O'qituvchi: Samarqand – 2021 reja kirish



Download 28,74 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi28,74 Kb.
#350521
  1   2
Bog'liq
ASOSNOMA


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA TALIM FAKULTETI TALIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI YO’NALISHI 1-KURS MAGISTRANTI SHERQULOVA ZUBAYDANING

Mavzu: MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARI DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHDA ERTAKLARDAN FOYDALANISH.


Bajardi: Magistr SHERQULOVA Z

O'qituvchi:

Samarqand – 2021



REJA

KIRISH……………………………………………………………………..2-5

I Bob Maktabgacha ta’lim muassasalarida o’zbek xalq ertaklaridan foydalanishning nazariy asoslari

    1. Maktabgacha talim mussasalariga davlat tomonidan qaratilayotkan katta etibor

    2. Nima uchun kichkintoylarga ertak o’qib berish kerak?

    3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ertaklarni o’rgatish orqali bolalar dunyoqarashini o’stirish

KIRISH

Mustaqil vatanimizning ertangi porloq yorqin kelajagi uchun har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, ma’naviy ustuvor, iymon e’tiqodi butun, o‘z xalqi, o‘z ona vataniga fidoiy, barkamol kishilar yetkazish uchun ular tarbiyasiga alohida ahamiyat bera boshladik. Mazkur jarayonda har bir ulg‘ayib borayotgan yosh avlod ong-u, tafakkurida yuksak axloqiy tuyg‘ularni tarkib toptirib borishda, oila va unda yaratilgan ijobiy muhit muhim o‘rin tutadi. Darhaqiqat, vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi boshqaruvchisi - yangi avlod tarbiyasi birinchi o‘ringa chiqdi.

Mutafakkir olim Abu Rayxon Beruniy o‘z asarlarida ota-onalar va tarbiyachilar obro‘yining bolaga ta’sir kuchi haqida fikri “Ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta’sirining bor kuchi obro‘ga asoslanadi, deydi. Biroq bu obro‘ tabiatan berilmaydi,sun’iy ravishda yaratilmaydi, qo‘rquv, bilan erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr oqibatdan kelib chiqadi” deb ta’kidlaydi. Mexr oqibatga esa ko’proq bola bilan muloqot paytida, yani unga turli voqealar, hikoyalar, ertaklar,va sherlar aytib berish jarayonida erishiladi.

Buyuk shoir va muttafakkir bobomiz A.Navoiy ham bola tarbiyasida xatolikda yo‘l qo‘yish mumkin emasligini uqtiradi. Haqiqatdan ham bolani tarbiyalshda shunday xatoliklar uchraydiki, ular faqat oilaning hayotida emas balki jamiyat hayotida ham aks etadi. Bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli tumandir. Ular orasida keng tarqalganlardan biri bolani yoshligidan ilmga o’rgatmaslikdir.

Bolalarni kamtarlik va donolikka o‘rgatishda buyuk o‘zbek mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino olimlarimiz ham o’z fikrlarini qoldirganlar, “Manmanlik, maqtanchoqlik va o‘zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi xususiyatlarni kishining ahloqi past ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar” deb ta’kidlaydi.

Axborotlar jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy ta’limning asosiy vazifalardan biri atrof, voqea-hodisalarini bilish orqali mustaqil tahlil qila oladigan shaxsni kamol toptirishda namoyon bo‘ladi. Bu maqsadga, albatta, bolalarning bilish faolligini oshirib borish orqali erishish mumkin. Chunki inson hamisha o‘zini qurshab turgan olam haqida tobora ko‘proq bilishga intilib kelgan.

Fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to‘la va mukammal bo‘lmagan bilimdan to‘la va mukammal bilimga qarab harakat qilishdan iborat cheksiz jarayon bilish deb ataladi. Bu ta’rif esa uning tafakkurlash, anglash, fikr yuritish bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi. YA’ni bilish – bu avvalo fikrlash, olamni bevosita anglashdir.

Maktabgacha ta’limda bolalarga mashg’ulotlarni zamon ruhi bilan hamnafas olib borish O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi, o‘zbek tiliga e’tiborning kuchayishi ilm-fan sohasida ham katta tadqiqotlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu davrda milliy tilning nozik qirralarini bilish, undan nutq jarayonida unumli foydalanish madaniylik ko‘rinishlaridan biridir. Fan va axborot texnalogiyasi rivojlangan paytda hayotimizda matbuot, radio, internet va televideniya ishlari tobora kengaymoqdaki, oqibatda adabiy tilga bo‘lgan e’tibor ham kuchaymoqda. Umuman, hozirgi davr tilini va uning leksik, grammatik hamda stilistik xususiyatlarini chuqurroq bilishni davr talab etmoqda. Chunki tilni bilish dilni bilishga yo‘l ochadi, deb bejizga aytishmagan donishmandlar. Tilni bilish va uning nozik imkoniyatlarini bola qalbida joylash tarbiyachining hayotiy zaruriyatidir.

Dunyoqarashni o’stirish mashg’ulotlarida turli xil qo‘shimcha manba va ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Shunday qo‘shimcha ma’lumotlardan biri ertaklardir. O‘zbek xalq ertaklari mavzulari, g‘oyasi, tuzilishi, mazmuni, ta’limiy va tarbiyaviy tomonlari yuzasidan talay fikrlar bildirish mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan darslarida o‘rinli foydalanish va bu ishlarni uyushtirish yo‘llari haqida juda ko‘plab ishlar bajarilgan hamda talay tavsiyalar berilgan. Lekin maktabgacha yoshidagi bolalar uchun juda kam ilmiy izlanishlar olib borilgan va fikrlar bildirilganligi uchun ham biz bu sohaga murojaat etib, qilingan ishlarni keng va atroflicha tahlil qilishga bu sohada echimini kutayotgan o‘rganilishi zarur masalalarga e’tiborni qaratishga harakat qildik.

Bugungi kunda yurtimizda maktabgacha talim sohasida katta o’zgarishlarni har bir yurtdoshimiz his etmoqda. Ta’lim-tarbiyaning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini to’ldiruvchi e’tibor hamda amaliy yordam samarasini kuzatishimiz mumkin.

Ayniqsa maktabgacha ta’lim sohasi rivojiga hissa qo’shuvchi bir qator hujjatlar qabul qilingani ayni isbotdir. Qaysiki, Prizidebtimizning 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, Vazirlar mahkamasining 2018-yil 19-maydagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 2018-yil 25-iyundagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish to’g’risida”gi qarorlari shular jumlasidandir.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, davlat sheriklik asosidagi va xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari soni ham ortib borayotkani diqqatga sazovordir. Lekin bu raqamlarni ehtiyojni to’liq qoplaydigan darajada deya olmaymiz. Chunki hali hali ham farzandini bog’chaga joylashtirish uchun navbat kutayotkan ota-onalar kam emas. Shu bois so’nggi paytlarda bu masalaga jiddiy etibor qaratilib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko’riliyapti.



Prizidentimiz Sh. Mirziyoyev tabiri bilan aytganda, “…. Bola dunyoga kelgandan boshlab, unda aynan maktabgacha bo’lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy, estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategic maqsadimiz-bog’cha yoshidagi har bir bolani ushbu talim yo’nalishi bilan to’liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat”.


Download 28,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish