Ona tili va Adabiyot. 1.08.2019 DTM 2019
Ona tili va Adabiyot. 1.08.2019 DTM 2019
Ona tili va Adabiyot. 1.08.2019. DTM 2019
1. Qaysi qatorda uslubiy xato qo‘llangan so‘z qatnashgan?
A) Shayx yuzida tag‗in faqat muridlargagina ayon bo‗lgan istehzo
ko‗rindi.
B) O‘sha yalmog‘iz ayolning chehrasi hammaga ham tanish emasdi.
C) Tez bo‗l! Donor topilibdi. Tayyorgarligingni ko‗rib, pastga tush!
D) Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‗g‗ ranglar,
mazasi boshqacha bo‗ladi.
2. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik kuzatiladi?
A) Men bo‗lsam uzumni ko‗p yeb qo‗yganimdanmi, qimirlolmay
qoldim.
B) Tanlovga quyidagi yo‗nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy
ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi.
C) Qanotlari qayrilgan emas, qirqib olingan qush holatidagi
Manzura tunda quyosh balqishini kutgan notavon kabi eridan har
daqiqada bir mujda kutardi.
D) U yoq-bu yoqqa alanglagan edi, tunov kungi shop mo‗ylovli
buldozerchini tirjayib turganini ko‗rdi.
3. ―Kecha va kunduz‖ asarida yangi uylangan mingboshining onasi
ro‘lini kim ado etadi?
A) Xadichaxon B) Poshshaxon C) Miryoqub D) Sultonxon
4. Qaysi gapda nisbat qo‘shimchasi bilan omonim bo‘la oladigan sifat
yasovchi qo‘shimcha qatnashgan?
A) Qorli tog‗lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida.
B) Bu dilkash suhbatlar ochiqdan ochiq Kumush haqida borar edi.
C) To‘lin oy ko‘kni yoritib turar edi.
D) Bu ovozdor kishi uning amakisi edi.
5. Zavqiyning “Ajab ermas” she‘ri janrini aniqlang?
A) Mustazod B) G‘azal C) Musabba D) Muxammas
6. Buqalamun obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) ―Yulduzli tunlar‖ B) ―Ulug‘bek xazinasi‖
C) ―Sohibqiron‖ D) ―Muqanna‖
7. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‟u bilig” asari haqidagi to‘g‘ri
hukmni toping.
A) Asarda payg‗ambarlar hayoti, tarixda bo‗lgan voqealar
shunchaki bayon qilinmaydi. Uni o‗qir ekansiz, bu dunyoda hech
narsa tasodifiy va g‗alat, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin
bo‗lasiz.
B) Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish,
yana-da mustahkamlash, turli xon va beklar o'rtasida o'zaro og'iz
birchilikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrning
o'tkinchiligi, ma'naviyat, yashash tartib-tamoyillari bilan bevosita
bog'liq g'oyalarni badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari
surish niyati yotadi.
C) Asar Mahmud Tarxonga bag‘ishlangan.
D) Asarda ilm, tavozelik, kibrlilik to‘g‘risida qimmatli ma‘lumotlar
berilgan.
8. Qaysi qatorda o‘z paronimi bilan har xil so‘z turkumiga oid so‘z
berilgan?
A) Ganj B) Lahja C) Yonilg‘i D) Ahil
9. Bitishuv munosabatli so‘z birikmalarini aniqlang.
A) Qiyinchilikni yengmoq, ishonchli do‘st
B) Qizargan olma, zavq bilan tinglamoq
C) Hovlining o‘rtasi, qushning qanoti
D) G‘oyat qiziqarli, do‘stona munosabat
10. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so‘z birikmasi
qatnashmagan?
A) Begona yurt osmonidagi quyosh ham musofirga yordam bermadi.
B) So‗z aro inson kamoli, yor jamoli jilvagar,
Sarbaland etgay g‗azalda ne qaro ko‗zlarni ham.
C) Nogahoniy bitta so‗zdan darz ketur dil qasriga,
So‗z — ulug‗ qudrat, eritgay toshni ham, muzlarni ham.
D) Senga bir so‗z aytadurman dilginamda asragan,
Jam etibman bag‗riga ming kechakunduzlarni ham.
11. U ellik yoshlarni qoralab qolgan, yuzlarida bitta ham ajini yo„q,
ko„hlik ayol edi.
Ushbu gap haqida to‘g‘ri hukmni toping.
A) Faqat boshqaruv usulida birikkan so‘z birikmlari qatnashgan.
B) 4 ta so‘z kesimga bevosita tobelangan.
C) Ham hokim, ham tobe qism vazifasini ajargan so‘z
qatnashmagan.
D) Gapda moslashuv, boshqaruv va bitishuv usulida bog‘langan
so‘z birikmlari bor.
12. Sen qachon o‟ninchi sinfni bitirsang, o‟shanda soat olib
beraman.
A) Hol ergash gapli B) Aniqlovchi ergash gapli
C) To‘ldiruvchi ergash gapli D) Ega ergash gapli
13. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” g‘azali haqida to‘g‘ri hukmni
toping.
A) G'azal an'anaviy yetti baytdan iborat. U aruzning nisbatan
murakkab turlaridan biri bo'lmish hazaji musammani axrabi
makfufi mahzuf (yoki maqsur), ya'ni maf'uvlu - mafoiylu - mafoiylu -
faulun (yoki mafoiyl) vaznida bitilgan.
B) Matla' nihoyatda go'zal, Lutfiyga xos lutf bilan qog'ozga
tushgan: har lahza soching oyog'ing ostiga tushadi, shuning uchun,
maqolda aytilganidek, «Chirog' tubi - qorong'u».
C) G'azal oshiq qalbning yetuklik va kamolot timsoli bo'lmish komil
insonga jo'shqin muhabbati ifodalangan mashhur she'rlardan biri
hisoblanadi.
D) G'azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya'ni «mafoiylun
- mafoiylun - faulun (yoki mafoiyl)» vaznida yozilgan.
14. Charchamang, ko‟zlarim, boqay to‟yguncha,
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko‟ngil.
Ushbu parchada qatnashgan fe‘llar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) 1 o‘rinda ravishdosh shaklidagi o‘timsiz fe‘l qatnashgan
B) Bitishuv usulida tobelangan fe‘l mavjud
C) Boshqaruv usulida tobelangan fe‘l mavjud
D) Buyruq-istak maylidagi sof fe‘llar qatnshgan
15. So‟zdan qudratliroq kuch yo‟q,o‟tkir
dailillarning va yuksak fikrlarning ta‟sirini inkor etib bo‟lmaydi.
Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
A) To‘ldiruvchi tobelangan so‘z aniqlovchi vazifasida kelgan.
B) Aniqlanmish to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
C) Vositali to‘ldiruvchi kesimga bevosita tobelangan.
D) Sifatlovchi aniqlovchi qaratqich aniqlovchiga tobelangan.
16. Quyidagi qaysi qatorda tinish belgisiga oid xatolik mavjud?
A) «Qiziq ekan. Ra‘noga ko‗rsataman buni», – dedi u o‗z-o‗zicha
ruhlanib.
B) «Siz meni mazax qilmay qo‗ya qoling!» – dedi zarda qilib
xo‗jayin.
C) «Dalilim yo‗q – dedi Bo‗taboy qo‗rslik bilan, – shunga
chaqirganmidingiz?»
D) Nima ko‗rdingiz? – dedi polvon. – Hech narsa, – dedi qo‗rboshi.
17. Chidamliligidan so‘zida so‘zga yangi ma‘no beruvchi nechta
morfema bor?
A) 1ta C) 3ta B) 2ta D) 4ta
18. Yasalish asosi ham, yasalma ham omonimlik xususiyatiga ega
bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
1) oqish 2) qopchiq 3) tortma 4) tilim
19. 1,2,3 B) 3,4 C) 1,3,4 D) 1,3
20. Qaysi gaplarda ravish so‘z turkumi birdan ortiq ishtirok etgan?
1) Tunlari koyidim taqdirni bedor, Nechun bizda shuncha achchiq
o‗chi bor!
2) Kecha aksiga kutilgan odam kelmay qoldi.
3) Qalban, ruhan Fido qilib o‗zini, Hatto bir kun Nashtar bilan
Ochmish ko‗rning ko‗zini.
Ona tili va Adabiyot. 1.08.2019 DTM 2019
Ona tili va Adabiyot. 1.08.2019 DTM 2019
4) To‘yimizga ko‘pdan ko‘p insonlar kutilmaganda keldi.
5) Oradan yillar o‗tib asarni qaytadan qo‗liga olganida tag‗in
hayajonlansa.
A) 1,3,5 C) 1,3 B) 2,3,4,5 D) 1,2,3
21. Qaysi gapda harakat nomi uyushgan hol vazifasida kelgan?
A) U bilan vidolashishga emas, undan ko‗proq bahramand bo'lishga
intiling.
B) Shu boisdan yutuqlarimizni sen bilan o‗rtoqlashish,
dardhasratimizni senga aytib, ko‗nglimizni bo‗shatish uchun doim
bag'ringga oshiqamiz.
C) Tovush to‗lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‗liq
hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi.
D) Endi istiqlol tug'ini zabardast qo'llarda mahkam ushlab, uni
mustahkamlash, Vatan ravnaqi uchun kurashish eng oliy baxtdir.
22. Imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni aniqlang.
1) xaker 2) hezlanmoq 3) hafsala 4) hunasa 5) xokipoy 6) homuza
A) 1,3,5 C) 2,4 B) 3,5,6 D) 1,2,5
23. Qaysi qatorda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Barcha a‘yonlar majlisga jam bo‘lishdi.
B) Shoh shu onda lahimni ko‘mdirib yubordi.
C) Xola, anavi kungi qiz rosa sodda ekan.
D) Kelasi yili sen yozgan sherlar chiqadi.
24. Ba‟zan san‟atga aloqador bo'lmagan kasb egalari — shifokor,
o„qituvchi va tikuvchilarni ham , agar ular o„z ishlarining mohir
ustasi bo„lsa, artist deb atashadi.
Ushbu gapda yasama shaxs otlari soni nechta?
A) 3ta C) 6ta B) 4ta D) 5ta
25. “Quyoshli qalam”. “Mushoira” poemalari muallifini aniqlang.
A) Muso Jalili B) G‘. G‘ulom
C) Zulfiya D) S. Zunnunova
26. Navoiyning ―Xamsa‖ sida qaysi dostonda ustoz Mulkoro tilga
olinadi?
A) ―Sabbai Sayyor‖ B) ―Farhod va Shirin‖
C) ―Layli va Majnun‖ D) ―Saddi Iskandariy‖
27. “..janggohlardagi urush manzarasi, urush odamlarining qiyofasi
chizildi”.
Shuhratning qaysi asariga oid?
A) ―Oltin zanglamas‖ B) ―Shinelli yillar‖
C) ―Jannat qidirganlar‖ D) ―Mardlik afsonasi‖
28. Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish.
Qaysi obraz ta‘riflanmoqda?
A) Mehr B) Shirin C) Layli D) Guldursun
29. Quyidagi asarlardan qaysi biri Mirmusinning doston janrida
yozilgan asari emas?
A) ―Nevara‖ C) ―Qamar‖ B) ―Irmoqlar‖ D) ―Shiroq‖
30. ―Gulliverning sayohatlari‖ asarida kimlar Gulliverga Angliyadagi
vatandoshlarini eslatadi?
A) Liliputlar C) Yexular
B) Ulkan odamlar D) Baland poshnalilar
Do'stlaringiz bilan baham: |