Oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga muvofiq



Download 10,61 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi10,61 Kb.
#494998
Bog'liq
Vazirlar Mahkam-WPS Office
mzvzu taqdimot uchun, 2-МАЪРУЗА WORLD, Adabiyotlar ro\'yxati, Windows 8 operasion tizimini ornatish boyicha trenajer dasturiy mahsulot yaratish , Longman -New Round-UP - 5 - TB, Bobur, applikatsiya, sardorbek, 1-МАРУЗА, 3-MA\'RUZA WORLD, mustqail ish 3, 1-oraliq, Homidjonov M, Ahmadjonov N

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 824-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi. Hujjat bilan Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.


Oliy ta’lim muassasasi kengashining qaroriga muvofiq:

OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-oʻqituvchilar nufuzli хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka oʻtaydi va malaka oshiradi;
OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda oʻqituvchilar nufuzli хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktoranturasi dasturlari asosida oʻqitiladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini kengaytirish maqsadida:

OTM huzuridagi teхnikumlarda oʻquv mashgʻulotlarni olib borayotgan professor-oʻqituvchilarning mehnatiga soatbay haq toʻlash OTM talabalariga dars oʻtganligi uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarida amalga oshiriladi;
ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik oʻquv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;
oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

Ushbu Nizom Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan nodavlat va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kir


Talaba kursdan kursga o'tish imkonini bergan kreditlarni to'plagan, ammo o'quv yili uchun to'planishi lozim bo'lgan barcha kreditlarni yig'a olmagan bo'lsa, keyingi o'quv yilida mustaqil ravishda yoki quyi kurslar bilan birgalikda o'sha modulni o'zlashtiradi.


Toshkent davlat yuridik universiteti mamlakatimizda birinchilardan boʻlib Yevropa kredit tizimi (ECTS)ga oʻtdi. Ushbu tizimning afzalligi va yutuqlari nimada? U qanday ishlaydi? Shu va boshqa savollar bilan TDYUU oʻquv ishlari boʻyicha prorektori — TDYUU qoshidagi akademik litsey direktori, yuridik fanlar doktori, professor Islombek Rustambekovga murojaat qildik.

— Universitetda joriy etilgan Yevropa kredit tizimi haqida maʼlumot bersangiz.

— Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan toʻliq ECTS, yaʼni Yevropa kredit tizimi asosida tashkil qilindi. Taʼlimning kredit-modul tizimi oʻquv jarayonining ochiq va shaffofligi, jumladan, taʼlim berish va baholashning oshkoraligiga asoslanadi. Shuningdek, talabaga hamda uning mustaqil taʼlim olishiga yoʻnaltirilgan oʻqitish boʻlib, kreditlarni yigʻish va koʻchirib oʻtkazish, bu orqali esa oʻqishini turli taʼlim dargohlarida oʻtash imkoniyatini yaratadi. Bu tizimda talaba kelajakda qaysi soha mutaxassisi boʻlmoqchiligiga qarab oʻzining mustaqil taʼlim yoʻnalishini belgilashi hamda oʻqishning bir qismini xorijiy oliy taʼlim muassasalarida davom ettirishi mumkin


Tizimni amaliyotga joriy etish borasida universitetda qanday ishlar bajarildi?

— Universitetimizda Yevropa kredit tizimi talablaridan kelib chiqqan holda joriy oʻquv yilida bakalavriatda 4 ta taʼlim yoʻnalishi, magistraturada esa 8 ta mutaxassislik boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalar va fan dasturlari (sillabuslar) toʻliq yangidan ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu hujjatlarning ishlab chiqilishida yetuk xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribasi, xalqaro standartlar hamda bugungi kun ish beruvchilarining talablari oʻrganildi. Shuningdek, oʻquv rejalarida nomutaxassislik fanlari 22 foizdan 10–12 foizga kamaytirildi. Fanlar bloki esa, majburiy fanlar va tanlov fanlariga boʻlindi. Talabalar tomonidan ixtiyoriy qoʻshimcha oʻzlashtirilishi mumkin boʻlgan kreditlar ham oʻquv rejada aks ettirildi.

— Yangi tizimda oʻquv jarayonlarini boshlash va oʻtkazishda qanday oʻzgarishlar boʻldi?

— 2020/2021 oʻquv yilida pandemiya sharoitida dars mashgʻulotlari masofaviy shaklda boshlandi, lekin barcha talabalar uchun tanishtiruv haftaligi oʻtkazildi. Tanishuv haftaligi doirasida barcha talabalarga taʼlimning kredit-modul tizimi mohiyati, universitet oʻquv jarayoni qanday tashkil etilganligi, masofaviy taʼlim platformasidan qanday foydalanish kerakligi, nazorat ishlarini topshirish tartibi tushuntirildi, shuningdek ilmiy faoliyat, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masofaviy shaklda maʼlumotlar berildi.

Talabalar oʻquv jarayoni, dars jadvali, yangi talablar bilan tanishib, tanlov fanlarini ham aniqlab oldi. Ular elektron platformadan foydalanishni oʻrganib, oʻzlarining oʻqituvchilari bilan masofaviy guruhlarni shakllantirdi.

Oʻquv jarayoni universitet masofaviy taʼlim platformasi (http://distant.tsul.uz), shuningdek, taʼlim jarayoni ishtirokchilarining foydalanish imkoniyati va qulaylik darajasidan kelib chiqib, boshqa taʼlim platformalari, ijtimoiy tarmoqlar va aloqa vositalaridan foydalanilgan holda tashkil qilindi.


Maʼruza mashgʻulotlari platformaga integratsiya qilingan videochat (Big Blue Button) va “Zoom” dasturiy vositasi orqali, seminar mashgʻulotlari esa chat va forumlar tashkil etish, talabalarga topshiriq berish va uni muhokama qilish shaklida oʻtkazilib, talabalarning dars mashgʻulotlariga qatnashishi va oʻzlashtirishi nazorati toʻliq masofaviy taʼlim platformasi asosida amalga oshirildi.

Internet aloqasi sifatsizligi yoki boshqa sabablar bilan masofaviy taʼlim olish imkoniga ega boʻlmagan talabalarga tegishli imkoniyat yaratish choralari koʻrildi. Bu uchun xududlarda joylashgan yuridik texnikumlar, adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlarida talabalar kelib masofaviy oʻqishi uchun sharoitlar yaratildi.

Ayni paytda talabalarimiz anʼanaviy shaklda taʼlim olmoqda.

— Yuqorida tanlov fanlar haqida aytib oʻtdingiz. Ularning taqsimlanishi qanday boʻladi?

— Joriy oʻquv yilida har semestrda bittadan tanlov fani belgilangan. Talaba oʻquv rejaning tanlov fanlari belgilangan qismidan (6 tadan 10 tagacha fan koʻrsatilgan) fanni tanlaydi. Bunda kamida 30 talaba bitta fanni tanlasa oʻsha fan oʻqitiladi. Fakultet dekanatlari talabalarga fanlarni tanlash boʻyicha yoʻnalish va tushuntirishlar beradi. Talabalarimiz mazkur jarayonni toʻliq anglab mohiyatini tushunib olganidan soʻng tanlov fanlari nisbatini koʻpaytirib borish rejalashtirilgan.

— Kredit va baho oʻrtasida qanday farq bor?



Bu ikki tushuncha bir xil emas, lekin oʻzaro bogʻliqligi mavjud. Kredit talabaning maʼlum bir fanni oʻzlashtirganini bildiruvchi koʻrsatkichdir, u bevosita ushbu fanga ajratilgan soatlarga bogʻlangan. Masalan, oʻquv rejaga muvofiq, jinoyat huquqi moduliga 10 kredit ajratilgan. Talabaning fanni ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi qanday boʻlishidan qatiy nazar, yaʼni 56, 71 yoki 90 ball olgan boʻlsa ham bir xil 10 kreditga ega boʻladi.

Oʻquv
Download 10,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa