I. Kirish II. Asosiy qism 2.1. O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari
2.2. Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari
2.3. O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayorgarlik darajalari.
2.4. O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari
III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
I. Kirish Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo‘lishini fr.olimi A. Puankare ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan u «fanning o‘zida intuitsiya agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini xisobga olinmasa, analiz isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo‘lishga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi.
Ijodkorlik siklining ma’lum zvenolar xaqida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z fikrlarini aytdilar. Xususan bu xaqida mashhur fizik M.Born qo‘yidagilarni yozadi: «... men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko‘rmayapman ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz to‘liq xisoblanib unga xarakterli bo‘lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik xayotimizda xisobga olib boramiz. Biroq sintetik jixatdan aytish qisman ma’lum balgan xodisaning real obrazi o‘zining xaqiqiyligidan farq qiladi degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa uning asosida qonuniy xisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsada oldindan aytish yangi bilm beradi. Lekin uning muaffaqiyati intuitsiyaga juda bog‘liqdir...». M.Born o‘z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: Ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi boshqasi esa shu kunga qadar aloqasiz bo‘lgan tajribalarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud ekanligi xaqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari mobaynida dolzarb bo‘lib kelgan muammolardan biri bu ekologiya, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish muammosidir. Har qanday muammolarni, jumladan ekologik muammolarni hal qilishning eng samarali yechimiga ijodkorlik g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishish mumkin. Ma’lumki, ijodkorlik deyilganda insonning borliqni bilish va o‘zgartirishga qaratilgan ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati tushunilib, uning natijasida yangi, o‘ziga xos, ilgari mavjud bo‘lmagan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Ushbu ta’rifda keltirilgan faoliyat turiga mos keluvchi yangi g‘oyalarining samaradorligini baholashda quyidagi to‘rtta asosiy tamoyilga amal qilinadi: g‘oyaning ijtimoiy ahamiyati; ekologik xavfsizligi; texnik–iqtisodiy samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi.