Aim.Uz
Ona tili va adabiyot fanidan test savollari va javoblari
1.Tobe bog’lanishli birikmalarda qanday so’z bosh so’z sanaladi?
A) ko’makchi bilan kelgan so’z
B) Ma’nosi izohlanayotgan soz
C)Boshqa so’zning ma’nosini ifodalaydigan so’z
D) O’zi bog’langan so’z ma’nosini izohlaydigan so’z
2.Bitishuv munosabatidagi birikmalar berilgan qatorni aniqlang
А)Ko’klam quyoshi , bahor tongi
В)Olis yo’llar, tez yurdi
С)Olkamiz chiroyi , ko’l suvi
D)Qulliq qildi , so’z sehri
3.O’z vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. Berilgan gapda nechta so’z birikmasi bor?
A) 5 ta
B) 4 ta
C) 6ta
D) 7 ta
4.Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo’laklar mavjud emas?
A) Salimaning baland , ammo mayin ovozi bor edi
B) Xalqqa qaradi-yu , ammo gapirmadi
C) Til bilan dil bir bo’lishi kerak
D) Bugun Anvar yoki O’tkir navbatchilik qiladi
5. Bog’imizda qizlar , o’g’illar , Qo’shiq aytsin , yayrasin , kulsin. Ushbu gapda qaysi bo’laklar uyushib kelgan?
A) Faqat ega
B) Faqat kesim
C) Ega va kesim
D) Hollar
6. Ajratilgan bo’laklar yozuvda qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A) Vergul bilan
B) Tire bilan
C) Qo’shtirnoq ichiga olinadi
D) Vergul va tire bilan
7. Undalmali gaplarning kesimi qaysi shaxslarda bo’ladi?
A) 1- va 2-shaxsda
B) 2-va 3-shaxsda
C) 1-va 3-shaxsda
D) Faqat 2-shaxsda
8. Undalmali gapni toping
A) O, naqadar sho’x va quvnoq edik!
B) Sobir akam qayoqqa ketdi?
C) Do’stlar , yaxshilarni avaylab saqlang!
D) Demak , o’qishga kirmoqchisiz?
9. Dostlar ,biz bu ishni , so’zsiz, bajaramiz. Ushbu gapdan kirish so’zni aniqlang
A) Dostlar
B) Biz
C) So’zsiz
D) Kirish so’z berilmagan
10. Qaysi gap bo’lagining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gapga ajratilishiga asos bo’ladi?
A) ega
B) kesim
C) aniqlovchi
D) to’ldiruvchi
11. Berilgan gaplardan qo’shma gapni aniqlang
A) Yuksak , teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin
B) Quvonarlisi shundaki , Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi
C) Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli bbuyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u Garbda dong taratdi
D) Tiling bilan dilingni bir tut
12. Bitta kesimlik belgisiga , mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap tuzilishiga ko’ra qanday gap sanaladi?
A) Qo’shma gap
B) Bog’lovchisiz qo’shma gap
C) Sodda gap
D) Ergashgan qo’shma gap
13. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vostalar to’g’ri va to’liq berilgan qatorni belgilang
A) Teng bog’lovchilar, yuklamalr,komakchilar
B) Teng bog’lovchilar , ergashtiruvchi boglovchilar, yuklamalar
C) Bog’lovchilar, komakchilar, yuklamalar
D) Bog’lovchilar , bog’lovchi vazifasidagi vositalar,ohang
14. Ammo, lekin, biroq bog’lovchilari voitasida qanday qo’shma gaplar hosil bo’ladi?
A) Zidlob munosabatli bog’langan qo’shma gaplar
B) Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar
C) Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar
D) Ergash gapli qo’shma gaplar
15. Shuni bilingki, yaxshi ishlov berilmagan yerdan yaxshi hosil unmaydi gapi tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositani aniqlang
A) Teng bog’lovchi
B) Ko’makchi
C) Yuklama
D) Shart mayli qo’shimchasi
16. Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang
A) Mashrab shuni yaxshi biladiki , o’rtog’I uni aldamaydi
B) Yo yerning kuchi yo’q , yo urug’ yaxshi emas
C) Bu uyda na Ashirdan , na Soatdan – hech kimdan darak yo’q
D) Kun issiq edi , shuning uchun soyada bir oz dam olishni xohladik
17. Rustam supaga joy qildirib berdi-da , o’zi qayyoqqadir ketdi. Ushbu bog’langan qo’shma gapning qismlari qaysi bog’lovchi vosita yordamida bog’langan?
A) Biriktiruv bog’lovchisi yordamida
B) Ohang yordamida
C) Yuklamalar yordamida
D) Shart mayli qo’shimchasi yordamida
18.Bog’langan qo’shma gaplar qismlari o’zaro qaysi bog’lovchi vositalar yordamida birikadi?
A) Teng boglovchilar , ohang
B) Teng bog’lovchilar, bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar
C) Bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar
D) Shart mayli qo’shimchasi, deb so’zi, teng bog’lovchilar
19. Biriktiruv bog’lovchilari qanday munosabatda bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi?
A) Payt , sabab- natija
B) Shart , payt
C) Zid va qiyoslash
D) O’xshatish va qiyoslash
20. Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar… Berilgan gapda qismlar o’rtasida qanday munosabat ifodalangan?
A) Payt , ketma-ketlik
B) Sabab-natija
C) O’xshatish – qiyoslash
D) O’zaro zid munosabat
21.Biriktiruv bog’lovchili boglangan qo’shma gap ifodalangan qatorni aniqlang
A) Lolalar uchun oftob yahshidir, Bolalar uchun odob yahshidir.
B) Ko’m ko’k tog’li yaylovlarda o’tov oqaqrib, yeru ko’kni podalarning shovqin suroni tutdi.
C) O’ziga berilgan aqlsiz tentak bo’lsa, o’zini bezagan xushro’y satangdir.
D) Chor atrofda esardi yellar , Va bog’larda qushlar chiyillar
22. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gaplarning qaysi qismida keladi?
A) Birinchi qism boshida
B) Birinchi qism oxirida
C) Ikkinchi qism oxirida
D) Ikkinchi qism boshida
23. -u , (-yu) , -da yuklamalari zidlov bog’lovchilari o’rnida kelganida qo’shma gap qismlari orasida qanday munosabatlar mavjudligini ko’rsatadi?
A) Zidlash va ketma- ketlik
B) Zidlash va tenglik
C) Zidlash va inkor
D) Zidlash va bir paytda bo’lganlik
24. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping
A) Yo’l yurib charchagan Roziq ko’rpaga kirdi-yu, uyquga ketdi
B) Voajab, film namoyishi tugadi-yu, hech kim joyidan qimirlamadi
C) U davra o’rtasiga o’tirdi-da sekin so’zlay boshladi
D) Suni unutmang-ki,yomonlarga yo’ldosh bo’laslik kerak
25. Qaysi hollarda qo’shma gap qismlarini goh…,goh ; dam…, dam; ba’zan… , ba’zan singari boglovchilar bog’lab keladi?
A) Qoshma gap qismlarida voqea –hodisalarning galma- gal ro’y berishini ifodalaganda
B) Qo’shma gap qismlari orasida voqea-hodisalarning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaganda
C) Voqea hodisalar takror amalga oshirilishini bildirganda
D) Qo’shma gap qismlarda o’xsahtish – qiyoslash unosabati ifodalanganda
26. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni belgilang
A) Jondan ortiq narsa yo’q , lekin do’stlar uchun jonimiz fido
B) Men kuyladim goh dilda qadar , Goh sevinib she’r to’qiyman men
C) Men yoki singlim buvimnikada qolamiz
D) U kim bo’lsa bo’lsin , men esa arxitektor bo’laman
27. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping
A) Aka va singil ko’chadagi harakatni goh eshikka chiqib , goh uy derazasidan kuzatishdi
B) Boyagi izg’irin pasaygan, lekin kun sovuq edi
C) Bektemir dam to’xtab , dam xayol surib turgan generalga duch keldi
D) Yo sen ketasan , yo u ketadi
28. Qanday gapga bosh gap deyiladi?
A) Mazmuni izohlanayotgan gap
B) Boshqa gapning mazmunini izohlayotgan gap
C) Ergash gapga tobelangan gap
D) Nisbiy so’zli gap
29. Ergash gapning vazifasi nimadan iborat?
A) Mazmuni izohlanayotgan gap
B) Bosh gapning mazmunini izohlayotgan gap
C) Murakkab qo’shma gapning asosiy qismi
D) Korsatish olmoshi istirok etgan gap
30. Ergashgan qo’shma gap qismlari bilan so’z birikmasi qismlari o’rtasidagi o’xshashlik nimada?
A) Qismlar tarkibida
B) Doimo ergash gapning birinchi kelishida
C) Har ikkalasida ham mazmun asosiy o’rinda emasligida
D) Bog’lovchi vositalarida
31. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini bildirgan gaplar qaysi ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’lanadi”
A) deb so’zi
B) negaki,chunki
C) toki
D) uchun
32.Qaysi ergashtiruvchi bog’lovchi yordamida qo’shma gap qismlari o’zaro bog’langanda ergash gap bosh gapdan avval keladi?
A) Sabab-maqsad boglovchilari
B) Qiyoslash-chog’ishtirish bog’lovchilari
C) Faqat sabab boglovchilari
D) Shart ergashtiruvchi boglovchilari
33. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin
Berilgan qo’shma gap qismlari o’zaro qaysi ergashtiruvchi bog’lochilar yordamida bog’langan?
A) Maqsad ergastiruvchi bog’lovchilari
B) Sabab ergashtiruvchi bog’lovchilari
C) Shart ergashtiruvchi bog’lovchilari
D) Qiyoslash-chog’ishtiruv ergashtiruvchi bog’lovchilari
34. “Deb” so’zi yordamida bog’lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?
A) II shaxs buyruq mayli shklida
B) III shaxs shart mayli shaklida
C) I shaxs buyruq mayli shaklida
D) III shaxs buyruq mayli shaklida
35.Ergashgan qo’shma gap qismlari “deb” so’zi yordamida bog’lansa , ergash gaplar qanday ma’noni ifodalaydi?
A) Sharti,natija ma’nosini
B) Maqsad va sabab ma’nosini
C) Holat ma’nosini
D) Daraja- miqdor ma’nosini
36. Deb so’zi yordamida hosil bo’lgan ergashgan qo’shma gapda ergash gapning o’rnini belgilang
A) Bosh gapdan oldin keladi
B) Bosh gapdan keyin keladi
S) Bosh gap o’rtasida keladi
D) Ushbu gap tarkibida ergash gap qatnashmaydi
37. Bosh gap tarkibida ko'rsatish olmoshlari ishtirok etganda , uning kesimi qanday shaklda bo'ladi?
A) Shart mayli shaklida
B) Uchun ko’makchisi shaklida
C) –ki yuklamasi shaklida
D) III shaxs buyruq mayli shaklida
38. Ko’rsatish olmoshlari qaysi gapning tarkibida qo’llanadi.
A) Ergash gapning tarkibida
B) Bosh gapning tarkibida
C) Teng huquqli sodda gaplar tarkibida
D) Kesim ergash gap tarkibida
39. Qaysi qatordagi ergashgan qo’shma gap tarkibiga ko’rsatish olmoshini o’rnatish mumkin?
A) Siz Hindistonda neni ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib , bir kitob yozmog’ingiz darkor
B) Kim harakat qilsa , u baraka topadi
S) Sen otash ichida urasan javlon ,Dushman qolmasin deb sevgan elimda
D) Odam borki , odamlarning naqshidir, Odam borki , hayvon andin yaxshidir
40. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarda ergash gap tarkibida qanday olmoshlar ishtirok etadi?
A)Kishilik
B)Ko’rsatish
C) Belgilash
D) So’roq
41. Qoshma gap tarkibida qanday so’zlar nisbiy so’zlar sanaladi?
A) Deb , go’yoki so’zlari va uchun ko’makchisi
B) Kim? Nima? so’roq olmashlari
C) Sabab va maqsad ma’nosidagi so’zlar
D) So’roq va ko’rsatish olmashlari
42. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni belgilang
A) Qayerda ahillik bo’lsa , u yreda yutuq bor
B) Shuni sezdimki , oila a’zolari bir-biri bilan ittifoq ekan
C) Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibat qul sifatida kn kechiradi
D) Qizig’i shundaki , shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi
43.Kesimi bosh kelishik shaklidagi olmosh bilan ifodalanmagan kesim ergash gapni toping
A) Endi sizlarga muborak topshiriq shuki , har biringiz alohida-alohida ketasiz
B) Toleim shulki , jahonda bir guliston tanladim
C) Muhammad Yusuf ijodining o’ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o’qiladi
D) Buning natijasi shu bo’ldiki , To’laganning qanshariga musht tushurdi
44.Kesim ergash gapli qo’shma gapni toping
A) Shunisi esimdaki , qo’limdagi toshni kuchim boricha otdim
B) Gap shundaki , Tursunali aka bu institut bilan to’rt yil ishlashga kelishgan
C) Kechqurun maktabga kelganda, kechaning tantanali qismi tugagan edi
D) Og’iz va tilning bezagi to’g’ri so’zdir , to’g’ri so’z-la tilingni beza
45.Kesim ergash gaplar bosh gapga qanday bog’lovchi vosita yordamida bog’lanadi?
A) Deb so’zi yordamida
B) –ki yuklamasi yodamida
C) –sa shart mayli qo’shimchasimasi bilan
D) Nisbiy so’zlar yordamida
46. Quyida berilgan javoblarga ko’ra qanday holatda ega ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) Ega ergash gapning o’rni bog’lovchi vositaga bog’liq emas
B) –ki shart mayli vositasida boglanganda
C) Nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda
D) chunki , shuning uchun bog’lobvhi vositalari yordamida bog’langanda
47. Ega ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni belgilang
A) Foydasi shuki , odamlar adolat borligiga ishonadi
B) U qarshilik ko’rsatgan edi , Salimni ko’makka chaqirdim
C) Shoirning tovushi shunday qahrli ediki , navkarlar qorqib ketdilar
D) Shunisi ayonki , kitobsiz inson hayoti bo’m-bo’sh
48.Hol ergash gaplar qanday ma’no turlariga bo’linadi?
A) Ayirish va zidlash
B) Sabab , qiyoslash, biriktiruv
C) Payt,o’rin,sabab ,maqsad , shart, miqdor-daraja
D) Shart , miqdor daraja , galma –galllik, natija
49.Berilgan bog’lovchi vositalardan faqat hol ergash gapli qo’shma gapga tegishligini toping
A) Deb so’zi
B) –ki yklamasi
C) –sa shart mayli qo’shimchasi
D) Bo’lsa , esa so’zlari
50.Bilingki, jim turib salomat bo’lish , gapirib malomatga qolishdan afzal. Ushbu gap ergashgan qo’shma gaopning qaysi turiga mansub?
A) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
B) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
C) Hol ergash gapli qo’shma gap
D) Ega ergash gapli qo’shma gap
51.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni toping
A) Sizni qo’rqib ketmasin deb , kechqurun bezovta qilmadik
B) Kimki taqdirga tan bersa, u hayot to’lqirida g’arq bo’lib ketadi
C) Qizig’i shundaki , shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi
D) Kimki bo’lsa dilozor , undan el-u yurt bezor
52. Azamatlar , shunga nihoyatda xursandmanki , qarigan chog’imda cho’lning husnini ochish uchun ter to’kish menga nasib bo’ldi. Usbu gap ergashgan qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
A) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
B) Hol ergah gapli qo’shma gap
C) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
D) Ega ergash gapli qo’shma gap
53.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarda bosh gapning aniqlovchisi vazifasida qanday so’zlar keladi?
Ko’rsatish olmoshlari
54. Aniqlovchi ergash gap berilgan qatorni toping
A) Biz istaymizki , barcha ellar bir-biriga yanada yaqinroq bo’lsin
B) Bilim shunday xazinaki, u sarflangan bilan tamom bo’lmaydi
C) Oq , pushti, sarg’ish , qip-qizil gullarga qarab , dilimiz yayraydi
D) U shunday odim tashlab ketdiki , oqibatda unga hech kim yetolmadi
55.Ko’chirma gap bilan muallif gapining o’rni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Ko’chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi?
B) Ko’chirma gap faqat muallif gapidan keyin keladi
C) Muallif gapi faqat ko’chirma gap ichida yoki undan keyin keladi
D) Ko’chirma gap muallif gapidan oldin , keyin yoki uning ichida, muallif gapi esa ko’chirma gap orasida kelishi mumkin
56. So’zlashuv uslubining quyidagi turlari mavjud…
Adabiy so’zlashuv va oddiy so’zlashuv
57. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gap tarkibidagi undalmaning o’rni o’zlashtirma gapda qanday b o’ladi?
Chiqish kelishigidagi to’;ldiruvchiga aylanadi
58. Rasmiy uslubga xos birliklar berilgan qatorni belgilang
A) “Mazza qildim, shirin kuydan zavqlandim…”
B) “Arizamni yozishdan maqsadim shuki…”
C) Bulutlarning og’ir , qoramtir namati…
D) Kesim gapning markazidir
59. Muayyan nutqiy qolip , qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutqiy uslub qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
Ilmiy uslub
60. Nutq usliblari nechaga bo’linadi va ular qaysilar
4 ga – so’zlashuv , ilmiy , badiiy , publisistik
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
B
|
B
|
C
|
B
|
C
|
D
|
A
|
C
|
C
|
B
|
B
|
C
|
D
|
A
|
C
|
A
|
C
|
B
|
A
|
B
|
D
|
B
|
A
|
B
|
A
|
A
|
A
|
C
|
C
|
A
|
31
|
32
|
33
|
34
|
35
|
36
|
37
|
38
|
39
|
40
|
41
|
42
|
43
|
44
|
45
|
46
|
47
|
48
|
49
|
50
|
51
|
52
|
53
|
54
|
55
|
56
|
57
|
58
|
59
|
60
|
C
|
D
|
A
|
D
|
B
|
A
|
C
|
B
|
D
|
C
|
D
|
A
|
A
|
A
|
C
|
C
|
D
|
C
|
A
|
B
|
A
|
C
|
|
B
|
C
|
|
|
B
|
|
|
ADABIYOT FANIDAN TEST SAVOLLARI
1. Badiiy adabiyotning asosiy ish qurolini aniqlang.
A) manzara B) fikr C) so‘z D) tuyg‘u
2. Olamni obrazli ko‘rish, timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lgan bitiklar adabiyotning qaysi turiga dahldor sanaladi?
A) badiiy adabiyotga B) ilmiy adabiyotga C) milliy adabiyotga D) A, B
3. “Qurruyo- qur hayt –a to‘ramning oti” tarzidagi nola kimga tegishli?
A) Oybarchinga B) Oppog‘oyga C) Qaldirg‘ochga D) Qultoyga
4. Azal ham sen abad ham sen, na avval birla oxir kim,
Unda yo‘q ibtido paydo, bunda yo‘q intiho paydo. Ushbu misralar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Rabg‘uziy B) Navoiy C) Lutfiy D) Atoiy
5. Adabiy turlarning bo‘linishi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) lirik, epik, komedik B) dramatik, epik, satirik C) she’riy, nasriy, sahnaga mo‘ljallangan D) fojiaviy, dramatik, lirik
6. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra birinchi she’r muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) baxshi B) Aristotel C) Odam ato D) xalq
7. O‘zligidan voz kechmaydigan millat qanday xususiyatga ega bo‘lishi shart?
A) urf- odatiga B) milliy ruhiyatiga C) san’atiga D) milliyligiga
8. XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan shoirni ko‘rsating.
A) Xorazmiy B) Rabg‘uziy C) Yugnakiy D) Yassaviy
9. …bu kitobni tuzgan toat yo‘lida tuzgan ma’siyat yabonin kezgan oz- oziqlik ko‘p yozuqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |