’lim maktab rahbarining BUYRUG’I 6 2020-2021 o’quv yili yakuni bo’yicha yakuniy o’rta ta’lim tashkilotlarning kutubxona jamg’armasidagi darsliklar hamda o’quv-metodikqo’llanmalarini xatlovdan o’tkazish, ularni hisobdan chiqarish va utilizatsiya qilish to’g’risida.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlar vazirligi hamda O`zberiston Matbuot va axborot agentligining 2014-yil 20-martdagi 14-25-15qq va 08-05-04-sonli qarori bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 2014-yil 28-aprelda 2577-son bilan davlat royxatdan o`tgan) “Umumta’lim maktablarini darsliklari va o`quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash tartibi to’g’risidagi Nizom”ga asosan 2020-2021-o’quv yili yakuni bo’yicha umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarning kutibxona jamg’armasidagi darsliklar hamda o’quv –metodik qo’llanmalari xatlovdan o’tkazish,ularni hisobdan chiqarish va utilizatsiya qilish hamda tuman xalq ta’limi bo’limining 2022-yil 28-yanvardagi 7-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
Buyuraman: Tuman xalq ta’limi bo’limining 2022 yil 28-yanvardagi 7-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2020-2021-o’quv yili yakuniy bo’yicha 12 -umumiy o’rta ta’lim maktabining kutibxona jamg’armasi hisobidan chiqarish lozim muddati eskirgan va yaroqsiz holga kelgan darsliklarni hamda o’quv metodik qo’llanmalarining ro’yxatini va umumiy vaznini darsliklar nomlari (sinf,ta’lim,tili ) bo’yicha xatlovdan o’tkazilsin utilizatsiyaga tayyorlansin hamda tasdiqlansin.
Utilizatsiyadan chiqarilayotgan muddati eskirgan va yaroqsiz holga kelgan o’quv metodik qo’llanmalar asosida ma’lumotnoma tuzilsin, tasdiqlansin hamda tasdiqlangan ma’lumotnoma o’z vaqtida Xalq ta’lim bo’limi “Darslik va adabiyotlar ” metodistiga topshirilsin.
Utilizatsiya qilinadigan darsliklar hamda o’quv-metodik qo’llanmalarni “Transport va logistika xizmati” DUK ning viloyat filialiga topshirilganliga qadar maktab tomonidan yong’in va suv xafidan darsliklar hamda o’quv-metodik qo’llanmalarning alohida saqlanishi taminlansin.
Utilizatsiya qilinadigan darsliklar hamda o’quv-metodik qo’llanmalarini “Transport va logistika xizmati ”DUK ning viloyat filialiga topshirishni tashkil etish va nazorat qilish maktab kutibxonachisi O.Qaxarova zimmasiga yuklatilsin.
2020-2021-o’quv yili yakuni bo’yicha yaroqsiz holga kelgan darsliklar va o’quv –metodik qo’llanmalarni utilizatsiya qilish uchun belgilangan muddatda “Trasport va logistika xizmati ” DUK ning viloyat filialiga to’liq topshirilishiga maktab direktori A. Jalolitdinov shaxsan javobgardir.
Mazkur buyruqning ijrosi nazorati maktab kutibxonachisi G.Maxmudov zimasiga yuklatilsin.