Ommaviy axborot vositalari demokratik islohotlarni harakatlantiruvchi kuch



Download 18,81 Kb.
Sana01.02.2017
Hajmi18,81 Kb.
#1609

Aim.uz

Ommaviy axborot vositalari – demokratik islohotlarni harakatlantiruvchi kuch
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi o‘tkazilayotgan xalqaro forumlar, seminarlar va davra suhbatlarida batafsil o‘rganilmoqda. Masalan, yaqinda Samarqandda “Ommaviy axborot vositalarining moliyaviy va iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlash, ularni demokratik va liberal islohotlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.
Konferensiyada Ozarboyjon, Belgiya, Bolgariya, Germaniya, Hindiston, Ispaniya, Litva, Malayziya, Singapur, Fransiya kabi davlatlardan mass-media sohasi ekspertlari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Ular ommaviy axborot vositalarini (OAV) tashkil etish va rivojlantirishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish, ularning moliyaviy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha milliy hamda xalqaro tajribani muhokama qildilar.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Ishtirokchilarning umumiy fikriga ko‘ra, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarining mantiqiy davomi bo‘lib, O‘zbekistonni demokratik rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichini boshlab beradi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan xorijlik ekspertlar O‘zbekistonning axborot sohasini bosqichma-bosqich, izchillik bilan erkinlashtirish bo‘yicha tanlagan va islohotlarning “o‘zbek modeli”ni amalga oshirishga asoslangan yo‘lning to‘g‘riligini qayd etdi. Mamlakatimizning bu boradagi tajribasidan boshqa mamlakatlar ham keng foydalanishi mumkinligi ta’kidlandi.
Masalan, Yevropa xalqaro munosabatlar institutining geosiyosiy tadqiqotlar bo‘yicha direktori Pyer-Emmanuel Tomanning (Belgiya) so‘zlariga ko‘ra: “Rivojlanish bo‘yicha “o‘zbek modeli”, uning barcha prinsiplari, jumladan, islohotlar bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirilishi lozimligi, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi haqidagi prinsiplarning to‘g‘riligini vaqtning o‘zi ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston “shok terapiyasi”ni qo‘llamadi, barcha tub o‘zgarishlar tizimli va kompleks ravishda ro‘yobga chiqarilmoqda. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasidagi ishlar yuksak saviyada amalga oshirilmoqda. Mamlakatingiz xalqning tarixiy qadriyatlari, an’analari va mentalitetini hisobga olgan holda, milliy madaniyat hamda modernizatsiyani uzviy birlashtirish bo‘yicha betakror va o‘ziga xos tajribaga ega. G‘arbiy Yevropada esa aksincha, erkinlashtirish ortidan haddan ortiq quvish tizimning izdan chiqishiga olib keldi. Yevropa mamlakatlari O‘zbekistonning bu boradagi boy tajribasini e’tiborga olishi shart”.
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xorxe Ivan Espinalning ta’kidlashicha: “O‘zbekiston rahbariyati mass-mediani rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Shunisi quvonarliki, mamlakatning barcha hududlarida xususiy teleradiokompaniyalar tashkil etilmoqda va mustaqil OAVda ishlash uchun yosh jurnalistlarni tayyorlashga ham alohida e’tibor berilmoqda. Bu juda muhim, chunki yosh kadrlar mamlakat kelajagidir”.
“Men O‘zbekistonda odamlar OAVni demokratlashtirishga ishonishiga va dolzarb masalalar haqida ochiq gapirishiga guvoh bo‘ldim. Bu esa hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar muvaffaqiyatining kafolatidir, – dedi YEXHT eksperti, Litva jamoat radiotelevideniyesi Kuzatuv kengashi raisi Daynyus Radzyavichus. – Axborot sohasini erkinlashtirishda OAVning turli tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan fuqarolik institutlari alohida o‘rin tutadi”.
Singapurning Malaysk savdo-sanoat palatasi prezidenti Abdul Rohim Sarip O‘zbekiston mintaqada aholisi ko‘p va yuqori malakali ishchi kuchiga ega mamlakat ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga keng joriy etishga katta hajmda investitsiyalar jalb qilinmoqda. “Bu, shubhasiz, hokimiyatlar faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston mintaqada axborot erkinligini ta’minlash markaziga aylanishi mumkin”, – dedi ekspert.
Xorijiy ekspertlar o‘z chiqishlarida O‘zbekistonda demokratik tub o‘zgarishlar davomida erkin, mustaqil OAVni rivojlantirish, fuqarolik institutlari tizimida ularning rolini kuchaytirish, mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar siyosatining ochiq va oshkoraligini ta’minlash maqsadida izchil va tizimli ishlar amalga oshirilganini qayd etdi. Chunonchi, jamiyatning siyosiy va ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadigan axborot sohasi va OAVni erkin rivojlantirish bo‘yicha demokratik standartlarga javob beradigan qonunchilik bazasi yaratildi. So‘nggi o‘n yilning o‘zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘paygani ham O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari jadal va erkin rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda milliy media-bozorda qariyb 1200 ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Mamlakatimizda tashkil etilgan fuqarolik institutlari axborot sohasini erkinlashtirish, nodavlat ommaviy axborot vositalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda. Birinchi navbatda, bu O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat birlashmalaridir.
Shu munosabat bilan OAVni rivojlantirish markazi rahbari Ognyan Zlatev (Bolgariya) shunday dedi: “Mamlakatingizda nodavlat OAV tarmog‘ini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar O‘zbekistonda demokratik islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganidan dalolatdir. Men Bolgariyada mustaqil OAV tashkil etishda bevosita ishtirok etganman. O‘zbekistonda esa mustaqil televideniye bizdan 5 yil avval tashkil qilingani va muvaffaqiyatli rivojlanayotgani meni hayratga soldi. Mamlakatingizda turli millat vakillari ahil-inoq bo‘lib yonma-yon mehnat qilayotgani ham alohida e’tiborga sazovordir. Bu tajriba boshqa mamlakatlarda ham qo‘llansa, maqsadga muvofiq bo‘lur edi”.
Konferensiya qatnashchilarining fikriga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta’minlash fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirokini faollashtirish, ularning axborot olish bo‘yicha o‘z konstitutsiyaviy huquqini yanada to‘liq amalga oshirishi uchun kafolatlarni mustahkamlash borasidagi muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Shu naqtai nazardan, xorijlik ekspertlar Konsepsiyada qabul qilish taklif etilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun bu vazifalarni hal etishda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Ushbu yangi qonun davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish tartiblarini aniq belgilab beradi, aholining davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, avvalambor, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlar haqidagi axborotlardan keng xabardor bo‘lib borishini ta’minlaydi.
YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Ishtvan Venselning ta’kidlashicha: “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi matbuotni demokratlashtirish va erkinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda ushbu sohani yanada rivojlantirish jamiyatning zamonaviy va xolis axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatida oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladi”.
Mamlakatimiz va xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, OAV erkinligini, birinchi navbatda, axborot sohasida bozor munosabatlarini va raqobatni rivojlantirish, iqtisodiy erkinlikni, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi va o‘z-o‘zini ta’minlashga erishishini kafolatlaydi. Ekspertlar bu borada O‘zbekistonda izchil va tizimli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdilar. Konsepsiyaga muvofiq «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish belgilangan maqsadlarga erishishda navbatdagi muhim qadam bo‘ladi.
Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Tomas Kunsening qayd etishicha: “Mamlakatingiz Prezidentining tashabbusi bilan OAVni rivojlantirish va himoya qilishga qaratilgan ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Shu munosabat bilan davlatingiz rahbari qabul qilishni taklif etgan «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqishda OAVni turli tashqi iqtisodiy va siyosiy tuzilmalar ta’siridan himoya qilishga alohida e’tibor qaratish zarur”.
“OAV mustaqilligining kafolati – bu avvalo, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash demakdir, – dedi Kiyev xalqaro munosabatlar institutining xalqaro axborot kafedrasi mudiri Nikolay Rijkov (Ukraina). – Aks holda, OAV axborot manbaidan siyosiy qurolga aylanib qoladi va bu ularning haddan ortiq siyosiylashuviga olib keladi. Bunda media-biznes sohasida hokimiyat va tadbirkorlik tuzilmalari manfaatlarining muvozanatini topish, davlatni axborot sohasida rivojlantirishga yordam beradigan jamoat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar loyihasini amalda hayotga tatbiq etishga o‘tish OAVning moliyaviy-iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashning asosiy prinsiplari hisoblanadi”.
Saksoniya Yeri Bosh vaziri ma’muriyatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Shteffan Gross (GFR) qayd etganidek: “O‘zbekiston OAVni rivojlantirishga ko‘p kuch va mablag‘ sarflamoqda. Mamlakatingiz texnik va moddiy baza, asbob-uskunalar bilan jihozlash, jurnalistlar uchun treninglar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish borasida ham Germaniyadan qolishmaydi. Mamlakatlarimiz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, jumladan, qonunchilikni rivojlantirish, media-bozorda yirik, raqobatbardosh, moliyaviy jihatdan barqaror media-tuzilmalarning paydo bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish, OAV sohasiga investitsiyalar jalb qilish borasida hamkorlik qilishimiz mumkin. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, OAVning davlat, biznes va ta’sischilarga bog‘liqligini kamaytirish ularning iqtisodiy mustaqillik va moliyaviy barqarorlikka erishishiga ko‘maklashadi”.
Xorijlik ekspertlar o‘z chiqishlarida global axborot makonini shakllantirish yirik xalqaro mass-medialarga katta imkoniyatlar ochib berishi haqida fikr bildirdi. Shu bois OAVda fikrlar xilma-xilligini ta’minlash, madaniy xilma-xillik va milliy mushtaraklikni saqlash maqsadida davlat tomonidan milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.
Bu borada O‘zbekiston Prezidenti Konsepsiyasida bayon qilingan “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish tashabbusi juda muhim ahamiyatga ega. Bu qonun bozor munosabatlari sharoitida milliy mass-medialarni tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratadi.
Misol uchun, Malayziyaning “Karangraf” nashriyoti va “Sinar Xarian” gazetasi Direktorlar kengashi direktorining o‘rinbosari Muhammad Nosir Hamza shunday dedi: “Global axborot makoni rivojlangan mamlakatlarning rivojlanayotgan davlatlardagi ichki siyosiy vaziyatga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini oshiradi. Bunday sharoitda davlatning eng asosiy vazifasi – bu kuchlarning salbiy ta’sirini bartaraf etish uchun barcha resurslardan foydalanishdan iborat. Bu borada uslublar turli xil bo‘lishi, ya’ni muayyan kanallar va saytlarni yopib qo‘yish yoki milliy axborot resurslarini qo‘llab-quvvatlash mumkin. Misol uchun, G‘arb davlatlari axborotni himoya qilishning barcha shakllaridan foydalanmoqda, shu bilan birga boshqa mamlakatlardan o‘zining axborot makoni, media-bozorini ochishni talab qilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, global axborot makonida milliy OAVlar har doim ham raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Aynan shu sababli milliy OAVni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash nihoyatda muhim”.
Konferensiyaning chet ellik qatnashchilari milliy OAVni parlament komissiyasi orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganishdan manfaatdorligini bildirdi. Ularning fikricha, bu amaliyot aksariyat demokratik davlatlarga qaraganda demokratik hisoblanadi va shu bois undan boshqa davlatlar ham foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, Konsepsiyada taklif etilgan va axborot sohasidagi munosabatlarni aniq tartibga soluvchi yangi qonunlar loyihalarining jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinishi borasidagi O‘zbekistonning tajribasi ijobiy misol sifatida e’tirof etildi.
Tadbirda ayni paytda O‘zbekistonda OAVni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorij tajribasi ham foyda berishi mumkinligi haqida so‘z yuritildi. OAV mustaqilligini ta’minlaydigan o‘zini o‘zi boshqarish institutini joriy etish uchun qonunchilik kafolatlarini yaratish, soliq imtiyozlarini berish shular jumlasidandir. Bundan tashqari, axborot sohasida siyosiy, mafkuraviy va madaniy xilma-xillikni kengaytirish maqsadida «ijtimoiy buyurtma»ni joylashtirish va OAVga subsidiyalar ajratish mexanizmlari, ijtimoiy ahamiyatga ega maqolalarni chop etish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni efirga uzatish, ularning boshqa mahsulotlarini nashr etishni qo‘llab-quvvatlash asosida qulay moddiy hamda tashkiliy shart-sharoitlarni shakllantirish bo‘yicha davlatning majburiyatlarini belgilash ham ijobiy rol o‘ynashi mumkin.
Umuman, konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining o‘ta muhimligi va dolzarbligini alohida ta’kidladilar. Konsepsiyada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini, OAV erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha taklif etilgan kompleks chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqarolarning so‘z erkinligi va tanlash erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to‘liq ruyobga chiqarishga yordam beradi.
Xalqaro konferensiya qatnashchilari muhokama yakunlari bo‘yicha axborot sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirish borasida O‘zbekistonning boy tajribasidan dunyoning ko‘pgina davlatlarida, shu jumladan, rivojlangan demokratik mamlakatlarda keng hamda muvaffaqiyatli foydalanish mumkinligi haqida umumiy xulosaga keldilar.
Download 18,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish