Operatsion tizim



Download 43.97 Kb.
bet2/7
Sana15.07.2021
Hajmi43.97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7
"Operatsion tizim" tushunchasiga aniq ta`rif berish qiyin. Chunki "tizim" so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; "operatsion" so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada "amal" degan ma`noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so'z bilan aniq tavsiflab bo'lmaydi.
          Xo'sh, unda "Operatsion sistema"ni qanday tushunish kerak?

Avval uning foydalanuvchisi to'g'risida fikrlashaylik.

"Operatsion sistemaning foydalanuvchisi" tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo'lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi-mazkur sistemada ishlashi mumkin bo'lgan shaxs.

Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqatni ta`minlaydi va bu muloqat operatsion sistema deb yuritiladi.

EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma`lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko'rsatilishi kerak edida). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko'p ishlarni engillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo'l kelmoqda.

Xo'sh, mazkur "yordamchi" dasturlar majmui bo'lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo'lar edi?

Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang'ich ma`lumotlar va natijaviy axborotlar qaerda joylashishini ko'rsatishi talab qilinadi.

             Agar siz EHMning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni qo'llamoqchi bo'lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak. Shuningdek qurilmalar ishlashi bilan bog'liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo'lar edi. Demak, "yordamchi" dasturlarning xizmati beqiyos ekan.

       Ta`kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko'ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo'ladi, shunday bo'lsada, ularning vazifasi yagona - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta`minlashdan iborat.


            EHM "dasturli ta`minoti", "texnik ta`minoti" va " operatsion sistema" o'rtasidagi uzviy bog'lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.

Dasturli ta`minot o'z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparatli ("vositaviy") asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturli ta`minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi.

Bajaradigan vazifalaridan qat`iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo'ladi:

1. Ishonchlilik. Sistema o'zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo'lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo'lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga etkaziladigan zararning oldini olishi kerak.


           2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o'z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ha-laqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma`lumotlarini o'zgalar xatolari ta`siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
            3. Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o'zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o'zi ancha ix-cham bo'lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.

4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko'p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.

Operatsion sistemalarni turli xossalari bilan klassifikatsiya qilish mumkin. Ularni:


  1. Pulli(Windows NT, Mac OS, Mac OS X) yoki tekin(Linux, FreeBSD, OpenBSD, NetBSD) operatsion sistemalar

  2. Ochiq kodli operatsion sistemalar(Linux, FreeBSD, OpenBSD, NetBSD) yoki yopiq kodli operatsion sistemalar(Windows NT, UNIX, Mac OS X)

  3. Bir platformali operatsion sistemalar yoki ko’pplatformali operatsion sistemalar(Macintosh, Sun, PowerPC).

  4. Operatsion sistemalar ishlatish maqsadiga ko’ra bir xil turdagi masalalarni yoki ko’p turdagi masalalarni hal qiluvchi operatsion sistemalar

  5. Mijozlarga xizmat qiluvchi, serverga xizmat qiluvchi yoki universal operatsion sistemalar

  6. Operatsion sistemalar interfeyslari bilan ham farqlanadi, masalan grafik interfeysli yoki matn interfeysli operatsion sistemalar.

Hozirgi kunda dunyoda eng ko’p tarqalgan operatsion sistemalar bu Windows, Macintosh va UNIX deyish mumkin. Bu operatsion sistemalarning hozirgi kunda turli versiyalari mavjud.


Download 43.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим