О‘qish va axborotni eslab qolish uchun muhim shartlar



Download 343,59 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi343,59 Kb.
#459284
Bog'liq
тез ўқиш


Tez o‘qish- bu matn shaklidagi ma'lumotni tez qabul qilish imkonini beruvchi mahoratdir. Tez o‘qishning asosiy qonuniyati qisqa muddatda katta hajmdagi ma’lumotni qabul qilish. O'qish tezligi ma’lumotni tez anglash va uni chuqur tushunishga yordam beradi. Tez o'qish diqqatni jamlash va boshqarishni yaxshilaydi.
TEZ O‘QISH QOIDALARI.

  • O‘qishni boshlashdan avval o‘z oldingizga maqsad qo‘ying va o‘qish vaqtini belgilang

  • Faqat oldinga qarab o‘qing!

  • Periferik ko'rish qobiliyatini rivojlantiring

Kitobni tez о‘qishni qanday о‘rganish mumkin?


Yaxshi kitoblar kо‘p. Yо‘q, unaqa emas. Judayam kо‘p. Hattoki haftasiga bittadan kitob о‘qiganingizda ham barcha yaxshi kitoblarni о‘qib chiqishga ulgurmaysiz. Shuning uchun ham kitobni tez о‘qishni о‘rganib olish foydadan xoli bо‘lmaydi.
Prinston universiteti о‘qituvchisi Ebbi Marks-Bilning “10 kun ichida kitobni tez о‘qishni о‘rganish” kitobida tez о‘qishni о‘rganish borasida amaliy maslahatlar berilgan.
О‘qish va axborotni eslab qolish uchun muhim shartlar
Marks-Bilning aytishicha, о‘qilgan ma’lumot qisqa muddatli xotiraga tushadi va bir necha kun davomida saqlanib turadi.
Agar kishi о‘qiyotgan axborotining ma’nosini tushunsa u yaxshiroq esda qoladi. Sarlavhalar, izohlarni о‘tkazib yubormaslik kerak – ular gap nima haqida ekanligi borasida yaxshiroq tushuncha beradi.
Xalaqit beradigan xatolar
Kitob о‘qish ham xuddi malaka singari doimo oshib boradi. Afsuski, biz maktabni bitirishimiz bilan kitob о‘qimay qо‘yamiz. Aslida esa tez-tez kitob о‘qish foydali.
Marks-Bil tez о‘qishga xalaqit beradigan uchta xatoni keltirib о‘tadi:

  • Matnni ovoz chiqarib о‘qish.

  • Kitob о‘qiyotganda boshqa narsalarga chalg‘ish.

  • О‘qib bо‘lingan satrni qaytadan о‘qish.

  • Birinchi xatodan qutulish oson: ovoz chiqarib о‘qishni bas qilish kerak.

  • Boshqa narsalarga chalg‘imaslik uchun esa smartfon, televizor va shu kabi chalg‘ituvchi narsalardan uzoqroqda bо‘lish kerak.

  • О‘qib bо‘lingan matnni qaytadan о‘qib yubormaslik uchun esa о‘qib bо‘lingan satrni chizg‘ich bilan tо‘sib о‘qishda davom etish kerak. 

Tez о‘qish usuli
Keyingi satrga о‘tayotganingizda kо‘zingizni satr boshiga emas, bir santimetr о‘ngga qarating. Satr oxirida ham sо‘nggi santimetrga kо‘z tashlamang.
Sizga xuddi har bir satrning boshi va oxiri kо‘rinmayotgandek tuyuladi. Lekin aslida siz ularni о‘qiy olasiz. Natijada har bir satrda nigohning tо‘xtash holati kamayadi.
Tanaffuslar
Kitobda shuningdek, mutolaa uchun eng optimal vaqt 20 daqiqa ekanligi aytiladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, 20 daqiqadan sо‘ng miya axborotni qabul qilishi qiyinlashadi. Lekin bu fikrga kimdir qо‘shilmasligi ham mumkin. Chunki ayrim kitoblarni о‘qishni tо‘xtatish uchun 20 daqiqa ham kifoya qilsa, ayrim kitoblarni soatlab о‘qisangiz ham qо‘lingizdan qо‘ygingiz kelmaydi.
Tez о‘qishni rivojlantirishda SHTURM METODI.
“Shturm metodi" mashqining asosi stressli vaziyatni yaratishdir. Kitobning har bir sahifasini o‘qishga bor yo‘g‘i 15 soniya vaqt ajratiladi. Shu vaqt ichida siz ko‘z yugurtirishingiz emas haqiqatda o‘qishingiz kerak.
Shturm metodi”ning asosiy qoidalari
1. 50-100 betdan iborat 10-12 ta kitob tayyorlang.
2. Kitob sahifalarini vertikal tarzda o‘rtasidan chizib chiqing.
3. Har bir sahifani 15 soniyadan vaqt ajratib o‘qing.
4. Vaqtni belgilashni unutmang.
5. Ko‘zlaringiz diqqatini sahifa markaziga qarating.
6. O‘qilganlarni darxol tushunishga harakat qilmang.
7. Har bir kitobni boshidan oxirigacha to‘xtamasdan o‘qing.
TEZ O‘QISHNI RIVOJLANTIRISH UCHUN “SHULTE JADVALLARI”
Shulte jadvallari – tasodifiy tarzda joylashgan obektlar (odatda raqamlar yoki harflar) jadvali bo'lib, ushbu obektlarni ma'lum tartibda topish tezligini tekshirish va baholash uchun foydalaniladi.
Shulte jadvallari dastlab diqqat xususiyatlarini o'rganish uchun psixodiagnostik test sifatida germaniyalik psixiatr va psixoterapevt Valter Shulte tomonidan ishlab chiqilgan.
MAZKUR METODIKA

  • Diqqat taqsimlanishi

  • Faoliyatga kirishuvchanlik

  • Psixologik barqarorlikni ta’minlaydi.

Shultening eng oddiy jadvali - bu kitob sahifasining kengligidagi, shartli ravishda 25 ta bir xil kvadrat katakchalarga (5 qator va 5 ustun) bo'lingan jadval bo‘lib, unda 1 dan 25 gacha raqamlar tasodifiy tartibda joylashtirilgan.

  • Sinaluvchiga ketma-ket tarzda beshta jadval taqdim etiladi.

  • Sinaluvchi raqamlarni tartib bilan izlab topadi va ko'rsatadi.

1 jadval

2 jadval

3 jadval

4 jadval

5 jadval



  • Shulte-Platonov jadvali.


SHULTE- GORBOV JADVALI.

Psixologiyada Shulte jadvallari va ularning modifikatsiyalari chalg'ish, tarqoqlik va boshqa psixologik og'ishishlarni o'rganish uchun ishlatiladi.


Tez o'qishni rivojlantiruvchi mashqlar:

  • Stoldan ko'zgacha bo'lgan masofa tahminan 30-35 sm bo'lishi kerak.

  • Jadval bilan ishlashni boshlashdan oldin diqqatni jadval markaziga qaratish.

  • Raqamlarni 1 dan 25 gacha bo'lgan tartibda, bo'shliqlarsiz, maksimal tezlikda topish kerak.

Download 343,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish