O’qituvchi: Kitobimizni 158-mashqini o’qiymiz, bajaramiz. G’alla – g’allakor Baliq –baliqchi Nur – nurli Vatan –vatandosh So’z –so’zla Tuz – tuzsiz O’qituvchi



Download 1,24 Mb.
Sana26.02.2022
Hajmi1,24 Mb.
#466437
Bog'liq
Doc1


O’qituvchi: Kitobimizni 158-mashqini o’qiymiz, bajaramiz.
G’alla – g’allakor
Baliq –baliqchi
Nur – nurli
Vatan –vatandosh
So’z –so’zla
Tuz – tuzsiz
O’qituvchi: Bittadan hammamiz xat taxtada bajaramiz. Qolganlar daftarda bajaradi. O’zak va so’z yasovchi qo’shimchalarni ajratib ko’rsatamiz.
1-o’quvchi: g’alla+kor
2-o’quvchi: baliq+chi
3-o’quvchi: nur+li
4-o’quvchi: vatan+dosh
5-o’quvchi: so’z+la
6-o’quvchi: tuz+siz
O’qituvchi: O’quvchilar yana kim shunday misollar keltiradi ?
1-o’quvchi: Odobli, kuchli, sabrsiz
2-o’quvchi: Xabarchi, surnaychi, jangchi
O’qituvchi: O’quvchilar rag’batlantiriladi. Qolganlarga namuna qilib ko’rsatadi.

CHUMCHUQ
Dadam har bahorda hovlimizga anvoyi gullar ektirar edilar. Ularning yashnab turishini yaxshi ko‘rardilar. Ammo rayhonlarni kimdir uzib ketardi. Dadam


rayhonlarni qo‘riqlashni menga topshirdilar.Dam olish kuni edi. Men hovlida ham dars qilib, ham rayhonlarni qo‘riqlamoqchi bo‘ldim.Bir mahal rayhonlar yoniga bir chumchuq keldi.Tumshug‘i bilan rayhonni shart uzib olib, uchib ketdi. Men chumchuq rayhon yer ekanmi, deb hayron bo‘ldim.
O‘rik pishdi. Men o‘rik tergani daraxtga chiqdim.
Qarasam, chumchuqning ini bor ekan. Inining atrofiga ilingan qora rayhonlarni ko‘rdim. Bu voqeani dadamga aytib berdim.Chumchuqlar o‘z bolalarini qurt-qumursqa, chumolidan saqlashda rayhondan foydalanar ekan.
Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan. (Olmos)
Berilgan savollar asosida matnni qayta hikoyalang.
1. Dadasi qiziga nimani buyurdi?
2. Qizcha nimaga hayron bo‘ldi?
3. Qizcha nimani bilib oldi?
Reja tuzing va bayon yozing.
Otlarni aniqlab, tagiga chizing.
Lug’at ishi
anvoyi — turli-tuman, rang-barang




  • Kim topag`on” o`yini. Bunda 3 ta qatorga topishmoqlar beriladi. Qaysi qator ko`proq topsa, rag`batlantiriladi.Topishmoqni topish jarayonida qaysi vositalar bilan topilganiga e`tibor qaratiladi.

  • Yaltoqlanib ko`z suzib,

Va`da berib so`ng buzib.
Ayyorlik bilan doim,
Ish ko`radi muloyim. ()

  • Hushyorlik-la ko`radi,

Uyi bilan yuradi.
Uychasin usti nina,
Dushmandan qilar pana.()

  • Ola-bula ko`ylagi,

Oq va qora bo`lagi.
Yeydi ichadi tinmay,
Ish qilishni hech bilmay.()



“Lug’at so’zlar, nedan so’zlar” didaktik o’yini


(2-sinf o’qish. Hayvonot olamida)

Sharti:


  • Quyidagi so’zlarni ta’riflari bilan mos joylashtirsangiz, sirli so’zni bilib olasiz:

  1. Serob M. Yelka

  2. Kift M. Anglamoq

  3. Biyday Sh. Ingichka ip

  4. Ilg’amoq I. Sutdan tayyorlanadiga nordon ichimlik

  5. Iroda U. Ko’p, mo’l

  6. Qo’ng’ir U. Ochiq, keng, hech nimasiz

  7. Chilvir R. So’ymoq

  8. Paytava Sh. Qo’ylar to’dasi

  9. Ayron L. Sabr-bardosh, chidam

  10. Halollamoq A. Jigarrang

  11. Suruv T. Oyoq kiyim ichidan o’raladigan latta




U

M

U

M

L

A

Sh

T

R

I

Sh

“FSMU” metodi


(4-sinf o’qish. “Ikki irmoq”masali)
Sharti:
Bunda o’qituvchi mavzu markazida yotuvchi biron savolni o’rtaga tashlaydi. O’quvchilar esa o’sha savolga fikr bildiradilar, sabab va nmisollar keltirib, oxirida umumlashtiradilar:


  • Nima uchun katta irmoq kuchli bo’lsa ham umri qisqa bo’ldi?

F (fikr) – u o’ziga bino qo’ygan edi, manmanlik qilib hech kimning gapiga quloq solmadi, o’z bilganidan qolmadi .


S (sabab) – u o’z kuchiga haddan ortiq ishonib yubordi
M (misol) – kichik irmoqning ustidan kulib, uni mazah qildi va shoshqaloqlik qilib duch kelgan tarafga oqaverdi.
U (umumlashtirish) – “Kamtarga kamol, manmanga zavol”.

“Kim topqir-u, kim chaqqon?” didaktik o’yini


(3-sinf o’qish. “Qaysar buzoqcha” masali)

Sharti:
Topishmoqlar yozilgan tarqatmalar tarqatilib, javoblari keltirilgan rasmlar stol ustiga yoyib qo’yiladi. Har bir o’quvchi o’ziga berilgan tarqatmadagi topishmoqlarni ichda o’qib, stoldan tegishli rasmni olib, o’tiradi. Barcha rasmlar tarqatilgach, o’quvchilar qo’lidagi topishmoqlarni navbat bilan o’qishadi. Boshqa o’quvchilar javob berishadi. So’ngra savol bergan o’quvchining qo’lidagi rasm tekshiriladi. To’g’ri tanlangan bo’lsa, olqishlab qo’yiladi.


“Harflar hisobi” didaktik o’yini
(3-sinf o’qish. “Qaysar buzoqcha” masali)

Sharti:
Amallarni to’g’ri bajarib, harf va bo’g’inlardan so’zlar hosil qiling:

( Oq – q ) + ( ayiq – iq ) + ( o’s – o’ ) + ( ari – i ) = Qaysar

( buvi – vi ) + ( uz – u ) + ( oq ) + ( archa – ar ) = buzoqcha







Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish