9. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko`rsatilgan so`zlarning asoslari o`zaro shakldosh bo`la olmaydi?
A) Dildan chiqqan kulgi umrni uzaytiradi. U stol yoniga kelib, tamaki qoldig`ini kuldonga tashladi.
B) Bayram dasturxoni noz-ne`matlarga to‘la. To‘lin oy g`arbga tomon og`gan, hamma yoq sutday oppoq.
C) Yigit qonayotgan jarohatini bog`lab qo`ydi. Hakim bobo g`o`zalarni suvga qondirish uchun tinmay mehnat qildi.
D) Bu yilgi toshqin xavfi qishloqdagilarni o`ylantirib qo`ygan edi. Toshloq yo`lda mashina juda qiynalib yurayotgan edi.
10. Barcha so`zlar to`g`ri yozilgan javobni belgilang.
A) natarius, dealog, muovin
B) mudofaa, milliard, hayol
C) notarius, mudofa, manitoring
D) monitoring, dialog, milliard
11. Or — bu o`ziga ep ko`rilmagan yoki yarashmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg`usidir.
Mazkur gapda fe`lning qaysi vazifa shakllari qatnashgan?
A) sof fe`l, harakat nomi va ravishdosh
B) sifatdosh va harakat nomi
C) harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh
D) harakat nomi va ravishdosh
12. Qaysi javobda berilgan so`zlar juftligi o`zaro ma`nodosh emas?
A) chopmoq — yelmoq B) epchil — abjir
C) husn — go`zal D) ayyor — makkor
13. Hunarmand yigit o`z kasbini, uyini, bola-chaqasini qadrlaydi, u mehnat qilib tinch va osuda yashaydi. Ushbu gapda to‟diruvchili birikmalar soni nechta?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
14. Qaysi gapda o`z sinonimi o`rniga xato qo`llangan ot qatnashgan?
A) Qizini yer-ko`kka ishonmagan ona uni katta dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi.
B) Birozdan keyin ona o`g`ilchasi Xoliqjonning beg`ubor yuziga engashib tikildi.
C) Cholning sadosi o`zgardi, o`pkasi to`ldi, shekilli, birpas osuda qolib, keyin gapirdi. D) Bazzoz do`konini katta o`g`liga qoldirib, har kuni asir namozini uyiga kelib o`qir edi.
15. "Odamlarning soddaligi! Odamlarning sofligi... aziz armonlari. Yo`q, bular meni bu dunyoga sig`dirmaydi. Men qayoqqa borishim kerak? ... Qora yerda men yotsam bo`lmasmidi! ... Men yana o`zimni o`ylayapman. Nahotki shundan boshqaga yaramasam?.. Yarar edim, o`sha bir zum — daqiqadan o`tib olsam, albatta yarar edim. Lekin endi. . . endi kech. Bir zumlik xato. Bir nafas tubanlik... uni endi butun hayotni berib ham tuzatib bo`lmaydi".
Ushbu lavhada tasvirlangan, alamli iztiroblar ichida qolgan adabiy qahramon nomi keltirilgan javobni aniqlang.
A) Tursunboy ("Ufq")
B) Akbarali ("Chinor")
C) Shoikrom ("Urushning so`nggi qurboni")
D) O`rozqul ("Qutlug` qon")
16. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo`lgan yasama so`zlarni aniqlang.
1) yolg`izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi;
5) jigarrang; 6) diyor
A) 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5
17. Abayning inson hayotida muhim o`rin tutadigan aql, ilm-ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, muomala madaniyati, din, e`tiqod, davlatni idora qilish, xalqlar, elatlarning ahil, do`stona munosabatda bo`lishlari haqida mulohaza yuritgan nasriy asari qaysi javobda ko`rsatilgan?
A) "Ilm o`rgan" B) "Iskandar"
C) "Naqliya so`zlar"
D) "Boy bolasi bilan kambag`al bolasi"
18. O „zingiz ko`rib turgan edingiz: mening hayotim masalasi, qalbim masalasi hal bo`lmoqda edi.
Ushbu gap moslashuvli tobe bog‟lanish soni nechta?
A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta
19. Imloviy jihatdan xato yozilgan hol qatnashgan
gapni aniqlang.
A) Qisqa vaqt ichida oliygohning o`quv binolari qayta ta`mirlanib, foydalanishga topshirildi.
B) Hamshiraning xushmuomalalik bilan aytgan o`sha so`zlari uni anchagacha chuqur o`yga toldirib qo`ygandi.
C) Yurtimiz yuksalishiga ulkan hissa qo`shib kelayotgan ko`plab yurtdoshlarimiz munosib taqdirlandi.
D) Otaxonning dovdirab, nima deyishni bilmay tutulib gapirganini ko`rgan yigit unga dalda bermoqchi bo`ldi.
20. Charchamang, ko`zlarim, boqay to`yguncha,
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko`ngil.
Ushbu parchada qatnashgan fe`llar haqidagi
qaysi fikr to`g`ri emas?
A) Asosi o`z shakldoshiga ega bo`lgan ravishdosh qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe`llar buyruq-istak maylida qo`llangan.
C) Sifatdosh shaklidagi o`timsiz fe`l qatnashgan.
D) Ushbu gapda hokim qismga bitishuv usulida tobelangan fe`l qatnashgan.
21. Qaysi gapda vositali to`ldiruvchiga tobelanib
kelgan vositasiz to`ldiruvchi qatnashgan?
A) Ey farzand, hamisha fozillar bilan hamsuhbat bo`lishni o`zingga odat qil.
B) Bema`ni fikrlar har kimda ham bo`ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.
C) Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo`ladilar.
D) Til do`stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir.
22. Qaysi javobdagi gapda hol vazifasida kelgan tovushga taqlidni bildirgan so`z qo`llanmagan?
A) Namoz g`azabi oshib, dag`-dag` qaltiray boshladi.
B) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g`o`ng`ir-g`o`ng`ir gaplashardi.
C) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
D) Kimdir ertalabdan darvozani taq-taq urardi.
23. Yurak, sen mening sozimsan.
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma`lumotlar to`g`ri?
1. Ushbu gap egasi yashiringan gap sanaladi.
2. Ushbu gap tarkibida sodda ot kesim qatnashgan. 3. Ushbu gapdagi so`zlar tarkibida qatnashgan ismning munosabat shakllari soni 2 ta. 4. Ushbu gapda qaralmish kesim vazifasini bajargan.
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 2
24. Yoyiq undalma qatnashgan qo‟shma gapni aniqlang.
A) Kecha pishirgan oshimni maqtab-maqtab yeding-ku, injiq ukajonim!
B) Buning iloji yo`q, jon uka, kun botmasdan tezroq shaharga yetib olishimiz kerak.
C) Endi, bo`tam, gapimning buyog`iga ham diqqat bilan quloq sol.
D) Yaqin yillarda bu tevarak-atrofda o`zlashtirilmagan yer qolmaydi, Muhtaramxon!
25. Sobirjon, qaytyapsizmi?
- Ha.
- Siz tog`angizni ham bir ko`rib keting.
Ushbu dialogdagi kishilik olmoshi qanday ma`no fodalagan?
A) hurmat ma`nosi B) ko`plik ma`nosi
C) jamlik ma`nosi D) taxmin ma`nosi
Do'stlaringiz bilan baham: |