Ona tili va adabiyot
1. Qaysi javobda Erkin Vohidovning dostonlari berilgan?
A) “Tong nafasi”, “Istanbul fojiasi”
B) “Quyosh qoraymas”, “Ruhlar isyoni”
C) “Orzu chashmasi”, “Quyosh maskani”
D) “Nido”, “Jannatga yo`l”
2. “Onalar shunaqa – baxti chopmagan farzandi bilan bo‘ladi” jumlasi qaysi ijodkor asarida uchraydi??
A) Said Ahmad B) Abdulla Qodiriy
C) O‟tkir Hoshimov D) Abdulla Oripov
3. Halollikni va pok yashashni o`zi uchun hayotiy e‘tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlardan yomonlik kutmaymiz.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so`z qatnashgan?
A) 5ta B) 3ta C) 4ta D) 2ta
4. "... uzun bo`ylik, qora cho`tir yuzlik, chag`ir ko`zlik, chuvoq soqol, o`ttuz besh yoshlarda bo`lg`an ko`rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig`ina davlatmand bo`lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo`lmay, «... xotinboz» deb shuhratlangan, kishilar (uning) orqasidan so`zlashkanda uning otig`a taqilg`an laqabni qo`shib aytmasalar... " U Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog`asi edi. Ushbu parchada "O`tkan kunlar" romanidagi qaysi qahramon ta`riflangan?
A) Homidboy B) Mirzakarim qutidor
C) Akram Xoji D) Usta Alim
5. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoniga oid qaysi ma`lumot to`g`ri emas?
A) Xusrav Buzurg Ummid degan vaziri maslahati bilan Mehinbonuga Shirinni so`ratib sovchi yuboradi.
B) Farhodning emikdoshi — Bahromning talabi bilan Sheruya otasi Xusravning Armaniyaga yetkazgan ziyonlari uchun xazinasidan tovon to`lab, yurtiga qaytadi.
C) Ko`zguning tilsimini ochmoqchi bo`lgan odam xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir tog`ga borishi kerak bo`ladi.
D) Farhod Shirinning Arman yurtidan ekanligini tarbiyachi-ustozi Mulkorodan eshitadi.
6. Qaysi gapda aniq nisbatdagi va o`zlik nisbatdagi fe`llar qatnashgan?
A) Ular yana besh qadam bosishgach, o`ra labiga kelishdi.
B) Ular yashikdagi shaftolining ezilganlarini ajratib bolalarga berishdi.
C) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko`rpachalar to`shalgan.
D) Qor qalin yog`ayotgani uchun atrof zo`rg`a ko`rinar edi.
7. Qaysi javobdagi ma`lumot Zavqiyning ijodi haqida?
A) Ijodkor "Turkman binosi", "Adolat yaxshi" she`rlari muallifidir.
B) Ijodkor "Til", "Maktab" she`rlari, "Fidoyi xalqim... " deb boshlanuvchi g`azal muallifidir.
C) Ijodkor "Navro`z" radifli, "Ustina" radifli, "Aylansun" radifli g`azallar muallifidir.
D) Ijodkor "Zamona kimniki", "Ajab zamona", "Bo`l", "Muncha ko`p" hajviyalari muallifidir.
8. 30-yillar o‟rtalarida “Abdulla Qodiriy ijodiy yo‟li” degan risola bilan yozuvchini himoya qilib chiqqan ijodkor kim?
A) Oybek B) H.Olimjon
C) G`.G`ulom D) M.SHayxzoda
Do'stlaringiz bilan baham: |