O’qituvchi faoliyati Sharq mutafakkirlari talqinida



Download 134,04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2021
Hajmi134,04 Kb.
#72541
Bog'liq
oqituvchi faoliyati sharq mutafakkirlari talqinida



 



O’qituvchi faoliyati Sharq mutafakkirlari talqinida  



 

Lobar Berdiyeva  

QXTXQTMOI  

Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi o’qituvchisi 

 

O’qituvchi faoliyati, pedagogik mahorati, ta’limni tashkil etish yo’l-usullari 



insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarda dolzarb muammo  bo’lib kelgan. Ushbu 

muammo,  ayniqsa,  Movaunnahrda  va  Eronda  yashab  o’tgan  ko’plab 

mutafakkirlarning  diqqat  markazida  turib,  ular  o’z  asarlarida  yosh  avlodni 

tarbiyalash,  o’qituvchi-murabbiyga  xos  xususiyatlar  haqida  fikrlarini  bildirib 

o’tganlar.  Mutafakkirlarining ana shunday fikrlaridan namunalar keltirib o’tamiz.  

Jaloliddin Davoniy  “Axloqi Jaloliy”  nomli asari ta’lim-tarbiya masalalariga 

bag’ishlangan  bo’lib,  unda  ijtimoiy-siyosiy  masalalar,  axloq,  ta’lim-tarbiya  va 

xulq-odob qoidalari o’z aksini topgan.   

Jaloliddin Davoniy   bolalarga ta’lim berishda murabbiylarni “ma’naviy ota” 

deb hisoblaydi. Murabbiylarni o’quvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashlari 

lozim  deb  hisoblaydi.  Bolalarga  ta’lim-tarbiya  berishni  murakkab  ish  hisoblab, 

o’qituvchilarni qat’iyatli, sabr-toqatli bo’lishlarini ta’kidlaydi.  

Bolalarni  xulq-odobiga  muallim  ham  salbiy  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin  deb 

hisoblab,  bunga  qo’pol  va  badjahl  muallimlarning  harakatlari  ta’sir  etadi. 

Jaloliddin  Davoniy  muallimni shunday ta’riflaydi: 

-  muallim sabr-toqatli bo’lishi; 

-  qo’pol va badjahl bo’lmasligi; 

-  bola tarbiyasidan xabardor bo’lishi; 

-  yaxshi xislatli bo’lishi; 

-  muallimning tarbiyalash usuli otaning tarbiya usulidan yuqori bo’lishi; 

-  bolaning o’z xususiyatlarini bilish

-  bolalarning qaysi kasbga qiziqishlarini o’rganib borish; 

-   har bir bolaning  iqdironi, qobiliyatini aniqlay olish.  

Muslihiddin  Sa’diy  Sheroziy  Sharq  mumtoz  madaniyatining  butun 

dunyoga mashhur   yirik namoyondalaridan. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” 



 

asari  tarbiyaviy,  pand-nasihatdan  iborat  hikoya  va  hikmatlar  to’plamidir. 



Sa’diy  o’z  pedagogik  qarashlarida  tarbiyani  uchga  bo’ladi:  aqliy,  jismoniy 

va mehnat tarbiyasi. 

1

 

Sa’diy  ta’lim  va  tarbiyaning  ahamiyatini  ta’rif  etish  bilan  birga 



bolalarning tug’ma qobiliyatini tan oladi: 

Qobiliyat bo’lsa aslida, 

Tarbiyat unga qiladi asar. 

Qancha urinma bo’lmas sayqali, 

Temir aslida bo’lmas javhar.  

Sa’diy  Sheroziy  ta’lim-tarbiyada  muallimning  talabchanligi,  bilim    va 

tarbiya berishda qattiqbo’l bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi: 

Yubordi o’g’lini maktabga podsho, 

Qilib qo’yniga nuqra taxtaga jo, 

Kumush ul taxtaga zardin bitib yod: 

Ota mehridan afzal jabri ustod. 

2

 



Sa’diy  Sheroziy  murabbiy  bolalarga  bilim  berish  bilan  birga  hunarning 

qay  darajada  inson  hayotida  zarurligini  tushuntirib  borishi  kerak  deb 

hisoblaydi.  

Alisher Navoiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratib, ta’lim-tarbiya 

to’g’risidagi  fikrlarini  bayon  etadi.  Alisher  Navoiy  yoshlarga  chuqur  bilim 

berishda  muallimlar,  mudarrislar  hamda  ustoz-murabbiylarning  o’zlari  ham 

bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. U muallimlarni quyidagicha 

ta’riflaydi: 

-  muallim johil, nodon bo’lmasligi kerak; 

-  ma’lumotli, o’qitish yo’llarini biladigan; 

-  qattiqqo’l, johil va ta’magir bo’lmasligi; 

-  o’zi bilmagan ilmni tushuntirmasligi; 

-  g’iybat va g’avg’olarga aralashmasligi

                                                 

1

 O’zbek pedagogikasi tarixi. “O’qituvchi” 1997. 247-bet.  



2

 Hoshimov va boshqalar. Pedagogika tarixi “O’qituvchi” 1996. 150-bet. 




 

O’qituvchining  hurmatini  qanchalik  joyiga  qo’yish  lozim  bo’lsa, 



o’qituvchi  ham  kerakli  talablarga  javob  berishi  lozim.    Alisher  Navoiy 

shunday deb keltiradi: “Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki 

dev ham qila olmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi. 

U esa bir to’da  bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima  yetsin. 

Shunisi  ham  borki,  u  to’dada  fahm-farosatli  ozlar  bo’ladi,  unday  kishiga 

yuzlarcha  mashaqqat  kelsa  qanday  bo’ladi.  Har  qanday  bo’lsa  ham,  yosh 

bolalarga uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga 

(muallimga) qulluq qilsa arziydi”.  

Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, 

Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.  

Alisher  Navoiy  o’qituvchi  haqida  gapirar  ekan,  muallim  o’z 

shogirdlarini  ham,  o’zi  ta’lim  berayotgan  fanni  ham  sevgan  bo’lishi  zarur. 

O’ziga  ham,  o’quvchiga  ham  talabchan  bo’lishni  uqtiradi.    Navoiy 

o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar 

muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.  

Sharq  mutafakkirlarining  asarlari  biz  uchun  qimmatli  xazina  bo’lib, 

biz  ulardan  ta’lim-tarbiya  jarayonida  foydalanish  lozim.  Bu  esa  o’qituvchi 

faoliyatida yuksak yutuqlarga olib keladi.  

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 

1. O’zbek pedagogikasi tarixi. “O’qituvchi” 1997. 247-bet.  

2. Hoshimov va boshqalar. Pedagogika tarixi “O’qituvchi” 1996. 150-bet. 

3.  Pedagogika.  /prof.  M.X.Toxtaxodjayevaning  umumiy  tahriri  ostida.-  Т.: 

’’O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010,- 400 b. 

4. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O’qituvchi. 2010 y.  



 

 

 



Download 134,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish